ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1925
ODAM GAVDASINING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI HAQQIDA ANATOMIK KOZ
QARASH
Reymbaeva Roza Saparbaevna
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxasislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish
instituti Nukus filiali.
Yakka kurash va tabiiy fanlar kafedrasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15334004
Annotatsiya.
Ushbu moqolada ilim va fanda organizmning barcha a'zolari bir-biri bilan
o’zaro bog’liq bo’ladi, ya'ni tomirlarda oqayotgan qon, limfa suyuqliklari yordamida gumoral
yo’l bilan bog’lanadi, markaziy nerv sistemasi organizmni idora etib turadi, bularning hammasi
organizmning bir butunligini ta'minlaydi. Fibroz tuqlma yoki zich biriktiruvchi tuqima tolalari
bir-biriga zich, paralel joylashgan tutamlardan tuzilgan bo’lib, baquvvat va elastiklik xususiyati
bo’lmaydi. Organizmda tayanch vazifasini bajaradi.
Kalit sozlar:
organizm, Anatomiyani Demak, Dialektika, sitoplazma, yadrodan, epiteliy
tuqimasi, ichki muxit tuqimasi, muskul tuqimasi, nerv tuqimasi.
ANATOMICAL VIEW OF THE STRUCTURE AND DEVELOPMENT OF THE
HUMAN BODY
Abstract.
In this article, all organs of the organism are interconnected, that is, they are
connected by humoral means with the help of blood and lymph fluids flowing in the vessels, the
central nervous system controls the organism, all this ensures the integrity of the organism.
Fibrous tissue or dense connective tissue is made up of dense, parallel bundles of fibers, and is
not strong and elastic. It serves as a support in the organism.
Keywords:
organism, Anatomy, Dialectics, cytoplasm, nucleus, epithelial tissue,
endothelium, muscle tissue, nerve tissue.
АНАТОМИЧЕСКИЙ ВЗГЛЯД НА СТРОЕНИЕ И РАЗВИТИЕ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО
ТЕЛА.
Аннотация.
В данной статье наука и техника показывают, что все органы тела
взаимосвязаны, то есть они связаны гуморальным путем с помощью крови и
лимфатических жидкостей, текущих в сосудах, центральная нервная система управляет
организмом, все это обеспечивает целостность организма. Фиброзная ткань, или
плотная соединительная ткань, состоит из плотных, параллельных пучков волокон и не
является ни прочной, ни эластичной. Он выполняет функцию опоры в организме.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1926
Ключевые слова:
организм, анатомия, диалектика, цитоплазма, ядро,
эпителиальная ткань, эндотелий, мышечная ткань, нервная ткань.
Demak odam organizmi tuqimalardan, a'zolardan, sistemalardan tarkib topgan, ular
o’zaro birlashib, bir butun organizmni hosil qiladi.
Anatomiyani o’rganishda odam organizmining xizmati katta. Odam organizmining
tuzilishiga yondoshishda ikki xil bir-biriga qarama-qarshi materialistik va idealistik oqimlar
paydo bo’lgan va uzoq, yillar davomida ana shu oqimlar orasida kurash davom etib kelmoqda.
Chunonchi, mexanik materialistlar organizm turli xil a'zolarning mexanik yig’indisidan
(Morganni), tuqimalar (Bisha) yoki xujayralar yig’indisidan (Virxov) iborat deb qaraydilar.
V.Virxov odam organizmini xujayralar davlatiga qiyoslaydi, unda aloxida guruxlar -
xujayralar federasiyasi bo’lib, uzi mustaqil yashash imkoniyatiga ega ekanligini ta'kidlaydi.
Alohida a'zolarni umumiy bir butun organizmdan ajratib qarash metafizik qarashdir. U
xujayra guruxlarini mustaqil yashash imkoniyatiga ega deyish - vitalizmdir.
Dialektika nuqtai nazaridan, organizm alohida qismlar, tuqimalar, a'zo va tuqima
elementlaridan tashkil topgan. Ana shu qismlarning bir-biriga uzviy bog’lanishi natijasida bir
butunga aylangan tuzilma bo’lib, u beto’xtov o’zgarib turadi. Organizm uzi yashaydigan
sharoitga moslashgan va shu sharoitsiz yashay olmaydi.
Organizmning barcha a'zolari bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’ladi, ya'ni tomirlarda
oqayotgan qon, limfa suyuqliklari yordamida gumoral yo’l bilan bog’lanadi, markaziy nerv
sistemasi organizmni idora etib turadi, bularning hammasi organizmning bir butunligini
ta'minlaydi.
Demak, odam organizmi tuqimalardan, a'zolardan, sistemalardan tarkib topgan, ular
o’zaro birlashib, bir butun organizmni hosil qiladi.
Xujayra
sitoplazma va yadrodan tashkil topgan sistema bo’lib, o’simlik va xayvon
organizmining takomillashishi, tuzilishi va yashash jarayonlarining asosi hisoblanadi. Hayot
davomida, moddalar almashinuvida ishtirok etishi tufayli doimo kupayib (yangi xujayra hosil
qilib) yangilanib turadi. Hujayralar orasida hujayralararo modda joylashgan, bu modda suyuk
yoki dirildoq va zich x,oldagi asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan.
Har bir xujayra sitoplazma qobigi, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Sitoplazmada:
hujayra organellalari, kiritmalar; yadroda: yadrocha, xromatin, yadro shirasi va yadro qobig’i
mavjud.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1927
Hujayra xaqidagi to’lik ma'lumot gistologiya fanida beriladi.
Tuqimalar.
Tuqima evolyusion taraqqiyot jarayonida vujudga kelib, umumiy tuzilishga
ega bo’lgan ma'lum funksiyani bajarishga ixtisoslashgan xujayra va xujayra bo’lmagan
tuzilmalar majmuasi-dan iborat.
Evolyusiya jarayonida 4 xil tuqima vujudga kelgan:
1) epiteliy tuqimasi;
2) ichki muxit tuqimasi;
3) muskul tuqimasi;
4) nerv tuqimasi.
1. Qoplovchi epiteliy tuqimasi, chegaralovchi tuqima bo’lib, tana va xazm qilish nayining
ichki yuzasini qoplab turadi. U jigar, me'da osti bezi va boshqa bezlar tarkibiga kiradi.
2. Biriktiruvchi toqimalar - xujayralararo oraliq moddalari ko’prok bo’lishi bilan
farqlanadi. Bu xildagi tuqimalar tarkibida amorf (ma'lum tuzilishga ega bulmagan) moddalar,
kollagen hamda elastik tolalar bo’ladi.
Biriktiruvchi tuqimaning turlari:
Yumshoq (shakllanmagan) biriktiruvchi tuqima - fibroblastlar (yapaloq, sershox
hujayralar) dan tashkil topgan bo’lib, boshqa turdagi tukimalarni bir-biriga bog’laydi, a'zolar
tarkibidagi bushliqlarni tulg’izadi.
Yog’ to’qima - protoplazmasida yog’ tomchilari bo’lgan shar shaklidagi hujayralar
bo’lib, ular organizmda charvi sifatida (qorin bushlig’ida) teri ostida, buyrak atrofida, ko’z
kosasi va boshqa joylarda uchraydi. Ular o’zaro birlashib yog’ parchasini hosil qiladi. Yog’
tuqima, organ, oraliq, bushliqlarni, kuz kosasi, buyrak atrofida (ularni silkinishdan saqlaydi)
organizm haroratini tartibga solib turadi. qorin bushligidagi charvi va teri osti yog’ qavati zapas
oziqa hisoblanadi.
Fibroz tuqlma yoki zich biriktiruvchi tuqima tolalari bir-biriga zich, paralel joylashgan
tutamlardan tuzilgan bo’lib, baquvvat va elastiklik xususiyati bo’lmaydi. Organizmda tayanch
vazifasini bajaradi.
Elastik tuqimalar - orasida yumshoq, biriktiruvchi tuqimasi bo’lgan cho’ziluvchan
(elastik) tolalar mavjud bo’lib, boylamlarda, qon tomir devorlarida joylashgan.
T o g’ a y t u q i m a - organizmda tayanch vazifasini bajaradi, xujayralararo oraliq
moddalari ko’p bo’ladi. Tog’ay tuqima elastik va gialin tog’aylariga ajraladi. Gialin tog’ayning
tashqi ko’inishi xira shishaga uxshagan (shishasimon tog’ay nomi shundan olingan), xujayralari
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1928
yakka-yakka yoki to’p-to’p bo’lib joylashgan. Organizmda nafas yo’llarining tog’aylari, bo’g’im
tog’aylari, qovurg’alarning oldingi uchi tog’aylari gialin tog’ayidan tuzilgan. Skelet
suyaklarining kup qismi embrional usish davrida gialin tog’ayi kurinishida bo’lib, keyinchalik
suyaklanadi.
Elastik yoki tolali tog’aylar tuqimasining oraliq moddasi kollagen moddadan iborat
bo’lib, burim ichidagi menisklar, umurtqalar tanasining oraliq tog’aylari shular jumlasidandir.
Elastik tog’ay tuqimasidagi tolalar bukiluvchan va chuziluvchan (elastik) tolalar
bulganligidan sariq rangli bo’lib kurinadi.
Hamma tog’ay tuqimalarning tashqi yuzasi zich biriktiruvchi tuqima bilan o’ralgan
bo’lib, tog’aylarni oziqlantirib turadi va o’sishga yordam beradi.
Suyak tuqima. Bu tuqimada oraliq qattiq modda ko’p bo’lganligi uchun qattiq, bo’lib,
boshqa tuqimalardan shu xossasi bilan farqlanadi. Yangi tug’ilgan chaqaloklar suyak
tuqimalarining oralik, moddalari betartib tarqalgan, kollagen tutamlardan tuzilsa, o’rta yashar
odamlarda suyak oralik, moddasiga ohak moddasi shimilib, uni borgan sari qattikqlashtirib
boradi. Suyak tuqimasi boshqa tuqimalar singari hujayra va oralik moddalardan tuzilgan bo’ladi.
Suyak hujayrasi - asteositlar (osteon - suyak, cytis - xujayra) ko’p qirrali shaklda bo’lib,
tanasi suyak bushliqlarida joylansa, uning usiqlari suyak kanallarida o’zaro bir-biri bilan tutashib
joylashadi. Suyaklarda moddalar almashinuvi jarayoni ana shu tutashmalar orqali bajariladi.
Rivojlanayotgan suyaklarda osxevsitlardan tashqari, osteoblastlar (osteon - suyak, blastos
- kurtak, clac - rivojlanish) va osteoklastlar bo’ladi. Osteoblastlar suyak rivojlanishida ishtirok
etadi, osteoklastlar rivojlanishdan tuxtagan suyak hujayralarni kemiradi.
Suyak oralik moddalar deyarli mineral (kalsiy va fosfor) tuzlardan iborat bo’lib, ular
suyaklar mustaxdamligini ta'minlab beradi.
Rouber ma'lumotiga ko’ra suyaklar ohakdan 4-5 marta qattiq chuyan va temirga yaqin
turadi.
Suyak oralik kollagen tolalari ossein tolalari nomi bilan ataladi va ularning joylashishiga
qarab ikki xil (dag’al tolali va yassi plastinkasimon tolali) suyak tuqimalari tafovut etiladi.
Dag’al tolali tuqima - asosan embrion va yangi tug’ilgan chaqaloklarning suyak
tuqimalarida tartibsiz har tarafga tarqalib joylashadi. Organizmning rivojlanish davrida asta-
sekin yassi tolalar bilan almashinadi. Dag’al tolalar katta yoshli odamlarda suyaklarning faqat
paylar yopishadigan qismlarida, kalla suyaklarining o’zaro birlashadigan choklaridagina
uchraydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1929
Yassi plastinkasimon suyak tuqimasida ossein tolalari parallel yunalib joylashadi va
suyaklarning qattiq, bo’lishini ta'minlaydi. Bunday tuzilgan suyaklar katta odamlarning deyarli
barcha suyaklariga tegishli xususiyatdir.
3. Ichki muhit to’qimasi mezenximadan iborat bo’lib, uning tarkibiga qon, limfa,
siyrak va zich biriktiruvchi tukimalar kiradi.
4. Muskul to’qimasi muskul tolalaridan tuzilgan bo’lib, nerv sistemasidan impuls olganda
qisqarish qobiliyatiga ega. Muskul tolasi qisqarganda buyiga qisqarib, eniga yug’onlashadi.
Odatda, ikki xil ko’ndalang-targ’il va silliq muskul tuqimalari tafovut qilinadi. Bu ikki xil
muskul tolalari ham morfologik, ham funksional jihatdan bir-biridan farq qiladi.
Silliq muskul tolalari mikroskop ostida kuzatilganda, uning duksimon shaklga ega
bo’lgan muskul xujayralaridan iborat ekanligi va silliqligi (ko’ndalang chiziqlarsiz) ko’rinadi.
Silliq muskul hujayralari ovqat hazm qilish kanalini, siydik chiqarish yo’llarini, bachadonni, qon
tomirlar devorining (odam ixtiyoriga buysunmay, o’z holicha kisqaradi) muskul qavatini tashkil
qiladi. Shuning uchun xdm sillik, muskullar aloxida avtonom (vegetativ) nerv sistemasi orqali
idora qilinadi. Demak, sillik muskul tolalari funksional jihatdan beixtiyor ishlar ekan. Ikkinchi
turkum muskul hujayrasiga kundalang-targ’il muskul xujayralari kiradi. Bu muskul tolalari
mikroskop ostida ko’rilganda, sarkoplazmaning oq va qora chiziklari targ’il xolda ko’rinadi, ana
shu hususiyatiga ko’ra u kundalang-targ’il nomini olgan. Kundalang-targ’il muskul odam
ixtiyori bilan ishlaydi va markaziy nerv sistemasi nazoratida bo’ladi.
Yurak muskul qavati (miokard) ni xosil qiluvchi mioditlar mikroskopda ko’rinishi
jihatidan kundalang-targ’il muskullar qatoriga kirsa, funksional jix,atdan sillik muskullarga
tegishli. Shuning uchun miokard aloxida turkum - yurak muskuli turkumiga kiritilgan.
5. Nerv to’qimasi. Nerv to’qimasi nerv hujayralaridan va oralik, tuzilmalar -
neyrogliyalardan iborat. Nerv sistemasining morfofunksional birligini nerv hujayrasi tashkil
qiladi. Nerv hujayrasi tanasining uzun (neyrit) va qisqa (dendrit) shoxlari mavjud. Nerv hujayrasi
- neyrositlardan chiqqan shoxlar soniga kura: bir shoxli (unipolyar), ikki shoxli (bipolyar), ko’p
shoxli (multipolyar) neyrositlar deb atalgan. Neyrositlardan chiquvchi shoxlarning bittasi
boshqalaridan o’zining uzunligi bilan ajralib turadi va "neyrit" deb yuritiladi. Neyrit
(yoki akson) ning periferiya uchi boshqa (ikkinchi) nerv xujayrasida, muskullarda yoki bezlarda
tugaydi. Nerv xujayrasi va neyrogliya uzining murakkab tuzilishi, funksiyasi bilan boshqa
tuqimalardan keskin ajralib turadi. Chunki nerv tukimasi organizm bilan atrof-muxit o’rtasida
o’zaro aloqani ta'minlab turadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1930
Nerv sistemasi gumoral (qon va limfa) sistema bilan birgalikda barcha a'zolar ishini
uyg’unlashtirib (koordinasiya qilib) turadi. Nerv impulsi xujayra tanasidan akson bo’ylab ishchi
a'zo (muskullar, bezlar) ga yoki ikkinchi nerv xujayrasiga qarab yo’naladi.
Neyronning kalta o’siklari, dendrit oxirlari ta'sirotni qabul qiluvchi retseptorlardan iborat,
ular joylardagi ta'sirotlarni markazga (xujayra tanasiga) uzatadi. Neyrogliya xujayralari
(astrositlar) nerv xujayralaridan iborat bo’lib, markaziy nerv sistemasida tayanch vazifasini
o’tasa, mikrogliya yoki makrofaglar - agositoz ro’lini bajaradi. Bosh miyaning qon bilan
ta'minlanishida astrositlarning ahamiyati katta. qon bilan miya o’rtasidagi tusiqni
(gematoensefalitik tusi?) astrositlar ta'minlaydi.
REFERENCES
1.
Qodirov.U.Z «Odam anatomiyasi» Ibn Sino nashriyoti. T, 1996 yil darslik.
2.
Azimov.I.F, Sobitov. SH.S. «Umumiy va sport fiziologiyasidan m ashg'ulotlar uchun
qo'llanma» T. 1995 yil.
3.
Pokrovskiy V.M., Korotko G.F. “Fiziologiya cheloveka” Moskva “Medisina” 2003 g.
Uchebnik.
4.
Babskiy.YE.B. «Fiziologiya cheloveka» Izdatelstvo-Medisina. 1992 god. Uchebnik. 5.
Kosiskiy G.l. «Fiziologiya cheloveka» Izd. Medisina 1992 god. Uchebnik.
5.
Nozdrachev.R.G. «Obshiy kurs fiziologii cheloveka i jivotnix». Moskva. Vo'sshaya
shkola.1994 god.
6.
Klemesheva L.S, Ergashev.M.S «Yoshga oid fiziologiyasi». T. 1991 yil.
7.
Styorkin P. «Osnovo1 fiziologii» (perevod s angliyskogo). Moskva «Mir» 1994 god.
8.
Soddiqov K.S. «O'quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi» T. «0'qituvchi»1996 yil.
9.
Maxmudov YE.M. «O 'sm irlar fiziologiyasi» T. 1995 yil.
10.
Markosyan A.A. «Yosh fiziologiyasi mamalalari» T. 1993 yil. 12. Xripokva A.G.
«Vozrastnaya fiziologiya» M .l994 god.