Authors

  • Orasta Rajabova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.85351

Keywords:

Oʻzbekistonda sotsiologiya zamonaviy jamiyat ilmiy tadqiqotlar sotsiologik muammolar fan va amaliyot istiqbollar yosh kadrlar tayyorlash.

Abstract

Maqolada Oʻzbekistonda zamonaviy sotsiologiyaning rivojlanish holati, mavjud muammolari va istiqbollari yoritiladi. Sotsiologik tadqiqotlarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni, ilmiy bazani mustahkamlash zarurati va yosh kadrlar tayyorlash masalalari tahlil qilinadi. Kelajakda fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish asosiy vazifa sifatida belgilab beriladi.

background image


May, 2025-Yil

20

OʻZBEKISTONDA ZAMONAVIY SOTSIOLOGIYANINIG HOLATI VA

ISTIQBOLLARI

Rajabova Orasta Ziadulla qizi

O‘zbekiston Milliy Universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti “ Sotsiologiya “ yo‘nalishi

1-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15346744

Annotatsiya.

Maqolada Oʻzbekistonda zamonaviy sotsiologiyaning rivojlanish holati,

mavjud muammolari va istiqbollari yoritiladi. Sotsiologik tadqiqotlarning jamiyat

taraqqiyotidagi oʻrni, ilmiy bazani mustahkamlash zarurati va yosh kadrlar tayyorlash

masalalari tahlil qilinadi. Kelajakda fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish asosiy vazifa

sifatida belgilab beriladi.

Kalit so’zlar:

Oʻzbekistonda sotsiologiya, zamonaviy jamiyat, ilmiy tadqiqotlar,

sotsiologik muammolar, fan va amaliyot, istiqbollar, yosh kadrlar tayyorlash.

Abstract.

The article discusses the state of development, current problems and prospects

of modern sociology in Uzbekistan. The role of sociological research in the development of

society, the need to strengthen the scientific base and the issues of training young personnel are

analyzed. Strengthening the integration of science and practice is identified as the main task in

the future.

Keywords:

Sociology in Uzbekistan, modern society, scientific research, sociological

problems, science and practice, prospects, training of young personnel.

Аннотация.

Освещены состояние развития современной социологии Маколада

Узбекистонда, существующие проблемы и перспективы. Социология светсинниннинг

сомиедат светсагайндаги или рни, илмийи базани зарумати зарурати ва йош кэддис

прэттнинг машалили тахлил тахлил. В будущем фан ва практикует интеграционное

укрепление белгилаба как основную задачу.

Ключевые слова

: Узбекистонда социология, современное общество, илмийы

светсир, социология пресса, фанат ва prächsät, persektslar, yosh cadres pröfätt.

Globallashuv davrida dunyo ijtimoiy fanlar tizimida oʻtgan asrning 80-yillari ikkinchi

yarmidan boshlab xalqlar identikligini oʻrganish oʻzlikni anglash va ijtimoiy xotirani yoritib

berishning oʻziga xos belgisi sifatida oʻrganish davom etmoqda. Kishilik jamiyatining butun bir

davriy oʻzgarishlari tizimida ―sotsialogiya mavjud barcha manfaatlarning ―sababchisi sifatida

baholab, u sodir boʻlib oʻtgan, yoki kechayotgan ijtimoiy jarayon va hodisalar oʻz taʼsirini


background image


May, 2025-Yil

21

oʻtkazib kelmoqda. Natijada, davriy almashinuv jarayonlari tufayli sodir boʻlayotgan

oʻzgarishlarning mohiyati, rivojlanish tendensiyalari oqibatida identiklik masalalarini oʻrganish

zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Dunyo tajribasiga eʼtibor qaratilsa, sotsial fanlar tizimida identiklik muammolari

bugungi kunda falsafa, sotsiologiya, antropologiya, psixologiya kabi fanlarning ilmiy tadqiqot

obyekti hisoblanmoqda. Rivojlangan horijiy mamlakatlarning qator yetakchi universitetlar, ilmiy

tekshirish institutlari va tadqiqot markazlarida identiklik masalalariga yondashuvlar, xususan,

Londondagi ―Irqiy munosabatlar instituti‖ (Institute of Race Relations) etnik guruhlarning

ijtimoiy va huquqiy tengligi masalalari bilan, Buyuk Britaniyaning Kardiff shahridagi

―Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʻyicha ilmiy-tekshirish kengashi‖ (ESRC, Economic and

Social Research Council) etnik va diniy munosabatlarda identiklik masalalarini, Rossiya Fanlar

akademiyasi qoshidagi Etnologiya va antropologiya instituti ―Ijtimoiy ongning etnik, fuqarolik

va boshqa formalarini tadqiq etish‖ boʻyicha, shuningdek, Rossiyaning ―Sotsiologiya‖

Institutida tashkil etilgan ―Millatlararo tadqiqot markazi‖da ―Oʻzgaruvchan jamiyatda davlat,

fuqarolik, etnik va diniy identiklikning muvozanati va oʻzaro faoliyati masalalari boʻyicha,

Markaziy Osiyoni tadqiq etish Fransuz instituti (IFEAC - Institut français dʼétudes sur lʼAsie

centrale) Markaziy Osiyoda istiqomat qilayotgan xalqlarning madaniyati, turmush tarzi va etnik

identikligi masalalari bilan shugʻullanadilar. Bugungi kunda sotsiologik fanlar boʻyicha taʼrifi

berilayotgan metodologik yondashuvlarda yer yuzida roʻy berayotgan ijtimoiy madaniy

oʻzgarishlar tufayli dunyoning geografik xaritasida yangitdan paydo boʻlgan davlatlar tasnifi

orqali ham aks ettiriladi.

Xozirgi zamon sotsialogiyasining asosiy yo’nalishlari

Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi.

Iqtisodiy sotsiologiya

Siyosiy sotsiologiya

Ta`lim sotsiologiyasi

Mehnat va mehnat tashkilotlari sotsiologiyasi

Oila sotsiologiyasi

.

Zamonaviy o'zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish tizimi alohida

shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo'naltirilgan ijtimoiy-

gumanistik faoliyatning ma'lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo'ladi. O'tish davrining

murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida O'zbekiston o'z muhtoj fuqarolarining zarur yordam va

ko'magini olishi uchun xizmat qiladigan yangi ijtimoiy muassalar tizimini yaratish imkoniyatiga


background image


May, 2025-Yil

22

ega bo'ldi. Qariyalar, bolalar, nogironlar haqida qayg'urish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza

qilish Vazirligi, jamoatchilik tarzida o'zini boshqarish organlari (mahalla), IIV tomonidan

amalga oshiriladi. Bunday muassasalar tarkibiga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat

ko'rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko'rsatish markazlari, voyaga

yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila, ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam

ko'rsatish boyicha hududiy markazlar va boshqalar kiradi.

Umuman, davlatimizning butun ijtimoiy siyosati shularning barchasiga yo'naltirilgan.

Ijtimoiy siyosat va ijtimoiy ish bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ijtimoiy ish - bu ijtimoiy

siyosatni amalga oshirishning o'ziga xos bir shakli bo'lsa, ijtimoiy siyosat esa ijtimoiy ishning

o'zagi, yo'nalishidir. Huquqiy, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning murakkab yo'lida

mamlakatimiz usun yangi bo'lgan faoliyat turini shakllantirish va rivojlantirish, kasbiy salohiyatli

ijtimoiy ishchilarni tayyorlash zamon taqozosidir. Ijtimoiy ish sohasidagi mutaxassislar

faoliyatini tavsifi ularga nisbatan talabning yuqoriligi haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Respublikaning bozor iqtisodiyoti tizimiga kirishining o'zi ijtimoiy ishchilarga nisbatan ehtiyoj

paydo bo'lishini ta'minladi. Bundan tashqari, bugungi kunda respublikadagi barcha faoliyat

yurituvchi ijtimoiy boshqarish organlarida ijtimoiy ma'lumotga ega bo'lmagan mutaxassislar

ishlab kelmoqda. Ijtimoiy ishchilarni mavjud boshqa turli ta'lim shakllari boyicha tayyorlanilishi

respublikada davlat ijtimoiy siyosati boyicha kadrlarni ta'minlash borasidagi muammolarning xal

etilishi imkonini beradi.

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida milliy sotsialogiya mavzusi ―milliy

oʻzlikni anglash. tushunchasini tadqiq etish doirasida rivojlanib bordi. Bugungi kunga kelib

Oʻzbekistonda internetning taʼsir doirasi yanada kengaydi. 2022-yilga kelib internetdan

foydalanuvchilar soni dunyo miqyosida 4 millardan oshgan boʻlsa, mamlakatimizda 22 million

kishidan oshib ketdi Davrlar almashinuvi yutuqlari inson manfaatlari, ezgu maqsadlar yoʻlida

xizmat qilishi lozim, albatta. Biroq ayrim kuchlar virtual olamdan gʻarazli niyatlari yoʻlida

foydalanayotganligini inkor qilib boʻlmaydi. Davrlar oʻzgarishi, taassufki, faqat moddiy manfaat

va ehtiyojlarini qondirishga intiladigan, oʻz identligini qariyb yoʻqotgan, oʻzining maqsadi

yoʻlida har qanday gʻoyani qoʻllashga tayyor toifalarni ham vujudga keltirdi. Bunday salbiy

holat mamlakatimiz axolisi, ayniqsa, yoshlarimizga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Ana shu

tahdidni bartaraf etish uchun bor imkoniyatni ishga solgan holda izchil kurashish dolzarb

muammolardan hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi kunda har bir axborot chegara bilmaslik

xususiyatiga egaligini hisobga olib, ongi va dunyoqarashi endigina shakllanayotgan yosh

avlodning milliy oʻziga xosligini saqlab qolish dolzarb muammolardan hisoblanadi. Oʻzbekiston


background image


May, 2025-Yil

23

Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli ―Oʻzbekiston Respublikasini

yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida‖gi, 2017-yil 5-iyuldagi PF-

5106-sonli ―Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar

ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida‖gi, 2018-yil 27-iyundagi ―Yoshlar –

kelajagimiz Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida‖gi Farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik

aloqalari qoʻmitasining 2017-yil 19-maydagi № PQ-5046-son Qarori va boshqa meʼyoriy-

huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga mazkur dissertatsiya ishi muayyan

darajada xizmat qiladi. Jamiyatda boʻlayotgan oʻzgarishlarni namoyon qilish, oʻrganish usuli

sifatida ommaviy kommunikatsiyaga bevosita davr, yosh kategoriyasiga aloqador boʻlagan

maʼlumotlar baʼzasini diskursiv tahlil qilish tamoyillarini shakllantirish asosida ommaviy

kommunikatsiya nazariyalarining onto-gnoseologik asoslari subyekt-obyekt chegaralarini tahlil

qilishga bagʻishlangan boʻlib, maxsus yoʻnaltirilgan yondashuvlar va koʻrsatmalar orqali

ommaviy kommunikatsiyaning diskursiv jarayonini tahlil qilish bu – muammoli sohasining

negizi uchquni yoki konturiga borib taqaladi. Sotsiologiyada avlod va davrlar mavzusining tahlili

fanda tan olingan ijtimoiy va demografik xususiyatlarning oʻzaro bogʻliqligiga tayanadi. Buning

oʻziga xos jihatlari mavjud. Birinchidan, demografik jarayonlar maʼlum bir avlodning joylashgan

oʻrnidan kelib chiqib, kishilarning turmush tarzida kechadigan sotsial munosabatlarning

strukturaviy (tuzilmaviy) xususiyatlarini belgilovchi birlamchi omil sifatida namoyon boʻladi.

Ikkinchidan, jamiyat aʼzolarining oʻzaro aloqalarga kirishish xususiyatlari xar kanday davr

(avlod)ning demografik holati (migratsiya, tugʻilish, oʻsish, salomatlik va boshqalar.)

xususiyatlarini belgilab beradi. Bunda sotsial makonning oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi.

Xozirgi zamonda avlodlar oʻrtasidagi munosabatlar muammosini oʻrganish davomida bizning

oldimizda quyidagi savol paydo boʻldiki, unga javob bermay turib, eksperimental tadqiqotni

toʻgʻri tashkil etish mumkin emas.

Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekistonda zamonaviy sotsiologiya fani asta-sekin rivojlanib,

jamiyatdagi muhim ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilishda muhim vositaga aylanmoqda. Mavjud

muammolarga qaramay, sotsiologik tadqiqotlarga boʻlgan ehtiyoj ortib bormoqda. Kelgusida

sotsiologiyaning ilmiy-metodologik asoslarini mustahkamlash, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash

va xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali bu sohaning nufuzini yanada oshirish mumkin.

Sotsiologiya fani ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiladigan muhim omilga aylanishi

zarur.


background image


May, 2025-Yil

24

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

Мадаева Ш.О. Идентиклик антропологияси. – Тошкент: NOSHIR, 2015. – Б. 41-42.

2.

https://kun.uz/news/2019/11/05/dunyoda-internet-foydalanuvchilari-soni-4-mlrddanoshdi

http://uz.infocom.uz/2018/01/27/ozbekistonda-internetdan-foydalanuvchilar-soni-20-

milliondan-oshdi/

3.

Bahodir oʻgʻli I. M. Yoshlarning Ijtimoiy Faolligini Oshirish Jamiyat Rivojlanishining

Omili Sifatida //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 24. – С. 521-

523.https://scholar.google.com/citations?

view_op=view_citation&hl=ru&user=9ZnjrKMAAAAJ&citation_for_view=9ZnjrKMA

A AAJ:d1gkVwhDpl0C

4.

Isropilov M. B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of

society //Open Access Repository. – 2023. – Т. 4. – №. 2. – С. 729-735.

5.

Historical and socio-cultural description of the methodological study of the system of

religio symbols https://journalsnuu.uz/index.php/1/article/view/1216

References

Мадаева Ш.О. Идентиклик антропологияси. – Тошкент: NOSHIR, 2015. – Б. 41-42.

Bahodir oʻgʻli I. M. Yoshlarning Ijtimoiy Faolligini Oshirish Jamiyat Rivojlanishining Omili Sifatida //Miasto Przyszłości. – 2022. – Т. 24. – С. 521- 523.https://scholar.google.com/citations? view_op=view_citation&hl=ru&user=9ZnjrKMAAAAJ&citation_for_view=9ZnjrKMAA AAJ:d1gkVwhDpl0C

Isropilov M. B. The role of pr technologies in ensuring the sustainable development of society //Open Access Repository. – 2023. – Т. 4. – №. 2. – С. 729-735.

Historical and socio-cultural description of the methodological study of the system of religio symbols https://journalsnuu.uz/index.php/1/article/view/1216