Authors

  • Nurmuxammad Mamurov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.90157

Keywords:

jinoyat kam ahamiyatli qilmishlar jinoyat tarkibining alomatlari ijtimoiy xavfli jinoyatlarni istisno qiladigan holatlar harakat yoki harakatsizlik.

Abstract

Ushbu maqolada muallif jinoyat huquqida jinoyatlarni istisno qiladigan holatlardan biri sifatida kam ahamiyatli qilmishlar institutining xorijiy mamlakatlar qonunchiligidagi o‘ziga xosliklari xususida qisqacha fikrlar yuritgan.

background image

936

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

XORIJIY MAMLAKATLAR QONUNCHILIGIDA KAM AHAMIYATLI QILMISHLAR

MASALASI

Mamurov Nurmuxammad Otabekovich

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti qoshidagi akademik litsey II-bosqich 7-guruh o‘quvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15466336

Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif jinoyat huquqida jinoyatlarni istisno qiladigan

holatlardan biri sifatida kam ahamiyatli qilmishlar institutining xorijiy mamlakatlar
qonunchiligidagi o‘ziga xosliklari xususida qisqacha fikrlar yuritgan.

Kalit so‘zlar: jinoyat, kam ahamiyatli qilmishlar, jinoyat tarkibining alomatlari, ijtimoiy

xavfli, jinoyatlarni istisno qiladigan holatlar, harakat yoki harakatsizlik.

Аннотация. В данной статье автор сделал краткие размышления об

особенностях института малозначительных деяний в законодательстве зарубежных
стран как одного из обстоятельств, исключающих преступления в уголовном праве.

Ключевые понятия: преступление, малозначительные деяния, признаки состава

преступления, общественно опасные, исключающие преступления обстоятельства,
действие или бездействие.

Abstract. In this article, the author made brief reflections on the peculiarities of the

institution of minor acts in the legislation of foreign countries as one of the circumstances
excluding crimes in criminal law.

Key concepts: a crime, minor acts, signs of a crime, socially dangerous circumstances

excluding crimes, action or inaction.

Jinoyat huquqida jinoyatlarni istisno qiladigan holatlar mavjud bo‘lib, ulardan biri kam

ahamiyatli qilmishlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 36-moddasida
kam ahamiyatli qilmishlar haqidagi norma belgilangan. Unga ko‘ra, garchi ushbu kodeksda
jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam
ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb
topilmaydi

1

.

Kam ahamiyatli qilmishlar haqida o‘rganish jarayonida o‘z qonunchiligimizda

belgilangan meʼyorlardan tashqari xorijiy davlatlar tajribasida kam ahamiyatli qilmish instituti
haqida ham qanday qoidalar ko‘rsatilganligini ko‘rib chiqishga harakat qildik.

Jumladan, Armaniston Respublikasi jinoyat kodeksining 18-moddasi 2-qismida kam

ahmiyatli qilmish ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra amaldagi kodeksda jinoyat deb nazarda tutigan
qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa ham o‘zining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli
bo‘lmagan, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxsga, jamiyatga yoki davlatga jiddiy zarar etkaza
olmaydigan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jinoyat deb hisoblanmaydi. Yuqoridagi normaga
asosan xulosa qiladigan bo‘lsak, Armaniston jinoyat qonunchiligida biznig milliy
qonunchigimizda yo‘q hisoblangan kam ahamiyatli qilmishni chegaralovchi me’zonlar joriy
qilingan ekanligi, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxsga, jamiyatga yoki davlatga jiddiy zarar
etkaza olmaydigan harkat yoki harakatsizlikni kam ahmaiyatli qilmish deb topishar ekan.

Gruziya jinoyat kodeksining 7-moddasi 2-qismida kam ahamiyatli qilmish haqida izoh

berilgan. Unga ko‘ra sodir etilgan qilmish jinoyat deb hisoblanmaydi amadagi kodeksda mavjud

1

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.


background image

937

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

jinoyat alomatlari formal jihatdan mavjud bo‘lsa ham agar o‘sha qilmish kam ahmiyatliligi bilan
jinoiy javobgarlikni vujudga keltirmaydigan va zarar yetkazish xavfini vujudga keltirmaydigan
qilmish kam ahamiyatli deb topiladi. Demak, Gruziya qonunchiligi ushbu norma orqali kam
ahamiyatli qilmish o‘zida sodir etgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish ehtiyojini vujudga
keltirmaydigan va o‘sha qilmish o‘z navbatida zarar yetkazish xavfini vujudga keltirmasligi
lozimligini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston Respublikasining jinoyat kodeksning 8-moddasi 2-qismida qilmish o‘zida

jinoyat kodeksining maxsus qismidagi jinoyat tarkibining alomatlariga to‘g‘ri kelsa ham o‘zining
ijtimoiy xavfli emasligi bilan jinoyat deb topilmaydigan qilmish kam ahamiyatli deb topiladi.
Qirg‘iziston jinoyat qonunchiligi xuddi o‘zimizning milliy qonunchilik singari ijtimoiy xavfli
bo‘lmagan qilmishni kam ahamiyatli deb hisoblarkan, biroq aynan qanday qilmishlar ushbu
turkumga mansubligi ochiq qoldirilgan.

Belorusiya Respublikasining jinoyat kodeksining 11-moddasi 2-qismiga ko‘ra qilmish

(harakat yoki harakatsizlik) o‘zida formal jihatdan jinoyat tarkibi alomatlarini aks ettirsa-da,
o‘zining kam ahamiyatliligi, ya’ni jinoyatga xos ijtimoiy xavfli emasligi bois jinoyat deb
topilmaydi. Jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarga zarar yetkazmagan va yetkazish
xavfi mavjud bo‘lmagan qilmishlar kam ahamiyatli deb e’tirof etiladi. Demak, yuqoridagi
normalarni talqin qilish bizga Belorus Respublikasi qonunchiligida e’tibor qaratishimiz lozim
bo‘lgan jihatlar borligidan dalolat beradi, ya’ni jinoyatga xos ijtimoiy xavflilikning yo‘qligi
jumlasi ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki ko‘pgina huquqshunoslar ham aynan kam ahmiyatli
qilmishlardagi ijtimoiy xavflilik masalasida bahs olib borganlar.

Kam ahamiyatli qilmishlar tushunchasi bir qator Yevropa davlatlarida turlicha talqin

etilgan hisoblanadi. Masalan, Shvetsariya jinoyat qonunchiligida kam ahamiyatli qilmish
normasi kamdan-kam qo‘llanishi ma’lum bo‘ldi.

Kam ahamiyatli qilmishlar asosan moddiy tarkibli hisoblanadigan, mulkiy jinoyatlarda

jiddiy ziyon bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi. Demak, ushbu norma xalqaro tajribada ham milliy
qonunchiligimizda o‘xshash qirralarni aks ettirgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ya’ni bizning
milliy qonunchiligimizda, Jinoyat kodeksining 36-moddasida ta’kidlanganidek, kam ahamiyatli
qilmishda asosan ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik jumlasi kiritilgan, bu esa
ijtimoiy xavflilik o‘sha qilmish natijasida yetkazilgan zarar bilan o‘lchanishini yuqorida
ta’kidlagan edik.

Daniya mamlakatida esa kam ahamiyatli qilmish tushunchasi qilmishning jinoiyligini

istisno qiladigan holat sifatida jazodan ozod qilish asoslari sifatida qaraladi. Bu yerda ham ushbu
normaning talqinida milliy qonunchigimizdagi qiyosiy jihatlarni borligiga guvohi bo‘lishimiz
mumkin. Shu o‘rinda bir qator Yevropa mamlakatlarida, masalan, Belgiya, Gollandiya, Ispaniya,
Fransiya va Germaniya kabi davlatlarning jinoyat qonunchiligida kam ahamiyatli qilmish
institutining yo‘qligini ko‘rish mumkin, holbuki, kam ahamiyatli qilmish instituti jazoni
yengillashtiruvchi holatlar sifatida ham e’tirof etilmagan.

Daniya jinoyat kodeksining 14 - paragrifida kam ahamiyatli qilmish normasi quyidagicha

aniqlangan: “Odatda jazoga sazovor qilmish agarda o‘sha qilmish biror bir shaxsga yoki mol-
mulkka zarar yetkazish xavfini oldini olish maqsadida qilingan bo‘lsa, ushbu qilmish jinoyat deb
topilmaydi va u kam ahamiyatli deb e’tirof etiladi.”

2

Ushbu jinoiy-huquqiy norma Daniyada kam

ahmiyatli qilmish va jinoyatni istisno qiladigan holatlar tushunchasi bir butunlikni tashkil
etishidan dalolat beradi.

2

https://www.legislationline.org/download/id/6372/file/Denmark_Criminal_Code_am2005_en.pdf


background image

938

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Buyuk Britaniyada jinoyat tushunchasiga qonunchiqaruvchi tomonidan yagona ta’rif

berilmagan, biroq ushbu tushuncha sud qarorlarida o‘z ifodasini topgan. Angliyada jinoyat
tushunchasini quyidagicha talqini keng tarqalgan. Jinoyat sodir etilgan paytda amaldagi qonun
bilan jazolanadigan harakat jinoyat deb ataladi. Jinoyat tushunchasini yanda kengroq talqinini
ingliz jinoyat huquqiy olimlarining asarlarida uchratish mumkin.

Fransiya jinoyat kodeksida ham jinoyat tushunchasining umumiy ta’rifi yo‘q hisoblanadi.
Avvalari Fransiya jinoyat kodeksida jinoyatlar faqat jazo turi va miqdoriga ko‘ra

turkumlangan bo‘lsa, hozirda esa huquqqa xilof qilmishlar -o‘zining moddiy xususiyatidan,
qilmishning og‘irlik darajasi, davlat va jamiyatga yetkazgan zarar darajasiga ko‘ra jinoyat va
qonun buzilishlarga ajratiladigan bo‘ldi.

Xitoy Xalq Respublikasining avvalgi jinoyat kodeksi 1880-yilda, hozirda yuritilayotgani

esa 1997-yilda ishlab chiqilgan. Avvalgi jinoyat kodeksida (1880-yil) dagisida jinoyatlar ikki
turga og‘ir va og‘ir bo‘lmaganlarga bo‘lingan. Xitoyning jinoyat qonunchiligi o‘zida jinoyat
tushunchasini o‘ziga xos talqinda qo‘llashadi, ya’ni jinoyat kodeksida mavjud bo‘lmasa jinoyat
emas va shaxsni bu bilan jazoga tortish mumkin emas. Xitoy jinoyat kodeksining 13-moddasida
jinoyatning moddiy tomoni zarar va tajovuz obyektiga ko‘ra aniqlanishi ta’kidlangan. Ijtimoiy
xavflilik esa tajovuz obyekti orqali aniqlanadi. Xitoyda “davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va
tinchligi, davlatning bo‘linishiga, ijtimoiy va iqtisodiy asoslarni buzishga, shaxslarning shaxsiy
va demokratik huquqlariga tajovuz qiladigan qilmishlar jinoyat kodeksida belgilangan bo‘lsa
jinoyat deb e’tirof etiladi.

Shuningdek, kam ahamiyatli qilmishlar ham e’tirof etilgan bo‘lib unga ko‘ra shubhasiz,

ahamiyatsiz, xavfli bo‘lmagan xatti-harakatlar jinoyat deb tan olinmaydi va bunday qilmishlar
tajovuz obyektiga ko‘ra aniqlanadi va kam ahmiyatli qilmishlar deb topiladi. Demak, yuqoridagi
davlatlarda ijtimoiy xavflilikning yo‘qligi yoinki ma’lum vaqtda yo‘q deb hisoblanganligi jinoyat
qonunchilikning malakalash mexanizmning aniq ishlamaganidan dalolat beradi. Chunki har
qanday qilmishning kriminologenligi o‘sha qilmishning ijtimoiy xavfliligiga ko‘ra aniqlanadi.

Kam ahamiyatli qilmishlar masalasini tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlarga

ham nisbatan qo‘llasa bo‘ladi degan qarash mavjud, ya’ni jinoytaga suiqasd qilish kabi jinoyatlar
tarkibiga ham qo‘llasa bo‘ladi degan qarashlar mavjud. Tamom bo‘lmagan jinoyatlarda jinoyat
belgisi bilan kam ahamiyatli qilmishlarda o‘ziga xoslik mavjud hisoblanadi. Aniqrog‘i, u jinoyat
uchun tayyorgarlik tarkibiga mos keladigan harakatlarda namoyon bo‘ladi. Ushbu pozitsiyani
butunlay ajratib turadigan bo‘lsak, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rishning noaniqligi asosan obyektiv
omillar (tayyorgarlik harakatlarining xavfli tabiati, jinoyatni bajarish ehtimoli pastligi, jinoyat
huquqiy himoya obyektiga haqiqiy tahdid yo‘qligi va boshqalar) bilan bog‘liq. Subyektiv
xususiyatlari (jiddiy yoki o‘ta jiddiy jinoyat sodir etishga bevosita niyat) kabilar bu yerda asosiy
fonga o‘tadi. Boshqacha qilib aytganda, Jinoyat kodeksining 36-moddasini jinoyatga
tayyorgarlik tarkibi belgilari bilan harakat qilish uchun uning obyektiv ahamiyatga ega
emasligini aniqlash kifoyadir.

Shunday qilib, hozirgi vaqtda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish jinoyatini malakalashda

jinoiy faoliyatga uni jinoiy qilmish deb reaksiya qilish huquqni muhofaza qilish organlari
ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladi. Jinoyat kodeksining 36-moddasi qoidalarini qo‘llash
imkoniyatlarini tabiiy ravishda cheklaydigan jinoiy-huquqiy muhofaza qilishning eng muhim
obyektlariga (hayot, inson yoki umuman aholi salomatligi, davlat xizmatining manfaatlari)
tajovuz qilgan protsessual jihatdan tasdiqlangan jinoyatlarga qaratilgan.


background image

939

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Bundan tashqari, u ko‘p holatlarda, tergovga qadar tekshiruv amaliyotida jinoyatga

tayyorgarlik ko‘rish harakatlari faktlari bo‘yicha hisobotlarni tekshirish jinoyat tarkibi yo'qligi
munosabati bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun rad etish to‘g‘risidagi qaror bilan yakunlanadi,
deb yodda tutish lozim, va bunday qarorlar tez-tez kam ahamiyatli qilmishlarga havola
bermasdan amalga oshiriladi va ushbu amaliyot uzoq vaqt davomida shakllangan. Bunday
qarorlarga esa jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish institutidagi ijtimoiy xavflilik tushunchasini aniq
shakillanmaganligiga borib taqaladi.


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

3.

https://www.legislationline.org/download/id/6372/file/

4.

Denmark_Criminal_Code_am2005_en.pdf

5.

Кудрявцева В.Н. Энциклопедия уголовного права. Состав преступления/Изд. проф.

Малинина, 2005.

6.

Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul

muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

Denmark_Criminal_Code_am2005_en.pdf

Кудрявцева В.Н. Энциклопедия уголовного права. Состав преступления/Изд. проф. Малинина, 2005.

Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.