Authors

  • Qobiljon Xolmuminov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98496

Keywords:

maktab psixologi ijtimoiy moslashuv o‘quvchi psixologik yordam sinf muhitida adaptatsiya diagnostika psixologik xizmat.

Abstract

Ushbu maqolada maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etilgan. Ijtimoiy moslashuvning mazmuni, bolalarda uchraydigan asosiy psixologik to‘siqlar va ularni bartaraf etishdagi maktab psixologining asosiy vazifalari yoritilgan. Shuningdek, psixologik diagnostika, korreksiya, profilaktika va maslahat berish faoliyatlari asosida maktab muhitida sog‘lom psixologik muvozanat yaratishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Ota-ona va o‘qituvchilar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar orqali o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli moslashuvi ta’minlanishi asoslab berilgan.

background image

1613

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

MAKTAB PSIXOLOGINING O‘QUVCHILAR IJTIMOIY MOSLASHUVIDAGI ROLI

Xolmuminov Qobiljon Nodir o`g`li

Berdaq nomidagi

Qoraqalpoq universiteti Amaliy psixologiya yo`nalishi 4-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15531912

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuviga

ko‘rsatadigan ta’siri tahlil etilgan. Ijtimoiy moslashuvning mazmuni, bolalarda uchraydigan
asosiy psixologik to‘siqlar va ularni bartaraf etishdagi maktab psixologining asosiy vazifalari
yoritilgan. Shuningdek, psixologik diagnostika, korreksiya, profilaktika va maslahat berish
faoliyatlari asosida maktab muhitida sog‘lom psixologik muvozanat yaratishning samarali
usullari ko‘rsatib berilgan. Ota-ona va o‘qituvchilar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar
orqali o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli moslashuvi ta’minlanishi asoslab
berilgan.

Kalit so‘zlar: maktab psixologi, ijtimoiy moslashuv, o‘quvchi, psixologik yordam, sinf

muhitida adaptatsiya, diagnostika, psixologik xizmat.


Bugungi globallashuv va ijtimoiy dinamik jarayonlar sharoitida ta’lim muassasalarining

vazifasi faqat bilim berish bilan cheklanmaydi. Maktablar o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi,
ijtimoiy muhitga moslashuvi, emotsional barqarorlikka erishishi kabi murakkab psixologik
jarayonlarda ham faol ishtirok etadigan institutga aylangan. Ayniqsa, o‘sish bosqichida bo‘lgan
bolalar uchun sinf jamoasi, o‘qituvchi bilan aloqa, do‘stlar orasidagi munosabatlar katta
ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy vaziyatlarga moslashish jarayonida o‘quvchilar ko‘plab psixologik
to‘siqlarga duch kelishlari mumkin.

Aynan shunday sharoitda maktab psixologi muhim vazifani bajaradi: u o‘quvchi shaxsini

chuqur anglash, ijtimoiy moslashuvdagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha
tizimli faoliyat olib boradi. Maktab psixologi nafaqat muammoga yechim topuvchi, balki
ijtimoiy-psixologik sog‘lom muhitni shakllantiruvchi mutaxassis sifatida maydonga chiqadi.

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchining shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy muhitda o‘z

o‘rnini topa olishi va hissiy barqarorligi muhim omillar sifatida e’tirof etilmoqda [1].

Psixolog B.M.Umarov o‘z asarida inson psixikasining rivojlanishini ijtimoiy tajriba bilan

uzviy bog‘liq deb hisoblaydi. Unga ko‘ra, bola jamiyatda o‘zini tutish, o‘z-o‘zini anglash va
boshqalar bilan muloqotga kirishish ko‘nikmalarini aynan ijtimoiy muhitda o‘zlashtiradi. Maktab
esa bu ijtimoiy tajribaning asosiy maydoni hisoblanadi. Shu bois, o‘quvchining sinfdoshlar bilan
o‘zaro munosabati, o‘qituvchi bilan muloqoti va darsdan tashqari faoliyatlardagi ishtiroki uning
shaxsiy xususiyatlarini shakllantiradi. Bu fikr Lev Vigotskiyning "yaqin rivojlanish zonasi"
nazariyasi bilan hamohang bo‘lib, bola o‘zi mustaqil bajara olmaydigan vazifalarni boshqalar
yordamida bajarish orqali rivojlanadi, degan g‘oyani ilgari suradi. Demak, o‘quvchining psixik
va ijtimoiy rivojlanishida maktab psixologining yo‘naltiruvchi, qo‘llab-quvvatlovchi roli muhim
ahamiyatga ega. Shuningdek, Umarovning yondashuvida shaxsiy fazilatlar-mas’uliyat,
tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish kabi psixologik xususiyatlar ijtimoiy muhitga
moslashish jarayonida tarkib topadi. Bu jihatdan maktab psixologi bolani faqat tashqi
muammolarini hal etuvchi emas, balki ichki ijtimoiy faollikni uyg‘otuvchi shaxs sifatida
ko‘rilishi kerak. Maktab muhitida bola nafaqat bilim oladi, balki o‘zini jamiyatning bir bo‘lagi
sifatida his qilishni, muloqot qilishni, o‘z fikrini ifoda etishni ham o‘rganadi [2].

Maktab psixologining faoliyati o‘quvchining ichki dunyosini ochish, u bilan individual

ishlash

orqali

uning

ijtimoiy

faolligini

oshirishga

xizmat

qiladi.

Psixologik


background image

1614

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

yondashuvda,ayniqsa,ijtimoiy moslashuvga qaratilgan faoliyatlar-guruhli treninglar, rolli
o‘yinlar, empatiyani rivojlantiruvchi mashqlar-bolaning o‘z tengdoshlariga nisbatan ishonch va
hurmat bilan qarashini ta’minlaydi. Bu esa shaxsning jamiyatda to‘laqonli ishtirok etishi uchun
zarur poydevor hisoblanadi.

Bundan tashqari, bola maktab muhitida o‘z qiziqishi, qobiliyati,yetakchilik fazilatlarini

ham namoyon eta boshlaydi. Bunday jarayonlarda psixolog bolaning ijtimoiy rolini aniqlab
borishi, unga shaxs sifatida o‘zini topishiga yordam berishi kerak. Har bir o‘quvchining
psixologik portretini yaratish, uning kuchli va zaif jihatlarini aniqlash orqali moslashtirilgan
metodlar ishlab chiqiladi.

Psixologik yondashuvlar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy moslashuvdagi muvaffaqiyat faqat

tashqi sharoitlarga bog‘liq emas. Bu bolaning ichki tayyorgarligi, o‘z-o‘zini anglash,his-
tuyg‘ularini boshqarish, vaziyatlarga nisbatan ongli yondashuvi bilan ham bog‘liq. Ana shu
holatlarda maktab psixologi faqat maslahatchi emas, balki rivojlantiruvchi, motivatsiya beruvchi
mutaxassis sifatida harakat qilishi kerak. O‘quvchilarning ijtimoiy moslashuvi-bu ularning
jamiyatga kirishib ketish, o‘zini jamoada tutish, vazifalarni ado etish va atrofdagilar bilan
sog‘lom munosabatlar o‘rnatish qobiliyatidir [3].

Biroq bu jarayonda bolalar ko‘pincha qiyinchiliklarga duch keladilar: uyatchanlik,

tajovuzkorlik, jamoadan chetlashish yoki do‘st orttira olmaslik hollari ko‘p kuzatiladi.
Gaynutdinova va hamkor mualliflar tomonidan ta’kidlanganidek, ijtimoiy moslashuv bu faqat
tashqi muhitga ko‘nikish emas, balki shaxsning ichki holatining ijtimoiy talablar bilan
muvofiqlashuv jarayonidir. Ular alohida ehtiyojli o‘quvchilar misolida ko‘rsatadiki, ijtimoiy
moslashuv jarayoni bolaning o‘zini qanday qabul qilishi, qanday ijtimoiy rolga ega bo‘lishi,
tengdoshlar bilan qanday aloqa o‘rnatishini chuqur tahlil qilishni talab qiladi. Shu nuqtai
nazardan, maktab psixologi uchun asosiy vazifa-o‘quvchining o‘z individual xususiyatlarini
inobatga olgan holda, uning sinfda va maktabda ijtimoiylashuviga to‘siq bo‘layotgan ichki va
tashqi omillarni aniqlashdir. Bular orasida: hissiy labillik (tez o‘zgaruvchan kayfiyat), o‘z-o‘zini
qadrlashdagi muammolar, kommunikativ faollik pastligi, ijtimoiy tashabbus yetishmasligi kabi
holatlar mavjud bo‘lishi mumkin.

Mualliflar ijtimoiy moslashuvning uch bosqichini ko‘rsatadilar:
1. Psixologik tayyorgarlik–bola o‘ziga bo‘lgan ishonchni hosil qilishi va o‘rganishga

ochiq bo‘lishi kerak.

2. Jamoadagi o‘z o‘rnini anglash–bola guruh ichida o‘z pozitsiyasini biladi va unga mos

ravishda harakat qiladi.

3. Barqaror ijtimoiy xulq–o‘quvchi muloqotda,faoliyatda va rolli vaziyatlarda

mustaqil,ijobiy va barqaror bo‘lishi kutiladi.

Bu yondashuv maktab psixologining ishini faqat "muammoni aniqlash" bilan

cheklamaydi. Aksincha, u bola bilan uzoq muddatli, tizimli ishlashni, har bir bosqichda
individual strategiyalarni tanlashni talab qiladi. Shu bilan birga, psixologga katta mas’uliyat
yuklaydi: har bir bola o‘ziga xos ekanligini tan olish, uni boshqa bolalar bilan solishtirmasdan,
rivojlanish yo‘lida yo‘naltirish kerak. Mualliflar tomonidan tavsiya etilgan metodikalar-ya’ni
ko‘rgazmali treninglar, rolikli o‘yinlar, ijtimoiy hikoyalar, rasmli diagnostika, bola bilan
noinvaziv va xavfsiz muloqot imkonini beradi. Bunday usullar faqat alohida ehtiyojli emas, balki
umumiy sinf o‘quvchilari bilan ishlashda ham samarali. Maktab psixologi ushbu yondashuvlar
orqali o‘quvchining o‘zini jamiyatda qabul qilingan va qadrlangan shaxs sifatida his qilishiga
imkon yaratadi. Aynan shu hissiyot ijtimoiy moslashuvning chuqur, barqaror va samarali


background image

1615

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

shakllanishiga xizmat qiladi. Bunday vaziyatlarda maktab psixologi muhim rol o‘ynaydi. U
o‘quvchining emotsional holatini, shaxsiy xususiyatlarini va ijtimoiy munosabatlarini o‘rganadi,
muammolar-ni erta bosqichda aniqlaydi va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqadi [4].

Shoimqulova o‘z tadqiqotida maktabdagi psixologik xizmatni ta’lim muassasasining

ajralmas va strategik tarkibiy qismi deb ta’riflaydi. Unga ko‘ra, maktab psixologining vazifasi
faqat muammoga javob berish emas, balki o‘quvchilarda psixologik madaniyatni shakllantirish,
psixologik ongni rivojlantirish va ijtimoiy his-tuyg‘ularni boshqarishga o‘rgatishdir.
Ma`lumotlarda ta’kidlanishicha, maktab muhitida ijtimoiy moslashuvning muvaffaqiyatli
kechishi uchta asosiy omilga bog‘liq:

1. Psixologik barqarorlik–bola o‘z emotsiyalarini idora qila oladi.
2. Ijtimoiy kompetensiya–bola guruh ichida o‘zini tutish qoidalarini anglaydi va ularga

amal qiladi.

3. Ichki motivatsiya–bola jamiyatda faol ishtirok etishga ichki ehtiyoj sezadi.
Shoimqulova maktab psixologining bu omillarni rivojlantirishdagi o‘rnini to‘rt

yo‘nalishda ko‘rsatadi:

-Diagnostika–sinfda umumiy ijtimoiy muhitni, shuningdek har bir o‘quvchining

individual ijtimoiy holatini baholash.

-Rivojlantiruvchi ishlar–trening, muloqot darslari, psixota’lim mashg‘ulotlari orqali

ijtimoiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

-Korreksion yondashuv–xatti-harakatdagi buzilishlar, emotsional muammolar bilan

tizimli ishlash.

-Profilaktika–ijtimoiy tashvish, yolg‘izlik, ajralganlik hissining oldini olish.
Shoimqulova ijtimoiy moslashuvni faqat bolaning ichki holatiga qarab emas, balki sinf

muhitining sog‘lomligi, o‘qituvchi-pedagoglarning emotsional madaniyati, ota-onalarning
bolaga bo‘lgan munosabati bilan bog‘laydi. Shu sababdan u “maktab psixologi-
muvofiqlashtiruvchi va ruhiy barqarorlikni ta’minlovchi asosiy figura” degan fikrni ilgari suradi.
Muallif ta’kidlaydiki, maktabdagi psixologik xizmat individual terapiya bilan chegaralanib
qolmasligi kerak. Aksincha, butun sinfga qaratilgan profilaktik psixologik ta’lim ham dolzarbdir.
Masalan: “o‘zini anglash” va “do‘stlikni rivojlantirish” kabi mavzulardagi treninglar orqali
sinfda sog‘lom psixologik iqlim yaratiladi, bu esa moslashuvni sezilarli darajada tezlashtiradi.
Shoimqulova yondashuvi maktab psixologini bolalarning psixik himoyachisi, rivojlanish
strategini va ijtimoiy moslashuvni yengillashtiruvchi ko‘prik sifatida ko‘rsatadi. Bunday
yondashuv bugungi kun psixologik xizmatlari uchun zamonaviy va moslashuvchan yo‘nalish
bo‘lib xizmat qiladi. Psixolog o‘z ishida turli metodlardan foydalanadi: kuzatuv, individual
suhbat,test va so‘rovnomalar yordamida ijtimoiy-emotsional muammolarni aniqlaydi, trening va
guruh mashg‘ulotlari orqali kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantiradi [5].

L.I.Bojovich va uning ilmiy maktabi vakillari bolaning shaxs sifatida shakllanishini uning

faoliyati va ichki motivatsiyasi bilan bog‘laydi. Ular fikricha, bolaning har qanday xatti-harakati
ortida ma’lum bir ichki ehtiyoj, maqsad va emotsional holat yotadi. Shuning uchun,
o‘quvchining ijtimoiy muhitga qanday moslashayotganini to‘g‘ri baholash uchun, uning ichki
motivatsion tizimini tahlil qilish zarur. Bojovich shaxs rivojida motivlar tizimi markaziy o‘rinni
egallashini ta’kidlaydi.Masalan, bir qarashda bolani “darsga qatnashmayapti” deb baholash
mumkin. Ammo bu faqat tashqi belgidir,uning ortida o‘zini sinfda begona his qilish,
o‘qituvchiga ishonmaslik yoki o‘zining foydasizligiga ishonch singari chuqur psixologik
sabablar yotishi mumkin. Maktab psixologi uchun esa aynan ana shu chuqur omillarni aniqlash


background image

1616

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

va ularga ta’sir ko‘rsatish vazifasi dolzarbdir. Bojovichning yondashuvi o‘quvchining
moslashuvdagi xatti-harakatini “sifatli tahlil qilish” zaruriyatini ko‘rsatadi. Bunda quyidagi
savollar muhim:

-Bu xatti-harakat bolaning qanday ehtiyojidan kelib chiqmoqda?
-U qanday ijtimoiy vaziyatda yuz berdi?
-Ushbu harakat bolaning o‘z-o‘zini anglashiga qanday ta’sir qiladi?
Psixologik yondashuvda, aynan faoliyatga tayanib shaxsni o‘rganish orqali bolaning

ijtimoiy moslashuvini chuqur anglash mumkin bo‘ladi. Bojovich bolani “faol ijtimoiy mavjudot”
sifatida talqin qiladi. Ya’ni, bola jamiyatda o‘ziga o‘rin qidiradi, ma’no izlaydi, o‘zini anglashga
intiladi. Shuning uchun ijtimoiy moslashuv bu oddiy “muvofiqlashuv” emas, balki bolaning
ongli tanlovi, hissiy reaksiyasi va maqsadli harakati natijasidir. Bu nazariy qarashdan kelib
chiqib, maktab psixologi: faqat tashqi xatti-harakat emas,uning ichki sabablari bilan ishlashi,
bolaning motivatsiya tizimini aniqlashi, har bir ijtimoiy vaziyatni bola qanday idrok
qilayotganini tushunishi va o‘quvchining shaxsiy o‘sishi uchun qulay shart-sharoit yaratishi
kerak. Demak, Bojovich yondashuvi maktab psixologini “moslashtiruvchi emas, balki
shakllantiruvchi”, ya’ni shaxsni ongli ravishda yo‘naltiruvchi mutaxassis sifatida ko‘rsatadi.
Shuningdek, maktab psixologi o‘qituvchilar va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlaydi. Chunki
bola muammolarining ildizi ko‘pincha oilaviy yoki sinf muhitidagi muvozanatsizliklarga borib
taqaladi. Shuning uchun psixolog maktab jamoasini ham psixologik madaniyat bilan
qurollantirishga harakat qiladi [6].

Ijtimoiy moslashuv faqatgina muammolarni bartaraf etish emas, balki ijobiy shaxsiy

fazilatlarni rivojlantirish, o‘z-o‘zini anglash va jamiyatda faol ishtirok eta olishga tayyorlashdir.
Psixologik yordam olayotgan o‘quvchilar o‘zlarini jamoadan chetda emas, balki uning to‘laqonli
a’zosi sifatida his qiladilar, bu esa ularda o‘qishga, o‘zini rivojlantirishga bo‘lgan motivatsiyani
kuchaytiradi [7].

Z.Norqulova o‘z tadqiqotlarida maktab psixologining vazifalarini pedagogik jarayon

bilan uzviy bog‘liq tarzda tahlil qiladi. U maktab psixologiyasini shunchaki maslahat berish yoki
diagnostika qilish bilan cheklamaydi. Aksincha, uni o‘quvchining shaxsiy,emotsional va ijtimoiy
rivojlanishini ta’minlaydigan kompleks tizim deb ko‘rsatadi. Z.Norqulovaga ko‘ra, maktab
psixologining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

1. Pedagogik faoliyatga psixologik ko‘mak – o‘qituvchiga har bir o‘quvchining

individual jihatlarini tushunishga yordam berish.

2. Sinf iqlimini tahlil qilish – o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, liderlik

pozitsiyasi, ijtimoiy rollarni kuzatish orqali ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish.

3. O‘quvchining ichki ziddiyatlarini aniqlash va yengillashtirish–psixologik suhbatlar,

kuzatuv, testlar orqali yashirin muammolarni ochish. Norqulova maktabdagi psixologik xizmatni
“ixtisoslashtirilgan hamkorlik modeli” deb talqin qiladi. Bu modelda psixolog mustaqil
ishlamaydi, balki sinf rahbari, fan o‘qituvchilari, ota-onalar va ma’muriyat bilan birgalikda
harakat qiladi. Aynan shunday integratsiyalashgan yondashuv ijtimoiy moslashuvda maksimal
natijani ta’minlaydi.

Shuningdek, u o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan ishonchi, o‘zini qadrlashi, kommunikatsiya

ko‘nikmalarini kuchaytirishni ijtimoiy moslashuvning asosi deb hisoblaydi. Agar o‘quvchi
sinfda o‘zini erkin tuta olsa, o‘z fikrini ochiq ayta olsa, tengdoshlar tomonidan qabul qilinsa-bu
uning shaxsiy faolligi va ijtimoiy barqarorligiga zamin yaratadi. Norqulovaning fikrlari maktab
psixologini muammoga javob beruvchi emas, balki o‘sishni boshqaruvchi, rivojlanishga


background image

1617

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

yo‘naltiruvchi mutaxassis sifatida talqin etadi. Bunday yondashuv aynan psixologik xizmatning
rivojlangan shakliga, ya’ni ilg‘or va kompleks faoliyatga asoslanadi.

Xulosa

qilib aytganda, maktab psixologining o‘quvchilar ijtimoiy moslashuvidagi roli

zamonaviy ta’lim tizimida alohida ahamiyat kasb etadi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki,
o‘quvchilarda uchraydigan psixologik va ijtimoiy muammolar-uyatchanlik, past ijtimoiy faollik,
do‘stlashishdagi qiyinchiliklar-o‘z vaqtida aniqlanmasa, ularning shaxsiy rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu bois, maktab psixologi o‘quvchilarning emotsional holatini
tushunish, ijtimoiy muhitga moslashuvini osonlashtirish, sinfdagi sog‘lom psixologik iqlimni
shakllantirishda muhim mutaxassis sifatida maydonga chiqadi. Ilmiy manbalar va amaliy
tajribalar tahlili asosida aytish mumkinki, maktab psixologik xizmati faqatgina muammoga javob
beruvchi emas, balki profilaktik va rivojlantiruvchi funktsiyani ham bajarishi kerak. Har bir bola
individual yondashuvga, o‘ziga xos psixologik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. O‘quvchining
ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topishi, shaxs sifatida shakllanishi va kelajakdagi muvaffaqiyatli
integratsiyasi ko‘p jihatdan maktab psixologining faoliyati bilan bog‘liq. Shunday qilib, maktab
psixologi-bu o‘quvchining shaxsiy o‘sishini yo‘naltiruvchi, ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtiruvchi
va ta’lim-tarbiyada psixologik barqarorlikni ta’minlovchi muhim figura hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Umarov B.M. Psixologiya.Toshkent: “O‘qituvchi”, 2012.

2.

Z.Nishonova

Z.,Ergashev

P.Oliy

maktab

psixologiyasi.Toshkent:“Fan

va

texnologiya”,2012.

3.

Gaynutdinova L.,Kasimova M.,Mo‘minova S.,Alimova G.Alohida ehtiyojlari bo‘lgan
o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari.Toshkent:“Fan”,2022.

4.

Shoimqulova M.Sh.Maktabda psixologik xizmat.Toshkent:“Ilm Ziyo”,2023.

5.

Bojovich L.I.Shaxs taraqqiyoti psixologiyasi.Moskva:“Pedagogika”,2000.

6.

Amonova D.Psixologik maslahat va maslahat berish texnologiyalari. Toshkent:“Yangi
asr avlodi”, 2020.

7.

Norqulova Z.Maktab psixologiyasi asoslari.Buxoro: “BuxDU nashriyoti”, 2021.


References

Umarov B.M. Psixologiya.Toshkent: “O‘qituvchi”, 2012.

Z.Nishonova Z.,Ergashev P.Oliy maktab psixologiyasi.Toshkent:“Fan va texnologiya”,2012.

Gaynutdinova L.,Kasimova M.,Mo‘minova S.,Alimova G.Alohida ehtiyojlari bo‘lgan o‘quvchilarni psixologik qo‘llab-quvvatlash usullari.Toshkent:“Fan”,2022.

Shoimqulova M.Sh.Maktabda psixologik xizmat.Toshkent:“Ilm Ziyo”,2023.

Bojovich L.I.Shaxs taraqqiyoti psixologiyasi.Moskva:“Pedagogika”,2000.

Amonova D.Psixologik maslahat va maslahat berish texnologiyalari. Toshkent:“Yangi asr avlodi”, 2020.

Norqulova Z.Maktab psixologiyasi asoslari.Buxoro: “BuxDU nashriyoti”, 2021.