2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
4
NODIR JONUZOQ SHE’RIYATINING MATNIY TUZILISHI VA TEMATIK KO‘LAMI
Mirxoliyev Hayotjon Niyatqobul o‘g‘li
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchi
+998995905598
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526453
Annotatsiya.
Ushbu tezisda Nodir Jonuzoq she’riyatining matniy tuzilishi va tematik
ko‘lami ilmiy tahlil qilingan. Tadqiqotda shoir ijodida poetik matnning kompozitsion qurilishi,
ritm va ohang uyg‘unligi hamda semantik qatlamlarning mazmun shakllantirishdagi ahamiyati
yoritilgan. Shuningdek, uning she’rlarida aks etgan mavzular — milliy qadriyatlar, inson ruhiyati,
tabiat manzaralari va ijtimoiy-falsafiy masalalar — badiiy talqin doirasida ko‘rib chiqilgan.
Tezisda shoir poetik olamining matniy tuzilishdagi izchilligi va tematik rang-barangligi o‘zaro
bog‘liq holda tahlil etilib, ularning o‘zbek adabiy jarayonidagi ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
matn, badiiy matn, matn tuzilishi, she’riyat, individuallik, tematik ko‘lam,
lisoniy tahlil, badiiy tasvir.
XXI asrning birinchi choragida respublikamizda ilm-fanning barcha jabhalarida ijobiy
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Boshqa sohalardagi kabi filologiya, shu jumladan, tilshunoslik
sohasidagi o‘zgarishlar alohida diqqatga sazovordir. Keyingi yillarda tilshunosligimizda o‘zbek
tilini ilmiy asosda tadqiq qilish rivojlandi. O‘zbek tilida eng faol boʻlgan lingvistik vositalarni
oʻzbek she’riyatidagi roli va shu bilan birga uning she’riy matnlarda oʻziga xos xususiyati, ma’no-
mazmuni, lingvistik xususiyati keng qamrovda qamrab olindi.
Oʻzbek tilshunosligida badiiy matn va uning birliklari, matnni bogʻlovchi vositalar haqida
oʻzbek tilshunos olimlari turli fikrlarni aytib oʻtishadi. Avvalo “Matn” atamasi va uning ma’nosi
haqida toʻxtalib oʻtamiz. “Matn” atamasi haqida ilmiy adabiyotlarda uning ma’nosi haqida
turlicha talqin etiladi. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida matn soʻzini arab tilidan oʻzlashganligi
haqida ma’lumot berilgan. “Matn- yelka; nutqning yozuvdagi ifodasi, tekst / 1. Yozuvda yoki
bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. 2. Bosma nashrning rasmi , chizma va
izohlarsiz asosiy qismi”[13: 663]. Oʻzbek tilining izohli lugʻatida matn soʻzini aynan tekst soʻzi
anglatgan ma’noga ishora qilinadi. Avvalo shuni alohida takidlash lozimki, insonlar oʻrtasidagi
muloqot matn vositasida amalga oshishini hisobga olsak. Matnni faqat yozma shakl bilan
chegaralash haqidagi qoidalar nazariyasiga zid boʻlishi turgan gap. Oʻz navbatida matn ham
nutqning bir koʻrinishi hisoblanadi. Har bir matn murakkab tuzilishi va mazmuniy mundarijaga
ega boʻlib, u yozma va ogʻzaki ijod namunasi sanaladi.
O‘zbek adabiyotining yorqin vakllaridan biri bo‘lgan Nodir Jonuzoq she’riyatini tahlil qilar
ekanmiz, uning ijodida vatan va milliy g‘urur, sevgi va insoniyat, falsafiy va ijtimoiy, tarixiy
xotira va milliy meros hamda tabiat kabi mavzular o‘z ifodasini topadi. Shoirning yaqinda
nashrdan chiqqan “Muborak kunlar” deb nomlangan kitobidagi she’rlar, maqolalar, suhbat va
munosabatlardan tartiblangan ushbu kitob shoirning ijodiy salohiyatini bor bo‘y-basti, salobat va
zalvori bilan kitobxon ko‘zi oldida gavdalantiradi.
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
5
Kitobga jamlangan barcha asarlarni bir mavzu – Vatan, millat mavzusi birlashtirgan
bo‘lib, ular janr va shaklidan qat’i nazar, kuchli vatanparvarlik, elparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan.
Sezdim, hech uzib bo‘lmas huzuringda qarzim bor,
Sha’ningga yarashiq so‘z aytsam, deya orzum bor.
Tilla tashbeh so‘rayman, so‘rayman gavhar ta’rif -
Xudoyimga dunyoda yolg‘izgina arzim bor:
O‘zingga mos, munosib she’r bo‘lay, O‘zbekiston,
Quyoshli so‘z tashigan she’r bo‘lay, O‘zbekiston. [2: 4]
Ushbu to‘plamdan joy olgan “O‘zbekiston” she’ridagi har bir so‘z vatanparvarlik ruhi
bilan sug‘orilgan. Shoirning vatanga mos ta’rif berish uchun
tilla tashbeh
va
gavhar ta’rif
kerakligini ta’kidlaydi.
Shoirning “Sizni sevar edim…” to‘plami haqida so‘z ketganda, “sizni sevar edim…” Bu
so‘zlarni tilga olmagan yoki hayolidan o‘tkazmagan kishi bormikan ?! Sevgi – inson botinini
poklaydigan, uni yuksaklarga ko‘taradigan ilohiy quyun, to‘fon, alanga… Nodir Jonuzoqning
ushbu to‘plamiga ana shu tuyg‘u asosida bitilgan, turli yillarga mansub she’rlar jamlangan. Ushbu
to‘plam bir necha mustaqil she’rlardan tarkib topgan. Lekin kitobga yagona lirik qahramon –
MEN bor. U she’rlarda ham, dostonda ham yetakchilik qiladi. U kitobning so‘nggi sahifasini
tugatgandan so‘ng sizning yoningizga kelib o‘tirib oladi. Umuman olganda, ushbu kitob oshiq
odamga o‘xshaydi.
“So‘z chamani” she’riy to‘plamlaridan joy olgan she’rlarini o‘qish jarayonida ulardagi
tematik xilma-xilllik namoyon bo‘ladi. She’rlarining mavzu ko‘lami keng, badiiy topilmalari
yangi va ohorli, o‘xshatishlari o‘ziga xos va tabiiy. Satrlar qatidagi samimiyat va sehr o‘quvchini
ohangraboday o‘ziga tortadi, serjilo timsollar she’rxonni o‘yga toldirib, fikriy tanballikdan
qutqaradi. Nodir Jonuzoq she’rlarini tahlil davomida shoir she’riyatining matniy tuzilishi ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Shoir ijodida shakl va mazmun o‘zaro uyg‘unlikda bir butunlikni aks
ettiradi.
Matniy tuzilish jihatidan Nodir Jonuzoqning ijodi muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning
obrazli va mantiqiy bog‘lash orqali o‘quvchilarga ta’sirli va chuqur fikrlarni yetkaza oladi.
She’rlarining qofiya va ritmga mosligi, qisqalik va mazmuniy yondashuvi shoirning uslubini
yanada ko‘zga ko‘rinarli qiladi. Bu esa shoir she’rlarining matniy tuzilishi nafaqat o‘quvchilarning
ko‘nglini zabt etadi, balki ularning tafakkurini ham boyitadi. Masalan, Shoir she’rlarida
anaforalarni keng qo‘llaydi. Uning “Bu cheksiz koinot” nomli she’ri bunga yorqin misol boʻla
oladi.
Bu cheksiz koinot ichra bu Zamin,
Bu zamin ichida yagona Vatan,
Bu vatan ichida horgʻin bir qishloq,
Bu qishloq ichida jim-jit bir hovli,
Bu hovli ichida hayolchan bir qiz ,
Bu qizning koʻksida esa bir yurak ,
Yurakda nima bor, afsus , bilmayman...
[6: 6]
Ushbu she’r oʻzining tuzilishi va ma’nosi jihatidan chuqur va ta’sirli boʻlib, unda inson va
koinotning oʻzaro bogʻliqligi, shuningdek, inson qalbining sirli bir tilsim ekanligi badiiy obrazlar
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
6
va metaforalar orqali tasvirlangan. She’rning matniy tuzilishi jihatdan barmoq vaznidagi yettilikda
yozilgan. She’rni lingvopoetik tahlil qilish orqali uning estetik va badiiy qimmatini yanada
chuqurroq anglashga harakat qilamiz.
She’rning tuzilishi bosqichma-bosqich kengayish asosida qurilgan. Har bir satr biror joyni
tasvirlab, keyingi satrda u joy ichida yana bir kichikroq joyni ochib beradi. Bu usul orqali she’r
oʻquvchini makrodan mikroga olib boradi:
1. “Bu cheksiz koinot ichra bu Zamin,” – Eng keng koʻlamli tasvir, koinot va zamin.
2. “Bu zamin ichida yagona Vatan,” – Zamin ichida yagona vatan.
3. “Bu vatan ichida horgʻin bir qishloq,” – Vatan ichida qishloq.
4. “Bu qishloq ichida jim-jit bir hovli,” – Qishloq ichida hovli.
5. “Bu hovli ichida hayolchan bir qiz,” – Hovli ichida qiz.
6. “Bu qizning koʻksida esa bir yurak,” – Qizning yuragi.
7. “Yurakda nima bor, afsus, bilmayman...” – Yurakdagi sir.
Bu tuzilma she’rning ichki uygʻunligini va oʻzaro bogʻliqligini ta’minlaydi. Har bir
element bir-biriga bogʻlangan va kaskad usulida ketma-ket keladi.
Shuningdek, “Bu cheksiz koinot” she’ridagi har bir satrda takrorlanib kelayotgan
bu
koʻrsatish olmoshi oʻziga xos vazifa bajarib kelgan. She’rning matniy tuzilishiga e’tibor beradigan
boʻlsak, har bir element bir-biriga ketma-ket bogʻlangan holda keladi va
bu
koʻrsatish olmoshi
takrorlanib anaforani va musiqiylikni ta’minlamoqda.
She’rda bir nechta obrazlardan mohirona foydalanilgan boʻlib, shoir ularni bir tizim qilib,
bir qatorga ustalik bilan teradi. Ushbu she’rda koinot, zamin, vatan, qishloq, hovli, qiz va yurak
kabi obrazlar keltirilgan. Bu obrazlarning har biri birinchisiga nisbatan kichikroq va yaqinroq
boʻlgan joyni tasvirlaydi. Bu usul oʻquvchini qizning yuragiga qadar yetaklaydi.
She’rda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gap qoliplaridan foydalanilgan. Bu esa
tilshunoslikda parallelizm atamasi ostida oʻrganiladi. Parallelizm (yunoncha, parallelos – yonma-
yon boruvchi) yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega boʻlishi. Shu
jihatdan yuqorida tahlilga tortilgan she’rda har bir satr
“Bu ... ichra/ichida ...”
shaklida tuzilgan.
Bu usul she’rning musiqiyligini oshiradi va bir xil ritm yaratadi.
“Bu ... ichra/ichida ...”
shakli
orqali she’rdagi har bir element bir-biriga ketma-ket bog’lanadi. Yuqorida ta’rif etilganidek,
mazmun va mohiyat bosqichma-bosqich kengayib, makrodan mikroga qarab boradi. Bu shakl
oxirgi satrga borib oʻzgaradi va shoir quyidagicha e’tirof etadi. “Yurakda nima bor, afsus,
bilmayman...” – Bu yakuniy satr she’rning avvalgi qismlaridagi aniq tasvirlardan farq qiladi. Bu
yerda shoirning yurakning sirli tilsim ekanligini va inson uni anglashda qiyinchiliklarga duch
kelishini tasvirlangan. Bu e’tirof insonning ichki dunyosini anglash va tasvirlash qiyinligini
koʻrsatadi. Emotsional-ekspressivlikni yana oshirish uchun shoir
afsus
achinish munosabatli
modal soʻzdan mohirona foydalanib, misradagi mazmunni va ma’no koʻlamini kengaytiradi.
Yuqorida tahlilga tortilgan she’rda shoir makrodan mikroga, koinotdan inson qalbigacha
boʻlgan yoʻlni tasvirlab, oʻquvchini chuqur falsafiy va hissiy sayohatiga ta’sir etadi. She’rda
foydalanilgan obrazlar, epitetlar va sintaktik parallelizm uning badiiy qimmatini oshiradi va
oʻquvchiga estetik zavq bagʻishlaydi. Shu tariqa, matniy tuzilish va mazmuniy butunlik she’rni
yanada ta’sirchan qiladi.
Ey, yoronlar, tarona,
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
7
Jonli qo‘shiq bo‘laylik.
Urush yoprilgan onda
Yakdil to‘siq bo‘laylik.
To Yer uzra shu savol
Uchar misli daydi o‘q,
Halqa bo‘laylik darhol:
Net! Ni!
Non! La!
Nein! No!
Yo‘q!
[2: 186]
Shoirning “Muborak kunlar” to‘plamidan o‘rin olgan ushbu she’r o‘zining matniy tuzilishi
bilan o‘quvchini e’tiborini tortadi. Bitta so‘z turli tillarda halqa o‘laroq shinday jaranglaydi. Uni
istalgan tarafdan o‘qish mumkin – barining ma’nosi qat’iy – “Yo‘q!”. Halqa xalqlarning ko‘ngil
birligi, birdamligi ifodasidir. Nodir Jonuzoq bu she’rning oxirgi misrasida o‘ziga xos bir topilmani
taqdim etadi va, albatta, bu shakliy o‘zgachalik o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi.
Xulosa qilib aytganda, Nodir Jonuzoq sheʼriyatining matniy tuzilishi murakkab va ko‘p
qirralidir. Uning ijodida turli sheʼriy janrlar, boy badiiy obrazlar, sodda va chuqur maʼnoli til va
uslub uyg‘unligida namoyon bo‘ladi. Nodir Jonuzoq she’riyati o‘zining tematik kengligi va badiiy
mazmun boyligi bilan ajralib turadi. Shoir ijodida inson ruhiyatining turfa qirralari, milliy
qadriyatlar, tarixiy xotira, tabiat manzaralari va zamon ruhiga mos ijtimoiy-falsafiy masalalar
o‘ziga xos poetik ifodasini topgan. U yaratgan lirik qahramonlar orqali insonning orzu-intilishlari,
iztiroblari, muhabbat va sadoqat tuyg‘ulari samimiy ohangda tasvirlanadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Nodir Jonuzoq poetik olamining tematik rang-barangligi
nafaqat mavzu tanlashdagi kenglikda, balki uni badiiy yetuklik bilan ifoda etish mahoratida ham
namoyon bo‘ladi. Shoir ijodi o‘zbek adabiy merosida dolzarb ahamiyat kasb etib, kelajak avlod
uchun milliy ruh va badiiy tafakkurni uyg‘otuvchi manba bo‘lib xizmat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Jonuzoq N. Soʻz chamani. – Toshkent: Akademnashr, 2020. -125 b.
2.
Jonuzoq N. Muborak kunlar. – Toshkent: Adabiyot, 2024. -190 b.
3.
Каримов С.А. Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўкув кўлланма. -
Самарканд, 1994. – 69 б.
4.
Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тахлил. – Тошкент: Ўкитувчи, 1995. – 87 б
5.
Мелиев С. Художественная функция слова в стихотворном контексте (на материале
современной узбекской поэзии): автореф. дисс. … канд. филол. наук. – Ташкент,
1985. – 119 с.
6.
Нодир Жонузоқ. Сизни севар эдим. - Тошкент: Зарқалам, 2006. – 95 б.
7.
Қўнғуров Р. Ўзбек тилининг тасвирий воситалари. -Тошкент: Фан, 1977. - 152 б.
8.
Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. Toshkent: Фан, 2008. -160 б
9.
Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. Ўқув-
қўлланма. - Тошкент, 2007. -151 б
2025
NOVEMBER
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 11
8
10.
Йўлдошев Б. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик тахлили асослари. –Тошкент: Фан,
2007. 123 б
11.
Yo‘ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. Metodik
qo‘llanma. –Toshkent, 2010. -111 b.
12.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати . - Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси. 5
жилдлик, 2-жилд, 2020. -663.
