Authors

  • Muxlisa Egamberdiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86775

Keywords:

qipchoq lahjasining janubiy o‘zbek “j”lovchilar guruhi “y”lovchi o‘zbek shevalari (qorluq lahjasiga xos shevalar) hamda ikki tilda so‘zlovchi shevalarda barqaror birliklar.

Abstract

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman aholisi nutqidan yig‘ilgan maqollar tahlilga tortilgan. Mazkur barqaror birliklar (asosan maqollar) guruhlarga ajratilib, leksikografik material sifatida nutqda qo‘llanilishiga ko‘ra qiyosiy tasniflandi. Mazkur tasnif lug‘at hamda korpus bazasida kerakli maqolga murojaatni osonlashtirib, tushunarli talqinga yo‘naltiradi. Jumladan, maqolada adabiy tilda (izohli lug‘atlarga kiritilgan) maqollar bilan mahalliy shevada qo‘llanuvchi maqollar taqqoslandi, ularning o‘xshash va farqli jihatlariga lingvistik sharh berildi.

background image

284

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

SURXONDARYO O‘ZBEK SHEVALARIGA DOIR AYRIM PAREMALAR TAHLILI

Egamberdiyeva Muxlisa Sobir qizi

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti 2 - bosqich talabasi.

Murojaat uchun Tel: 94-551-75-04.

muxlisasobirovnam@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15383753

Annotatsiya. Ushbu maqolada Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman aholisi nutqidan

yig‘ilgan maqollar tahlilga tortilgan. Mazkur barqaror birliklar (asosan maqollar) guruhlarga
ajratilib, leksikografik material sifatida nutqda qo‘llanilishiga ko‘ra qiyosiy tasniflandi. Mazkur
tasnif lug‘at hamda korpus bazasida kerakli maqolga murojaatni osonlashtirib, tushunarli
talqinga yo‘naltiradi. Jumladan, maqolada adabiy tilda (izohli lug‘atlarga kiritilgan) maqollar
bilan mahalliy shevada qo‘llanuvchi maqollar taqqoslandi, ularning o‘xshash va farqli
jihatlariga lingvistik sharh berildi.

Kalit so‘zlar: qipchoq lahjasining janubiy o‘zbek “j”lovchilar guruhi, “y”lovchi o‘zbek

shevalari (qorluq lahjasiga xos shevalar) hamda ikki tilda so‘zlovchi shevalarda barqaror
birliklar.

Absract. This article analyzes articles collected from the speeches of residents of the

Kyzyrik district of the Surkhandarya region. These stable units (mainly proverbs) were divided
into groups and comparatively classified according to their use in speech as lexicographic
material. This classification makes it easier to refer to the required article in the dictionary and
corpus database and leads to a clearer interpretation. In particular, the article compares
articles used in literary language (included in annotated dictionaries) with articles used in local
dialects, and giveslinguistic explanations of their similarities and differences.

Keywords: group of southern Uzbek “j” dialects of the Kipchak dialect, Uzbek dialects of

the “y” dialect (dialects of the Qarluq dialect) and stable units in bilingual dialects.

Аннотация. В данной статье анализируются статьи, собранные извыступлений

жителей Кызырикского района Сурхандарьинской области. Эти устойчивые единицы
(преимущественно пословицы) были разделены на группы и сравнительно
классифицированы по их употреблению в речи в качестве лексикографического
материала. Эта классификация облегчает обращение к нужной статье в словаре и
корпусной базе данных и направляет ее к однозначному толкованию. В частности, в
статье сравниваются паремиологические единицы, употребляемые в литературном
языке (входящие в аннотированные словари), с единицами, употребляемыми в местных
диалектах, и даются лингвистические пояснения их сходства и различия.

Ключевые слова: южноузбекская группа «дж»кающих кыпчакского диалекта,

узбекские диалекты «у»кающих (диалекты карлукского диалекта) и устойчивые единицы
в двуязычных диалектах.


Kirish

Ma’lumki, shevalarimiz tadqiqi tarixi XX asrning 20-yillariga borib taqaladi va

bugungacha davom etib kelmoqda. Negaki shevalarni tadqiq etishga qiziqishning umumiy
sabablari til istiqboliga aloqadordir. Biz milliy tilimizni ham adabiy til, ham sheva, ham milliy til
ma’nolarida tushunamiz. Adabiy tilning o‘ziga xos taraqqiyot bosqichi borligi, shubhasiz, aniq,
ammo shevalarimiz, lahjalarimizning taraqqiyoti va rivojlanish masalasi bahslidir.


background image

285

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Sheva tadqiqiga bag‘ishlangan ishlar yil sayin zamonaviy tilshunoslik taraqqiyoti

soyasida qolib ketayotgani sir emas. Mustaqillik yillarida soha rivojiga xizmat qiluvchi sezilarli
tadqiqotlar bajarilgan. Biroq bu tadqiqotlar salmog‘i o‘zbek shevalarini to‘laqonli tekshirishga va
ularning lisoniy tabiatini aniqlashga imkon bergani yo‘q.

Adabiyotlar tahlili va metadalogiya

O‘zbek tili turkiy tillar orasida eng qadimiy tillardan biri bo‘lib, sheva va dialektlarga

juda boy til. Har bir viloyat, har bir tuman, har bir qishloqning so‘zlashuv uslubi o‘zining
shevaviy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. O‘zbek tilidagi shevalar va ularning
xususiyatlari, tasnifi ustida V.V.Radlov, Ser Ali Lapin, I.I.Yudaxin, Y.D.Polivanov, G‘ozi Olim
Yunusov, Sh.Shoabdurahmonov, F.Abdullayev,A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, B.To‘ychiboyev,
B.Hasanov, S.Ibrohimov, A.Ishayev, S.Rahimov kabi bir qator olimlar ilmiy ish olib borishgan.
O‘rganilmagan sheva va dialektlarimiz, ayniqsa lingvogeografik va monografik planda
o‘rganilmagan ishlar juda ko‘p. Ular xalq orasida yashab kelmoqda. Shevalarimizni o‘zligimizni,
qadriyatlarimizni namoyon qiluvchi o‘lmas va tuganmas xazina desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Muhokama va Natijalar

Maqollar bu xalqning madaniyati, ma’rifati, madaniy saviyasi hamda qadriyatlarini

o‘zida birlashtirgan, jamlagan kichik matnlardir. Xuddi shu ma’noda dialektal matnlar ham doim
e’tiborda bo‘lgan. Jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devon-u lug‘atit turk” asarida [7] ham
bejizga maqollar uchramaydi. Ajdodlarimiz madaniyati, madaniy qadriyatlarini bizgacha
yetkazib kelishda maqollarning o‘rni va ahamiyati kattadir. Yurtimizda istiqomat qiluvchi barcha
sheva vakillarining so‘zlashuvi bir-biridan go‘zal va rang-barangdir. Shuningdek, ayniqsa,
Janubiy Surxondaryo sheva vakillarining so‘zlashuvi ham o‘ziga xos. D. Polivanov
klassifikatsiyasida 3-dialekt, qipchoq lahjasining beshinchi tipidagi janubiy o‘zbek “j”lovchilar
guruhiga mansubligi ifodalangan. A.K.Borovkovning tasnifida Surxondaryo o‘zbek shevalari
Shayboniy o‘zbek yoki “j”lovchilar dialekti deb ko‘rsatiladi. G‘ozi Olim Yunusov tasnifida
“o‘zbekqipchoq” lahjasiga kiritilgan. S.Rahimov shu tasniflarga tayanib Surxondaryo o‘zbek
shevalarini quyidagicha klassifikatsiya qiladi:

1. “j”lovchi o‘zbek shevalari (qipchoq lahjasiga xos shevalar);
2. “y”lovchi o‘zbek shevalari (qorluq lahjasiga xos shevalar);
3. Ikki tilda so‘zlovchi shevalar [8].
Bu tasnifga 4-tur “a”lovchi yoki “o”lovchi o‘zbek shevalarini kiritsak bo‘ladi.

“o(a)nor”, “o(a)hmoq”, “a(o)lma”, “xa(o)la”, “ha(o)zir”

va boshqalar.

Tadqiqot davomida Mardayeva Malika Yo‘ldoshevna (1966-yil 9-avgustda tug‘ilgan.

Qiziriq tumani 30-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi), Imomaliyeva Bibinor Ahmedovna
(1953-yil 2-fevralda tug’ilgan. Istara mahallasidagi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib
ishlagan. Hozirda nafaqada), Мustafoyev Turdimurod Ismatovich (1963-yil 12-iyulda tug‘ilgan.

Qiziriq tumani “Bog’bonlar yurti” mahallasida yashaydi. “Termiz universiteti” gazetasi

bosh muharriri), Mamatmurodov Mamayusuf Qurbonovich (1963-yil 7-noyabrda tug‘ilgan.

Qiziriq klassterida bosh hisobchi) va boshqa sheva axborotchilaridan yozib olingan dala

amaliyoti davomida bir qator muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Qiziriq tumani vohaning
janubiy hududidagi tuman bo‘lib, aholining etnik tarkibini Qo‘ng‘irot urug‘iga mansub turli daha
vakillari tashkil qiladi. Hozirda tuman tarkibida 31 ta mahalla mavjud. Biz ulardan Istara, Takiya,
Karmaki, So‘fi qishloq, Qishloqozon, Rabotak, Yetimqum, Gilambob, Oqjar, Xomkon, Qiziltom,
Kiyik kabi qishloqlari aholisidan axborot yig‘dik.


background image

286

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Hududiy jihatdan tuman cho‘l mintaqa hisoblanadi. Tub aholi bu yerni ko‘chib kelib

o‘zlashtirgan.

“Qush uchsa

bo‘lganligi haqida dialektal suhbatlar jarayonida tuman aholisi

ma’lumot berishadi.

A.Omonturdiyev va B.Rahmonovlarning hammualliflikda tuzgan “Surxondaryo

dialektal-etnografik maqollarining izohli lug‘ati”da [1] Surxondaryo viloyatining turli tumanlari
aholisidan yig‘ilgan maqollar joy nomlari kesimida tartiblangan bo‘lib, Qiziriq tumanidagi xalq
shevasida uchrovchi maqollar lug‘atda mavjud emas.

Professor F.Abdullayev o‘zbek shevalarini tadqiq qilishda dialektal matnlarga asoslanib

ish ko‘rishni shevalar tadqiqidagi samarador usul deb biladi[4, 5]. Binobarin, dialektal
matnlarning bir turi dialektal maqollar bo‘lib, har bir maqol yirik asar ma’nosini ifodalashi
mumkin. Quyida berilgan dialektal maqollar xuddi shu ma’noda jamlangan va saralab olingan.

Biz Qiziriq shevasi maqollarning dialektal xususiyatlarini saqlagan holda ham adabiy

shaklini, ham dialektal shaklini berishga harakat qildik hamda to‘plangan maqollarni
quyidagicha guruhladik:

1. Dialektal nutqdagina qo‘llanadigan maqollar.
2. Ham shevada, ham adabiy tilda qo‘llanadigan maqollar.
3. Adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda qo‘llanuvchi maqollar.
4. Arxaik yoki eskirgan maqollar.
Oxirgi tur paremalarni izohlash va tavsif qilish zaruriyati mavjuddir.

Shevada qo‘llanadigan maqollar

Otangni ko‘rdim Ahmad poriq,

Enangni ko’rdim tovoni joriq.

Otangni ko‘rdim Ahmad pͻrьq,

Эnəngnь ko‘rdim tovoni jͻrьq.

Maqolda

Эnə

so‘zi ona ma’nosida kelgan. Qiziriq shevasida

ona

so‘zi

эnә, onә, aya

shakllarida qo‘llanadi. “j”lovchi sheva vakillari nutqida “y” tovushi “j”ga almashinib talaffuz
qilinadi.

Xulosa

Xalq og‘zaki durdonasi sifatida bu kabi xalq donishmandligining, ajdodlardan avlodlarga

o‘tib kelayotgan noyob meros, keksa avlodlarning bemisl xazinasini lingvistik planda o‘rganish
juda ham dolzarbdir. Zotan, avlodlar almashinuvida til va madaniyat, tafakkur tarzi tamoyillarini
yortitishda paremalarning ajralmas o‘rni mavjud.

Ayniqsa, o‘zbek shevalari leksikasi bilan bir qatorda paremalarni ham leksikografik

jihatdan tadqiq etish nafaqat o‘zbek dialektologiyasi, balki leksikografiya, korpus lingvistikasi
uchun ham g‘oyat muhimdir.


REFERENCES

1.

Omonturdiyev A., Rahmonov B. “Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli
lug‘ati”. – Toshkent, “Ilm Ziyo Zakovat”, 2019.

2.

Fayzullayev B., To‘ychiyev A. Dialektologik amaliyot. – Jizzax, 2004.

3.

To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2004.

4.

Abdullayev F. Xorazm shevalari. – Toshkent, 1960.

5.

Abdullayev F. O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi. – Toshkent, “ Fan”, 1978.

6.

“Kuntug‘mish” dostoni. – Тоshkent, “G‘afur G‘ulom”, 1975.

7.

Mahmud Qoshg‘ariy. Devon-u lug‘atit turk. – Toshkent, “Fan”, 1961.


background image

287

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

8.

Rahimov S. O‘zbek tili Surxondaryo shevalari. Monografiya. –Toshkent: Fan, 1985.

9.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 3,4,5-jildlari. –Toshkent, “O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi”, 2007.

10.

O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent, “G‘afur G‘ulom”, 1989

References

Omonturdiyev A., Rahmonov B. “Surxondaryo dialektal-etnografik maqollarining izohli lug‘ati”. – Toshkent, “Ilm Ziyo Zakovat”, 2019.

Fayzullayev B., To‘ychiyev A. Dialektologik amaliyot. – Jizzax, 2004.

To‘ychiboyev B., Hasanov B. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2004.

Abdullayev F. Xorazm shevalari. – Toshkent, 1960.

Abdullayev F. O‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasi. – Toshkent, “ Fan”, 1978.

“Kuntug‘mish” dostoni. – Тоshkent, “G‘afur G‘ulom”, 1975.

Mahmud Qoshg‘ariy. Devon-u lug‘atit turk. – Toshkent, “Fan”, 1961.

Rahimov S. O‘zbek tili Surxondaryo shevalari. Monografiya. –Toshkent: Fan, 1985.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 3,4,5-jildlari. –Toshkent, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”, 2007.

O‘zbek xalq maqollari. – Toshkent, “G‘afur G‘ulom”, 1989