Authors

  • Bekali Muyiddinov
  • Shahnoza Teshayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80824

Keywords:

Ma’muniy Gurganj Beruniy Xammor Afrig’iy Kognitiv Abu Rayhon Beruniy Abu Ali ibn Sino ilm-fan adabiyot san’at hunarmandchilik me’morchilik akademiya.

Abstract

Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan mamlakatimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazi, ilm-ma’rifat o’chog’i bo’lib, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelgan. Zaminimiz ikki buyuk Uyg’onish, ya’ni renessansga beshik bo’lgani shunday deyishimizga asos bo’la oladi. Davlatchligimiz tarixida Ma`muniy Xorazmshohlar davlati juda qisqa muddat xukmronlik qilgan bo’lishiga qaramasdan o’zidan keyin katta iz qoldirdi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

362

MA’MUNIYLAR DAVRIDA ILM-FAN TARAQQIYOTI VA UNING JAHON

TAMADDUNIDA TUTGAN O’RNI

Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li

Osiyo xalqaro universiteti, “Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti Tarix va filologiya kafedrasi

o’qituvchisi.

Teshayeva Shahnoza Rahimovna

Osiyo Xalqaro universiteti Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti Tarix ta’lim yo’nalishi ikkinchi

bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15277090

Annotatsiya. Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan mamlakatimiz qadimdan jahon

sivilizatsiyasi markazi, ilm-ma’rifat o’chog’i bo’lib, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga

munosib hissa qo’shib kelgan. Zaminimiz ikki buyuk Uyg’onish, ya’ni renessansga beshik bo’lgani

shunday deyishimizga asos bo’la oladi. Davlatchligimiz tarixida Ma`muniy Xorazmshohlar

davlati juda qisqa muddat xukmronlik qilgan bo’lishiga qaramasdan o’zidan keyin katta iz

qoldirdi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Kalit so’zlar: Ma’muniy, Gurganj, Beruniy, Xammor, Afrig’iy, Kognitiv, Abu Rayhon

Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ilm-fan, adabiyot, san’at, hunarmandchilik, me’morchilik, akademiya.

Tarixdan ma’lumki, Xorazmning Janubiy qismini Afrig’iylar sulolasi hukmdori Abu

Abdulloh Muhammad, shimoliy qismini esa Ma’mun ibn Muhammad (995-997) boshqargan.

Ma’mun ibn Muhammad g’alaba Ma’muniy Xorazmshohlar davrida ilm-fan, adabiyot,

san’at, hunarmandchilik, me’morchilik va boshqalar, umuman olganda madaniyat va ma’rifat kabi

sohalar gullab-yashnaganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Tarixchilar bu davrda «Ma’mun

akademiyasi» ni vujudga kelishini asosan ikkita omil bilan bog’lashadi deyishimiz mumkin.

Birinchi omil bu davlatning umumiy rivojlanishi bo’lsa, ikkinchisi hukmdorlarning ilm-

fan rivojiga alohida e’tibor qaratishidir. «XII-XIII asrlarda qo’shni davlatlarni o’ziga birlashtirgan

Xorazm o’ta kuchli imperiyaga aylandi. Natijada, «Ma’mun Akademiyasi»dan 100 yil keyin

Qutbiddin Muhammad I ibn Anushtagin va uning o’g’li al-Malik Abu Muzaffar Alouddin

Jaloliddin Otsiz tomonidan «Ma’mun Akademiyasi» ga o’xshagan Akademiya tashkil etildi.

Qutbiddin Muhammad va Otsiz hukmdorlik qilgan davrlarda Xorazmga Arabiston,

Hindiston, Eron va boshqa yurtlardan yirik olimlar taklif qilindi…»Ma’mun Akademiyasi» 17 yil

faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, bu Akademiyada kamolga etgan olimlar 60 yil fan va madaniyat

ravnaqiga xizmat qilishdi.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

363

Ushbu hukmdorlar o’rtasidagi ixtilofda va Xorazmni birlashtirib Xorazmshoh unvonini

oladi va Gurganj shahrini (Urganch) poytaxt deb e’lon qilindi. Uning vorislari Ali ibn Ma’mun

(997-1009), Ma’mun II ibn Ma’mun (1009-1017) hukumdorligi davrida Xorazmda qadimiy davlat

tizimi, madaniy an’analar tiklandi, shahar hayoti, savdo va hunarmandchilik rivojlana boshladi.

Arab tarixchisi Istaxrining asarlarida X asr boshida Xorazmda 9 dan 13 tagacha shahar

bo’lganligi, yarim asrdan keyin esa shaharlar soni uch baravar ko’payib, 40 taga yetganligi

ko’rsatilgan. Gurganj, Xiva, Qiyot, Xazorasp, Ardaxushsimon (Vayangan), Kardaranxos (Kalajik)

kabi shaharlar Sharqning madaniy va iqtisodiy markazlariga aylandi. Xorazmliklar hatto Ispaniya

bilan ham savdo va madaniy aloqalar o’rnatgan. Ayniqsa, poytaxt Gurgajda arxitektura rivojlandi,

ko’plab go’zal saroylar, karvonsaroylar, masjidlar va madrasalar, jamoat binolari, bozorlar qurildi.

Tarifi shahri Xorazm qo’lyozmasi muallifi o’sha paytda Gurganjda 170 ta katta va kichik

savdo markazlari, 500 ga yaqin masjid, 700 ta madrasa va 1000 ta hammom bo’lganligini

ta’kidlaydi. Ibn Batuta (XIII asr) yuqoridagi fikrlarni rivojlantirib xorazmliklarning iste’dodi va

qobiliyatini yuqori baholaydi. Xorazmliklar: dunyoning boshqa hech bir joyida chet elliklarni,

mehmonlarni ulardek mehmondo’stlik, saxovatli qabul qiladigan odamlar bilan uchrashishga

muyassar bo’lmaganman. Yuqoridagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhit Xorazmdagi Ma’mun

akademiyasi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Ma’rifatli shoh Ali ibn Ma’mun

Gurganjda madaniy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib saroyda kutubxona

qurgan va uni sharqning turli shaharlaridan olib kelingan asarlar bilan boyitgan. Saroy yaqinidagi

madrasada yoshlarga Islom va dunyoviy fanlar o’rgatilgan. Bu davr ilm-fanning gullab-yashnagan

davriga aylandi. Ali ibn Ma’mun Jurjoniyadan Abu Rayhon Beruniyni chaqirib uni o’zining bosh

maslahatchisi etib tayinladi va unga boshqa mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar

o’rnatishni buyurdi. 1004-yilda Ali ibn Ma’munning buyrug’i bilan sharqning yirik o’quv-ma’rifiy

muassasasi bo’lgan akademiya tashkil etildi. Beruniy ushbu muassasaning raisi bo’ldi.

Shuningdek, u sharqning taniqli olimlarini akademiyaga taklif qildi. Xorazmshoh Ma’mun

II hukmronligi davrida dor-ul hikma yanada mashhur bo’ldi. Ushbu muassasada xorazmliklardan

tashqari Buxoro, Samarqand, Jand, Мarv, Nishopur, Balx, Eron, Hindiston, Misr, Suriyadan

kelgan yuzdan ortiq olimlar, huquqshunoslar, yozuvchilar, dinshunoslar faoliyat yuritib ilm-

fanning turli sohalarida tadqiqot ishlarini olib borgan. Olimlar astronomiya, matematika, fizika,

kimyo, mineralogiya, kartografiya, geografiya, geometriya, tabiatshunoslik, tibbiyot, falsafa, tarix,

tilshunoslik, mantiq, adabiyot, Islom huquqshunosligi kabi tabiiy va jahon fanlari bilan

shug’ullanishgan. Ular Arab, fors, hind, lotin va turk tillarini mukammal bilishgan.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

364

Ular Platon, Aristotel, Ptolemey, Evklid, Pifagor va Galen kabi yunon olimlarining ilmiy

asarlarini o’rganishdi, tahlil qilishdi va ularning asarlariga sharhlar yozishdi. Bundan tashqari, ular

Gurganj madrasasida talabalarga saboq berib iqtidorli yosh olimlarni, o’zlarining izdoshlarini

tayyorlash va o’qitishga hissa qo’shdilar. Shuningdek, akademiyada yoshlar Beruniy

astronomiyasi, Abu Nasr Forobiy matematikasi Abu Xayr Xammor kimyosi kabi fanlarni

o’rganishgan.

Abu Rayhon Beruniyning astronomiya sohasidagi katta xizmatlari shundaki, u

sayyoralarni, quyoshni va oyni o’rgangan va ularning koinotdagi ahamiyati va o’rni to’g’risida

aniq xulosalar chiqargan. Evropa olimlaridan deyarli VI asr oldin, er o’z o’qi atrofida aylanib

yurganligi asoslaydi. Uning yerning kattaligi haqidagi ilmiy xulosalari ham hozirgi hisob-

kitoblarga yaqin. Beruniy shuningdek, geometriya, algebra va arifmetika, trigonometriya

sonlarining nazariy tushunchalarini tartib bilan tavsifladi. U geografiya bo’yicha olib borgan

tadqiqotlarida orollar, dengizlar, butun dunyo mamlakatlarining aniq koordinatalarini ko’rsatdi,

dunyoning eng zamonaviy xaritasini tuzdi, insoniyat tarixidagi buyuk ixtirolardan biri hisoblangan

globus modelini ixtiro qildi. U yunon olimlaridan farqli o’laroq, hind va Atlantika okeanlarining

birlashishini dastlab isbotladi va Xristofor Kolumbdan 500 yil oldin okean ortida bizga noma’lum

bo’lgan yirik materik borligini ilmiy jihatdan bashorat qildi. Xorazm Ma’mun akademiyasining

yana bir ilg’or olimlaridan Abu Nasr Iroq. U matematika va astronomiya sohasidagi tadqiqotlari

bilan olimlar orasida juda mashhur bo’lib, katta hurmatga sazovor bo’ldi. Olim yuqoridagi fanlar

bo’yicha ko’plab ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi. Ulardan 12 ta asarini o’z shogirdi Beruniyga

bag’ishlagan. Uning Al Masihiy ash-mohiy, risola fil usturlob, va boshqa asarlari bizgacha yetib

keldgan. Abu Nasr Iroq tekis va sferik trigonometriyaning asoschilaridan biridir. Uning ilmiy

topilmalari hatto qurilishda ham qo’llanilgan. Tibbiyotda nafaqat sharqda, balki Yevropada ham

tanilgan Abu Ali Ibn Sino Ma’mun akademiyasining eng mashhur olimlaridan biridir. Ibn Sino

Buxoroning afshona qishlog’ida tug’ilgan. U Buxoro madrasasida taniqli olimlardan ta’lim olib

musiqa, kimyo, tabiatshunoslik, astronomiya, matematika va tibbiyot sohalarida etakchi olimga

aylangan. 1004-yilda u Beruniyning taklifiga binoan Gurganjga kelib Abu Nasr Iroq, Abu Sahl

Masihiy, Abul Xayr Xammor bilan birga Ma’mun akademiyasida faoliyat yurita boshladi. Ibn Sino

turli fanlar bo’yicha 450 ga yaqin ilmiy ishlar yozgan, ularning aksariyati tibbiyotga

bag’ishlangan. Tibbiy fan asarining dastlabki ikki jildi va olimning boshqa asarlari ushbu

akademiyada yozilgan. Ibn Sinoning tibbiyotga bag’ishlangan asarlari butun dunyoda va hozirgi

kunda tibbiyotning durdonalari hisoblanadi. Uning qo’lyozmalari uzoq vaqt davomida sog’liqni

saqlash muassasalarida ishlatilgan. Ibn Sino 57 yoshida, 1037 yilda og’ir kasallikdan vafot etdi.


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

365

Xulosa

qilib aytadigan bo’lsak Ma’mumiy Xorazmshohlar davrida ilm-marifat

rivojlangan, bunga «Ma’mun akademiyasi»da faoliyat yuritgan allomalar va olimlar o’zlarining

muhim hissalarini qo’shishgan. Jumladan, birgina Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino kabi

allomalarning asarlarida ilm olishning ahamiyati, komil insonni tarbiyalashda kognitiv

jarayonlarni rivojlantirishning muhimligi haqidagi fikrlari hozirgi kungacha o’z dolzarbligini

yo’qotmasdan kelayotganligi bizningcha, e’tiborga loyiq holat hisoblanadi. Chunki, bu olimlar

tomonidan o’sha davrlardayoq tafakkur, sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur kabi kognitiv

jarayonlar har xil tajriba usullari yordamida o’rganilgan va buning natijasida bu vaqtlarda

yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda ham katta ishlar amalga oshirilgan deb aytishimiz mumkindir.

Foydalangan adabiyotlar:

1.

MatniyozovM. Xorazm tarixi. –Urganch: Xorazm, 2005.

2.

Mahmudov M. Xorazmshoh Ma’mun akademiyasi. – Toshkent: TMI, 2005.

3.

Azimboy Sadullaev. ―Xorazm Ma’mun Akademiyasi‖ Xiva 2000 y.

References

MatniyozovM. Xorazm tarixi. –Urganch: Xorazm, 2005.

Mahmudov M. Xorazmshoh Ma’mun akademiyasi. – Toshkent: TMI, 2005.

Azimboy Sadullaev. ―Xorazm Ma’mun Akademiyasi‖ Xiva 2000 y.

Most read articles by the same author(s)

Mehriddin Haqqulov, Mohlaroyim Yarashova, Bekali Muyiddinov , SHARAFIDDIN ALI YAZDINING “ZAFARNOMA” ASARI TAHLILI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Mohigul Gadayeva, Shaxnoza Toshpo`latova , Bekali Muyiddinov, TARIX DARSLARINI O`QITISHDA INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Shaxnoza Toshpo‘latova , Mohigul Gadayeva , Bekali Muyiddinov, BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK TAYYORGARLIGINI TARKIB TOPTIRISH MODELI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 2 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Bekali Muyiddinov, Feruza Yuldosheva, TADQIQOTLARDA MANBALARNI O’RGANISH: ANIQLASH, TIKLASH, TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Mehriddin Haqqulov, Bekali Muyiddinov, TARIX TA’LIMIDA RAQAMLASHTIRISHNING AHAMIYATI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Bekali Muyiddinov, BARTHOLD’S “СОЧИНЕНИЯ. ТОМ I. ТУРКЕСТАН В ЭПОХУ МОНГОЛЬСКОГО НАШЕСТВИЯ” THE HISTORY OF THE CREATION OF THE WORK , Modern Science and Research: Vol. 3 No. 1 (2024): Modern science and research

Feruza Yuldosheva, Bekali Muyiddinov, Umid Xayrullayev, AMIR TEMUR VORISLARI: SIYOSIY, HARBIY VA MADANIY MEROSNING DAVOMIYLIGI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

Bekali Muyiddinov, XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARI TURKISTON TARIXIGA OID OLIB BORILGAN XORIJIY VA MAHALLIY TADQIQOTLAR , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Bekali Muyiddinov, Feruza Yuldosheva, RAQAMLASHTIRISH OMILLARI:KELAJAK ASOSIY SOHASI , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 5 (2025): Modern science and research

Mohlaroyim Yarashova, Mehriddin Haqqulov, Bekali Muyiddinov, BUXORO QO’RBOSHILAR TARIXIDA O’CHMAS NOM QOLDIRGAN, BUXORO QAHRAMONI IBROHIMBEK , Modern Science and Research: Vol. 4 No. 4 (2025): Modern science and research

1 2 3 4 > >>