1111
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
OG’IZ BO’SHLIG’I SHILLIQ QAVATI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA
ANTIFUNGAL PREPARATLAR
Latifov Husan Muzaffar o’g’li
Osiyo Xalqaro Universiteti
Tibbiyot Fakulteti Stomatologiya yo’nalishi talabasi.
Xayitova Mohinur Djurayevna
Ilmiy rahbar.
Osiyo Xalqaro Universiteti
Klinik fanlar kafedrasi assistenti.
Email:
mohinurxayitova45@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15493677
Annotatsiya. Ushbu maqolada og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini davolashning
zamonaviy tamoyillari va innovatsion yondashuvlari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda og’iz
bo’shlig’i kasalliklarini davolashda antifungal preparatlardan keng foydalanib kelinmoqda.
Chunki og’iz bo’shlig’ida mikroorganizmlar, ayniqsa, zamburug’lar, turli infeksiyalarni
keltirib chiqarishi mumkin. Bunday infeksiyalar orasida eng ko’p uchraydiganlardan biri
Candida albiсans zamburug’i bilan bog’liq kandidoz hisoblanadi. Jumladan, O’tkir gerpetik
stomatit, Gingivit va Periodontit kabi kasalliklar ham ushbu infeksiyalardan kelib chiqadi.
Antifungal preparatlar bilan davolash regenerativ va reparativ jarayonlarda muhim
ahamiyat kasb etadi. Mazkur maqola stomatologiyada kelib chiqadigan kasalliklarni innovatsion
yondashuvlar yordamida davolashga qaratilgan hisoblanadi.
Kalit so’zlar: Antifungal, gingivit, periodontit, gerpetik stomatit, candida, ekzogen,
autoimmun, aftoz stomatit, orolaringeal kandidoz, leykoplakiya, endokrinopatiya, nistatin,
paradontoz, geliomitsin, interferon, prodigiozon, skarlatina.
Kirish:
Hozirgi kunda og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini davolashda
antifungal
preparatlar, asosan, kandidoz kabi infeksiyalarni bartaraf etishda foydalaniladi. Agar mahalliy
dorilar yetarlicha ta’sir qilmasa yoki infeksiya tarqalgan bo’lsa, og’iz orqali ichiladigan yoki
vena ichiga yuboriladigan antifungallar qo’llaniladi.
Jumladan, og’iz bo’shlig’i shilliq qavati og’izning ichki qismini qoplaydigan himoya
qavati bo’lib, u bir nechta
muhim funksiyalarni bajaradi. Og’iz shilliq qavati tuzilishi bo’yicha
epiteliy qavati, biriktiruvchi to’qima, bezlar joylashgan hisoblanadi. Agar og’iz shilliq qavatida
qizarish, yara, quruqlik yoki shish bilan namoyon bo’lsa, bu infeksiya, allergiya yoki turli
kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Jumladan, og’iz bo’shlig’i shilliq qavati va lablarning yuqori va past boshqa jarohatli
ta’sirlardan shikastlanish infeksiyasi kasalliklari:
A) O’tkir va surunkali yuqumli kasalliklarda shilliq qavatning jarohatlanishi.
B) Faqat og’iz shilliq qavati va lablarning o’ziga xos infeksiyali hamda parazitar
kasalliklarni.
C) Allergik va toksik allergik kasalliklar.
D) Teri shilliq qavati reaksiyasi.
E) Autoimmun komponen o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklar.
F) Ekzogen intoksikatsiyalarda og’iz bo’shlig’i qavatidagi o’zgarishlar.
a’zo va a’zolar kasalliklarida, hamda moddalar almashinuvi buzilishlaridagi
o’zgarishlari.
Asosiy
qism
:
1112
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Hozirgi kunda dolzarb muammo sifatidagi og’iz, bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklariga
Periodontit, Parodontoz, Orofaringeal kandidoz, Gingivit, Aftoz stomatit va Leykoplakiya
kabilar hisoblanadi.
Orofaringeal kandidozni qo’zg’atuvchisi’’Candida’’ zamburug’i hisoblanadi. Candida
og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida keng tarqalgan bo’lib, Og’iz florasidagi boshqa organizmlar
bilan birgalikda og’iz shilliq qavatida patologik o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shuningdek,
chekish, qandli diabet, ovqatlanish buzilishi, endokrinopatiyalar, immunosupressiv holatlar va
o’smalar og’iz bo’shlig’ning kandidozini keltirib chiqaradigan omillardan biri hisoblanadi.
Giposalivatsiya bilan og’rigan odamlarda antimikrobiyal oqsillar sekretsiyasining
pasayishi
kuzatiladi.
Tuprikdagi
antimikrobiyal
oqsillarning
kamayishi
antifungal
xususiyatlarning pasayishi bilan bog’liq va og’iz kandidozining paydo bo’lishiga olib kelishi
mumkin.
Orofaringeal
kandidoz
kasalligini davolashda antifungal preparatlar:
1.
Nistatinning og’iz suspenziyasi 100 000 IU/ml va 400 000-600 000 IU/ml og’iz bo’shlig’i
kandidozini davolash uchun og’iz yuvish
vositasi sifatida foydalaniladi. Bemorlarga
suspenziyani og’iz bo’shlig’ida yutishdan oldin ushlab turish kerak. Nistatinning og’iz orqali
suspenziyasi peroral simptomlar yo’qolganidan keyin 48 soatdan keyin to’xtatiladi. Markaziy
papillar atrofik kandidoz antifungal davolash bilan hal qilishning eng kam tendensiyasiga ega.
Endokrin bilan bog’liq kandidozning
bir nechta holatlari nistatin bilan
davolashga
chidamli bo’lib qoldi Nistatin og’iz kandidozini davolashda ijobiy natijalarni ko’rsatdi.
2.
10 mg klotrimazol tabletkalari bilan davolanadi. Antifungal terapiyaning birinchi kunida
200 mg flukonazol tabletkalari qo’llaniladi, undan keyin 7-14 kun davomida har kun 100-200
mg flukonazol buyuriladi. Flukonazol suspenziyasi og’iz orqali yuvish uchun ham mavjud.
Flusistin tizimli kandidozni davolashda qo’llaniladi. Tizimli kandidozning orofaringeal
ko’rinishida 7-14 kun davomida kuniga ikki marta 200 mg/ml dozada flusistin og’iz yuvish
tavsiya etiladi
Parodontozda
ishlatiladigan antifungal preparatlar:
1.Geliomitsin 1% li mazlari
2.Interferon, prodigiozon aralashmalar kuniga 3-4 marta surkaladi.
1113
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Skarlatina kasalligining o’ziga xos alomat belgisi- malinasimon til kuzatiladi. Kasallik
paytida og’iz shilliq qobiq qavatida shaftoli yog’i anestezin emulsiyasining 1-2 % aralashmani
surkash va har ovqatlanishdan keyin achchiq choy bilan chayqash mumkin.
Xususan, qaytalanuvchi
Aftali
stomatit
og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida uchraydigan
kasalliklardan bo’lib, asosan, 20-40 yoshdagi aholi orasida ko’proq uchraydi. Surunkali
qaytalanuvchi Aftali stomatitni adenoviruslar, L shaklidagi stafilakokklar, turli viruslar keltirib
chiqaradi. Klinik ko’rinishi og’iz bo’shlig’i shilliq qavatida vaqti-vaqti bilan aftalar paydo
bo’ladi. Agar og’riqli bo’lsa, yaraga aylanadi. Bu kasallik qish va bahor oylarida avj oladi.
Og’iz bo’shligi shilliq qavat qobig’ida, tanglayda, milkda turli infeksiyalar, zamburug’lar
natijasida turli kasalliklar kelib chiqadi. Ushbu kasalliklarni davolashda, qo’zg’atuvchiga ta’sir
qilish, organizmni kasalliklarga qarshiligini oshirish, og’iz bo’shlig’ini sanatsiya qilish turli
eritmalardan foydalanish kerak. Jumladan, zamburug’ qo’zg’atuvchisiga ta’sir qilish uchun 20 %
li natriy boratning glitserinli, lyugolning glitserinli eritmalari ishlatiladi.5 % li Levorin, 0,5 %
depolin surtmalaridan foydalanish zarur.
Xulosa
: Og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklariga chalinmaslik uchun, profilaktika
maqsadida, og’iz bo’shlig’i gigiyenasi qoidalariga rioya qilish va antibiotiklar bilan
davolanganda nistatinni yoki levorinni 1500000 ED dan kuniga qabul qilish kerak. Preparatlar
bilan davolashda bemorning yoshiga, jismoniy holatiga va kechirayotgan umumiy kasalliklariga
e’tibor qaratish zarur.
REFERENCES
1.
“Og’iz bo’shlig’i kasalliklari’’ Toshkent -2007 -yil
2.
“Анатомия зубов” 2017-yil
3.
“Terapevtik terapiya” 2020-yil
4.
“Dictionary of Dentistry” Oxford 2021-yil
5.
“Dental Caries” 2024-yil
6.
“EndoAnatomy” 2023-yil
7.
“Terapevtik stomatologiya “2005-yil
