ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1086
CHIDAMLILIK TUSHUNCHASI VA TURLARI
Anvarov Doniyorbek Mirzatillo o‘g‘li
Farg‘ona davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti
Ko‘pkurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15477804
Annotatsiya. Agar kishi biror bir og‘ir ishni bajarayotgan bo‘lsa, u birmuncha vaqtdan
so‘ng bu ishni bajarish tobora qiynlashib borayotganini sezadi. Chetdan qaraganda bu kishining
holati ancha o‘zgarganligini ko‘rish mumkin. Bu o‘zgarishni mimika muskullari kuchlanishida,
ter paydo bo‘lishida kurish mumkin.ayni vaqtda uning organizmida bimruncha jiddiy fiziologik
o‘zgarishlar ham ro‘y beradi. Qiyinchiliklar ko‘payib borishiga karamsdan, kishi iroda kuchi
hisobiga dastlabki ish shiddati birmuncha vaqt saqlab turishi mumkin.
Kalit so‘zlar: chidamlilik, pasayish, o‘sish, suzish, jismoniy yuklamalar, suv havzasi,
yuklamalar, suv.
Аннотация. Если человек делает что-то сложное, через некоторое время он
заметит, что делать это становится все труднее. Со стороны видно, что положение
этого человека существенно изменилось. Это изменение можно заметить по
напряжению мышц лица и появлению пота. В то же время в его организме происходят и
серьезные физиологические изменения. Несмотря на возрастающие трудности, человек
может поддерживать первоначальную интенсивность работы в течение некоторого
времени благодаря силе воли.
Ключевые слова: выносливость, снижение, повышение, плавание, физическая
нагрузка, водный бассейн, нагрузка, вода.
Abstract. If a person is doing a difficult task, after a while he will notice that it is
becoming increasingly difficult to do it. From the outside, it is possible to see that the person's
condition has changed significantly. This change can be seen in the tension of the facial muscles,
the appearance of sweat. At the same time, serious physiological changes also occur in his div.
Despite the increasing difficulties, a person can maintain the initial intensity of work for some
time due to willpower.
Key words: endurance, decrease, increase, swimming, physical activity, water pool,
load, water.
Agar kishi biror bir og‘ir ishni bajarayotgan bo‘lsa, u birmuncha vaqtdan so‘ng bu
ishni bajarish tobora qiynlashib borayotganini sezadi. CHetdan qaraganda bu kishining holati
ancha o‘zgarganligini ko‘rish mumkin.
Bu o‘zgarishni mimika muskullari kuchlanishida, ter paydo bo‘lishida kurish
mumkin.ayni vaqtda uning organizmida bimruncha jiddiy fiziologik o‘zgarishlar ham ro‘y
beradi. Qiyinchiliklar ko‘payib borishiga karamsdan, kishi iroda kuchi hisobiga dastlabki ish
shiddati birmuncha vaqt saqlab turishi mumkin.
Bunday holatni kompensatsiyali charchoq fazasi deyiladi. Agar iroda kuchi ortganiga
qaramay ish intensivligi pasaysa, lekompensatsiyali charchoq fazasi boshlanadi. Ishlash
natijasida kishi organizmni ishlash qobiliyatining vaqtinchalik kamayishi charchoq deb ataladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1087
Bu qiyinchilik ortishida yoki ishni avvalgidek samarador bajarish mumkin bo‘lmay
qolishida ifodalanadi. Agar bir necha kishiga bir xil vazifani bajarish tavsiya etilsa. Ular turli
vaqtdan so‘ng charchaydilar. Bunga sabab shu kishilardagi chidamlilik darajasining xilma – xil
bo‘lishidir.
Biror bir faoliyatda charchoqqa qarshilik ko‘rsatish qobiliyati chidamlilik deb ataladi.
Chidamlilik
bevosita
usullar
bilan
ulchanadi.
Bevosita
ulchash
usulida
tekshirilayotganlarga biror bir topshiriqni bajarish tavsiya etiladi doimo qulay emas. Shuning
uchun ko‘pincha bevosita usuldan foydalaniladi. Sport amaliyotida chidamlilik biror bir uzun
masofani 800 m ga suzishda o‘tish vaqtiga qarab aniqlanadi.
Harakat faoliyatidagi ish qobiliyati ko‘pgina faktorlarga, jumladan kishining tezlik va
kuch qobiliyatlariga bog‘liq bo‘lganligi uchun, chidamlilik ko‘rsatkichining ikki tipini e’tiborga
oshish lozim: absolyut ko‘rsatkichlar (mazkur kishidagi kuch va tezlikning konkret
ko‘rsatkichlari hisobga olinmaydigan ko‘rsatkichlar: yuqorida keltirilgan misollar chidamlilikka
bunday
baho
berishga misol bo‘lla oladi) va nisbiy, porsial ko‘rsatigichlar
(shug‘ullanuvchilarning tezlik va kuch imkoniyatlarini hisobga olgan ko‘rsatgichlar).
Kishining chidamlilikni talab qiladigan mashqlardagi funksional imkoniyatlari bir
tomondan, tegishli harakat malakalari, texnikani egallash darajasi bilan belgilansa, ikkinchi
tomondan organizmning aerob va anaerob imkoniyatlari bilan belgilanadi[11,12,15,18].
Nafas olish imkoniyatlari uncha spetsifik emas, ular harakatlarning tashqi shakliga juda
ham bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun, agar kishi mashqlar yordamida masalan, yugurishda
uzining aerob imkoniyatlari darajasini oshirgan bo‘lsa, bu boshqa harakatlarni bajarishga –
suzishga, eshkak eshish yoki chang‘ida yugurishga ham ta’sir etadi[19,20,22,28,29].
Mazkur sportchi organizmining vegetativ tizimlarining ishlash imkoniyatlari barcha
shunga uxshash haraktlarni bajarishda ham yuqori bo‘ldi.
Biroq har bir ayrim holda kuchishning mavjudligi yoki yo‘qligi organizmning energetik
imkoniyatlariga va harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga bo‘lgan talablar bilangina emas,
balki harakat malakalari o‘rtasiga o‘zaro hamkorlik xarakteri bilan ham belgilangan.
Chidamlikni tarbiyalash jarayonida organizimning umumiy chidamlikni maxsus turlarini
belgilab beradigan funksional xususiyatlarini har tomonlama o‘stirishning bir qator
vazifalarini hal etish talab qilinadi. Ish jarayonida charchoq paydo bo‘lganiga qaramay,
mashqni davom ettirish, albatta zarur bo‘ladigan, katta hajmdagi, anchagina zerikarli va og‘ir
ishni bajarmay turib, bu vazifalarni hal qilishni tasavvur etish ham qiyin.
Shu munosobat bilan irodaviy fazilatlarga alohida talablar quyiladi. Chidamlilikni
tarbiyalash mehnatsevarlikni, katta yuklamalarga va nihoyatda horg‘inlik hissiga bardosh
tayyor turishni tarbiyalash bilan birga olib boriladi.
Sportchilar mashg‘ulot jarayonida ma’lum darajada charchoq his qilsalargina ularda
chidamlilik ortib boradi. Bunday holda organizm shunga uxshash holatga ko‘nikib boradi.
Bu esa tashki tomondan chidamlilikning ortib borishida ko‘rinadi.
Moslashuv o‘zgarishlarining miqdori qay maqsadga qaratilganligi mashg‘ulot
yuklamalari natijasida xosil bo‘ladigan reaksiyalar darajasi va xarakteriga mos bo‘ladi.
Yuklamaning organizmga ta’sir etishining yig‘indi miqdorini belgilaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1088
Aerob sharoitlarda ishlayotganda takrorlashlar sonining ortishi yurak – tomir va nafas
olish tizimlari faoliyatini uzoq vaqt yuksak darajada saqlab turishga majbur etadi. Anaerob
sharoitlarda takrorlashlar sonining ortishi ertami – kech kislorodsiz mexanizmlarning ishdan
chiqishiga olib keladi.
Yuklama qiymatlari har birining sxematik ko‘rinishdagi ta’siri shundan iborat. Aslida esa
bularning ta’siri ancha murakkab, chunki odatda har qaysi komponent alohida emas, balki besh
komponent o‘zgaradi. Bu esa organizmga xilma – xil ta’sir etish uchun juda katta imkoniyatlar
yaratadi.
Aerob imkoniyatlarni oshirishda bir me’yorda mashq qilish metodidan shuningdek,
takroriy va o‘zgaruvchan mashq metodlaridan foydalaniladi. Bir me’yorda to‘xtovsiz mashq
qilish umumiy chidamlilikni tarbiyalashni dastlabki bosqichlarida ayniqsa, keng qo‘llaniladi
[13,16,17].
Buning sababi shundaki, kislorod ist’emol kilinishini ta’minlaydigan tizimlarning
ishidagi uyg‘unlik bevosita mashq jarayonida oshadi. Bundan keyin yurak – tomir va nafas
tizimlarini ishidagi muvofiqlik bo‘ziladi, kislorod ist’emol kilish va yuklamalar mashq berish
ta’siri kamayadi.
Maksimal shiddatdagi ishlarda charchash biologik jihatdan anaerob resurslarning tezda
tamom bo‘lishi, shuningdek nerv markazlarining faoliyatni natijasida tormozlanishi bilan
belgilanadi.
Shuning uchun bu xildagi ishlarda chidamlilikni tarbiyalashda avvalo, quyidagi vazifalar
turadi: anaerob imkoniyatlarni oshirish, maksimal shiddatdalikdagi maxsus ish sharoitlarida nerv
markazlarining ishga yaroqliligini oshirish.
Anaerob imkoniyatlarni oshirish usuli yuqorida bayon qilingan edi. Ikkinchi vazifani hal
qilish uchun musobaqa masofasini chegara tezlikda o‘tishdan foydalaniladi. Biroq «tezlik
tusig‘i» ga yo‘l qo‘ymaslik uchun, bu ish turini xaddan tashqari ko‘p takrorlamaslik kerak.
Shuning uchun masofaning uzunligi uning o‘tish tezligi o‘zgartirib turiladi, jumladan,
musobaqa masofasidan birmuncha ko‘p masofa o‘tiladi.
Chidamlilikni rivojlantirishning birinchi bosqichini asosiy vazifasi – organizmni ishlash
jarayoniga jalb qilish hamda yurak-qon nomi va nafas olish tizimlarini mustaqkamlash yo‘li
bilan uni yuqori jadallikda ishlashga tayyorlash hisoblanadi.
Asosiy mashq qilish vositalari. Jismoniy mashqlar sport tayyorgarligi vositalari sifatida
uch guruhga bo‘linadi: asosiy, maxsus va umumrivojlantiruvchi.
1.
Asosiy mashqlar yosh sportchi ixtisoslashgan sport turini qamrab oladi.
2.
Maxsus mashqlar zaruriy harakat sifatlarini rivojlantirish,
harakatlar texnikasi, taktikasini
o‘zlashtirishni takomillashtirish jarayonida qo‘llaniladi.
3.
umurivojlantiruvchi mashqlar sport turlari bo‘yicha umumiy, har tamonlama va mazkur
sport turi uchun xos ravishda jismoniy rivojlantirish uchun qo‘llaniladi.
Chidamlilikni rivojlantirish mashq qilish usullariga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Ulardan 3 ta
asosiy usullar ajaratiladi:
1) uzluksiz davomli yugurish;
2) uzlukli;
3) bellashuv usuli.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1089
1. Uzluksiz usulning asosiy mashq qilish vositalari.
Aerob yo‘nalishdagi:
20 – 60 min. Davomiylikdagi chigalyozdi sekin suzish tezlik bir maromda, puls 130 –
140 urg‘min. Mashq qilish mashg‘ulotlaridan so‘ng yil davomida qo‘llaniladi. Davomli 1000
suzish 45 – 90min. (120 min. Taga oyida bir marta). Tezlik bir maromda (tomir 150 – 160
urg‘min), yil davomida qo‘llaniladi. Eng ko‘p hajmi tayyorgarlik davriga to‘g‘ri keladi.
Aerob – anaerob yo‘nalishdagi:
20 – 60 min. Davom etuvchi sur’atli suzish tezlik bir maromda, (tomir urishi 160 – 175
urg‘min) yil davomida qo‘llaniladi. Tayyorlanish davrida haftada 2 marta, bellashuv davrida 1 –
2 haftada 1 marta nazoratli suzish mas’uliyatli musobaqalardan 1 – 2 hafta oldin nafaqat asosiy
masofada, balki qisqa va eng uzun masofalarga ham o‘tkaziladi: musobaqalar tayyorlash davrida
2 – 4 marta o‘tkaziladi.
Mashq qilish jarayonini baholash va jismoniy tayrgarlikni oshirish uchun muntazam
ravishda pedagogik va tibbiy – biologik testlar qo‘llanilishi lozim.
Qo‘yidagi tibbiy – biolgik testlardan foydalaniladi:
a) gemoglobin, eritrotsitlar (qizil qon tanachalari) va sut kislotasi miqdorini aniqlash.
b) hajmi va shiddati bo‘yicha standart yuklamalardan so‘ng EKG va polikardiogrammani
qayd qilish;
v) tomir uruishi minutiga 170 zarba bo‘lganida suzishning o‘rtacha tezligini aniqlash.
Koordinatsi qobiliyatlarini tarbiyalash. Bolalarni Yoshligidan suvga o‘rganib, suvda
cho‘milishga qiziqish uyg‘otish kerak. Bolani suvda qo‘rqmaydigan qilish uchun suvni haroratini
asta – sekin pasaytirib borish lozim. Bolani asosan 4-5 Yoshdan suzishga o‘rgatish lozim. Endi
vaqti kelib suzish sportning eng ommalashgan ko‘rinishi sifatida o‘rgatish lozim.
Sport amaliyotida turli mazmunli koordinatsion sifatlarini maqsadga muvofiq shakllantira
borish yuqori natijalarga erishish garovidir.
Barcha sport turlarida (suzish, engil atletika turlari, sport o‘yinlari va h.k.) harakat
texnikasiga o‘rgatish muayyan tasnif va tartib asosida amalga oshiriladi. Jismoniy imkoniyatlarni
shakllantirish
jarayoni
dastlabki tayyorgarlik
bosqichidan
boshlab,
toki mahoratni
takomillashtirish bosqichigacha davom etadi.
Ma’lumki dastlabki tayyorgarlik bosqichida sport malakalriga o‘rgatish samaradorligi
ustivor jihatdan shug‘ullanuvchi bolalar jismoniy tayyorgarligiga bog‘liqdir .
Shunday ekan, jismoniy tayyorgarlikni belgilovchi harakat sifatlarini dastlab tayyorgarlik
bosqichidan boshlab rivojlantirish, keyingi bosqichlarda (o‘quv – trenirovka, sport mahoratini
takomillashtirish, bosqichlari) esa mazkur sifatlarni tanlangan sport turi xususiyatiga
ixtisoslashtirib shakllantira borish bolalar sportini tashkil qilishning muxim shartlaridan biri
bo‘lishi lozim.
REFERENCES
1.
Rasuljon o‘g‘li, A. R., Rasuljon o‘g‘li, A. R., & Аnvarov, D. (2024). BRASS USULNING
UMUMIY XUSUSIYATLARI. Research and implementation, 2(Maxsus 1), 139-152.
2.
Xasanov, A. T., & Anvarov, D. M. (2023). YOSH SUZUVCHILARDA
CHIDAMLILIKNI
RIVOJLANTIRISHNING
AHAMIYATI.
O'ZBEKISTONDA
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1090
FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI, 2(18),
1283-1289.
3.
Botirov, B. M., & Anvarov, D. M. (2022, December). YOSH SUZUVCHILAR
CHIDAMLILIGINI
OSHIRISHNING
O
‘ZIGA
XOS
XUSUSIYATLARI:
10.53885/edinres. 2022.21. 34.042 Botirov BM katta o ‘qituvchi, FarDU Anvarov DM
magistrant, FarDU. In Научно-практическая конференция (pp. 562-565).
4.
Анваров, Д., & Абдупаттоев, А. (2024). ПОВЫШЕНИЕ ВЫНОСЛИВОСТИ ЮНЫХ
ПЛОВЦОВ. Research and implementation, 2(Maxsus 1), 105-112.
5.
Anvarov, D. (2024). SHAXMATDA TAKTIKA, STRATEGIYA MEXANIZM VA
USULLARNING AHAMIYATI. Research and implementation, 2(Maxsus 1), 53-57.
6.
Anvarov, D., & Urmonov, I. (2024). BUILDING ENDURANCE IN YOUNG
SWIMMERS. Research and implementation, 2(Maxsus 1), 4-11.
7.
Anvarov, D., & Majidov, R. (2024). SUZISHNING INSON ORGANIZIMIGA FOYDASI.
Research and implementation, 2(Maxsus 1), 131-138.
8.
Mirzatillo o‘g‘li, A. D. (2024). KROLL USULIDA KO'KRAKDA SUZISH. Новости
образования: исследование в XXI веке, 2(17), 400-402.
9.
Анваров, Д., Джалилов, У., & Ахмаджонов, И. (2024). Определение влияния
нагрузки при тренировке на ростых спортсменов. Research and implementation, 2(7),
145-149.
10.
Rasuljon o‘g‘li, A. R., Rasuljon o‘g‘li, A. R., & Аnvarov, D. (2024). BRASS USULNING
UMUMIY XUSUSIYATLARI. Research and implementation, 2(Maxsus 1), 139-152.
11.
Mirzatillo o‘g‘li, A. D. (2024). BOLALAR UCHUN SUZISHNING AHAMIYATI VA
O'QITISH USULLARI. Научный Фокус, 2(13), 416-420.
12.
Anvarov, D. (2024, May). 11-12 yoshlı suzuvchılarda jısmonıy sıfatlarnıng rıvojlanıshı. In
Conference on Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions".
13.
Anvarov, D. (2024, May). Suzishning inson tanasiga foydali tomonlari. In Conference on
Digital Innovation:" Modern Problems and Solutions".
14.
Mirzatillo o‘g‘li, A. D. (2024). SUZISHDA CHIDAMLILIKNING AHAMIYATI.
SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 7(5), 205-209.
