Authors

  • Karim Umirov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82247

Keywords:

Mavzuli kompozitsiya kompozitsion usullar badiiy va ifodaviy xususiyatlar.

Abstract

Mazkur maqolada tasviriy san’atning asosiy janrlari portret, manzara, natyurmort va mavzuli kompozitsiyalarda kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganib chiqilib, tahlil qilindi. Har bir janrda kompozitsion usullar, undagi mazmun, ifoda, kompozitsion tuzilma va g‘oya berishdagi roli hamda ahamiyati yoritiladi, shuningdek, bo‘lajak rassomlar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan amaliy ishlashga o‘rgatish usullari kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1346

TASVIRIY SAN’ATNING TURLI JANRLARIDA KOMPOZITSIYA ISHLASHNING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Umirov Karim Avaz o‘g‘li

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti

Rangtasvir kafedrasi katta o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15280659

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tasviriy san’atning asosiy janrlari portret, manzara,

natyurmort va mavzuli kompozitsiyalarda kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari

o‘rganib chiqilib, tahlil qilindi. Har bir janrda kompozitsion usullar, undagi mazmun, ifoda,

kompozitsion tuzilma va g‘oya berishdagi roli hamda ahamiyati yoritiladi, shuningdek, bo‘lajak

rassomlar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan amaliy ishlashga o‘rgatish usullari kabi masalalarga

e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar:

Mavzuli kompozitsiya, kompozitsion usullar, badiiy va ifodaviy

xususiyatlar.

ОСОБЕННОСТИ КОМПОЗИЦИОННОГО ИСПОЛНЕНИЯ В РАЗЛИЧНЫХ

ЖАНРАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА

Аннотация.

В данной статье рассмотрены и проанализированы особенности

композиционной работы в основных жанрах изобразительного искусства-портрете,

пейзаже, натюрморте и тематических композициях. В каждом жанре освещаются

композиционные приемы, их роль и значение в передаче содержания, выражения,

композиционной структуры и идеи, а также уделяется внимание таким вопросам, как

методы обучения практическому исполнению, которые должны быть освоены будущими

художниками.

Ключевые

слова:

Тематическая композиция,

композиционные

приемы,

художественно-выразительные особенности.

DISTINCTIVE FEATURES OF COMPOSITION WORK IN DIFFERENT GENRES OF

FINE ART

Abstract.

In this article, the main genres of visual art were studied and analyzed the

peculiarities of working in portrait, landscape, still life and composition in thematic

compositions. Each genre highlights compositional methods, its role and importance in giving

content, expression, compositional structure and Idea, and also focuses on issues such as the

methods of teaching future artists to practical work to master.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1347

Keywords:

Thematic composition, compositional methods, artistic and expressive

features.

Barchamizga ma’lumki, tasviriy san’at inson tafakkuri, tuyg‘usi va dunyoqarashini badiiy

obrazlar orqali ifodalovchi san’at turidir.

Uning eng muhim elementlaridan biri bu kompozitsiyadir. Avvalo kompozitsiyaning

haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak. Kompozitsiya bu asarning umumiy tuzilmasi, tasviriy

elementlarning joylashuvi, ularning o‘zaro muvozanati va ifodaviy yechimidir.

Kоmpоzitsiya

lоtincha «Kоmpоsitе» so‘zidan оlingan bo‘lib, to‘qish, tuzish,

jоylashtirish, alохida qismlarni butun qilib birlashtirishni anglatadi. U barcha ijodiy jarayonlarga

taalluqli bo‘lib, dеyarli hamma san’at turlarining asosini tashkil etadi. Kompozitsiya unsurlari

musiqada ham, tеatrda ham fotografiyada ham, adabiyotda ham, haykaltaroshlik va albatta

boshqa tasviriy san’at bilan aloqador sohalarda mavjuddir.

Kompozitsiya unsurlari bo‘lgan mutanosiblik, muvozanat, yaxlitlik singari sifatlar har bir

tabiat voqеliklarida mavjud. Tabiatda har bir narsa ma'lum tamoyil va qonuniyatlar ichida

mavjuddir. Ularning shakl o‘lchamlari, tuzilishi, o‘zaro mutanosib ko‘rinishlar kasb etishi unda

kompozitsion mutanosiblik, muvozanatning mavjudligidan darak bеradi. Kompozitsiya qanday

shakl va mazmunda bo‘lmasin, avvalambor u tafakkur mahsulidir. Buni badiiy ijodning

xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda tushunishimiz ma’qul. Chunki tabiatdagi tayyor shakllar

bilan badiiy ijod mahsuli bo‘lgan shakllarni o‘zaro farqlashimiz darkor.

Ma’lumki kompozitsiya tushunchasining barcha san’at turlariga aloqador umumiy

jixatlari va shuningdеk, har bir sohaga oid o‘ziga xos jixatlari bor. Ularni atroflicha o‘rganish,

tahlil qilish talabalar ijodiy faoliyatining o‘sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kompozitsiyani

uning qonuniyatlarini o‘rganish nazariya va amaliyotga bo‘linishi tabiiy bo‘lib, uni yaxshi

o‘zlashtirish uchun nafaqat yillar, balki asrlar davomida bu soxada yaratilgan nazariyalar va

tajribalarning tub mohiyatini bilish kеrak.

Ma’lumki kompozitsiya so‘zi orqali rassomlar badiiy tasviriy san’at asarining barcha

qismlarining o‘zaro munosabatlarining qonuniyatini tushuniladi. Ayrim shunday bog‘liqliklar

albatta ko‘z orqali ko‘rib anglashiladi (son jixatlari), boshqalari esa (sifat jixatlari) idroklash,

fikrlash orqali qabul qilinadi. Rassom kompozitsiya orqali tasvirlanuvchi shaxslarning moddiy

va ma’naviy dunyosini, ijtimoiy hayotdagi o‘rnini, kasbi, jamiyatdagi mavqeini aks ettiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1348

Uning shu jihatlari orqali davr xususiyati, siyosiy iqtisodiy ahvol haqida ma’lumot bera

oladi.

Rassomning kasbiy mahorati, kartina ishlash uchun tanlagan materiallari esa uning

yaratgan asarlariga takrorlanmas o‘ziga xoslik baxsh etadi. Ijodkor asarining muvaffaqiyati

uning kompozitsiyasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'z asarlarida kompozitsiya jihatidan

yaxshi natijalarga erishgan ijodkomi, u xoh rassom bo'lsin, xoh me’mor bo'lsin, o‘z sohasining

kompozitori deb atashgan.

Statik kompozitsiya Dinamik kompozitsiya

Turli janrlarda kompozitsiya o‘ziga xos bo‘lib, rassom asarning mazmuni, g‘oyasi va

ruhini ochib berishda uni har xil yondashuvlar bilan ishlaydi. Kompozitsiya nafaqat tasviriy

elementlarning joylashuvi, balki butun asarning mazmuniy va hissiy yukini belgilovchi vositadir.

Shuningdek, asarning umumiy tuzilmasi, obyektlarning joylashuvi, hajmiy va rang-

baranglik muvozanati, dinamikasi va ritmini belgilaydi. Turli janrlarda ishlangan

kompozitsiyalarning umumiy tomonlari bu badiiy g‘oyani to‘liq yetkazish, elementlar

muvozanati, kompozitsiya markazining mavjudligi va ifodaviy vositalarning uyg‘unligidir.

Ammo har bir janrda kompozitsiyaviy qurilishning o‘ziga xos farqlari bor: bu obraz,

tasvir ob’ekti, harakat, vaqt, tafsilotlarga yondashuv, hissiy ta’sir shakli va boshqa ko‘rinishlarda

namoyon bo‘ladi.

Har bir janrda kompozitsiya tushuncha o‘ziga xos mazmun kasb etsa-da, ular orasida

umumiylik va farqlar mavjud. Turli janrlarda kompozitsiya ishlashning umumiy tamoyillari va

janrga xos farqlari tahlil qilinadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1349

Barcha janrlarda kompozitsiyaga xos umumiy xususiyatlar mavjud bo‘lib, ular: Asar

markazi ya’ni har bir janrda kompozitsiyaning asosiy markazi obraz, voqea, manzara mavjud

bo‘lib, u tomoshabinning diqqatini jalb qiladi.

Muvozanat esa elementlarning asar ichida muvozanatli joylashuvi, vazn va ritm hislari

muhim. Yorug‘lik va rang muvofiqligi bu kompozitsiyani kuchaytirish uchun barcha janrlarda

yorug‘lik-soya va ranglar uyg‘unligi qo‘llaniladi demakdir. Kompozitsion qonuniyatlar diagonal,

uchburchak, markaziy, simmetrik yoki assimetrik kompozitsiyalar barcha janrlarda qo‘llanilishi

mumkin. Navbatdagi jixatlardan biri tomoshabinni boshqarish bo‘lib, har bir janrda

kompozitsiya nigohni asar bo‘ylab yo‘naltiradi, asosiy g‘oyaga e’tibor qaratadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib har bir janrda kompozitsiya ishlashga alohida to‘xtalib

o‘tamiz. Shuningdek tasviriy san’atning turli janrlarida kompozitsiya ishlashning ham bir biridan

farqlari mavjuddir.

Portret inson obrazini ifodalovchi janr bo‘lib, unda shaxsning ichki dunyosi, fe’l-atvori va

ijtimoiy mavqei ochib beriladi. Kompozitsiyaning portretdagi o‘ziga xos xususiyatlari esa

kompozitsiya markazi, fonga alohida e’tibor ya’ni shaxs xarakterini ochuvchi muhit yoki ranglar,

pozitsiya va rakurs ya’ni frontal, uch-chorak yoki profil ko‘rinish, yorug‘lik va kontrast

kabilardan iborat bo‘lib, yuz ifodasi va hajmni kuchaytiradi. Mashhur portretlarda masalan,

Leonardo da Vinchining “Mona Liza” kartinasida, o‘zbek rassomlaridan Ro‘zi Choriyev, Rahim

Ahmedov, Sobirjon Raxmetovlarning kompozitsiyalari inson ruhiyatini ochish va tomoshabinga

yaqinlashtirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Leonardo da Vinchi

“Mona Liza”

Rozi Choriyev

R.Toktosh portreti

Rahim Axmedov

Chingiz Axmarov Portreti


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1350

Manzara tabiat go‘zalligini tasvirlaydigan janr. Unda rassom tabiiy muhitni, vaqt, fasl va

kayfiyatni ko‘rsatishga intiladi. Kompozitsiya elementlaridan biri oldingi, o‘rta va orqa reja

bo‘lib chuqurlik hissi yaratadi.

Navbatdagi elementi ufqlik chiziq va kompozitsion markaz hisoblanadi va u

tomoshabinning nigohini boshqaradi, yorug‘lik manbai esa kunning vaqti va fazoviy muhitni

belgilaydi, diagonal yoki S-shaklidagi kompozitsiya esa harakat va hayotiylik berish uchun

ishlatiladi. Manzara orqali nafaqat tabiat, balki rassomning ruhiy holati ham aks ettiriladi.

Masalan, o‘zbek rassomlari O‘rol Tansiqboyev, Raxim Ahmedov, Baxtiyor

Maxkamovlar asarlarida bu yondashuvlar yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Natyurmort jonsiz buyumlarni tasvirlash janridir. Bu janrda kompozitsiya elementlarning

joylashuvi va ularning o‘zaro uyg‘unligiga asoslanadi. Muhim kompozitsion xususiyatlari

buyumlarning tuzilishi va o‘zaro nisbati, rang kontrasti va yorug‘lik-soya, faktura va material

tafovuti har xil sirtlar (porloq, xira, shaffof)ni ifodalash va so‘ngisi simvolik ma’no bo‘lib,

buyumlar orqali ramziy mazmun berishda qo‘llaniladi. Natyurmortda rassomning didi, didaktik

yondashuvi va uslubiy aniqligi kompozitsiyada yaqqol aks etadi. Bularga natyurmortchi rassom

Abdumajid Sagatovning asarlarini misol qilishimiz mumkin.

Abdumajid Sagatov

Gullar aro qandil olmalar

Sattorov MuxammadjonBuyuk

Mikelandjeloga bag‘ishlab

Mavzuli kompozitsiya bu tarixiy, ijtimoiy, diniy yoki ma’naviy g‘oya asosida yaratilgan

asarlar bo‘lib, voqea va obrazlar orqali mazmuni yetkaziladi. Bu janrda rassomlar ko‘pincha

tarixiy yoki milliy obrazlar, epik sahnalar, xalq og‘zaki ijodi motivlariga murojaat qilishadi.

Masalan, Chingiz Ahmarovning “Alpomish”, Sa’dulla Abdullayevning “Samarqand osmonida

yulduzlar” va Zayniddin Faxrutdinovning tarixiy mavzusidagi asarlarida buni ko‘rish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1351

Dekorativ va eksperimental janrlarda ham ishlangan kompozitsiyalar tomoshabin

e’tiborini torta oladi. Zamonaviy san’atda ko‘plab rassomlar dekorativ, abstrakt yoki

eksperimental yo‘nalishlarda ishlashadi. Bu janrlarda kompozitsiya rangsimon ritmlar va

geometrik shakllar asosida quriladi. Obrazlar real bo‘lmasligi mumkin, lekin ichki ifoda kuchli

bo‘ladi shuningdek, kompozitsiya hissiyot, kayfiyat va musiqiylik vositasiga aylantiriladi.

Javlon Umarbekov

Qovun bozori

Alisher Mirzayev

Buxoro rastachilari

Turli janrlarda kompozitsiya ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari badiiy g‘oyani to‘liq

yetkazish, elementlar muvozanati, kompozitsiya markazining mavjudligi va ifodaviy

vositalarning uyg‘unligidan iboratdir. Kompozitsiya rassomning dunyoqarashi, fikrlash doirasi

va his-tuyg‘ularini ifoda etuvchi asosiy badiiy vosita bo‘lib, har bir janrda o‘ziga xos mazmun va

estetik yuklama bilan xizmat qiladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, tasviriy san’atning har bir janrida ishlangan

kompozitsiya o‘ziga xos ifodaviy imkoniyatlarga ega. Masalan, portretda shaxsiyat ochiladi,

manzarada muhit va kayfiyat, natyurmortda tafsilotlar va ramziy ma’no, mavzuli kompozitsiyada

esa voqea va dramatizm yoritiladi. Har bir janrda kompozitsiyani puxta ishlash orqali rassom o‘z

g‘oyasini aniq, kuchli va ta’sirchan ifoda eta olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

REFERENCES

1.

Ibrohimov A. “Kompozitsiya va uning turlari”, 2019

2.

Qodirova M. “Tasviriy san’at asoslari”, Toshkent, 2020

3.

Ibrohimov A. “San’at va kompozitsiya”, 2018


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1352

4.

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF

THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

5.

Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY

QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O ‘RNI VA

AHAMIYATI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 271-274.

6.

Kenjayev, S. O.

(2025). O‘ZBEK TASVIRIY SAN’ATIDA MAVZULI

KOMPOZITSIYALARNING

YORITILISHI.

SCHOLAR

,

3

(4),

24-29. https://scholar-

journal.org/index.php/s/article/view/246

7.

Bozorov, F. (2025). AKADEMIK MANERA VA ZAMONAVIY INDIVIDUAL

YONDASHUV:

RANGTASVIR

VA

QALAMTASVIRDA

USLUBLAR

EVOLYUTSIYASI.

Modern Science and Research

,

4

(3), 159–165. Retrieved from

https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/71860

References

Ibrohimov A. “Kompozitsiya va uning turlari”, 2019

Qodirova M. “Tasviriy san’at asoslari”, Toshkent, 2020

Ibrohimov A. “San’at va kompozitsiya”, 2018

Zarifova, D. (2023). TEACHING TECHNOLOGY OF THE TOPIC OF PORTRAIT OF THE HUMAN HEAD IN PAINTING. Modern Science and Research, 2(10), 391-393.

Zarifova, D. (2025). IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING BADIIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TERAPIYANING O ‘RNI VA AHAMIYATI. Modern Science and Research, 4(3), 271-274.

Kenjayev, S. O. (2025). O‘ZBEK TASVIRIY SAN’ATIDA MAVZULI KOMPOZITSIYALARNING YORITILISHI. SCHOLAR, 3(4), 24-29. https://scholar-journal.org/index.php/s/article/view/246

Bozorov, F. (2025). AKADEMIK MANERA VA ZAMONAVIY INDIVIDUAL YONDASHUV: RANGTASVIR VA QALAMTASVIRDA USLUBLAR EVOLYUTSIYASI. Modern Science and Research, 4(3), 159–165. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/71860