ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1309
NODIR JONUZOQ SHE’RIYATIDA SOʻZNING KOʻCHMA MA’NODA ISHLATILISH
IMKONIYATLARI
Mirxoliyev Hayotjon Niyatqobul o‘g‘li
Sharof Rashidov nomidagi Samrqand davlat universiteti 2-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15492648
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy oʻzbek sheʼriyatining yorqin vakillaridan biri
boʻlgan Nodir Jonuzoq ijodida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilish imkoniyatlari tadqiq
etiladi. Badiiy tasvir vositalaridan metafora, metonimiya, oʻxshatish, epitet, jonlantirish, takror
va mubolagʻa kabi badiiy tasvir vositalarining qoʻllanilishi misollar bilan tahlil qilinadi.
Shoirning til va uslubdagi individual mahorati, uning sheʼrlaridagi lisoniy xususiyatlar,
shuningdek, badiiy obrazlarning lingvopoetik jihatlari oʻrganiladi.
Kalit so‘zlar. Badiiy tasvir vositalar, metafora, metonimiya, oʻxshatish, epitet,
jonlantirish, takror, mubolagʻa, individual mahorat, obraz, lingvopoetik tahlil.
Аннотация. В данной статье исследуются возможности образного
использования слов в творчестве Нодира Жонузока, одного из ярких представителей
современной узбекской поэзии. На примерах анализируется использование образных
средств языка, таких как метафора, метонимия, сравнение, эпитет, анимация,
повторение и преувеличение. Изучаются индивидуальное владение поэтом языком и
стилем, языковые особенности его стихотворений, а также лингвопоэтические аспекты
художественных образов.
Ключевые слова. Художественная образность, метафора, метонимия, сравнение,
эпитет, одушевление, повтор, преувеличение, индивидуальное мастерство, образ,
лингвопоэтический анализ.
Abstract. This article examines the possibilities of figurative use of words in the work of
Nodir Jonuzok, one of the brightest representatives of modern Uzbek poetry. The use of such
means of artistic expression as metaphor, metonymy, simile, epithet, animation, repetition and
exaggeration is analyzed with examples. The poet's individual mastery of language and style, the
linguistic features of his poems, as well as the linguopoetic aspects of artistic images are studied.
Keywords: Artistic means of expression, metaphor, metonymy, simile, epithet, animation,
repetition, exaggeration, individual skill, image, linguopoetic analysis.
Badiiy matnlar tahlilida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilishi alohida ahamiyatga ega.
Bu hodisa shoir yoki yozuvchining individual uslubini, badiiy ifodaning rang-
barangligini va nutqning taʼsirchanligini belgilovchi omillardan biridir. Nodir Jonuzoq
sheʼriyatida badiiy tasvir vositalarining keng qoʻllanilishi uning ijodiga xos boʻlgan lisoniy
jihatlarni tushunishda muhim rol oʻynaydi.
Nutqimizda eng keng tarqalgan va ko‘p qo‘llaniladigan ma’no ko‘chish usuli metaforadir.
Metafora narsa yoki tushunchalar o‘rtasidagi o‘xshashlik asosida nom (so‘z)ning
ko‘chishidir. Metaforalarni o‘rganish qadimgi davrlardan buyon tilshunoslarning diqqat
markazida bo‘lgan mavzu hisoblanadi. Antik davrlarda metaforani olamni anglashning alohida
usuli va vositasi sifatida ko‘rsatish Aristotel ( shuningdek Sitseron) ga taalluqli g‘oyadir [3].
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1310
Nodir Jonuzoqning metafora ishlatishdagi mahorati uning adabiy asarlarining teranligi va
jarangdorligini sezilarli darajada oshiradi.
Nodir Jonuzoq metaforalarni mohirona qo‘llashi orqali she’riyatining estetik sifatini
boyitibgina qolmay, balki insonning ahvoli, jamiyat dinamikasini chuqurroq anglashga ham
yordam beradi. Uning metafora tili nozik his-tuygʻular va tanqidiy nuqtayi nazarlarni yetkazish
uchun vosita boʻlib xizmat qiladi, uning muhim adabiy shoir sifatidagi obroʻsini
mustahkamlaydi.
Hayot – shatranj: koʻrdim gizli chohlarini,
Ayamas na qoralar, na oqlarni
Piyodani chetga surgan shohlarni
Sipohlari bilan birga mot koʻrdim.
[4:62]
Ushbu she’rda kognitiv metaforalar va tarixiy so‘zlar lirik qahramonning hayotga bo‘lgan
falsafiy qarashlari va tajribalarini ifodalashda muhim o‘rin tutadi. Kognitiv metaforalar orqali
hayot murakkabligi va undagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar shatranj o‘yini orqali ifodalangan.
Hayot – shatranj
- Hayotning murakkabligi, strategiya, intilish va kurashga
asoslanganligi shatranj o‘yini bilan qiyoslangan. Bu metafora hayotni doimiy harakat va o‘yin
sifatida tasavvur qiladi. Shatranj o‘yini hayotiy qiyinchiliklar, insonlarning o‘zaro munosabatlari
va kurashlarini ifoda etish uchun qulay vositadir. O‘quvchi hayotdagi rollar (shoh, piyoda,
sipohlar) haqida mulohaza qilishga undaladi. Bu metafora hayotning murakkabligini va har bir
qadamning ahamiyatini his qildiradi. Nodir Jonuzoq ushbu she’rida hayotni shatfranj taxtasiga
qiyoslaydi. Shoirning boshqa shoirlardan ajratib turadigan belgilardan biri sifatida shoirning so‘z
qo‘llash mahoratini aytishimiz mumkindir.
Nodir Jonuzoqning adabiy asarlarida metonimiya qoʻllash mahorati ham o‘ziga xos
jihatni o‘zida namoyon etadi. Nodir Jonuzoqning metonimiyani mohirlik bilan qo‘llashi uning
adabiy asarlarining teranligi va jarangdorligini sezilarli darajada oshiradi. Nodir Jonuzoq ijodini
har tomonlama tahlil qilsak, uning asarlarining qariyb 15 foizi metonimik iboralarni o‘zida
jamlaganini ko‘rsatadi. Bu chastota uning murakkab gʻoyalarni qisqacha yetkazish uchun ushbu
ritorik vositadan foydalanish mahoratini ta’kidlaydi. Bu shuni koʻrsatadiki, metonimik iboralar
yanada chuqurroq va aks ettiruvchi oʻqish tajribasi uchun katalizator boʻlib xizmat qiladi. Nodir
Jonuzoq metonimiyadan strategik va mohirona foydalangani she’riyatining estetik sifatini
oshirish bilan birga, mavzu murakkabligini ham chuqurlashtiradi va shu orqali o‘quvchilarni
yanada jozibali va mulohaza yuritish tajribasini uyg‘otadi.
Baribir qaytaman…
Olifta shahar –
yaltiroq yoʻllar-u sun’iy guzarlar
ilon-u chayonday chimashib chaqar…
Dod solib qolsa-da dardsiz goʻzallar-
baribir qaytaman,
qaytmasam boʻlmas;
qaytaman eng toza she’rlarim bilan,
qishloq peshvoz chiqar,
chiqar basma-bas
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1311
men suygan qizlar ham…
…erlari bilan !
[4:8]
Shoirning “Soʻz chamani” she’riy toʻplamidan olingan
Qishloq
she’rida oʻziga xos tasvir
usulidan foydalangan. She’rda qoʻllangan
qishloq peshvoz chiqar
misrasida qishloq peshvoz
chiqmaydi ya’ni qishloqdagi odamlar peshvoz chiqadi. Natijada metonimiya usulida ma’no
koʻchishi hosil boʻlmoqda.
Kulib turar – ichida hech olasi yoʻq,
Kim aytadi lekin uning nolasi yoʻq ?!
Chang koʻchaga koʻmar barcha alamini -
Yetmish beshga kirdi… ammo bolasi yoʻq
[4:48]
Shoirning “Ortiq bobo” she’rida ma’no koʻchishining bir necha turlari qoʻllangan.
Shulardan biri keltirilgan parchadagi “Yetmish beshga kirdi” soʻzi orqali ma’no
koʻchishining metonimiya turi sodir boʻlgan. Ya’ni inson yetmish beshga kirmaydi. Aksincha,
yetmish besh yoshga kiradi.
Shoir ijodida badiiy tasvir vositalaridan biri bo‘lgan o‘xshatish konteksda muhim o‘rin
egallaydi. O‘xshatish asosan nutqiy hodisa hisoblanadi. Chunki bu o‘rinda ma’lum predmet bir
predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatilishi
mumkin. Prof. R.Qo‘ng‘urov o‘xshatish haqida o‘zining “O‘zbek tilining tasviriy vositalari”
kitobida shunday degan: Ammo yuzni oyga, qizni gulga qiyos qiluvchi doimiy o‘xshatishlar
borki, ular ham emotsionallik, ham baholash qimmatini yo‘qotgandir. Bu tipdagi o‘xshatishlarni
lingvistik hodisa sifatida qarash kerak.[1:42] O‘xshatish tasvir ob’yektini boshqa narsa-hodisaga
o‘xshatish orqali yorqin va bo‘rttirib tasvirlashga asoslangan badiiy tasvir vositasi bo‘lib, bunda
o‘xshatilayotgan narsa-hodisalar uchun umumiy belgi-xususiyatlarga tayaniladi.[2:375]
Nodir Jonuzoqning o‘xshatishlardan mohirona va strategik foydalanishi nafaqat
adabiyotining estetik sifatini boyitibgina qolmay, balki jonli va o‘zaro uyg‘un tasvirlar orqali
o‘quvchilarni qiziqtirishga qaratilgan ongli sa’y-harakatlarini ham aks ettiradi.
Kapalakday beqaror,
Ohuday edi qochoq.
Keyin bilsam, aslida
Bu dunyo – bekinmachoq.
[4:13]
Shoirning
Soʻz chamani
toʻplamidan olingan “Oʻyin” she’rida lirik qahramonning ichki
hissiyotlarini tasvirlashda o‘xshatish va kognitiv metaforalarni mahorat bilan qo‘llagan. Ushbu
she’rda oʻziga xos va takrorlanmas tasvirga guvoh boʻlishimiz mumkin. She’rda qo‘llangan
o‘xshatishlar:
“Kapalakday beqaror” -
Kapalak beqarorligi bilan tanilgan, u hech bir joyda uzoq
turmaydi, bir guldan ikkinchisiga uchadi. Bu o‘xshatish lirik qahramonning ya’ni dunyoning
ichki ruhiy holatiga ishora qiladi: u qaror topolmaydi, bir joyda tinch turolmaydi.
Bu o‘xshatish obrazning harakatlanuvchanligini, o‘tkinchi va tinimsiz ruhiyatini
ifodalaydi. Kapalakning beqarorligi estetik jihatdan nafislik va o‘tkinchilikni ham anglatadi, bu
esa inson hayoti va hissiyotlari bilan bog‘lanadi.
Ohuday edi qochoq -
Ohu (bug‘u) o‘z
chaqqonligi va xavfdan qochishga intilishi bilan ma’lum. Bu yerda qochoqlik obraziga ohu bilan
o‘xshatish orqali jonlilik va qo‘rquv hissi berilgan. Bu o‘xshatish shaxsning nozik va
himoyasizligini ifodalaydi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1312
Ohu obrazining tabiiy go‘zalligi qochoqlik holatiga nafislik va sof ma’nolarni qo‘shadi.
Shuningdek, ushbu she’rning badiiy qiymatini oshirgan vositalardan biri - dunyoni
bekinmachoq o‘yiniga o‘xshatilishi shoirning individual mahoratini aks ettirgan.
Nodir Jonuzoq tomonidan jonlantirish ham o‘ziga xos tasvir sifatida qo‘llaniladi. Nodir
Jonuzoq ijodida anʼanaviy oʻzbek sheʼriyatining jonlantirish mumtoz shakllar bilan zamonaviy
mavzular uygʻunlashganiga misol boʻla oladi. Bu sintez oʻzbek adabiy merosiga boʻlgan
qiziqishni jonlantirib, milliy va xalqaro eʼtiborni tortdi. Shoir ijodini o‘rganish davomida o‘iga
xos bo‘lgan va boshqa shoirlar ijodida taklorlanmas jonlantirishlarga guvoh bo‘ldik. Quyida
shoir ijodida qo‘llanilgan jonlantirishlarga misollar keltiramiz.
Qor ostida mitti boychechak
Tush koʻradi quyosh nuri.
Tarnovlarda sumalak chak-chak
Buzsam deydi gul uyqusini.
Nozlanadi … Va koʻz ochar ul,
Yosuman qish qochar inqillab.
Shunday toza, nafis, ma’sum gul
Yer yuzida boshlar inqilob !..
[4:50]
Mazkur she’r bahor faslining kirib kelishi, tabiatning uyg‘onishi va yasharish jarayonini
ramziy va badiiy vositalar orqali ifodalovchi lirik parchadir. She’rning g‘oyaviy mazmunida
hayotning uyg‘onishi, sovuq qishdan keyingi yangilanish va umid uyg‘unligi yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Unda mitti boychechak obrazi orqali bahor faslining ilk belgilari tasvirlanadi. Ushbu
she’rda jonlantirishdan shoir ustalik bilan foydalangan. Bu usul she’riy ifodaning emotsional va
obrazli kuchini oshiradi.
Quyidagi misralarda jonlantirishning yaqqol namunalari mavjud:
“Qor ostida mitti
boychechak / Tush ko‘radi quyosh nuri”
— bu misralarda boychechak o‘simlik bo‘lishiga
qaramay, “
tush ko‘rish
” singari insoniy faoliyat bilan ifodalangan. Bu yerda boychechak
obraziga hayotiy ruh berilib, u uyg‘onish arafasidagi orzuga berilgan mavjudot sifatida talqin
qilinadi;
“Tarnovlarda sumalak chak-chak / Buzsam deydi gul uyqusini”
— sumalakning
chak-
chak
ovozi insoniy harakat sifatida ko‘rsatilgan. Bu orqali u nafaqat jismoniy, balki ruhiy
uyg‘onishga chorlovchi obraz sifatida tasvirlanadi.
Gul uyqusi
degan ibora ham jonlantirish
vositasidir, chunki
“uyqu”
insoniyatga xos holatdir;
“Nozlanadi… Va ko‘z ochar ul”
— bu
misrada gul obrazining
nozlanishi
va
ko‘z ochishi
kabilar insoniy tuyg‘ular bilan boyitilgan.
Bu esa gulni tirik, sezgir va o‘z his-tuyg‘ulariga ega mavjudot sifatida tasvirlaydi;
“Yosuman qish qochar inqillab”
— qish obrazining
inqillab qochishi
esa mavsumlar o‘rtasidagi
qarama-qarshilikni dramatik ruhda jonlantirishdir. Bu yerda qish mavsumi faol subyektga
aylantirilib, u inqilob orqali chekinayotgan kuch sifatida tasvirlangan;
“Shunday toza, nafis,
ma’sum gul / Yer yuzida boshlar inqilob!”
— bu misralarda gulning
inqilob boshlashi
insoniyatga xos faoliyat sifatida ko‘rsatilgan. Gul orqali tabiatdagi katta o‘zgarish – bahor
kelishi, hayotning yangilanishi ramziy ifoda topgan.
Mubolagʻa janri o‘zbek she’riyatida keng tarqalgan badiiy tasvir voasitalaridan biri
hisoblanadi. Nodir Jonuzoqning she’riy ijodi his-tuyg‘u va tushunchalarni kuchaytiruvchi ritorik
vosita bo‘lgan giperboladan mohirona foydalanishi bilan ajralib turadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1313
Qasddan va koʻpincha haddan tashqari oshirib yuborish bilan ajralib turadigan giperbola
adabiyotda kuchli tasvir va hissiy holatlarni uygʻotadigan kuchli vosita boʻlib xizmat qiladi.
Nodir Jonuzoqning mubolagʻaga oid iboralarni qoʻllashi sheʼriyatining tematik
chuqurligini oshirib, oʻquvchilarga u tasvirlagan yuksak emotsional holatlarni his qilish imkonini
beradi. Shoir ijodida qo‘llanilgan mubolag‘alarni tahlil qilamiz.
Indamasdan ketasiz chiqib,
Poyingizni oʻpadi yoʻlak.
Miq etmayman… Faqat zoʻriqib,
Oʻz-oʻzini doʻpposlar yurak…
[4:15]
Masofa
nomli she’rda mubolagʻa qoʻllangan. Ushbu she’rda yurakning oʻz-oʻzini
doʻpposlashi keltirilgan. Aslini olganda, ushbu tasvir bo‘rttirib tasvirlangan. Yurak o‘z-o‘zini
to‘pposlashi aqlga sig‘mas tasvirni namoyon etmoqda
Tamaki tutuni – titilgan ruhim,
Jonim oq shishada buralar qirq bor.
Qaro qarogʻingda qaygʻu shukuhi,
Oppoq liboslarni kuydirgan, ey yor
. [5:25]
“Yashil koʻylaklarim tugadi”
she’rida shoir tomonidan
“Jonim oq shishada buralar qirq
bor”
misrasida mubolagʻa qoʻllanilgan. Bu misrada lirik qahramon jonim qirq marta aylandi
deya azobning cheksizligi va qiyinligini ta’kidlamoqda. Lekin insonning joni qirq marta
buralishi aqlga sig‘mas tasvirdir.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Nodir Jonuzoq she’riyatida so‘zning ko‘chma ma’noda
ma’noda ishlatilishi uning badiiy mahoratining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shoirning
turli badiiy tasvir vositalaridan mohirona foydalanishi uning she’rlariga nafaqat estetik, balki
falsafiy ruh ham bag‘ishlaydi. Ushbu tadqiqot natijalari Nodir Jonuzoqning til va uslubning til va
uslubidagi o‘ziga xoslikni , shuningdek, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rnini yanada chuqurroq
anglash imkonini beradi. Nodir Jonuzoq sheʼriyatida soʻzning koʻchma maʼnoda ishlatilishi
uning badiiy mahoratining asosiy koʻrsatkichlaridan biridir. Metafora, metonimiya, sinekdoxa,
oʻxshatish, epitet, mubolag‘a kabi vositalar shoirning fikrlarini teran va taʼsirli tarzda ifodalashga
xizmat qiladi. Ushbu tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, Nodir Jonuzoq ijodi oʻzbek tilining
badiiy imkoniyatlarini toʻla namoyon etgan, uning sheʼrlari tilshunoslik va adabiyotshunoslik
nuqtayi nazaridan qimmatli manbadir.
REFERENCES
1.
Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. Тошкент: Фан, 1977, 42-бет.
2.
Қуронов Д,, Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. Т., 2010. 375-б
3.
Дорофеева А.А. Что скрывается в тайне метафоры? (О подходах к изучению
метафоры западными учеными в XX в.) / Вестн. Моск. ун-та. Сер. 19. Лингвистика и
межкультурная коммуникация. 2014. № 4.
4.
Nodir Jonuzoq. Soʻz chamani. - Toshkent. Akademnashr, 2020.
5.
Нодир Жонузоқ. Сизни севар эдим. – Тошкент. Зарқалам, 2006.
