Authors

  • Sevinch Satimova
  • Sarvinoz Komiljonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.91918

Keywords:

Tasavvuf axloq poklik sabr tavoze muhabbat fano baqo ijtimoiy ong materialism individualism eksperimental interfaol metod pedagogik kuzatuv globallashuv ong.

Abstract

Bugungi kunda jamiyatimizda axloqiy tarbiyaning kuchaytirilishi, yosh avlod qalbida ezgulik, mehr-oqibat, halollik kabi fazilatlarni singdirish muhim masalalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning ijtimoiy ongini shakllantirish orqali ularni jamiyatga foydali shaxs etib voyaga yetkazish mumkin. Bu borada tasavvuf ta’limotining tarbiyaviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tasavvuf insonni ichki poklanishga, boshqalarga nisbatan mehribonlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Ushbu maqolada tasavvuf ta’limotining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy g‘oyalarni singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Har bir inson yoshlik chog’idan boshlab odob axloq qoidalariga rioya qilishi va atrofdagilarga ham hurmatda bo’lishi zarur. Hozirgi globallashuv jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy ongini rivojlantirish juda muhim jarayon hisoblanadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1142

TASAVVUF TA’LIMOTIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING IJTIMOIY

ONGINI SHAKLLANTIRISH

Satimova Sevinch Sardorbekovna

Komiljonova Sarvinoz G’ulomboy qizi

Urganch RANCH texnologiya Universiteti Pedagogika mutaxassisligi magistrantlari.

Tel: +998-93-759-08-07; +998-99-063-99-28.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15477950

Annotatsiya. Bugungi kunda jamiyatimizda axloqiy tarbiyaning kuchaytirilishi, yosh

avlod qalbida ezgulik, mehr-oqibat, halollik kabi fazilatlarni singdirish muhim masalalardan
biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bolalarning ijtimoiy ongini shakllantirish orqali
ularni jamiyatga foydali shaxs etib voyaga yetkazish mumkin. Bu borada tasavvuf ta’limotining
tarbiyaviy jihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Tasavvuf insonni ichki poklanishga,
boshqalarga nisbatan mehribonlik va muruvvat bilan munosabatda bo‘lishga chorlaydi. Ushbu
maqolada tasavvuf ta’limotining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga ijtimoiy g‘oyalarni
singdirishdagi ahamiyati yoritiladi. Har bir inson yoshlik chog’idan boshlab odob axloq
qoidalariga rioya qilishi va atrofdagilarga ham hurmatda bo’lishi zarur. Hozirgi globallashuv
jarayonida o’quvchilarni ijtimoiy ongini rivojlantirish juda muhim jarayon hisoblanadi.

Kalit so’zlar: Tasavvuf, axloq, poklik, sabr, tavoze, muhabbat, fano, baqo, ijtimoiy ong,

materialism, individualism, eksperimental, interfaol metod, pedagogik kuzatuv, globallashuv,
ong.

Аннотация. Сегодня одной из важнейших задач нашего общества является

усиление нравственного воспитания и формирование в сердцах подрастающего поколения
таких добродетелей, как доброта, милосердие и честность. Развивая социальную
осведомленность детей, особенно на этапе начального образования, они могут вырасти
полезными для общества личностями. В этой связи особое значение приобретают
образовательные аспекты суфизма. Суфизм побуждает человека стремиться к
внутреннему очищению и относиться к другим с добротой и состраданием. В данной
статье подчеркивается важность суфийского учения в формировании социальных
идеалов в умах учащихся начальной школы. Каждый человек должен соблюдать правила
этикета и уважать окружающих с юных лет. В современных условиях глобализации
развитие социальной сознательности учащихся является очень важным процессом.

Abstract. Today, strengthening moral education, instilling such qualities as goodness,

kindness, and honesty in the hearts of the younger generation is one of the important issues in
our society. Especially at the stage of primary education, by forming the social consciousness of
children, they can be brought up as useful individuals for society. In this regard, the educational
aspects of the teachings of Sufism are of particular importance. Sufism calls for inner
purification, kindness and compassion towards others. This article highlights the importance of
the teachings of Sufism in instilling social ideas in the minds of primary school students. Every
person should observe the rules of etiquette and respect for those around them from a young age.
In the current process of globalization, the development of students' social consciousness is a
very important process.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1143

Nazariy asoslar

Bugungi kunda davrida insoniylik, mehr-oqibat, sabr-toqat, bag‘rikenglik kabi

fazilatlarning yosh avlod ongiga singdirilishi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa,
ijtimoiy ongni shakllantirish jarayonini boshlang‘ich ta’lim bosqichidanoq yo‘lga qo‘yish katta
ahamiyatga ega. Tasavvuf – bu inson qalbini poklash, uni axloqiy jihatdan komil bo‘lishga
undovchi ta’limotdir. Mazkur referatda tasavvufiy g‘oyalarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
ijtimoiy ongiga ko‘rsatadigan ta’siri o‘rganiladi.

Tasavvuf – bu islom ma’naviyatining ichki, ruhiy jihatini ifodalovchi ta’limot bo‘lib,

uning asosiy tushunchalari poklik, sabr, tavoze, muhabbat, fano va baqo kabi tushunchalardan
iborat. Buloqday tiniq ruhiy olamni shakllantirish tasavvufning bosh maqsadidir. Bu
tushunchalar yosh bolalar tarbiyasida axloqiy poydevor bo‘lishi mumkin. Abu Nasr Forobiy,
Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi mutasavviflar asarlarida
bolalarga ta’sir qiluvchi axloqiy-g‘oyaviy yondashuvlar mavjud.Bolalar ruhiyatida ijtimoiy
ongning shakllanishi, atrofdagi insonlarga nisbatan samimiylik, o‘zini boshqalarning o‘rniga
qo‘yish, saxovatli bo‘lish kabi tushunchalarni singdirish tasavvufiy qarashlar bilan uyg‘un holda
amalga oshirilishi mumkin.

Tasavvuf ta’limotining mohiyati

Tasavvuf bu islom falsafasining muhim yo‘nalishi bo‘lib, u ruhiy poklanish, Allohga

muhabbat, insonparvarlik va muruvvat kabi g‘oyalarini o‘zida mujassam etadi. Tasavvufiy
adabiyotlarda bolalar tarbiyasiga oid ko‘plab hikmatlar, ibratli voqealar mavjud. Jumladan,
Jaloliddin Rumiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband singari mutasavviflar asarlarida
inson qalbini tarbiyalashga qaratilgan g‘oyalar ustuvordir. Ijtimoiy ong tushunchasi va uning
shakllanishi Ijtimoiy ong – bu insonning o‘zini jamiyatda tutish madaniyati, boshqa insonlarga
nisbatan ijobiy munosabat bildirish, umumiy qadriyatlarga amal qilishdan iboratdir. Bolalar
uchun bu tushunchalar o‘yin, hikoya, ertaklar orqali ong ostiga singdiriladi. Shu bois tasavvufiy
g‘oyalar bu jarayonda samarali vosita bo‘la oladi. Tasavvufning hozirgi zamon bilan aloqasi juda
muhim va turli nuqtai nazardan o'rganish mumkin. Tasavvuf, asosan, ruhiy o'sish va ma'naviy
izlanishlarga yo'naltirilgan, insonning ichki dunyosini va Yaratganga bo'lgan aloqasini chuqur
tushunishga harakat qiluvchi bir ilm sifatida mavjud. Bugungi kunda tasavvufning hozirgi zamon
bilan aloqasi quyidagi nuqtalarda ko'rinadi:

1.

Ruhiy salomatlik va stressni kamaytirish

: Hozirgi zamonda insonlar ko'pincha ruhiy

stress va bezovtalikdan aziyat chekishadi. Tasavvuf amaliyotlari, masalan, zikr qilish,
meditatsiya va nafsni tiyish usullari, insonning ichki tinchligini topishiga yordam beradi. Bu
ruhiy salomatlikni yaxshilash uchun foydalidir va zamonaviy psixoterapiya va stressni
kamaytirish usullari bilan o'xshashliklar ko'rsatadi.

2.

Shaxsiy o'sish va ma'naviyat

: Hozirgi jamiyatda ko'plab insonlar ma'naviy izlanishlarga

qiziqmoqda. Tasavvuf, insonni o'zini tushunishga, o'zining maqsad va vazifalarini anglashga
undaydi. Shaxsiy rivojlanishning bir shakli sifatida, tasavvuf bugungi kunda ko'plab treninglar,
seminarlar va o'z-o'zini rivojlantirish kurslari bilan bog'liq.

3.

Tinchlik va ijtimoiy adolat

: Tasavvufda odamlar bir-biriga muhabbat, mehr-oqibat va

hurmat ko'rsatishga chaqiriladi. Hozirgi jamiyatda tasavvufning ta'limotlari tinchlik, adolat va
ijtimoiy mas'uliyatni targ'ib qilishga yordam beradi. Masalan, tasavvufiy amaliyotlar insonlarni


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1144

materializm va individualizmga qarshi turishga undaydi va jamiyatdagi ijtimoiy tenglikni
ko'zlashga yordam beradi.

4.

Texnologiya va zamonaviy hayot

: Hozirgi zamon texnologik rivojlanish va raqamli

dunyo bilan chambarchas bog'liq. Ba'zi tasavvuf amaliyotlari, masalan, onlayn platformalarda
zikr qilish, ruhiy ma'lumotlarni tarqatish va ma'naviy kitoblarni internetda o'qish imkonini
beradi. Bu, tasavvufning zamonaviy jamiyatda yashashiga va kengroq auditoriya bilan muloqot
qilishiga yordam beradi.

5.

O'zini anglash va intizom

: Hozirgi jamiyatda tezkorlik va shoshilinchlik hukmronlik

qiladi. Tasavvuf esa sabr-toqat, intizom va tinchlikni o'rgatadi. Bu, ayniqsa, zamonaviy
odamlarning shaxsiy va professional hayotlarida muhim ahamiyatga ega, chunki odamlar
ko'pincha o'z hayotlarini muvozanatga keltirishga intilishadi.

Umuman olganda, tasavvufning hozirgi zamon bilan aloqasi uning zamonaviy

muammolarni hal qilishga yordam beradigan ruhiy, ijtimoiy va ma'naviy qadriyatlarni o'zida
jamlashidadir.

Tasavvuf asosida ijtimoiy ongni shakllantirish metodlari

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tasavvufiy qadriyatlarni quyidagi usullar orqali

singdirish mumkin: Tasavvufiy hikoyalar asosida dars ishlanmalar tuzish. Axloqiy-ruhiy
mashg‘ulotlarda Rumiy va Naqshbandiylik hikmatlaridan foydalanish. “Muruvvat nima?”,
“Sabrli bo‘lish nega kerak?” kabi savollar asosida interfaol suhbatlar o‘tkazish. Diniy emas,
balki ma’naviy-tarbiyaviy mazmundagi tasavvufiy qadriyatlarni milliy mentalitet bilan
uyg‘unlashtirish. Bu yondashuvlar orqali o‘quvchilar ichki dunyosida ijobiy o‘zgarishlar yuzaga
keladi, ular o‘z tengqurlari bilan insoniy munosabatlarni mustahkamlab boradilar.

Ushbu maqolani tayyorlashda quyidagi ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi:
1.Tahliliy yondashuv – tasavvuf ta’limoti va uning tarbiyaviy imkoniyatlarini ilmiy-

nazariy jihatdan o‘rganish.

2.Pedagogik kuzatuv – boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijtimoiy xulq-atvorini

o‘rganish.

3.Eksperimental metod – dars jarayonlariga tasavvufiy g‘oyalarni kiritish orqali

bolalarning ijtimoiy ongidagi o‘zgarishlarni aniqlash.

4.Interfaol metodlar – suhbat, rolli o‘yinlar, hikoyalar orqali tasavvufiy tushunchalarni

singdirish.

Metodik jihatdan bolalarga moslab Rumiy hikmatlaridan, Naqshbandiylik ta’limotidagi

“dil ba yoru, dast ba kor” (qalb Allohda, qo‘l ishda) kabi maqollardan foydalanish samarali
bo‘ladi.

Xulosa

Tasavvufiy ta’limot asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ongni shakllantirish

ularning axloqiy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan yetuk bo‘lib ulg‘ayishiga zamin yaratadi. Tasavvuf
bolalar qalbida insonparvarlik, bag‘rikenglik, toqat, kamtarlik kabi fazilatlarni uyg‘otadi.

Pedagogik jarayonda bu qadriyatlarni o‘rgatish orqali nafaqat ma’naviy yetuk avlodni

tarbiyalash, balki jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhitni yaratish mumkin. Tasavvufiy ta’limot yosh
avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u inson qalbini poklash, mehr-oqibat, saxovat
va kamtarlik kabi ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1145

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy ongni shakllantirishda tasavvufiy g‘oyalardan

foydalanish ularda ijtimoiy mas’uliyat, hamdardlik va toqatlilik tuyg‘ularini kuchaytiradi.

Shunday qilib, tasavvufiy qadriyatlar asosida tarbiyalangan bola nafaqat bilimli, balki

ma’naviy barkamol shaxs sifatida voyaga yetadi.

REFERENCES

1.

Alijonov A. “Tasavvuf va tarbiya”. – Toshkent, 2018.

2.

Rumi J. “Masnaviy Ma’navi” (tanlangan hikmatlar). – Toshkent, 2005.

3.

Bahouddin Naqshband ta’limoti: Ma’naviy meros va zamonaviy talqinlar. – Samarqand,
2020.

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil.

5.

Qurbonov A. “Pedagogik texnologiyalar asoslari”. – Toshkent, 2021.


References

Alijonov A. “Tasavvuf va tarbiya”. – Toshkent, 2018.

Rumi J. “Masnaviy Ma’navi” (tanlangan hikmatlar). – Toshkent, 2005.

Bahouddin Naqshband ta’limoti: Ma’naviy meros va zamonaviy talqinlar. – Samarqand, 2020.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil.

Qurbonov A. “Pedagogik texnologiyalar asoslari”. – Toshkent, 2021.