Authors

  • Mirjalol Qosimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86581

Keywords:

maxsus chidamlilik jismoniy yuklamalar texnik va taktik mashqlar interval yugurish individual tiklanish.

Abstract

Ushbu maqolada 14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish vositalarini tanlash va qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etishga doir tavsiyalar bayon etilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

392

14-15 YOSHLI FUTBOLCHILARDA MAXSUS CHIDAMKORLIKNI

RIVOJLANTIRISH VOSITALARINI TANLASH VA QOʻLLASHDAGI MUAMMOLAR

Qosimov Mirjalol Qahramon oʻg'li

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti 1-bosqich magistranti

Oʻzbekiston, Chirchiq shahri.

E-mail:

mirjalolqosimov@gmail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.15369375

Annotatsiya. Ushbu maqolada 14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni

rivojlantirish vositalarini tanlash va qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etishga doir tavsiyalar
bayon etilgan.

Kalit soʻzlar: maxsus chidamlilik, jismoniy yuklamalar, texnik va taktik mashqlar, interval

yugurish, individual tiklanish.

ПРОБЛЕМЫ ВЫБОРА И ПРИМЕНЕНИЯ СРЕДСТВ РАЗВИТИЯ СПЕЦИАЛЬНОЙ

ВЫНОСЛИВОСТИ У ФУТБОЛИСТОВ 14–15 ЛЕТ

Аннотация. В данной статье представлены рекомендации по устранению

проблем, связанных с выбором и применением средств развития специальной
выносливости у футболистов 14–15 лет.

Ключевые слова: специальная выносливость, физические нагрузки, технические и

тактические упражнения, интервальный бег, индивидуальное восстановление.

ISSUES IN SELECTING AND APPLYING MEANS OF DEVELOPING SPECIFIC

ENDURANCE IN 14–15-YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS

Abstract. This article presents recommendations for addressing issues related to the

selection and application of methods for developing specific endurance in 14–15-year-old
football players.

Key words: specific endurance, physical loads, technical and tactical exercises, interval

running, individual recovery.


Kirish.

Chidamlilik – futbol oʻyinchilari uchun asosiy jismoniy sifatlaridan biri boʻlib, u

sportchining uzoq muddat davomida yuqori samaradorlik bilan harakatlanish qobiliyatini
belgilaydi. Ayniqsa, 14-15 yoshli futbolchilarni tayyorlash jarayonida maxsus chidamlilikni
rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki aynan shu davrda organizmning fiziologik va
funksional oʻzgarishlari jadallashadi. Oʻsmirlik davrida yurak-qon tomir va nafas olish
tizimlarining rivojlanishi, mushak massasining oʻsishi va energiya almashinuvidagi oʻzgarishlar
chidamlilikka ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Shu sababli, futbolchilarning jismoniy
imkoniyatlarini maksimal darajada oshirish va ularning oʻyin jarayonida yuqori natijalarga
erishishini ta’minlash uchun chidamlilikni shakllantirishga yoʻnaltirilgan maxsus vositalarni
toʻg‘ri tanlash va qoʻllash zarur. Bu jarayonda mashg‘ulot usullari, yuklamalar intensivligi
hamda tiklanish jarayonlariga e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar tahlili

Maxsus chidamlilikni shakllantirish jarayoni futbolchilarning sport natijalarini oshirishda

muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon fiziologik, biomekanik va psixologik omillarni
hisobga olgan holda, ilmiy asoslangan yondashuv orqali amalga oshirilishi lozim [1; 45-66].


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

393

Maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun turli xil mashg‘ulot metodikalaridan

foydalanish zarur boʻlib, bu usullar energiya ta’minot tizimlarini takomillashtirish,
mushaklarning aerob va anaerob imkoniyatlarini oshirish, hamda asab-mushak koordinatsiyasini
yaxshilashga qaratilgan [2 3;87-90]. Shu bilan birga, jismoniy yuklamalardan keyin
organizmning tiklanish jarayonlarini optimallashtirish ham muhim ahamiyatga ega[3; 76-88].

Bunda reabilitatsiya usullari – shu jumladan, sport massaji, toʻg‘ri ovqatlanish, individual

tiklanish rejimlari va regenerativ mashqlar qoʻllanilishi lozim[4; 67-71]. Ushbu kompleks
yondashuv futbolchilarning chidamliligini oshirish bilan birga, jarohatlar oldini olish va uzoq
muddatli sport barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi

Mazkur tadqiqotimiz oldiga qoʻyilgan maqsadi va hal etish uchun pedagogika sohasida

koʻp qoʻllaniladigan tadqiqot (Ilmiy-uslubiy adabiyotlar tahlili, pedagogik kuzatuv, anketa
soʻrovnoma) usullardan foydalanildi.

Tadqiqotning maqsadi

14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish

vositalarini tanlash va qoʻllashdagi muammolarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqot vazifalari

quydagilardan iborat.

14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish vositalarini tanlashga

tegishli kuztuvlar olib borish asosida maxsus chidamkorlik vositalar tartibini ishlab chiqish:

14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamkorlikni rivojlantirish vositalarini qoʻllashdagi

muammolarni bartaraf etishga doir tavsiyalar ishlab chiqish.

Tadqiqotni tashkil etilishi va samaradorligi

Jismoniy yuklamalarga moslashuv – bu organizmning jismoniy faollik natijasida yuzaga

keladigan oʻzgarishlarga fiziologik va biokimyoviy darajada javob berish qobiliyatidir.

Futbolchilarda yuklamalarga moslashuv jarayoni uzoq muddatli mashg‘ulotlar davomida

shakllanib, yurak-qon tomir tizimi, nafas olish a’zolari, mushak-motor tizimi hamda markaziy
asab tizimining funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan.

Energiya tizimlarining moslashuvi.

Jismoniy yuklamalar davomida organizmning

energiya ta’minot tizimlari bosqichma-bosqich moslashadi:

Aerob tizim – uzoq davom etadigan past va oʻrta intensivlikdagi mashg‘ulotlar jarayonida

kislorod yetkazib berish mexanizmlarining takomillashuvi kuzatiladi. Yurak urish hajmi ortib,
periferik qon aylanish yaxshilanadi.

Anaerob tizim – qisqa muddatli, yuqori intensivlikdagi yuklamalar vaqtida anaerob

glikoliz jarayonining faollashishi kuzatiladi, bu esa tezkor energiya ta’minotini ta’minlaydi va
mushaklardagi laktatga chidamlilikni oshiradi.

Maxsus chidamlilikni rivojlantirish futbolchilarning texnik, taktik va jismoniy

koʻrsatkichlarini yaxshilashda muhim rol oʻynaydi. Ushbu jarayon futbolchilarning energiya
ta’minoti tizimlarini takomillashtirish, tezkor va uzoq davom etuvchi jismoniy yuklamalarga
moslashuvini oshirish hamda asab-mushak koordinatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan. Maxsus
chidamlilikni shakllantirishda qoʻllaniladigan asosiy vositalarni quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin:



background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

394

1. Jismoniy tayyorgarlik mashqlari

Bu turdagi mashqlar futbolchilarning umumiy chidamliligini rivojlantirish bilan birga,

maxsus chidamlilikka ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi.

Interval yugurish – turli intensivlikdagi yugurishlar orqali yurak-qon tomir va nafas olish

tizimlarining funksional imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan mashq turi. Ushbu metod
yurakning maksimal aerob quvvatini yaxshilash, mushaklarga kislorod yetkazib berish jarayonini
tezlashtirish va chidamlilikni oshirishga xizmat qiladi. Interval yugurish davomida sportchi qisqa
muddat ichida yuqori tezlikda yugurib, keyin qisqa vaqt davomida tiklanish oralig‘ini bajaradi.

Masalan, 200–400 metr masofaga yuqori tezlikda yugurish va 30–60 soniya davomida

yurish yoki sekin yugurish orqali tiklanish jarayoni amalga oshiriladi. Bu usul yurak urish
tezligining yuqori darajada saqlanishiga yordam beradi va futbolchilarning uzoq muddat intensiv
yuklamalarga bardosh bera olish qobiliyatini shakllantiradi.

Fartlek mashqlari

– bu turli tezlikda yugurish bilan bog‘liq mashqlar boʻlib,

futbolchilarning anaerob va aerob imkoniyatlarini oshirishga, shuningdek, maydon ichida
kutilmagan harakatlar va keskin tezlanishlarga moslashuv qobiliyatini yaxshilashga xizmat
qiladi.

Ushbu mashg‘ulot metodi doimiy ritmda yugurishdan farqli oʻlaroq, sportchini turli

sur’at va intensivlikdagi harakatlarga moslashishga majbur qiladi. Masalan, futbolchi 60 soniya
davomida maksimal tezlikda yugurib, keyin 30 soniya davomida oʻrtacha sur’atda yugurishi yoki
piyoda yurishi mumkin. Shuningdek, mashq jarayonida turli yoʻnalishlarda yugurish, keskin
burilishlar, toʻxtashlar va qayta harakatlanish elementlari kiritiladi, bu esa real oʻyin sharoitiga
mos keladi.

2. Texnik va taktik mashqlar

Maxsus chidamlilik nafaqat jismoniy, balki texnik va taktik mashqlar orqali ham

rivojlantiriladi.

Qisqa va uzoq masofaga sprintlar – futbolchilarning tezkor harakatlanish qobiliyatini

rivojlantirishga qaratilgan mashqlardir. Ushbu mashqlar tezkor hujum va qarshi hujum paytida
futbolchining harakat tezligini oshirish, tezlanish va sekinlashish qobiliyatini yaxshilash hamda
charchoqka bardoshliligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Dinamik oʻyin vaziyatlarida chidamlilikni oshirish mashqlari

– futbolchilarning

maydonda uzoq vaqt davomida yuqori samaradorlik bilan harakatlanish qobiliyatini
rivojlantirishga qaratilgan maxsus tayyorgarlik usullaridan biridir. Ushbu mashqlar real oʻyin
sharoitlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan boʻlib, futbolchilarning jismoniy chidamliligi,
qaror qabul qilish tezligi va texnik-taktik mahoratini bir vaqtning oʻzida rivojlantirishga xizmat
qiladi.

Juftlik va guruhli mashqlar

– futbolchilarning jamoaviy oʻyin davomida oʻzaro

harakatlanish, hamkorlikda ishlash va pressing ostida tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini
rivojlantirishga qaratilgan mashqlardir. Ushbu mashqlar futbolchilarning oʻzaro muvofiqligi,
kombinatsion oʻyin koʻnikmalari va chidamliligini oshirish uchun muhim hisoblanadi.3. Oʻyin
uslubida mashg‘ulotlar

Xulosa

. 14-15 yoshli futbolchilarda maxsus chidamlilikni rivojlantirish samaradorligini

oshirish uchun kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

395

Bu jarayonda sportchilarning yoshga oid fiziologik va funksional xususiyatlarini inobatga

olgan holda, individual yondashuv asosida ishlab chiqilgan mashg‘ulot metodikalarini qoʻllash
zarur. Maxsus chidamlilikni shakllantirishda aerob va anaerob yuklamalarning optimal nisbatini
belgilash, intensivlik va hajmga asoslangan mashg‘ulot rejimlarini yaratish muhim hisoblanadi.

Shuningdek, yuklamalarning doimiy nazorati va bosqichma-bosqich oshirilishi orqali

futbolchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va ularning uzoq muddatli sport
faoliyatiga ijobiy ta’sir koʻrsatish mumkin. Natijada, toʻg‘ri tanlangan mashg‘ulot strategiyalari
hamda ilmiy asoslangan reabilitatsiya usullarining qoʻllanilishi yosh futbolchilarning texnik-
taktik tayyorgarligini oshirish bilan birga, ularning professional bosqichga muvaffaqiyatli
oʻtishiga mustahkam zamin yaratadi.

REFERENCES

1.

Ахмеров Э.К. Футбол для начинающих./ Э.К.Ахмеров. - Минск: Полымя, 2010. - 78 с.

2.

Isroilov Sh.X. Sport pedagogik mahoratini oshirish (futbol). Darslik. Sh.X. Isroilovning
umumiy tahriri ostida. OʻzR. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. Oʻzbekiston davlat
jismoniy tarbiya instituti. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015. - 224 b.

3.

Pulatov S. N. 18-19 yoshdagi futbolchilarning harakat faolligini nazorat qilish asosida
ularning maxsus chidamliligini takomillashtirish uslubiyati. PhD dissertatsiyasi. Chirchiq,
2024. – 145 b.

4.

Shaymardanov D.B. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi. (Uslubiy qullanma). Chirchiq,
2020. – 72 b.

References

Ахмеров Э.К. Футбол для начинающих./ Э.К.Ахмеров. - Минск: Полымя, 2010. - 78 с.

Isroilov Sh.X. Sport pedagogik mahoratini oshirish (futbol). Darslik. Sh.X. Isroilovning umumiy tahriri ostida. OʻzR. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti. T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2015. - 224 b.

Pulatov S. N. 18-19 yoshdagi futbolchilarning harakat faolligini nazorat qilish asosida ularning maxsus chidamliligini takomillashtirish uslubiyati. PhD dissertatsiyasi. Chirchiq, 2024. – 145 b.

Shaymardanov D.B. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi. (Uslubiy qullanma). Chirchiq, 2020. – 72 b.