Aprel, 2025-Yil
720
TA’LIMIY O‘YINLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILARDA KREATIVLIK
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH
Abdiyeva Dilaferuz
Buxoro davlat pedagogika institute Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
1-bosqich talabasi.
Kasimov Fayzullo Muhammmedovich
Ilmiy rahbar.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15315773
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ta’limiy o’yinlar vositasida o’quvchilarda kreativlik
qobiliyatini rivojlantirishning ahamiyati va usullari ko’rib chiqilgan. Maqolada ta’limiy
o’yinlarining samarali qo’llanilishi orqali o’quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
yo’llari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
Mustaqil fikrlash, jamoaviy ish, mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv,
kahoot, prodigy, viktorinalar yaratish, qiziqarli o’yinlar.
Аннотация.
В данной статье рассмотрены значение и методы развития
креативных способностей учащихся посредством образовательных игр. Анализируются
пути развития творческих способностей учащихся через эффективное использование
учебных игр.
Ключевые слова:
самостоятельное мышление, командная работа, логическое,
мышление, творческий подход, kahoot, prodigy, создание викторин, увлекательные игры.
Abstract.
This article examines the importance and methods of developing students’
creativity through educational games. The article analyzes ways to develop students’ creative
abilities through the effective use of educational games.
Keywords:
Independent thinking, teamwork, logical thinking, creative approach, kahoot,
prodigy, creating quizzes, fun games.
Ta’limiy o’yinlar vositasida o’quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish – bu
pedagogik jarayonning muhim jihatidir.
Matematika nafaqat raqamlar bilan ishlash balki, mantiqiy va kreativlik tafakkurni
rivojlantirishning muhim vositalaridan biridir. Ta’limiy o’yinlar esa bolalarning fanlarga bo’lgan
qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda
samarali usullardan biri hisoblanadi.
Matematikadan ta’limiy o’yinlar o’quvchilarga matematik tushunchlarni yanada
Aprel, 2025-Yil
721
chuqurroq o’zlashtirishga va egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni turli hayotiy
vaziyatlarda qo’llashga yordam beradi. Ushbu maqolada ta’limiy o’yinlar yordamida
o’quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullari ko’rib chiqiladi.
O’yinlar orqali kreativlikni rivojlantirishda muhim jihat shundaki, o’quvchilarni faqat
o’yin orqali emas, balki o’yin jarayonida o’rganganlarini haqiqiy hayotda ham qo’llashga undash
zarur.
Matematik o’yinlar quyidagi yo’nalishlarda o’quvchilarning kreativ fikrlash
qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi.
1.Muammolarni turli usullar bilan yechish:O’yinlar turli xil yechimlarni sinab ko’rish
imkoniyatini yaratadi.
Misol 1: 3ta ketma-ket sonning yig’indisi 60 ga teng.Ularning eng kichigini toping?
YECHISH: Noma’lum sonni n deb olsak, undan keyin ketma-ket kelgan sonlar n+1,n+2
bo’ladi. Shunda noma’lum sonni topish uchun barcha noma’lumlarni qo’shib chiqamiz. Ya’ni:
n+n+1+n+2=60; 3n+3=60; n+1=20; n=19 bo’ladi. Shunda javob:19,20,21 bo’ladi. Eng kichik
son 19 bo’ladi.
Misolni shartga ko’ra tekshirib ko’rsak; 19+20+21=60. Demak javobimiz to’g’ri bo’ladi.
2.Mantiqiy fikrlash va algoritmik yondashuv:O’yinlar davomida qoidalarga rioya qilish
va strategiya ishlab chiqish talab qilinadi.
O’quvchilarga turli jumboqlar berish orqali ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini
rivojlantrish mumkin.
Misol 2: Sonlar ketma-ketligida 2,6,12,20,30… Keyingi sonni toping.
YECHISH: Sonlar qatorini tahlil qilib chiqsak, har bir navbatdan ketma-ket keluvchi 2ta
natural son ko’paytmasi shaklida ifodalanadi. Ya’ni har bir son ketma-ketlikda n(n+1) formulasi
bo’yicha keladi: 1x2=2, 2x3=6, 3x4=12, 4x5=20, 5x6=30, demak keyin son 6x7=42 bo’ladi.
Demak javob; 42 bo’ladi.
3.Jamoaviy ish va ijodiy yondashuv: Ba’zi o’yinlar guruh bo’lib ishlashni talab qiladi, bu
esa o’zaro muloqotni va ijodkorlikni rivojlantiradi. Masalan:
“Matematika jumlasini tuzish” o’yini. Bu o’yinda o’quvchilar matematik ifodalarni
(masalan, tenglama yoki formulalar) ni tuzishadi. O’quvchilarga kartochkalar tarqatiladi.
Kartochkalarda turli matematik belgi bo’ladi (raqamlar, amallar, tenglamalar). O’quvchilar bu
kartochkalarni yig’ib ulardan mantiqiy va to’g’ri ifoda yaratishga harakat qilishadi. Eng tez va
to’g’ri jumlani tuzgan guruh g’olib bo’ladi. Shu orqali o’quvchilarda jamoaviy ish va ijodiy
yondashuvlarni shakllantirish mumkin.
Aprel, 2025-Yil
722
Masala: Bir kuni 3ta do’st – Ali, Bahrom, va Zebo – parkda o’ynayotgan edi. Ular bir-
biriga turli xil mevalar berishdi. Ali bir dona olma berdi, Bahrom esa ikkita o’rik berdi. Zebo esa
ularning har biriga bir dona tarvuz berdi.
SAVOL: Kim qancha meva oldi?
JAVOB: Ali 1 dona olma va 1tarvuz oldi. Bahrom 2 dona o’rik va 1 dona tarvuz oldi.
Zebo 1 dona tarvuz oldi.
Bu masala boshlang’ich sinf o’quvchilarga mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam
beradi.
4.Hayotiy muammolarni yechish qobiliyati: O’yinlar orqali matematik bilimlarni
kundalik hayotda qanday qo’llash mumkinligini tushunish osonlashadi.
Misol 3: Jamoada 5 kishi bor. Ularning har biri boshqalar bilan bittadan qo’l berib
ko’rishdi. Jami necha marta qo’l berib ko’rishish sodir bo’ldi? YECHISH: Jamoada jami 5 kishi
bo’lsa, ularning biri o’zidan tashqari 4 kishi bilan qo’l berib ko’rishadi. Ikkinchi kishi esa 3 kishi
bilan salomlashadi. 3-kishi 2 kishi bilan salomlashadi. 4-kishi esa 1 kishi bilan salomlashadi.
Demak jami salomlashishlar soni 4+3+2+1=10 ga teng bo’ladi.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratilgan o’yinlar o’quvchilarning matematik
bilimlarini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: Kahoot- matematika bo’yicha
viktorinalar yaratish va javoblarni tanlash. Ushbu platforma orqali o’qituvchi birinchi navbatda
ro’yxatdan o’tib har bir mavzu uchun alohida testlar bankini yaratishi mumkin. Shunda
o’quvchilar ham platformadan ro’yxatdan o’tib o’qituvchi tomonidan tuzilgan testlarga qiziqarli
ravishda javob topishadi. Albatta, bu kompyuter yoki telefon orqali o’ynaladigan zamonaviy
o’yin. Bunda sodda ko’rinishdagi topshiriqlar bajariladi.
Prodigy-o’quvchilar uchun qiziqarli matematik sarguzasht o’yini.
Bu platformada ham o’quvchilar ro’yxatdan o’tib, matematik misol va masalalarni
qiziqarli tarzda yechishlari mumkin. Yana ijobiy tomoni shundaki, bu platforma tushunarli va
oson. Bu platforma foydalanuvchiga o’z ehtiyojlariga moslab tizimni sozlash imkoniyatini
beradi. Agar kerak bo’lsa, foydalanuvchilar Python kodini o’zgartirib o’z xohishiga ko’ra tizimni
yanada kengaytirishlari mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish joizki ta’limiy o’yinlar o’quvchilarda kreativlikni
rivojlantirishda samarali vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Ular o’quvchilarni muammolarni
yechishda innovatsion yondashuvlarni izlashga, yangi g’oyalar yaratishga va mustaqil fikrlashga
undaydi. O’yinlar interaktiv va motivatsion muhit yaratadi, bu esa o’quvchilarning o’quv
jarayonida faol ishtirok etishiga yordam beradi.
Aprel, 2025-Yil
723
Shuningdek, ta’limiy o’yinlar orqali o’quvchilarning kommunikativlik, analitik va
tanqidiy fikrlash qobiliyatlari ham rivojlanadi. Bu jarayon orqali nafaqat bilim olishadi, balki
hayotda qo’llaniladigan amaliy ko’nikmalarni ham shakllantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Kasimov, F. M., & Go’zalxon, A. (2023, September). BOSHLANG’ICH SINFLARDA
MATEMATIKANI O’QITISHDA INNOVATSION YONDASHUV. In The Role of
Sciences in the Formation of Unusual Thinking Skills in Young Students: International
Scientific-Practical Conference (Czech). (pp. 58-61).
2.
Kasimov, F. M., & Go’zalxon, A. (2023, March). DARS JARAYONIDA INTERFAOL
METODLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI. In E Conference Zone (pp.
74-80).
3.
Qosimov, M. F., & Kasimov, F. F. (2021). Methods of teaching to solve non-standard
problems. Middle European Scientific Bulletin, 11.
4.
Davronov,
A.
(2022,
March).
YOSH
AVLOD
TA’LIMIDA
O’YIN
TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING SAMARADORLIGI. Farg’ona Davlat
Universiteti nashriyoti.
5.
Pardaev, A. (2020). PEDDAGOGIK O’YINLAR VA ULARDAN SAMARALI
FOYDALANISH. Toshkent pedagogika institute. – Pedagogik o’yinlar va ularning
kreativlikni rivojlantirishdagi o’rni.
6.
Kasimov, F. F. O. G. L. (2021). MASALANI MUHOKAMA QILIB YECHISH
ORQALI
O’QUVCHILARDA
XULOSA
CHIQARISH
KO’NIKMASINI
SHAKLLANTIRISH. Scientific progress, 2(7), 1038-1047.