ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
472
BARQAROR RIVOJLANISH TAMOYILLARIGA (ESG) ASOSLANGAN HOLDA
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARI BAZASINI MUSTAHKAMLASH
Zaylobiddinov Mirkomiljon Abdulhamid o’g’li
mirkomil120819992gmail.com
TDIU mаgistrаnti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15373133
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet
daromadlari bazasini mustahkamlash masalasi Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) va ESG
tamoyillari (Ekologik, Ijtimoiy, Boshqaruv) asosida tahlil qilinadi. Unda hududiy moliyaviy
mustaqillik, byudjet tushumlarini oshirish va resurslarni samarali boshqarish zarurligi
ta’kidlanadi. O‘zbekistonning 2030-yilgacha bo‘lgan strategiyasi, yashil taksonomiya modeli,
shuningdek yer, mol-mulk va foyda solig‘i hamda ekologik yig‘imlar asosida shakllanadigan
mahalliy daromadlar tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya, soliq hisobotlarining
avtomatlashtirilishi va elektron xizmatlarning kengayishi natijasida byudjet tushumlari
o‘sayotgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilganlar sonining ortishi, kichik biznesga
soliq yengilliklari va davlat-xususiy sheriklik orqali yangi daromad manbalarini shakllantirish
taklif etilgan.
Kalit so‘zlar: mahalliy byudjet, daromadlar bazasi, barqaror rivojlanish maqsadlari
(BRM), ESG tamoyillari, moliyaviy mustaqillik, soliq tushumlari, raqamli transformatsiya,
yashil taksonomiya, davlat-xususiy sheriklik (DXSh), elektron soliq nazorati, fiskal siyosat,
hududiy moliyalashtirish, o‘zini o‘zi band qilganlar, soliq bazasi, mahalliy iqtisodiy barqarorlik.
STRENGTHENING THE LOCAL BUDGET REVENUE BASE BASED ON
SUSTAINABLE DEVELOPMENT PRINCIPLES (ESG)
Abstract. This article analyzes the issue of strengthening the local budget revenue base in
the Republic of Uzbekistan through the lens of the Sustainable Development Goals (SDGs) and
ESG principles (Environmental, Social, and Governance). It emphasizes the importance of
ensuring regional financial independence, increasing budget revenues, and managing resources
efficiently. The study examines Uzbekistan’s national strategy up to 2030, the green taxonomy
model, and local revenue sources such as land, property, and profit taxes, along with
environmental fees. It also highlights how digital transformation, automation of tax reporting,
and the expansion of electronic services are contributing to the growth of budget revenues.
Additionally, the article proposes the development of new revenue sources through tax incentives
for small businesses, support for the self-employed population, and public-private partnership
projects.
Keywords: local budget, revenue base, Sustainable Development Goals (SDGs), ESG
principles, financial independence, tax revenues, digital transformation, green taxonomy, public-
private partnership (PPP), electronic tax control, fiscal policy, regional financing, self-
employment, tax base, local economic stability.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
473
KIRISH.
Bugungi global iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar sharoitida mahalliy darajada
moliyaviy mustaqillikni ta’minlash va byudjet daromadlarini barqaror shakllantirish masalasi
tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ilgari surilgan Barqaror Rivojlanish
Maqsadlari (BRM) mahalliy darajada moliyaviy resurslarni shakllantirishda keng ko‘lamli
islohotlar va tizimli yondashuvlarni talab qilmoqda.
1
Bu tamoyillar O‘zbekistonning 2030-
yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasida ham o‘z ifodasini topgan.
Mamlakatda mahalliy byudjet daromadlarining mustahkam va muvozanatli shakllanishi,
ularning barqarorligini ta’minlash borasida kompleks choralar ko‘rilmoqda. Xususan,
O‘zbekiston hukumati tomonidan 2030-yilgacha bo‘lgan milliy rivojlanish strategiyasini BRM
bilan uyg‘unlashtirish yo‘lida qabul qilingan siyosiy va institutsional qarorlar bevosita hududiy
byudjet siyosatining barqaror asoslarda shakllanishiga xizmat qilmoqda. Bu orqali mahalliy
hokimiyatlarning moliyaviy mustaqilligi, o‘z daromadlarini shakllantirishdagi vakolati va
mas’uliyati ancha kengaymoqda. 2018-yilda hukumat tomonidan tasdiqlangan 2030-yil kun
tartibi doirasida barqaror rivojlanish yo‘nalishlariga muvofiq 16 ta milliy maqsad, 125 ta konkret
vazifa va 206 ta ko‘rsatkich belgilangan bo‘lib, ular hududiy darajadagi byudjet rejalashtirish,
daromadlar bazasini kengaytirish va moliyaviy monitoring jarayonlarini takomillashtirishga
xizmat qilmoqda. Bu indikatorlar yordamida mahalliy byudjetlar daromadlarining o‘sishini
nafaqat iqtisodiy samaradorlik, balki ekologik va ijtimoiy barqarorlik mezonlari asosida ham
baholash imkoniyati yaratilmoqda. Mahalliy darajadagi BRMga asoslangan yondashuvlar —
xususan, yashil iqtisodiyot, ijtimoiy tenglik va boshqaruvdagi shaffoflikni kuchaytirishga
qaratilgan chora-tadbirlar — byudjetga tushumlar hajmini oshirish, soliqqa tortish bazasini
kengaytirish va investorlar uchun ishonchli muhit yaratish orqali daromadlarning barqarorligini
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu esa o‘z navbatida, mahalliy byudjetlarning markaziy
byudjetga qaramligini kamaytirish va moliyaviy o‘zini o‘zi ta’minlash darajasini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida mahalliy
moliyaviy mustaqillikni kuchaytirish va byudjet daromadlari bazasini kengaytirish masalasi
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Hududlar daromad salohiyatining ortishi nafaqat iqtisodiy
o‘sishning qo‘zgatuvchi omili, balki barqaror ijtimoiy taraqqiyot, aholi turmush darajasini
yaxshilash va bandlik muammolarini hal etishda muhim moliyaviy tayanch sifatida maydonga
chiqmoqda. Shu boisdan, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, uni
barqaror va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirish — bugungi davrda davlat moliyasini
boshqarishning ustuvor yo‘nalishiga aylanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet
kodeksining 52-moddasida belgilanishicha,
2
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari bir qator soliqlar, yig‘imlar, jarimalar,
mulkdan olinadigan daromadlar, shuningdek, respublika byudjetidan ajratiladigan transfertlar
hisobidan shakllantiriladi. Bunda foyda solig‘i, daromad solig‘i, yer va mol-mulk soliqlari,
aksizlar, suv va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqlar, shuningdek yuridik va jismoniy
shaxslardan tushadigan qaytarilmas mablag‘lar asosiy manbalarni tashkil etadi. Mahalliy byudjet
1
https://uzbekistan.un.org/uz/sdgs
2
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03/25/1038/0188-son
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
474
daromadlarining muvozanatli shakllanishi, o‘z navbatida, hududiy iqtisodiy faollik, soliqqa
tortish bazasi va boshqaruv mexanizmlarining samaradorligiga bevosita bog‘liqdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI.
Mahalliy byudjetlar daromad qismini shakllantirishda
ularning tarkibiy tuzilmasi, moliyaviy manbalari va mahalliy hokimiyat hamda moliya tizimi
xususiyatlaridan kelib chiqib turli metodik yondashuvlar mavjud. Byudjet tizimi, byudjetlararo
munosabatlarning nazariy va amaliy asoslari, mahalliy byudjetlar daromadlarining shakllanishi,
ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda daromadlar bazasini kengaytirish masalalari
bo‘yicha bir qator nufuzli olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, rossiyalik
olimlardan A.M. Babich, V. Vinogradova, Ye.V. Orlova, Yu.S. Dolganova, kabilarning ishlari
e’tiborga molikdir
3
. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalish bo‘yicha o‘zbekistonlik olimlar – M.
Alimardonov, A. Vahobov, T. Malikov, N. Haydarov, O. Olimjonov, A. Jo‘rayev, A.
Mamanazarov, Sh. Toshmatov, B. Toshmurodova, Q. Yahyoev, N. Qo‘ziyeva, B. Abibullaev, J.
Yesmurzayev, S. Jubaev, A. Mamanazarov, A. Suvonov, Q. Tojiboyeva, H. Qobulov, X.
Qurbanov, A. Hayriddinov, A. Islamqulov va U. O‘roqovlar
4
tomonidan ham keng ko‘lamli
tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ularning ilmiy ishlari ushbu soha rivojiga salmoqli hissa
qo‘shgan.
5
Xususan, dotsent N. Korotina mahalliy byudjetlarning moliyaviy ahvolini baholash
uchun tahliliy uslubiyatni taklif etadi. Unga ko‘ra, asosiy ko‘rsatkichlar quyidagi besh toifaga
ajratiladi:
6
byudjet muvozanatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar; mahalliy moliyaviy mustaqillik
darajasini belgilovchi mezonlar; byudjet xarajatlarining yo‘nalishini ko‘rsatuvchi indikatorlar;
byudjet barqarorligini baholovchi ko‘rsatkichlar hamda mahalliy byudjetlar qarzdorlik darajasini
ifodalovchi mezonlar.
Bundan tashqari, iqtisod fanlari doktori A.X. Islamqulovning ta’kidlashicha, turli
darajadagi byudjetlar barqarorligini ta’minlashda va daromadlar o‘rtasidagi mutanosiblikni
ushlab turishda, moliya va soliq tizimi doirasidagi vakolatlarning markaziy va mahalliy darajada
aniq belgilanishi muhim ahamiyatga ega. U o‘z tadqiqotlarida daromad vakolatlari va xarajat
majburiyatlari o‘rtasidagi muvozanatli taqsimotni byudjet tizimi bo‘g‘inlari orasida to‘g‘ri
tashkil etish zarurligini ilgari suradi. Bu yondashuv mahalliy byudjetlar barqarorligining huquqiy
va institutsional asosini mustahkamlashga xizmat qiladi.
7
Shuningdek, Q.A. Usmonov byudjet daromadlarini rejalashtirish borasida olib borgan
izlanishlarida, bu jarayonning dolzarbligini ta’kidlab o‘tgan. Uning fikricha, mavjud
3
Бабич А.М и др. Государственные и муниципальные финансы. Учебник. – М.: «ЮНИТИ-ДАНА», 2012. –
703 с; Виноградова В. Местный бюджет. Монография. – М.: Лаборатория книги. 2010. – 168 с.; Орлова Е.В.
Формирование и реализация механизма обеспечения финансово-бюджетной состоятельности
4
Ўроқов У. Маҳаллий бюджетлар мустақиллигини оширишни такомиллаштириш йўллари: И.ф.н. илм. дар.
ол. уч. ёз. дисс. автор. – Т.: 2020. – 25 б.
5
Маликов Т., Ҳайдаров Н. Бюджет даромадлари ва харажатлари. – Т.: IQTISODMOLIYA, 2007. – 245 б.;
Маликов Т., Олимжонов О. Молия. – Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2019. – 800 б.; Жўраев А. Давлат бюджети
даромадларини шакллантиришнинг самарали йўллари. – Т.: Фан, 2004. – 242 б.; Маманазаров А. Маҳаллий
бюджет ва солиқ.
6
Коротина
Н.Ю.
Методика
анализа
финансового
состояния
бюджетов
муниципальных
образований//Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организациях. – М., 2014. – №17(353). –
С.17-28
7
Исламкулов А.К.Бюджетлараро мутаносибликни таъминлашда солиқлар тизимини такомиллаштириш.
И.ф.д (DSc) илмий даражасини олиш учун тайѐрланган дисс. Автореферати 2019 йил. 54 б.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
475
rejalashtirish tizimini yanada takomillashtirish uchun sifatli va to‘liq ma’lumotlar bazasini
shakllantirish zarur.
Bundan tashqari, byudjet daromadlarini rejalashtirish tartibi, uslubi, muddati va
jarayonda ishtirok etuvchi subyektlarning huquq va vazifalarini aniq belgilovchi normativ-
huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish lozim.
8
Professor Sh.A. Toshmatov esa, mahalliy byudjetlarning barqaror daromad manbalarini
ta’minlash uchun soliqlar tushumini oshirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga
oshirish zarurligini ta’kidlaydi. Bu tadbirlar orqali moliyaviy mustahkamlikka erishish
mumkinligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, iqtisod fanlari nomzodi A. Xayriddinov tomonidan olib borilgan
tadqiqotlarda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlashda soliq tushumlarining o‘rni va
ahamiyati yuzasidan chuqur ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning amaliyotga tadbiq
etilishi hududiy moliyaviy mustahkamlikni oshirishga xizmat qiladi.
TAHLIL VA NATIJALAR.
Hozirgi davrda mahalliy byudjetlar daromad bazasini
mustahkamlash nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan ham
alohida e’tibor talab qilmoqda. Ayniqsa, ESG — ekologik, ijtimoiy va boshqaruv tamoyillarini
moliyaviy siyosatga integratsiyalash orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini barqaror
va uzoq muddatli rivojlanishga yo‘naltirish mumkin. Bu tamoyillar O‘zbekiston Respublikasida
qabul qilingan “Yashil taksonomiya” modeli orqali amaliyotga joriy etilmoqda.
1-RASM. O‘ZBEKISTONNING YASHIL TAKSONOMIYASINI
MODELLASHTIRISH
9
Ushbu model bir necha bosqichli yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u birinchi
navbatda strategik maqsadlar bilan boshlanadi. Ular qatoriga yashil iqtisodiyot (4477- va 436-
sonli farmonlar), qayta tiklanuvchi energiya (57-son qaror), atrof-muhitni muhofaza qilish
(5863-son qaror), biologik xilma-xillik (484-son qaror) va qattiq chiqindilar bilan ishlash (4291-
8
Усмонов Қ.А. Бюджет даромадларини режалаштириш жараѐни, усуллари ва уларни такомиллаштириш
йўналишлари. //Иқтисодиѐт ва инновацион технологиялар илмий электрон журнали. №4, июль-август, 2016.
9
Guidance Note on Uzbekistan Green Taxonomy, December 2023, 66 p, 41-p.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
476
son qaror) kiradi. Mazkur hujjatlar hududlarda ekologik barqarorlikka erishish, resurslardan
samarali foydalanish va chiqindilarni kamaytirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Modelning keyingi bosqichi ekologik maqsadlarni o‘z ichiga oladi. Ular orasida iqlim
o‘zgarishini yumshatish (mitigatsiya), iqlimga moslashuv (adaptatsiya), suv resurslarini
muhofaza qilish, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish, ifloslanishni oldini olish va biologik xilma-
xillikni saqlash kabi dolzarb yo‘nalishlar mavjud. Ushbu maqsadlar bevosita mahalliy
daromadlar bazasini kengaytirish uchun yangi iqtisodiy faoliyat turlarini — xususan, ekologik
toza texnologiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, chiqindilarni qayta ishlash kabi
sohalarni rivojlantirish imkonini beradi.
Yashil taksonomiyadagi prinsiplar esa har qanday loyihaning ekologik maqsadlarga hissa
qo‘shishi, jiddiy zarar yetkazmasligi va ijtimoiy kafolatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi zarurligini
belgilaydi. Bu esa ESG tamoyillarining ijtimoiy va boshqaruv komponentlarini chuqur aks
ettiradi. Ya’ni, faqatgina moliyaviy foyda emas, balki aholining hayot sifatiga, sog‘lig‘iga, teng
huquqliligiga ta’sir qiluvchi omillar ham e’tiborga olinadi.
Modelda belgilangan ustuvor sohalar — energetika, suv resurslari, sanoat jarayonlari,
o‘rmon xo‘jaligi, bino va inshootlar, transport va chiqindilarni boshqarish — mahalliy darajada
yangi ish o‘rinlarini yaratish, soliq bazasini kengaytirish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish orqali
byudjetga qo‘shimcha daromadlar olib kirishi mumkin.
Baholash qoidalari sifat va miqdoriy mezonlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ular “qaror
daraxti” (decision tree) va “yorug‘-svetofor” tamoyili asosida loyihalarning darajasini,
barqarorligini, ekologik ta’sirini baholash imkonini beradi. Miqdoriy mezonlar esa
investitsiyalarning aniqligi va samaradorligini o‘lchashda muhim vosita sifatida ishlatiladi.
Yuqorida keltirilgan “Yashil taksonomiya” modeli asosida ESG tamoyillarining mahalliy
darajada tatbiq etilishi quyidagilarga xizmat qiladi:
•
Mahalliy moliyaviy resurslar manbalarini diversifikatsiya qilish;
•
Ekologik xavfsizlik va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash;
•
Ijtimoiy himoyani mustahkamlash;
•
Soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash;
•
Raqamli boshqaruv va shaffoflik orqali byudjet xarajatlarini samarali rejalashtirish.
ESG yondashuvi asosida ishlab chiqilgan yashil taksonomiya nafaqat ekologik va
ijtimoiy muammolarni hal etishda, balki mahalliy byudjetlarning daromad bazasini
mustahkamlashda ham strategik vosita sifatida qaralmoqda. Mahalliy hokimiyat organlari va
moliyaviy institutlar ushbu tamoyillarni faol qo‘llagan holda, hududlarda barqaror rivojlanish va
moliyaviy mustaqillikka erishishlari mumkin.
Mahalliy byudjetlar davlat moliya tizimining eng muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi.
Ular bevosita hududiy darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda, aholining
kundalik ehtiyojlariga yo‘naltirilgan infratuzilma va xizmatlarni moliyalashtirishda, shuningdek,
mahalliy hokimiyatlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda
asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ayniqsa, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xizmatlar, ichki
yo‘llar, bandlik, ekologiya kabi sohalarning moliyalashtirish hajmi ko‘p jihatdan aynan mahalliy
daromadlar hajmiga bog‘liq bo‘lib, ular orqali hududiy taraqqiyot va aholi farovonligi ko‘lami
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
477
belgilanadi. Soliq bazasini shakllantirish, soliqqa tortilishi kerak bo‘lgan faoliyat turlarining
rasmiylashtirilishi , yashirin iqtisodiyotning darajasini pasaytirishga olib keladi.
Davlat soliq qo‘mitasining 2025-yil 1-yanvar holatiga bergan rasmiy ma’lumotlariga
ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 4,4 million nafardan
oshgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada — ya’ni 76,5 foizga yoki 1,9
million nafarga oshgan bo‘lib, bu o‘z navbatida ushbu ijtimoiy qatlamning iqtisodiyotdagi rolini
kuchaytirayotganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, maishiy xizmatlar, ishlab chiqarish va umumiy xizmat
ko‘rsatish sohalarida o‘zini o‘zi band qilganlarning soni keskin ortgani kuzatilgan (2-rasm). Bu
esa, aholining o‘zini band qilish orqali rasmiy iqtisodiy faoliyatga jalb qilinayotganini anglatadi.
2025-yil boshidagi statistik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, mamlakat aholisining umumiy soni 37,5
milliondan oshgan. Shu asosda hisoblaganda, o‘zini o‘zi band qilganlar umumiy aholining qariyb
11,73 foizini tashkil etmoqda. Bu katta raqam bo‘lib, u nafaqat iqtisodiy faol aholining salmoqli
qismini ifodalaydi, balki ularning iqtisodiy va ekologik ta’sirini ham ko‘rsatadi. Ayniqsa, bu
qatlam tomonidan faoliyat yuritilayotgan sohalarning aksariyati ekologik resurslardan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq bo‘lganligi inobatga olinsa, ularning tabiatga, ekologik
muvozanatga va yashil iqtisodiyot tamoyillariga ta’siri bevosita ahamiyat kasb etadi.
2-rasm. O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar(2025-yil 1-yanvar holatiga)
10
Shu nuqtai nazardan qaralganda, o‘zini o‘zi band qilganlar sektorini rivojlantirish bilan
birga, ularning faoliyatini ekologik standartlarga moslashtirish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik
va resurslardan oqilona foydalanish mexanizmlarini joriy etish ham zarur bo‘lmoqda. Masalan,
10
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlaridan, https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/15/self-employed
/
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
478
ekologik toza texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni kamaytirish, suv va energiya sarfini
kamaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish, soliq imtiyozlari yoki rag‘batlantiruvchi mexanizmlar
orqali ushbu qatlamni yashil iqtisodiyot tamoyillariga yo‘naltirish mumkin.
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilganlar faoliyati raqamlashtirilgan holda yuritilsa,
soliq bazasi kengayadi, yashirin iqtisodiyot qisqaradi, ijtimoiy himoya va pensiya tizimiga
ularning ulushi ortadi. Shu orqali nafaqat mahalliy byudjet daromadlari mustahkamlanadi, balki
ESG — ekologik, ijtimoiy va boshqaruv tamoyillariga muvofiq barqaror rivojlanish
maqsadlariga erishish imkoniyati ham oshadi. Shuningdek, mahalliy iqtisodiy faoliyatni
raqamlashtirish
,
soliq va moliyaviy axborotlarni shaffof yuritish
,
elektron nazorat
mexanizmlarini joriy etish orqali fiskal intizomni kuchaytirish va byudjetga bo‘lgan ishonchni
oshirish zarur. Shu bilan birga, shaffoflik soliq to‘lovchilarning davlatga nisbatan ishonchini
mustahkamlab, ko‘ngilli ravishda soliq to‘lash madaniyatini shakllantiradI.
1-jadval
O‘zbekiston soliq tizimida raqamli transformatsiya jarayoni sarhisobi
11
Yo'nalish
Tavsif
Raqamli transformatsiya
orqali soliq tushumlarining
o‘sishi
2024-yilda soliq tushumlari 199,1 trln so‘mga yetdi (20%
o‘sish), 2025-yilda undan ham yuqori prognoz kutilmoqda.
Rekord darajadagi fiskal
ko‘rsatkichlar
Shahar va tuman byudjetlariga tushumlar 24% ga oshdi, bu
hududlar moliyaviy mustaqilligini kuchaytirmoqda.
Innovatsiyalar yordamida
jarayonlarni soddalashtirish
Har kuni 9,3 mln fiskal chek, 150 ming elektron hisobvaraq
qayd etiladi; 34 mln yillik elektron hujjatlar.
Avtomatlashtirilgan
hisobotlar
QQS hisobotlarining 93%, mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha
hisobotlarning 99% avtomatik shakllantiriladi.
Raqamli xizmatlar va mobil
ilova
9,2 mln foydalanuvchi, 102 mln oylik xizmat; yangi
funksiyalar: 'Mening uyim', 'Soliq biznes'.
Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
dasturlari
10 210 fuqaro – 10,5 mlrd so‘m, 135 769 fuqaro – 24,5 mlrd
so‘m qaytarilgan.
Tadbirkorlikni
rag‘batlantirish
Yuqori reytingli tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlanmoqda, past
reytinglilarga nisbatan jazodan voz kechilgan.
2025-yil uchun rejalar
Soliq tushumlari 224 trln so‘mga yetkazilishi
rejalashtirilmoqda, raqamlashtirish kengaytiriladi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda soliq boshqaruvida raqamli texnologiyalarni joriy etish
davlat moliyasini boshqarishning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu jarayon nafaqat
byudjetga tushumlar hajmini oshirishda, balki fiskal shaffoflik, soliq intizomi va tadbirkorlik
muhiti barqarorligini ta’minlashda ham o‘z samarasini bermoqda. 2024-yil natijalari shuni
ko‘rsatmoqdaki, raqamli transformatsiya soliq sohasida tub o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Eng
avvalo, soliq tushumlarining o‘sishi raqamlashtirishning bevosita natijasi sifatida namoyon
11
Soliq qo’mitasi ma’lumotlaridan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
479
bo‘ldi. 2024-yilda respublika bo‘yicha soliq tushumlari 199,1 trillion so‘mni tashkil etdi, bu esa
o‘tgan yilga nisbatan 20 foizlik o‘sishni anglatadi. 2025-yil uchun bu ko‘rsatkichning yanada
yuqorilashi prognoz qilinmoqda, bu esa budjetga barqaror moliyaviy oqimni ta’minlash imkonini
beradi. Yana bir muhim jihat — shahar va tuman byudjetlariga tushumlar hajmining 24 foizga
oshgani.
Bu esa hududiy darajada moliyaviy mustaqillikning ortishiga xizmat qilib, mahalliy
byudjetlar orqali ijtimoiy va iqtisodiy loyihalarni mustaqil moliyalashtirish imkonini
kengaytirmoqda.
3-rasm. Respublika boʻyicha 2018-2022-yillarda pullik xizmat koʻrsatuvchi
shoxobchalarga oʻrnatilgan nazorat kassa texnikasi va virtual kassalar soni hamda ularga
kirim qilingan summalar (mlrd.soʻmda)
12
O‘rganilgan tahlillarga ko‘ra, 2022-yil davomida naqd pul va to‘lov terminallari orqali
amalga oshirilgan tovar aylanmasi umumiy hisobda 405,1 milliard so‘mni tashkil etgan. Ushbu
raqam 2018-yilga nisbatan 303,6 milliard so‘mga, 2019-yil bilan solishtirganda 287,4 milliard
so‘mga, 2020-yilga nisbatan esa 211,4 milliard so‘mga ortgan. 2021-yilga nisbatan esa bu
ko‘rsatkich 134,7 milliard so‘mga ko‘p bo‘lgan. Shuningdek, onlayn nazorat-kassa uskunalarini
xarid qilish uchun belgilangan narx 3 million so‘mni tashkil etadi. Mazkur uskunalarni bank
terminal tizimiga ulashda esa bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida
qo‘shimcha to‘lov amalga oshirilishi lozim. Ustiga-ustak, har oyda o‘rtacha 100 ming so‘m
atrofida abonent to‘lovi ham doimiy tarzda to‘lab borilishi talab etiladi. Biroq, ushbu tizimni
joriy etishda shuni hisobga olish kerakki, mamlakatda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning daromadlari va tovar aylanmalari bir xil emas.
Ayniqsa, kichik hajmdagi savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari
va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mazkur onlayn kassa tizimlarini saqlash va undan
foydalanish bilan bog‘liq muntazam xarajatlar moliyaviy bosim sifatida namoyon bo‘lishi
mumkin. Bu esa ularning rentabelligiga salbiy ta’sir etishi ehtimoldan xoli emas.
12
https://www.soliq.uz// rasmiy saytidagi maʼlumotlar asosida tayyorlandi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
480
Bundan tashqari, yashil energiya, ekologik turizm va barqaror ishlab chiqarish sohalarini
rivojlantirish orqali yangi va istiqbolli daromad manbalarini yaratish lozim. Qayta tiklanuvchi
energiya manbalariga asoslangan loyihalarni yo‘lga qo‘yish, hududlarda ekologik infratuzilma
(chiqindilarni qayta ishlash, energiya tejamkor texnologiyalar, ekologik sertifikatlash)
rivojlanishini rag‘batlantirish orqali ekologik barqarorlik bilan birga moliyaviy resurslar oqimini
ham ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Yana bir muhim yo‘nalish — bu davlat-xususiy sheriklik (DХSh) asosida loyihalarni
amalga oshirishdir. Ushbu model orqali davlat va xususiy sektor o‘z resurslarini birlashtirib,
infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport va boshqa sohalarda birgalikda samarali loyiha
yuritishi mumkin. Bu esa mahalliy hokimiyatlar zimmasidagi moliyaviy yukni kamaytirish,
byudjetga bevosita daromadlar va bilvosita soliqlar shaklida foyda keltiradi.
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mahalliy byudjet
daromadlari bazasini mustahkamlash bugungi kunda nafaqat iqtisodiy barqarorlik, balki hududiy
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, ekologik xavfsizlik va boshqaruv shaffofligini ta’minlashda ham
hal qiluvchi omilga aylanmoqda. Ayniqsa, ESG (ekologik, ijtimoiy va boshqaruv)
tamoyillarining mahalliy moliyaviy siyosatga integratsiyalashuvi daromad manbalarini
diversifikatsiya qilish, soliq bazasini kengaytirish, yangi investitsiya oqimlarini jalb qilish hamda
barqaror moliyaviy rivojlanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekistonda joriy etilgan
“Yashil taksonomiya” modeli orqali ekologik yo‘nalishdagi loyihalarni ustuvorlashtirish,
resurslardan samarali foydalanish, chiqindilarni kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya
manbalarini rivojlantirish hamda ijtimoiy adolat va boshqaruvda shaffoflikni kuchaytirish orqali
byudjetga tushumlar hajmini oshirish uchun qulay sharoit yaratilmoqda. Ayniqsa, energetika, suv
resurslari, ekologik sanoat, transport va chiqindilarni boshqarish kabi ustuvor sohalarda mahalliy
iqtisodiy faollikni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va soliq bazasini chuqurlashtirish
mumkin. Shuningdek, raqamli transformatsiya orqali soliq ma’lumotlarini avtomatik yig‘ish va
qayta ishlash, elektron hisobvaraq-faktura, fiskal nazorat tizimlarining keng joriy etilishi fiskal
shaffoflikni oshirish bilan birga soliq intizomini mustahkamlab, byudjetga barqaror tushumlar
shakllanishiga xizmat qilmoqda. 2024-yilda erishilgan fiskal ko‘rsatkichlarning o‘sishi — bu
boradagi islohotlarning amaliy natijasi sifatida qaraladi. Xususan, quyidagi takliflar ilgari
suriladi:
1.
ESG tamoyillarini mahalliy darajada huquqiy asosda mustahkamlash — yashil
byudjetlashtirish, ekologik investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy boshqaruvga ESG
mezonlarini integratsiya qilish bo‘yicha aniq me’yorlar ishlab chiqilishi lozim.
2.
Yashirin iqtisodiyotni legallashtirish va o‘zini o‘zi band qilganlarni rasmiylashtirish
orqali soliqqa tortish bazasini kengaytirish. 4,4 mln nafar o‘zini o‘zi band qilganlar segmenti
mahalliy moliyaviy barqarorlik uchun katta potensialga ega.
3.
Soliq va mol-mulk baholash tizimini modernizatsiya qilish — yer va mulklar real qiymat
asosida raqamli kadastr orqali baholanib, soliqlar shaffof va adolatli undirilishi ta’minlanishi
zarur.
4.
Mahalliy iqtisodiy faoliyatda raqamlashtirishni chuqurlashtirish — nazorat-kassa
mashinalari va virtual kassalarni joriy etishda kichik tadbirkorlik subyektlariga subsidiya va
imtiyozlar berilishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
481
5.
Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini kengaytirish — transport, ta’lim, sog‘liqni
saqlash va infratuzilma sohalarida xususiy sektor ishtirokini oshirish orqali mahalliy byudjet
yukini kamaytirish va yangi tushumlar shakllantirish imkoniyati mavjud.
6.
Yashil iqtisodiyotga doir loyiha va dasturlarni soliq imtiyozlari orqali rag‘batlantirish —
bu nafaqat ekologik foyda, balki moliyaviy resurslarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, ESG tamoyillariga asoslangan yondashuv mahalliy daromadlar
bazasini mustahkamlashda zamonaviy, kompleks va strategik vosita sifatida qaralishi lozim. Bu
nafaqat moliyaviy o‘zini o‘zi ta’minlashni kuchaytiradi, balki aholining yashash sifati va ijtimoiy
farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 03/25/1038/0188-son
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi 30.12.2022-yildagi O‘RQ-
813-son va 25.12.2023-yildagi O‘RQ-886-son Qonunlari
3.
O‘zbekiston Respublikasining 24.12.2018 yildagi “Soliq va budjet siyosatining 2019 yilga
mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-508 son Qonuni.
4.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabr, 223-sonli “Hududlarda
yuqori iqtisodiy o’sish va aholi bandligini ta'minlashning yangi tizimini yo’lga qo’yish
hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmoniga
5.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2030-yilgacha bo‘lgan davrda
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni
jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Qarori, 21.02.2022
yildagi 83-son
6.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoevning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasi. – T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2021 y.
7.
Achilov U.U. “Byudjet tasnifi” fanidan o’quv-uslubiy majmua.—T.: TMI, 2019.
8.
G‘aybullayev O., O‘roqov U. O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimi va jarayoni. O‘quv
qo‘llanma. – T.: “Baktria press”, 2016 y.
9.
Nurmuxamedova B.I. Davlat budjeti. Darslik. – T.: “IQTISOD MOLIYA”, 2018. -630 b.
10.
Uroqov Uchqun, Yuldasheva Nadira, Nuritdinova Vasila, Tukhtabayeva Sogdiana.
Budgetary methods for local budgets. Journal of Advanced Research in Dynamical and
Control Systems. DOI: 10.5373/JARDCS/V12I6/ S20201165
11.
Uroqov Uchqun. Increasing the independence of local budgets in the social and economic
development of the regions. // International Journal of Economics, Commerce and
Management. United Kingdom ISSN 2348 0386 Vol.VII, Issue12, December 2019
12.
Uchqun O‘roqov, Ilhom Irgashev, Orzimurod G‘aybullayev “Fuqarolar ishtirokidagi
mahalliy byudjet” 2022
13.
Guidance Note on Uzbekistan Green Taxonomy, December 2023, 66 p, 41-p.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
482
14.
Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlaridan, https://www.gazeta.uz/oz/2025/01/15/self-
employed
/
15.
