Authors

  • Sayyora Otanazarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.85306

Keywords:

adib shoir devon bayoz qo‘lyozma zullisonayn hamd na’t muxammas g‘azal.

Abstract

Ushbu maqolada namanganlik shoir Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li Dog‘iyning lirik merosi haqida ma’lumot berilgan. Shoir she’rlarida mumtoz adabiyot an’analariga sodiqlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Buning misoli sifatida Dog‘iyning hamd va na’tlari tahlil ostiga olindi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

DOG‘IYNING AN’ANA VA IZDOSHLIKKA MUNOSABATI

Otanazarova Sayyora Otanazar qizi

Namangan davlat universiteti magistranti.

Email:

sayyoramapiraliyeva@gmail.uz

https://doi.org/10.5281/zenodo.15348314

Annotatsiya. Ushbu maqolada namanganlik shoir Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li

Dog‘iyning lirik merosi haqida ma’lumot berilgan. Shoir she’rlarida mumtoz adabiyot
an’analariga sodiqlik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Buning misoli sifatida Dog‘iyning hamd
va na’tlari tahlil ostiga olindi.

Kalit so‘zlar: adib, shoir, devon, bayoz, qo‘lyozma, zullisonayn, hamd, na’t, muxammas,

g‘azal.

ОТНОШЕНИЕ ДОГИ К ТРАДИЦИЯМ И ПОСЛЕДОВАТЕЛЯМ

Аннотация. В данной статье представлены сведения о лирическом наследии

наманганского поэта Муллы Ёлдошходжи Отаходжи сына Доги. В стихах поэта
проявляется верность традициям классической литературы. В качестве примера были
проанализированы похвалы и похвалы Доги.

Ключевые слова: адиб, деван, поэт, баяз, рукопись, зуллисонайн, хамд, нат,

михаммас, газель.

DOGI'S ATTITUDE TOWARDS TRADITION AND FOLLOWERSHIP

Abstract. This article provides information about the lyrical heritage of Namangan poet

Mulla Yoldoshhoji Otahoji son Dogi. The poet's poems show loyalty to the traditions of classical
literature. Dogi's praises and blessings were analyzed as an example.

Key words: adib, devan, poet, bayaz, manuscript, zullisonayn, hamd, na't, mikhammas,

ghazal.


KIRISH

Farg‘ona vodiysining go‘zal shahridan bo‘lmish Namangan o‘z bag‘rida ko‘plan shoir va

mutafakkirlarni yetishtirib bergan. Ushbu mo‘tabar zaminda Mahdumi A’zam Kosoniy, Mulla
bozor Oxund, Boborahim Mashrab kabi shoir-u fozillar tug‘ilib, voyaga yetganlar.

Ayniqsa, XX asr Namangan adabiy muhitiga nazar tashlasak, bu yerda o‘nlab yetuk

adiblar yashab ijod etganining guvohi bo‘lamiz. Nodim Namangoniy, Mulla Yo‘ldosh Xilvatiy,
Koshoniy, Mulla Is’hoq eshon Ibrat, Dadaxon qori Suhayliy, Mulla Inoyatxon mahdum
Langariy, Nabixon Chustiy, Mulla Otaxon Nisoriy, Abduvohid Sho‘xiy singari o‘tkir qalam
sohiblari shu davrda barakali ijod qilganlar.

Dog‘iy taxallusi bilan qalam tebratgan Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li Namangan

shoirlarining taniqli vakillaridan biridir.

Arab va fors tillarini mukammla egallagan shoir tafsir, fiqh, balog‘at, mantiq, aruz kabi

ilmlarning ham yaxshigina bilimdoni edi. Dog‘iy aruzning turli shakllarida g‘azallar yozgan.
Jomiy, Fuzuliy, Mashrab, Nodirabegim, Muqimiy, Zebo, Rojiy, Oshiqi O‘shiy, Partaviy, Unvon
kabi shoirlarning g‘azallariga go‘zal muxammaslar bog‘lagan.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

167

ADABIYOTLAR TAHLILI

Dog‘iy lirik merosi adabiyotshunoslar tomonidan endi o‘rganilmoqda. 2006-yilda nashr

etilgan “Dilim izhor aylayin derman” she’riy kitobida shoirning hamd, na’t hamda munojotlari,
shuningdek,

g‘azal, mustahzod, murabba’, muxammas, masnaviy, ruboiy, tuyuq,

muvashshah,marsiya, ta’rix she’rlari, fors tilidagi g‘azal, muxammaslari ham joy olgan. Shu
bilan birga, kitob oxirida Partavning shoirga atab yozgan forscha qasida va g‘azali, Anvar qori
Tursunovning shoir Dog‘iy haqidagi maqolasi o‘rin olgan. Otasi she’rlarini eski o‘zbek
yozuvidan kirill yozuviga o‘girgan shoirning o‘g‘li Hoshimxo‘ja ushbu nashrga so‘zboshi va
so‘ngso‘z yozgan. So‘zboshida shoir biografiyasi batafsil bayon etilgan. Uning ijodiy merosi
hozirgi kunda o‘g‘li Hoshimxo‘ja qo‘lida saqlanmoqda.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Mulla Yo‘ldoshxo‘ja Otaxo‘ja o‘g‘li Dog‘iy adabiy manbaalari o‘rganib chiqildi. Uning

lirik merosi tahlil qilindi va bugungi kundagi ahamiyati yoritildi. Shoirning mumtoz adabiyot
an’analari aks etib turgan hamd, na’t, g‘azallari tahlil qilindi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Davr adabiy hayitining rang-barang janrlarga boyligi Namangan adabiy harakatchili

namoyondalari ijodida ham kuzatiladi. Dog‘iy ijodida ham mumtoz adabiyot an’analari hamda
yangi davr adabiyotiga xos tamoyillar asosida yaratilgan ijod namunalari o‘ziga xos badiiy
qimmatga ega. XX asr boshlarida qalam tebratgan ushbu shoir qaysi janrda ijod qilmasin,
albatta, mumtoz adabiyot an’analariga suyangan. Muhabbat, odamiylik, ezgulik, xalqchillik kabi
barhayot mavzularda ijod qilgan. Uning ijodidagi an’anaviylik “vertikal” hamda “gorizontal”[1]
aspektda amalga oshgani ma’lum. “Vertikal” aspektda yuz began an’anaviylik mumtoz adabiyot
vakillari Hofiz Sheroziy, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil, Mashrab kabi shoirlar ijodiga bo‘lgan
ta’sirda namoyon bo‘ladi.

Ularning balog‘at, fasohat, aruz va qofiyadagi ijod sirlaridan ilhomlanib, g‘azallariga

nazira bog‘ladi, taxmislar bitdi. Uning ijodidagi an’anaviylik faqat vazn, qofiya va radif
qo‘llashda emas, balki poetik g‘oyani ifodalashdagi an’anaviy timsollar vositasi ham ko‘zga
tashlanadi. Shuningdek, zamondosh shoirlarning o‘zaro ijodiy hamkorligi, ular o‘rtasidagi
an’ana va o‘ziga xoslik “gorizontal” munosabatda amalga oshganini anglatadi.[2]

Mumtoz adabiyot vakillari ijodidan bahra olish, ularga hamohang ruhda asar yozish

yozuvchining san’atkorlik mahoratini oshiradi. Zero, “Navoiy ijodini o‘rganish davomida,
salaflar ijodi bilan mushtarak ko‘ringan jihatlarini yoritishga harakat kitobxonlarning Sharq
adabiyoti haqidagi bilimlarini kengaytirishga ko‘maklashadi”. [3] Bunday jarayon Dog‘iy
ijodida ham ko‘zga tashlanadi.

Quyidagi muxammasda Dog‘iy ozarbajon shoiri va mutafakkiri Fuzuliy g‘azalining vazn

va qofiyasi saqlangan holda poetik fikr rivojlantirilgan :


Jahonda Dog‘iy bir dilraboning mubtalosi bo‘l,
Ki rasvolik bila har ziy nafas angusht namosi bo‘l,
Vale sohibdilining xizmatida xoki posi bo‘l,
Fuzuliy ikki olamda muhabbat oshnosi bo‘l,
Yiroq qochg‘il aningdin loaqal ishqiy majoz o‘lmas.

[4]


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

168

Muxammas (ar.: beshtadan, beshtalik) – g‘azaldan keyin eng ko‘p yaratilgan lirik janr.

Muxammasning har bir bandi besh misradan iborat. Birinchi bandning misralari to‘liq
qofiyalanadi, keying bandlarning oxirgi misrasi dastlabki bandga qofiyadosh bo‘ladi (a-a-a-a-a;
b-b-b-b-a…)

Muxammas yaratilish usuliga ko‘ra ikki xil ko‘rinishga ega :

1.

Maxsus yozilgan mustaqil muxammas. Bu turdagi o‘zbekcha muxammasning hozircha

ma’lum dastlabki namunasi Hofiz Xorazmiy devonida uchraydi.

2.

Taxmis yo‘li bilan , ya’ni g‘azal baytlaridagi uch misradan qo‘shish yo‘li bilan paydo

bo‘lgan muxammas.[5]

Dog‘iy ijodida har ikki turdagi muxammaslarni ko‘rishimiz mumkin. Maxsus yozilgan

mustaqil muxammasga quyidagi muxammasni misol keltirishimiz mumkin:

Dilo, qilgan jahonda harna kirdoring xato ketmas,
Aning yo‘lida chekkan dard-u zahmat bedavo ketmas,
Gunagdin tavba qilmas toki har mo‘min safo ketmas,
Bu af’ol ila sandin to qiyomatg‘a havo ketmas,
Zihi ayni saodat ulki hasratda ado ketmas.

[6]

Dog‘iy yuqoridagi muxammasi bilan mumtoz adabiyot an’analariga suyangan holda

Hofiz Xorazmiy yo‘lini davom ettirgan.

Dog‘iy muxammasning ikkinchi turi : taxmis yo‘li bilan , ya’ni g‘azal baytlaridan uch

misra qo‘shish yo‘li bilan paydo bo‘lgan muxammaslar ham yozadi :

Qatlim uchun kelur esa Dog‘iy biling ani,
Tutmam darig‘ qudumiga ming jon bila tani,
Yo‘qtur agarchi kulbayi ahzoni ravzani,
G‘am zulmatida bo‘lmag‘a dard-u balo mani,
Basdur Fuzuliy otashi ohim alomati.

[7]


Yuqoridagi muxammas Fuzuliy g‘azaliga tatabbu’ qilingan. Dog‘iy Fuzuliy ijodiga juda

katta qiziqish bilan qaragan. So‘zimning isboti sifatida shuni keltirishim mumkinki, shoirning
avlodlariga qoldirgan mo‘jazgina kutubxonasida Fuzuliy qo‘lyozmalari ham saqlangan.

Dog'iyning vertikal aspektda yozgan muxammasiga quyidagi misralarni ham misol

keltirsak bo'ladi:

Rahm etib ahvolig‘a rahmat sharobin tutmasa,
Tashnayi g‘ufron erur bir jur’a andin yutmasa,
Dog‘iy, gar qilgan duolarni ijobat etmasa,
Xoja Nuriddinni Mashrabga gunohin o‘tmasa,
Osiy-jofiy kuymasin, do‘zaxga tanho man boray.

[8]


XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyondasi bo‘lgan Dog‘iy

boshchiligidagi bo‘lib o‘tgan adabiy kechalar, Qo‘qon adabiy muhiti namoyondalari bilan bo‘lib
turgan adabiy aloqalar bu davr ijodkorlarining qalami mumtoz adabiyot an’analariga xos


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

169

tamoyillar bilan charxlanganligini ko‘rsatadi. Bu davr ijodkorlari, jumladan, Nodim, Xilvatiy va
Dog‘iy shoir Muqimiy bilan yaqin munosabatda bo‘lishgan. Muqimiy Namanganga tashrif
buyurganda Dog‘iy har gal uning ishtirokidagi adabiy yig‘inlarda qatnashadi. Bu uchrashuvlar
natijasida Dog‘iy Muqimiyning “Dog‘man” murabbasiga nazira bog‘laydi.

Arzidil ayturg‘a bir xilvat qilolmay dog‘man,
Bir nafas yolg‘iz topib hasrat qilolmay dog‘man,
Jabr-u bedard-u sitam behad chekib ranj-u alam,
Sen bila suhbat qurib rohat qilolmay dog‘man.

[9]

Yuqoridagi murabba’ga Dog‘iyning yozgan nazirasi quyidagicha :

Aylanib girdi bu gulshandin ketolmay dog‘man,
Dasta-dasta yoki gullardin uzolmay dog‘man.
Uchradim men domi sayyodiga chandon zo‘r urub,
Torta-torta poy bandidin chiqolmay dog‘man.

[10]


Shoir gorizontal aspektda o‘z zamondosh shoirlari Suhayliy, Xilvatiy, Ubaydiylarning

g‘azallariga ham muxammas bog‘lagan.

Mumtoz adabiyot namoyondalari ijodiga xos xususiyatlardan yana biri asarlarni hamd va

na’t bilan boshlanishidir. XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyondalari
ijodida mumtoz adabiyot an’analari asosida yaratilgan hamd va na’t g‘azallari mavjud. Dog‘iy
ijodida bu hodisaga ko‘p duch kelamiz, chunki uning deyarli barcha asarlari yaratganga hamd
bilan boshlangan. Dog‘iyning ilohiy muhabbat bilan yo‘g‘rilgan hamd mavzusidagi baytlarini
tasavvuf falsafasiga bog‘lab o‘rganish shoir qalbidagi his-tuyg‘ularni aniqroq tushunishimizga
yordam beradi . Masalan, Dog‘iyning quyidagi hamd g‘azali 8 bayt bo‘lib, g‘azalning dastlabki 7
baytida Yaratganning sifati subutiyasi sanaladi:

Avval ba nomi hazrasti xudovandi taolo,
Bo‘ldi aning qudratidin paydo hama ashyo.
Uldur Ahadu Samadu yana bir vasfi lam yalid,
Bo‘lmas barobari aning dar avji kibriyo.
Xalq etti sonsiz sun’idin murg‘oni bahoyim,
Undurdi yerning ustida navoyi g‘izoho.

[11]

So‘nggi baytda esa shoir Allohning sifatlarini sanab oxiriga yetib bo‘lmasligiga, ya’ni

Uning tengsizligiga ishora etadi :

Yetmasdur anga hech aql ochmakda na zabon,
Ne had senga demak bari vasfini Dog‘iyo.

[12]


Shoir yuqoridagi baytda oshiq tilidan Mahbubning betakror sifatlarini sanab, Unga tahsin

o‘qimoqda. Olam va uning ashyolarida, uning har bir zarrasida Husni Mutlaq jamoli aks etganini
his etgan shoir Ollohning qudrati oldida insonning naqadar ojizligini bayon qilmoqda.



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

170

XULOSA
S

hoirning mumtoz adabiyot an’analariga asoslanib yozilgan hamd va na’t g‘azallarida

so‘fiyona ishq, soliklarga xos tarzda o‘zini malomat qilish va Yaratgan marhamatidan umidvor
bo‘lish ruhi singdirilganini ko‘ramiz. U o‘zining chuqur ma’noga ega hamd va na’t g‘azallari
bilan mumtoz davr ijodkorlari an’analarini munosib davom ettirdi.

REFERENCES

1.

Baller E. A., Ismoilov F. Y. Vorislik nima ? – Toshkent: O‘zbekiston, 1978. – 21 b.

2.

Boltaboyeva O. XX asr boshlarida Namangan adabiy harakatchiligi: namoyandalari,

an’ana va yangilanish: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi. –
Toshkent, 2019. – 146 b.

3.

Muhiddinov M. Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik. -Toshkent: O‘qituvchi, 1990.-4 b.

4.

Догий. Дилим изхор айлайин дерман. – Tошкент. Мовароуннахр, 2006. – 94 б.

5.

Ishoqov Y. So‘z san’ati so‘zligi. – Toshkent : O‘zbekiston, 2014 – 126 b.

6.

Karimov G‘. Muqimiy. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 96 b.

References

Baller E. A., Ismoilov F. Y. Vorislik nima ? – Toshkent: O‘zbekiston, 1978. – 21 b.

Boltaboyeva O. XX asr boshlarida Namangan adabiy harakatchiligi: namoyandalari, an’ana va yangilanish: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasi. – Toshkent, 2019. – 146 b.

Muhiddinov M. Adabiy an’ana va ijodiy o‘ziga xoslik. -Toshkent: O‘qituvchi, 1990.-4 b.

Догий. Дилим изхор айлайин дерман. – Tошкент. Мовароуннахр, 2006. – 94 б.

Ishoqov Y. So‘z san’ati so‘zligi. – Toshkent : O‘zbekiston, 2014 – 126 b.

Karimov G‘. Muqimiy. – Toshkent: Ma’naviyat, 2009. – 96 b.