Authors

  • Oyatillo Badriddinov
  • Mohidil Erkinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.92264

Keywords:

Covid-19 SARS-CoV-2 virusi buyraklar egri-bugri kanalchalar kong tomirlar qon kuyilishlar sklerotik o`zgarishlar.

Abstract

Ushbu tadqiqotda 2021 yilda COVID-19 kasalligidan vafot etgan 68 nafar bemorlarni buyraklari egri-bugri kanalchalarning patomorfologik o`zgarishlari o`rganilgan. Bunda bemorlarning SARS-CoV-2 virusi ta’sirida shikastlangan buyraklarining po`sloq qavat oraliq to`qimasida shish, distrofiya, nekrobioz va destruktsiya kabi o`zgarishlar rivojlanganligi, natijada kanalchalar deformatsiyalanib, epiteliysi distrofiya va destruktsiyaga uchraganligi, interstitsiysida nordon glikozaminglikanlar ko`p to`planib, gidrofilligi oshishi, suyuqlik shimilishi, to`qima tuzilmalari titilib, destruktsiyalanishi kuzatildi.

background image

1236

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

COVID-19 KASALLIGIDA BUYRAKLAR EGRI-BUGRI KANALCHALARINING

PATOLOGIK O‘ZGARISHLARINI MORFOLOGIK ASPEKTLARI

Badriddinov Oyatillo Usmonjon o‘g‘li

FJSTI “Patologik fiziologiya va patologik anatomiya” kafedrasi assistenti.

oyatillobadriddinov250@gmail.com

Erkinova Mohidil Ravshanjon qizi

FJSTI Pediatriya ishi yo‘nalishi talabasi.

erkinovamohidil@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15495202

Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda 2021 yilda COVID-19 kasalligidan vafot etgan 68 nafar

bemorlarni buyraklari egri-bugri kanalchalarning patomorfologik o`zgarishlari o`rganilgan.

Bunda bemorlarning SARS-CoV-2 virusi ta’sirida shikastlangan buyraklarining po`sloq

qavat oraliq to`qimasida shish, distrofiya, nekrobioz va destruktsiya kabi o`zgarishlar
rivojlanganligi, natijada kanalchalar deformatsiyalanib, epiteliysi distrofiya va destruktsiyaga
uchraganligi, interstitsiysida nordon glikozaminglikanlar ko`p to`planib, gidrofilligi oshishi,
suyuqlik shimilishi, to`qima tuzilmalari titilib, destruktsiyalanishi kuzatildi.

Kalit so`zlar: Covid-19, SARS-CoV-2 virusi, buyraklar, egri-bugri kanalchalar, kong

tomirlar, qon kuyilishlar, sklerotik o`zgarishlar.

МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПАТОЛОГИЧЕСКИХ ИЗМЕНЕНИЙ

ПОЧЕЧНЫХ ИЗОГНУТЫХ КАНАЛЬЦЕВ У ПАЦИЕНТОВ С COVID-19

Аннотация. В этом исследовании изучались патоморфологические изменения

изогнутых канальцев почек у 68 пациентов, умерших от covid-19 в 2021 году. Это
связано с тем, что у пациентов развились такие изменения, как отек, дистрофия,
некробиоз и деструкция промежуточной ткани слизистой оболочки почек, поврежденной
вирусом SARS-CoV-2, что привело к деформации канальцев и дистрофии и деструкции
эпителия, накоплению большого количества кислых гликозамингликанов в интерстиции,
повышенной гидрофильности, абсорбции жидкости, титрованию тканевых структур,
деструкции.

Ключевые слова: Covid-19, вирус SARS-CoV-2, почки, извилистые канальцы, Конг

вены, кровоизлияния, склеротические изменения.

MORPHOLOGICAL ASPECTS OF PATHOLOGICAL CHANGES IN KIDNEY

CURVE-BUGRI DUCTS IN COVID-19 DISEASE

Abstract. This study examined 68 patients who died of COVID-19 in 2021 with

pathomorphological changes in their kidney curves-bugri ducts. In this, it was observed that the
affected kidneys of SARS-CoV-2 virus developed changes such as edema, dystrophy, necrobiosis
and destruction in the basement intermediate tissue, as a result of which the ducts deformed,
epithelium underwent dystrophy and destruction, interstitititia accumulated a lot of sour
glycosaminglicans, increased hydrophilicity, fluid absorption, tissue structures trembled and
destruct.

Keywords: Covid-19, SARS-CoV-2 virus, kidneys, curved-bugri ducts, kong veins, blood

burns, sclerotic changes.


Dolzarbligi:

SARS-CoV-2 virusining S-oqsili angiotenzinni o`zgartiruvchi 2tur fermenti

(ACYe2) retseptorlariga o`xshash va uning ekspressiyalanishi SARS-CoV virusidan 10 barobar
kuchlidir. SARS-CoV-2 virusi har qanday a’zo yoki to`qimani shikastlaganda uning kuchli
replikatsiyalanishi viremiya, immun buzilishlar, gipoksiyaga sabab bo`ladi. Bu kasallikning tub
patogenlik mohiyati destruktiv-produktiv trombovaskulit va giperkoagulyatsiyali sindrom,
mikroangiopatiya va immun tizimning falajlanishi hisoblanadi [1,2,3,4].


background image

1237

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

Ishning maqsad va vazifalari:

COVID-19 kasalligidan vafot etganlarning kasallik tarixi

va autopsiya bayonnomalari ma’lumotlari o`rganilib, retrospektiv taxlil o`tkazilib, buyraklarning
buyraklar egri-bugri kanalchalarid

a

yuzaga keladigan patomorfologik o`zgarishlarni o`rganish.

Material va uslublar:

2021 yili baxor va yoz oylarida COVID-19dan vafot etgan va

RPAM da tekshirilgan 68 nafar bemorlarni kasallik tarixi, autopsiya bayonnomasi ma’lumotlari
tahlil qilindi. Autopsiyada a’zolardan olingan kesim bo`lakchalari 10% fosfat buferda
tayyorlangan formalin eritmasida 72 soat qotirildi, gematoksilin – eozin usulida bo`yaldi.

Natijalar:

bemorlar bioptatlari o`rganilganda buyrak to`qimasida SARS-CoV-2

virusining S-oqsili ACYe2-fermentiga replikatsiyalanishi buyrak po`stloq qavati oraliq
to`qimasi orqali qon tomirlari va kanalchalar devoridagi epiteliy hujayralarini shikastlashi
kuzatildi. COVID-19 kasalligining asorati - o`tkir buyrak yetishmovchiligidan o`lgan bemorlar
buyragi po`stloq qavati o`rganilganda to`qimasining barcha qismi kuchli shish va distrofiyaga
uchraganligi kuzatildi. Kanalchalar gistotopografiyasi keskin buzilganligi, ayniqsa egri-bugri
kanalchalarning proksimal qismi epiteliysi vakuolyar va gialin-tomchili oqsilli distrofiyaga
uchraganligi aniqlandi (1-rasm). Ushbu kanalchalar epiteliysi distrofiya hisobiga bo`kib
kattalashganligi, tsitoplazmasida rangsiz vakuolalar va eozinofilli oqsilli moddalar mavjudligi
kuzatildi. Ayrim epiteliylarning kanalcha bo`shlig`iga qaragan yuzasi buzilganligi,
tsitoplazmadagi moddalar bo`shliqga tushganligi aniqlandi. Kanalchalar orasidagi interstitsial
to`qimada ham shish, dezorganizatsiya rivojlanganligi, ayrim sohalarida limfoid hujayralar
paydo bo`lganligi aniqlandi.

SARS-CoV-2 virusi o`zi shikastlagan to`qimada destruktiv-produktiv trombovaskulit va

giperkoagulyatsiyali sindrom, mikroangiopatiya va immun tizimning falajlanishi qo`zg`atadi.

Ushbu patogenetik ta’sirotlar oqibatida buyrak egri-bugri kanalchalarida ham kuchli

darajada patomorfologik o`zgarishlar rivojlanganligi aniqlandi. Proksimal egri-bugri kanalchalar
epiteliysi tsitoplazmasi vakuolizatsiyalanib, oqsillarining noto`g`ri to`planishidan har xil shaklga
kirganligi kuzatildi. ayrimlari kuchli shishga uchrab, yuzasi buzilganligi, tsitoplazma moddalari
bo`shlig`iga tushganligi aniqlandi (2-rasm). Epiteliy yadrolari betartib joylashgan va turli
darajada kariopiknoz va kariolizis jarayonlariga uchraganligi kuzatildi.

1-rasm. Buyrak po`stloq qavati, koronavirus ta’sirida o`zgargan egri-bugri kanalchalar va

kaptokchisining umumiy ko`rinishi. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40.

2-rasm. Buyrak po`stloq qavati, kanalchalar epiteliysining kuchli distrofiya va shishga

uchraganligidan hajmi kengaygan, epiteliysi destruktsiyalangan. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40.


background image

1238

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

COVID-19 kasalligida buyraklarning barcha qismlari shikastlanib, kaptokcha kapillyarlar

to`rida filьtratsiya buzilib, birlamchi siydik tarkibiga oqsillar ko`proq o`tishi natijasida,
kaptokcha bo`shlig`ida eozinofilli qumoq-qumoq shakldagi oqsilli modda to`planganligi
kuzatildi.

Morfologik jihatdan proksimal egri-bugri kanalchalar epiteliysi tsitoplazmasida gialin-

tomchili oqsilli distrofiya rivojlanganligi aniqlandi (3-rasm). Koronavirus ta’sirida buyrak
po`stloq qavat oraliq to`qimasida shish va dezorganizatsiya jarayonlari rivojlanganligi aniqlandi.

Oraliq to`qimaning ayrim sohalarida limfoid infilьtratsiya paydo bo`lganligini

buyrakning virusli shikastlanishini tasdiqlaydi. Mikroskopning katta ob’yektivida o`rganilganda
egri-bugri kanalchalarning o`lchamlari va shakli o`zgarganligi, bo`shlig`ining oqsilli modda
bilan to`lganligi aniqlandi (4-rasm). Koronavirusning bevosita ta’siri oqibatida kanalchalar
epiteliysi kuchli darajada oqsilli distrofiyaga uchraganligi, tsitokinli hujum ta’sirida oraliq
to`qimada shish va yallig`lanish jarayoni rivojlanganligi kuzatildi. Kanalchalar bo`shlig`idagi
birlamchi siydik tarkibida oqsillarning ko`pligidan, kanalcha epiteliysiga ta’sir ko`rsatib, oqsilli
gialin-tomchili distrofiya rivojlantirgani aniqlandi. Natijada epiteliy yadrolari betartib joylashib,
har xil darajada kariolizis va kariopiknozga uchraganligi aniqlandi.

Buyraklarga SARS-CoV-2 virusi kuchli replikatsiyalanish, viremiya, immun buzilishlar,

tsitokinli hujum va gipoksiyani rivojlantirishi oqibatida buyrak to`qimasining barcha tuzilmalari
shikastlandi. Natijada buyrak kaptokchalari bo`shlig`ida oqsilli moddaning to`planishidan,
kaptokcha keskin kattalashadi, kapillyarlar to`ri siqilib, chetga suriladi, tashqi pardasi cho`zilib,
yupqalashganligi aniqlandi (5-rasm). Kaptokcha atrofida va kanalchalar orasida limfoid
infilьtratsiya paydo bo`lganligi, natijada interstitsial to`qima kengayib, destruktsiyalanganligi
kuzatildi. Kanalchalarning barcha qismi to`liq holda destruktsiyalanganligi, epiteliysi distrofiya
va nekrozga uchraganligi, bo`shlig`i kengayganligi aniqlandi.

3-rasm. Buyrak po`stloq qavati, kaptokchi bo`shlig`ida oqsilli moddaning to`planishi,

kanalchalar oraliq to`qima shishi hisobiga kollapslanishi. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40.

4-rasm. Buyrak po`stloq qavati, proksimal egri-bugri kanalchalar epiteliysida gialin-

tomchili oqsilli distrofiya. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40.


background image

1239

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

5-rasm. Buyrak po`stloq qavati, kaptokchi bo`shlig`ida oqsilli modda to`planishi,
kanalchalarning kuchli destruktsiyalanishi. Bo`yoq: G-E. Kat: 10x40.

6-rasm. Buyrak po`stloq qavati, oraliq to`qimada nordon glikozaminglikanlarning ko`p
to`planishi. Bo`yoq: alьtsein ko`ki. Kat: 10x40.

COVID-19 kasalligi ta’sirida buyrak to`qimasida rivojlangan metabolik va distrofik

o`zgarishlarni aniqlashda, qaysi turdagi moddalarning ko`payishi, boshqalarining kamayishini
aniqlash uchun gistokimyoviy usullarda tekshirish aniq natija berdi. Yuqorida ko`rsatilgan
virusning patogenetik ta’sirlari oqibatida ko`pincha oraliq to`qimada nordon glikozaminglikanlar
ko`p to`planib, gidrofillik xususiyatini paydo qiladi, natijada suyuqlik shimilib, to`qima
tuzilmalari shishga, distrofiyaga va nekrobiozga uchraydi. Rasmda SARS-CoV-2 virusi ta’sirida
buyrak po`stloq qavati oraliq to`qimasida to`plangan nordon glikozaminglikanlar alьtsein ko`ki
bilan ko`kish rangga bo`yalganligi kuzatildi (6-rasm). Natijada buyrak po`stloq qavati
interstitsiysi diffuz holda nordon mukopolisaxaridlar bilan to`lganligi, kengayganligi,
distrofiyaga

va

shishga

uchraganligi

aniqlandi.

Natijada

egri-bugri

kanalchalar

deformatsiyalanib, epiteliysi distrofiya va nekrobiozga uchraganligi aniqlandi. Nekrobioz
jarayonining kuchli darajada rivojlanganligidan, epiteliy hujayralari o`zining gistotopografik
tuzilishini batomom buzganligi aniqlandi.

Xulosa:

SARS-CoV-2 virusining S-oqsili buyrak po`stloq qavati oraliq to`qimasi va kanalchalar

bazal membranasidagi 2-angiotenzinni o`zgartiruvchi ferment (ACYe2)ga replikatsiyalanib,
buyrak to`qima tuzilmalarida kuchli darajadagi patomorfologik o`zgarishlarni rivojlantirdi.

Dastlab buyrak po`sloq qavat oraliq to`qimasida shish, distrofiya, nekrobioz va

destruktsiya kabi o`zgarishlar rivojlanganligi, natijada kanalchalar deformatsiyalanib, epiteliysi
distrofiya va destruktsiyaga uchraganligi kuzatildi.

Buyrak to`qimasi interstitsiysida SARS-CoV-2 virusi shikastlashi oqibatida nordon

glikozaminglikanlar ko`p to`planib, gidrofilligi oshadi, suyuqlik shimiladi, to`qima tuzilmalari
titilib, destruktsiyalanadi.

SARS-CoV-2 virusi ta’sirida buyrak to`qimasidan aksariyat hollarda qon tomirlar,

kaptokchalar va proksimal kanalchalar kuchli patomorfologik o`zgarishga uchraganligidan o`tkir
buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi kuzatiladi.


background image

1240

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

REFERENCES

1.

Хамракулов, Т. З., О. У. Бадридинов, and А. Т. Шерназаров. "

ИЗМЕНЕНИЯ В

ПАТОГЕНЕЗЕ

МИКРОЦИРКУЛЯЦИИ

ПОДЖЕЛУДОЧНОЙ

ЖЕЛЕЗЫ

ПРИ

ГИПОКСИЧЕСКОЙ ГИПОКСИИ."

Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali

(2023): 180-185.

2.

Xoliqov, Q., and O. Badriddinov. "A STUDY OF LIPID METABOLISM IN REGULAR

BLOOD DONORS."

Евразийский журнал медицинских и естественных наук

3.12

(2023): 35-38.

3.

Холматова, Ё. Н., et al. "СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ НА ПАТОГЕНЕЗ

УВЕИТОВУ ДЕТЕЙ."

Экономика и социум

11-2 (90) (2021): 620-624.

4.

Islamova, Saidakhon T., et al. "Antibacterial and antioxidant effects of Punicalagin

extracts

from

Punica

granatum

peels."

Caspian

Journal

of

Environmental

Sciences

(2025): 1-10.

5.

Usmonjon o‘g‘li, Badriddinov Oyatillo. "Pathophysiological Processes Causing the

Development of Obesity."

Miasto Przyszłości

57 (2025): 87-93.

6.

Xamroqulov, T. Z., and Oaytillo Badriddinov. "STUDY OF LIPOPROTEID

METABOLISM

IN

REGULAR

BLOOD

DONORS."

Modern

Science

and

Research

3.12 (2024): 876-881.

7.

Usmonjon o‘g‘li, Badriddinov Oyatillo. "LIPOPROTEIN METABOLISM OF

REGULAR BLOOD DONORS."

8.

Хамракулов, Т. З., and О. У. Бадридинов. "ИЗМЕНЕНИЯ ГЕМОРЕОЛОГИИ В

ПАТОГЕНЕЗЕ МИКРОЦИРКУЛЯТОР-НЫХ РАССТРОЙСТВ ПРИ ТЕЧЕНИЕ
ГИПОКСИЧЕСКОЙ ГИПОКСИИ."

9.

Badriddinov Oyatillo Usmonjon o'g'liи Ashuraliyeva Shoxsanam G'ayratjon qizi.

DOIMIY

QON

TOPSHIRUVCHI

DONORLARDA

LIPOPROTEIDLAR

ALMASHINUVINI O'RGANISHNING DOLZARBLIGI. Zenodo, май 2025 г.,
doi:10.5281/zenodo.15345322.

References

Хамракулов, Т. З., О. У. Бадридинов, and А. Т. Шерназаров. "ИЗМЕНЕНИЯ В ПАТОГЕНЕЗЕ МИКРОЦИРКУЛЯЦИИ ПОДЖЕЛУДОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ ПРИ ГИПОКСИЧЕСКОЙ ГИПОКСИИ." Klinik va profilaktik tibbiyot jurnali (2023): 180-185.

Xoliqov, Q., and O. Badriddinov. "A STUDY OF LIPID METABOLISM IN REGULAR BLOOD DONORS." Евразийский журнал медицинских и естественных наук 3.12 (2023): 35-38.

Холматова, Ё. Н., et al. "СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ НА ПАТОГЕНЕЗ УВЕИТОВУ ДЕТЕЙ." Экономика и социум 11-2 (90) (2021): 620-624.

Islamova, Saidakhon T., et al. "Antibacterial and antioxidant effects of Punicalagin extracts from Punica granatum peels." Caspian Journal of Environmental Sciences (2025): 1-10.

Usmonjon o‘g‘li, Badriddinov Oyatillo. "Pathophysiological Processes Causing the Development of Obesity." Miasto Przyszłości 57 (2025): 87-93.

Xamroqulov, T. Z., and Oaytillo Badriddinov. "STUDY OF LIPOPROTEID METABOLISM IN REGULAR BLOOD DONORS." Modern Science and Research 3.12 (2024): 876-881.

Usmonjon o‘g‘li, Badriddinov Oyatillo. "LIPOPROTEIN METABOLISM OF REGULAR BLOOD DONORS."

Хамракулов, Т. З., and О. У. Бадридинов. "ИЗМЕНЕНИЯ ГЕМОРЕОЛОГИИ В ПАТОГЕНЕЗЕ МИКРОЦИРКУЛЯТОР-НЫХ РАССТРОЙСТВ ПРИ ТЕЧЕНИЕ ГИПОКСИЧЕСКОЙ ГИПОКСИИ."

Badriddinov Oyatillo Usmonjon o'g'liи Ashuraliyeva Shoxsanam G'ayratjon qizi. DOIMIY QON TOPSHIRUVCHI DONORLARDA LIPOPROTEIDLAR ALMASHINUVINI O'RGANISHNING DOLZARBLIGI. Zenodo, май 2025 г., doi:10.5281/zenodo.15345322.