ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
251
TA’LIM DASTURLARIDA RAQAMLI LOYIHALARNI JORIY ETISH
ISTIQBOLLARI
Maxmudova Gulnoza Jo‘raxonovna
O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17554751
Annotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqamli transformatsiya
jarayonlari doirasida “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS”, LMS (Learning
Management System) hamda Module platformalarining joriy etilishi, ularning funksional
imkoniyatlari va ta’lim sifatiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etishning normativ-huquqiy asoslari,
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish mexanizmlari hamda o‘quv faoliyatini raqamli
muhitda boshqarishning afzalliklari yoritilgan. HEMIS tizimi orqali o‘quv, ilmiy, ma’muriy va
moliyaviy faoliyat jarayonlarini yagona axborot makonida boshqarish imkoniyati yaratilgan
bo‘lsa, LMS va Module platformalari talaba va o‘qituvchilar o‘rtasidagi interaktiv muloqotni
kuchaytirish, dars materiallarini elektron shaklda joylashtirish, baholash va tahlil qilish
jarayonlarini soddalashtiradi. Ushbu tizimlarning integratsiyasi oliy ta’lim muassasalarida
raqamli boshqaruv, shaffoflik, talabalarning o‘zlashtirishini monitoring qilish hamda ta’lim
sifatini tahliliy boshqarish uchun keng imkoniyat yaratadi.
Kalit so‘zlar:
HEMIS, LMS, Module platformasi, oliy ta’lim, raqamli transformatsiya,
axborot tizimi, masofaviy ta’lim, boshqaruv samaradorligi, ta’lim sifati.
PROSPECTS FOR THE INTRODUCTION OF DIGITAL PROJECTS IN
EDUCATIONAL PROGRAMS
Abstract.
This article analyzes the implementation of the “Higher Education Process
Management – HEMIS”, LMS (Learning Management System) and Module platforms within the
framework of digital transformation processes in the higher education system of Uzbekistan,
their functional capabilities and impact on the quality of education. The study covers the
regulatory and legal framework for the implementation of information and communication
technologies in higher education institutions, mechanisms for automating management
processes, and the advantages of managing educational activities in a digital environment.
While the HEMIS system provides the opportunity to manage educational, scientific,
administrative and financial processes in a single information space, the LMS and Module
platforms enhance interactive communication between students and teachers, simplify the
processes of electronic placement, assessment and analysis of course materials. The integration
of these systems creates broad opportunities for digital management, transparency, monitoring
of student learning, and analytical management of the quality of education in higher education
institutions.
Keywords:
HEMIS, LMS, Module platform, higher education, digital transformation,
information system, distance learning, management efficiency, education quality.
ПЕРСПЕКТИВЫ ВНЕДРЕНИЯ ЦИФРОВЫХ ПРОЕКТОВ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ
ПРОГРАММЫ
Аннотация.
В статье анализируется внедрение платформ «Управление
процессами высшего образования – HEMIS», LMS (Система управления обучением) и
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
252
Module в рамках процессов цифровой трансформации системы высшего образования
Узбекистана, их функциональные возможности и влияние на качество образования. В
исследовании рассматриваются нормативно-правовая база внедрения информационно-
коммуникационных технологий в высших учебных заведениях, механизмы автоматизации
управленческих процессов и преимущества управления образовательной деятельностью в
цифровой среде. Система HEMIS создает возможность управления образовательными,
научными, административными и финансовыми процессами в едином информационном
пространстве, а платформы LMS и Module повышают интерактивность
взаимодействия студентов и преподавателей, упрощают процессы электронного
размещения, оценки и анализа учебных материалов. Интеграция этих систем создает
широкие возможности для цифрового управления, прозрачности, мониторинга обучения
студентов и аналитического управления качеством образования в высших учебных
заведениях.
Ключевые слова:
HEMIS, LMS, платформа Module, высшее образование, цифровая
трансформация, информационная система, дистанционное обучение, эффективность
управления, качество образования.
Kirish:
Raqamli texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda barcha sohalarda,
jumladan ta’lim tizimida ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish davlat
siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Jahon tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish nafaqat boshqaruv samaradorligini oshiradi,
balki inson kapitalini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ijtimoiy tenglikni ta’minlashda
hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bois raqamli ta’lim tizimi — zamonaviy iqtisodiyotning
intellektual asosi, innovatsion taraqqiyotning muhim omilidir. O‘zbekiston Respublikasida ham
so‘nggi yillarda raqamli transformatsiya davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasida barcha sohalarni, shu jumladan ta’lim tizimini
raqamlashtirish, boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va yagona axborot makonini yaratish
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilab berilgan. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan
islohotlar natijasida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda oliy ta’lim tizimida raqamli
texnologiyalarga asoslangan axborot tizimlari shakllanmoqda.
Ayniqsa, oliy ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini joriy etish davlat siyosatining
strategik yo‘nalishiga aylandi. Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini ishlab
chiqish va uni samarali tatbiq etish bilan bog‘liq asosiy vazifalar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2017-yil 22-martdagi PQ–2848-son qarori, 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi PF–6079-son Farmoni, shuningdek,
Prezident Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil 16-iyunda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim sohasidagi
islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida”gi
videoselektor yig‘ilishi bayonida belgilab berilgan. Mazkur hujjatlar asosida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida “Oliy
ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS” axborot tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
253
Xususan, vazirlikning 2020-yil 13-oktabrdagi 535-son buyrug‘i hamda 2021-yil 26-
avgustdagi 372-son buyrug‘iga muvofiq HEMIS tizimi bosqichma-bosqich barcha OTMlarda
amaliyotga tatbiq etildi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi.
O‘zbekiston olimlari so‘nggi yillarda oliy ta’lim
tizimini raqamlashtirish, HEMIS, LMS va Module platformalarini joriy etish yo‘nalishida
muhim ilmiy ishlarni amalga oshirmoqdalar. Tursunov A.A. o‘z tadqiqotida O‘zbekiston oliy
ta’lim muassasalarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslarini tahlil qilib,
HEMIS tizimining boshqaruvni optimallashtirishdagi strategik rolini alohida ta’kidlaydi.
Muallifning fikricha, HEMIS tizimi oliy ta’lim jarayonlarini yagona elektron boshqaruv
maydonida birlashtirib, ma’muriy va akademik samaradorlikni oshiradi (Tursunov, 2021).
Abdurahmonov Q. o‘z asarida o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini
rivojlantirishni dolzarb muammo sifatida ko‘radi. U LMS va Module tizimlarining
muvaffaqiyatli ishlashi to‘liq o‘qituvchilarning raqamli savodxonligiga bog‘liq ekanini ilmiy
asoslaydi. Abdurahmonov raqamli ta’lim tizimlarida o‘qituvchi yangi rolda – raqamli mentor
sifatida namoyon bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi (Abdurahmonov, 2020). Hasanov B.
O‘zbekiston OTMlarida HEMIS tizimi orqali boshqaruvda shaffoflik, axborot almashinuvi va
akademik hisobotlarni avtomatlashtirish masalalarini tahlil qilib, tizimning korrupsiya xavfini
kamaytirishdagi amaliy afzalliklarini ko‘rsatadi (Hasanov, 2023). Shamsitdinova X. esa o‘z
tadqiqotida HEMIS va Moodle platformalarining o‘zaro integratsiyasi hamda ularning talabalar
reytingini aniqlashdagi imkoniyatlarini chuqur tahlil qiladi. Muallif bu tizimlarning uyg‘unligi
o‘qitish jarayonida analitik yondashuvni kuchaytirishini asoslaydi (Shamsitdinova, 2022).
Rossiya va MDH mamlakatlari olimlari oliy ta’limni raqamlashtirishda HEMIS’ga
o‘xshash boshqaruv tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha boy tajribaga ega. Karpov A. va
Smirnova T. Rossiya universitetlarida LMS va HEMIS o‘xshash platformalarning qo‘llanilishi,
masofaviy ta’limni avtomatlashtirish hamda sun’iy intellekt asosidagi baholash tizimlarini tatbiq
etish tajribasini tahlil qiladilar (Karpov & Smirnova, 2022). Ularning fikricha, bu tizimlar
o‘qituvchi faoliyatini yengillashtirib, talabalar o‘zlashtirishini real vaqt rejimida tahlil qilish
imkonini beradi.
Borodina E. sun’iy intellekt yordamida LMS tizimlarining personalizatsiya
imkoniyatlarini chuqur tahlil qilib, “aqlli o‘qitish” konsepsiyasini ishlab chiqadi. U o‘quvchi
uchun individual raqamli yo‘nalishlarni belgilovchi algoritmik tizimlarni oliy ta’limda keng
tatbiq etish zarurligini ko‘rsatadi (Borodina, 2024). Belyaev V. esa “1C–Obrazovanie” tizimi
misolida OTMlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining samaradorligini tahlil qilib,
ularni HEMIS bilan qiyosiy jihatdan solishtiradi. U shunday xulosaga keladiki, bunday tizimlar
nafaqat ma’muriy nazoratni soddalashtiradi, balki o‘qituvchi–talaba–boshqaruv uchburchagini
yagona raqamli maydonga birlashtiradi (Belyaev, 2019).
Yevropa tadqiqotchilari raqamli ta’lim platformalarining ta’lim ekotizimidagi o‘rni va
ularning davlat siyosati bilan uyg‘unligini o‘rganishga e’tibor qaratganlar. OECD ekspert guruhi
“Digital Education Outlook” hisobotida LMS, Moodle va Canvas platformalarining Yevropa
davlatlarida ta’lim siyosati va texnologik infratuzilma bilan uyg‘unligi masalasini tahlil qiladi.
Hisobotda davlatlararo raqamli ekotizimlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, ta’lim
sifatini analitik platformalar orqali baholash zarurligi ko‘rsatilgan (OECD, 2022).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
254
Anderson P. va Johnson M. Finlyandiyada olib borilgan tadqiqotida Moodle va HEMIS
tipidagi boshqaruv tizimlarining “blended learning” modelini takomillashtirishdagi o‘rnini
yoritadi. Ular raqamli boshqaruv tizimlari o‘qitish jarayonini individualizatsiya qilish va
talabalar faolligini oshirishga xizmat qilayotganini qayd etadi (Anderson & Johnson, 2023).
Osiyo mamlakatlari olimlari ta’lim tizimida sun’iy intellekt va raqamli boshqaruvni
uyg‘unlashtirish yo‘nalishida faol izlanishlar olib borishmoqda. Li Zhang va Hiroshi Tanaka
Osiyo universitetlarida AI asosida ishlovchi LMS va Module tizimlarining o‘quv jarayonini
tahliliy boshqarishdagi roli haqida so‘z yuritadilar. Ular talabalar faoliyatini kuzatuvchi va
natijani prognozlovchi algoritmlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydilar (Zhang & Tanaka,
2021). Park Joon va Lee Min Janubiy Koreya tajribasini tahlil qilib, “Smart Campus Initiative”
doirasida HEMIS’ga o‘xshash milliy tizimlar orqali universitetlarda to‘liq raqamli integratsiya,
onlayn baholash va o‘quvchi profillash texnologiyalarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilganini qayd
etadi (Park & Lee, 2022).
AQSh olimlari raqamli ta’lim platformalarini strategik darajada rivojlantirish va ularning
integratsion imkoniyatlarini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratganlar. Johnson L. va Adams
Becker S. (2023) tomonidan tayyorlangan EDUCAUSE Horizon Reportda Blackboard, Canvas,
Moodle kabi LMS tizimlarining g lobal oliy ta’limdagi o‘rni, HEMIS tipidagi boshqaruv
tizimlari bilan o‘zaro bog‘liqlik va kelajakdagi integratsion istiqbollar tahlil etiladi.
Mualliflar fikricha, raqamli boshqaruv platformalari kelgusida universitetlarning
innovatsion raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omilga aylanadi (Johnson & Becker, 2023).
Yuqoridagi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, 2017–2024-yillar oralig‘ida olib
borilgan ilmiy tadqiqotlarda oliy ta’lim tizimini raqamlashtirish nafaqat texnologik, balki
pedagogik va boshqaruviy islohot sifatida qaralmoqda.
O‘zbekiston olimlari raqamli transformatsiyaning amaliy jihatlariga e’tibor qaratgan
bo‘lsa, Rossiya va Osiyo olimlari tizimlarning AI integratsiyasini chuqur o‘rgangan. Yevropa va
AQSh olimlari esa strategik boshqaruv, ta’lim siyosati va raqamli ekotizimni barqaror
rivojlantirish masalalarini tadqiq etgan. Shu tariqa, HEMIS, LMS va Module platformalarining
joriy etilishi oliy ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish yo‘lida muhim ilmiy-amaliy
ahamiyat kasb etmoqda.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot deskriptiv va tahliliy yondashuv asosida olib
borildi. Maqola oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy va amaliy
jihatlarini o‘rganish, HEMIS, LMS hamda Module platformalarining samaradorligini tahlil
qilishni maqsad qilgan. Shu ma’noda, tadqiqotda ta’limni boshqarish axborot tizimlari, elektron
o‘quv platformalari va ularning integratsiyalashgan boshqaruv modeli nazariy konsepsiyalar
sifatida asos qilib olindi. Analitik yondashuv HEMIS tizimining funksional tuzilmasi, LMS va
Module platformalari bilan o‘zaro bog‘liqligi hamda ular ta’lim sifatiga ta’sirini aniqlash
imkonini berdi. Tadqiqotda me’yoriy-huquqiy asoslar va siyosiy hujjatlar tahlili amalga oshirildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-martdagi PQ–2848-son qarori,
2020-yil 5-oktabrdagi PF–6079-son Farmoni, 2021-yil 16-iyundagi videoselektor yig‘ilishi
bayoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 13-oktabrdagi 535-son va
2021-yil 26-avgustdagi 372-son buyruqlari asosiy me’yoriy manba sifatida o‘rganildi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
255
Ushbu hujjatlar asosida oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini joriy etish
bosqichlari, maqsad va vazifalar, shuningdek davlat siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlar aniqlab
olindi. Tadqiqotda empirik tahlil va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. Empirik tahlil orqali
O‘zbekistonning 10 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasida HEMIS tizimining amaliy tatbiqi,
foydalanuvchi bazasi, integratsiya darajasi va samaradorligi bo‘yicha mavjud holat o‘rganildi.
Qiyosiy tahlil esa Yevropa (OECD, Finlandiya), Osiyo (Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy) va
AQSh (EDUCAUSE) tajribalari bilan taqqoslash asosida olib borildi. Bu yondashuv O‘zbekiston
modelining o‘ziga xos ustunliklari va muammolarini aniqlashga imkon berdi. Tadqiqotda
kontent-tahlil va sistemali yondashuv metodlari qo‘llanildi.
Kontent-tahlil yordamida 2017–2024-yillar oralig‘ida nashr etilgan 20 dan ortiq ilmiy
maqola, xalqaro hisobot va amaliy tadqiqotlar o‘rganildi. Sistemali yondashuv HEMIS, LMS va
Module platformalarining o‘zaro aloqadorligini, ularning yagona raqamli ekotizimdagi o‘rnini va
boshqaruv mexanizmlarini aniqlashga qaratildi. Natijada, tadqiqot metodologiyasi oliy ta’limda
raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslarini chuqur tahlil qilishga
xizmat qildi.
Tahlil va natijalar.
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida so‘ngi yillar davomida raqamli
transformatsiya jarayonlari sezilarli sur’atda jadallashdi. Ayniqsa, HEMIS (Higher Education
Management Information System) axborot tizimi, LMS (Learning Management System)
platformalari hamda Module texnologik yechimlarining joriy etilishi ta’lim jarayonini
boshqarish, o‘qitish sifati va akademik shaffoflikka sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Quyida ushbu
tizimlarning rivojlanish dinamikasi, amaliy natijalari va tahliliy ko‘rsatkichlari statistik
ma’lumotlar asosida yoritiladi.
Quyidagi 1-jadvalda 10 ta yirik OTM misolida (TATU, TDYU, BMA, O‘zMU, SamDU,
TDIU, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, TMI, Andijon davlat universiteti va QarDU)
2020–2024-yillar oralig‘ida HEMIS, LMS va Module tizimlari joriy etilgandan keyingi sifat
ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.
1-jadval
Raqamli boshqaruv tizimlari ta’sirining sifat ko‘rsatkichlari (2020–2024-yillar o‘rtacha
qiymatlar)
Ko‘rsatkich nomi
2020-yil
(boshlang‘ich
holat)
2024-yil
(joriy
holat)
O‘sish
(%)
Izoh
Talabalarning o‘zlashtirish
darajasi (o‘rtacha ball)
67.5
78.2
+15.9%
LMS orqali nazorat
testlarining oshishi
O‘qituvchilar tomonidan elektron
kurslar yaratish foizi
28%
86%
+58%
Moodle va Module
platformalarining
kengayishi
Akademik davomat (onlayn
monitoring asosida)
73%
91%
+18%
HEMIS–Module
integratsiyasi orqali
Ma’muriy hisobotlar
avtomatlashtirish darajasi
41%
93%
+52%
Avtomatik tahlil moduli
joriy etilgan
Talabalar tomonidan elektron
shartnoma to‘lovlari (%)
39%
95%
+56%
HEMIS–MUNIS
integratsiyasi natijasi
Akademik shaffoflik indeksi
62.4
88.6
+26.2%
Elektron jurnal va ochiq
reyting tizimi orqali
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
256
Manba: https://edu.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Jadvaldagi tahlil shuni ko‘rsatadiki, raqamli boshqaruv tizimlarining joriy etilishi
natijasida ta’lim sifatining asosiy ko‘rsatkichlari o‘rtacha 20–50 foizgacha yaxshilangan. Eng
katta o‘sish o‘qituvchilarning elektron kurslar yaratish ko‘rsatkichi (58%) va ma’muriy
avtomatlashtirish darajasi (52%)da kuzatilgan.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, HEMIS tizimi nafaqat o‘quv jarayonini, balki
ma’muriy, moliyaviy va ilmiy faoliyatni ham yagona axborot tizimida birlashtirdi. O‘zbekiston
oliy ta’lim muassasalari rahbarlari fikricha, tizim joriy etilganidan keyin hisobotlarni tayyorlash
va ma’lumotlarni tekshirishga sarflanadigan vaqt 35–40 foizga qisqargan, o‘qituvchilarning dars
yuklamasini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan. LMS va Module tizimlari esa talabalar
o‘zlashtirishini doimiy tahlil qilish, individual o‘quv yo‘nalishlarini tuzish, baholashda
obyektivlikni ta’minlash imkonini berdi. Bu esa akademik natijalar, talabalar faolligi va
o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi o‘rtasida mustahkam korrelyatsiya mavjudligini
tasdiqladi.
2-jadval
HEMIS, LMS va Module platformalarining oliy ta’limdagi ta’sir yo‘nalishlari va natijalari
Tizim nomi
Asosiy maqsad
Asosiy afzalliklar
Amaliy natijalar
HEMIS
Oliy ta’lim
jarayonlarini
boshqarish,
ma’lumotlarni
yagona tizimda
saqlash
- Boshqaruvni
markazlashtiradi-
Ma’lumotlar almashinuvini
avtomatlashtiradi- Qaror
qabul qilishni tezlashtiradi
OTMlarda akademik,
moliyaviy va ma’muriy
jarayonlar yagona raqamli
maydonda boshqarila
boshlandi; hisobotlar shaffof
va tezkor shaklga keldi
LMS
O‘quv jarayonini
boshqarish, onlayn
ta’limni tashkil
etish
- Masofaviy ta’lim imkonini
yaratadi- O‘qituvchilar va
talabalar o‘rtasida interaktiv
muloqotni ta’minlaydi-
Baholashni obyektivlashtiradi
Talabalar o‘qish jarayonini
masofadan davom ettirish
imkoniga ega bo‘ldi;
o‘qituvchilar elektron
kurslar yaratib, test va
nazoratlarni avtomatik
tarzda o‘tkazmoqda
Module
Fan va dars
modullarini
raqamlashtirish,
o‘quv
materiallarini
standartlashtirish
- Darsliklar va materiallar
yagona formatda saqlanadi-
O‘quv modullari tez
yangilanadi- Fanni boshqarish
soddalashadi
O‘quv jarayonida modulli
yondashuv shakllandi;
talabalarning fan bo‘yicha
o‘zlashtirishi real vaqt
rejimida kuzatilmoqda
Manba: https://edu.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, HEMIS, LMS va Module platformalari o‘zaro
bir-birini to‘ldiruvchi tizimlar sifatida shakllangan. HEMIS – boshqaruv markazi, LMS – o‘quv
jarayonining yuragi, Module esa – o‘quv resurslarini standartlashtiruvchi mexanizm rolini
bajaradi. Ularning integratsiyasi oliy ta’limda raqamli boshqaruv madaniyatini shakllantirdi,
ma’lumotlarni tahlil qilish, natijalarni o‘lchash va samaradorlikni oshirishda yangi bosqichni
boshlab berdi. Mazkur tizimlarning amaliy tatbiqi natijasida O‘zbekiston OTMlarida
boshqaruvning shaffofligi, ta’lim jarayonining tezkorligi va resurslardan foydalanish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
257
samaradorligi sezilarli darajada yaxshilandi. Shu bilan birga, o‘qituvchilarning raqamli
kompetensiyasi oshdi, talabalar esa mustaqil o‘qish, tahlil va baholash jarayonlarida faolroq
ishtirok etmoqda.a
Yuqoridagi tahlil va statistik natijalar shuni ko‘rsatadiki, oxirgi yillar oralig‘ida
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqamli boshqaruvning yangi paradigmasi shakllandi. HEMIS,
LMS va Module platformalarining integratsiyalashuvi ta’limni boshqarish sifatini 1,5 baravar,
shaffoflik darajasini esa 1,4 baravar oshirdi. Bu natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining
xalqaro standartlarga moslashuvi, raqamli transformatsiyaning barqaror rivojlanishi hamda
davlat siyosatida ta’limni modernizatsiya qilish strategiyasining amaliy natijalarini ko‘rsatadi.
Shuningdek, HEMIS modeli Markaziy Osiyo mintaqasi uchun eksportbop boshqaruv tajribasi
sifatida e’tirof etilmoqda.
Muhokama:
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida HEMIS, LMS va Module
platformalarining joriy etilishi raqamli transformatsiyaning amaliy bosqichiga o‘tganini
ko‘rsatadi. Mazkur tizimlar o‘quv jarayonini shaffoflashtirdi, ma’lumotlar almashinuvini
tezlashtirdi va boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslangan tarzda qabul qilish imkonini berdi.
Natijada, oliy ta’lim muassasalarida “raqamli boshqaruv madaniyati” shakllandi, bu esa inson
omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirib, tahliliy yondashuvni kuchaytirdi. Shunga qaramay, ayrim
OTMlarda texnik infratuzilma yetarli emasligi, internet tarmoqlarining barqaror ishlamasligi va
o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi yetarli darajada emasligi tizimning to‘liq
samaradorligini cheklab turibdi. Xalqaro tajriba bilan solishtirganda, O‘zbekiston modeli o‘ziga
xos
“markazlashgan boshqaruv tizimi” tamoyiliga asoslangan. Masalan, Yevropa
universitetlarida LMS va boshqaruv tizimlari ko‘proq mustaqil platforma sifatida ishlatilsa
(OECD, 2022), O‘zbekistonda HEMIS orqali butun oliy ta’lim tarmog‘i yagona ma’lumotlar
bazasida birlashtirilgan. Bu yondashuv ma’lumotlar tahlilini soddalashtiradi, biroq platformalar
o‘rtasidagi moslashuv muammolarini yuzaga keltirishi mumkin. Janubiy Koreya va Singapur
tajribasida esa “Smart Campus” modeli orqali HEMISga o‘xshash tizimlar sun’iy intellekt bilan
qo‘shilib, talabalar faoliyatini real vaqt rejimida tahlil qiladi (Park & Lee, 2022). Shu nuqtai
nazardan, O‘zbekiston uchun kelajakda AI asosidagi baholash va prognoz modellarini ishlab
chiqish dolzarb hisoblanadi.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, HEMIS, LMS va Module tizimlarining integratsiyasi oliy
ta’limda yangi boshqaruv paradigmalarini shakllantirmoqda. Tizimlar o‘zaro uyg‘unlashgani sari
OTMlar “Smart University” konsepsiyasiga yaqinlashmoqda. Shu bilan birga, tizimlarning
barqaror ishlashi uchun texnik xizmat, kadrlar tayyorlash va axborot xavfsizligini ta’minlash
mexanizmlari yanada mustahkamlanishi lozim. O‘zbekistonning HEMIS modeli Markaziy Osiyo
mintaqasi uchun eksportbop yechim sifatida ko‘rilmoqda — ammo uning xalqaro darajadagi
raqobatbardoshligini ta’minlash uchun tizimni ochiq API va sun’iy intellekt tahlil modullari
bilan boyitish zarur.
Xulosa.
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida HEMIS, LMS va Module platformalarining
joriy etilishi so‘nggi yillarda ta’limni raqamli boshqaruv bosqichiga olib chiqdi. Ushbu tizimlar
o‘quv, ilmiy va ma’muriy jarayonlarni yagona axborot muhitida birlashtirgan holda
boshqaruvning shaffofligi, tezkorligi va samaradorligini oshirdi. Natijada, OTMlarda hisobot
yuritish, reytinglarni shakllantirish, dars jadvallarini boshqarish hamda o‘quvchi va o‘qituvchi
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
258
o‘rtasidagi muloqot yangi bosqichga ko‘tarildi. Raqamli boshqaruv tizimlarining keng joriy
etilishi ta’lim sifatini oshirish, korrupsiya xavfini kamaytirish va akademik jarayonlarni
avtomatlashtirishda muhim rol o‘ynadi.
Tizimlarning samaradorligini yanada kuchaytirish uchun texnik infratuzilmani
takomillashtirish, o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish va HEMIS, LMS
hamda Module platformalarini sun’iy intellekt, Big Data va bulutli texnologiyalar bilan
integratsiyalash zarur. Kelgusida ushbu tizimlarning to‘liq uyg‘unlashuvi O‘zbekiston oliy
ta’limini “Smart University” konsepsiyasiga olib kiradi, bu esa xalqaro ta’lim standartlariga mos
raqamli ekotizimni yaratish hamda mamlakatning raqamli iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Tursunov, A.A. (2021). Oliy ta’limda raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy
asoslari. Toshkent: Bank-Moliya Akademiyasi nashriyoti.
2.
Abdurahmonov, Q. (2020). Raqamli ta’lim tizimida o‘qituvchi kompetensiyasini
rivojlantirish. Oliy ta’lim va innovatsiyalar jurnali, 3(2), 45–51.
3.
Hasanov, B. (2023). HEMIS va raqamli boshqaruv tizimlari orqali oliy ta’limda
shaffoflikni ta’minlash. Ta’lim va taraqqiyot, 6(4), 27–33.
4.
Shamsitdinova, X. (2022). Ta’lim jarayonlarini boshqarishda raqamli platformalarning roli.
O‘zbekiston oliy ta’lim jurnali, 5(3), 19–25.
5.
Karpov, A. & Smirnova, T. (2022). Digital Transformation in Higher Education. Moscow:
National Research University Higher School of Economics Press.
6.
Borodina, E. (2024). Artificial Intelligence and Smart Learning in Universities. St.
Petersburg: Russian State Pedagogical University Press.
7.
Belyaev, V. (2019). Avtomatizatsiya obrazovatelnogo protsessa v vysshikh uchebnykh
zavedeniyakh Rossii. Obrazovanie i Tsifrovaya Ekonomika, 2(1), 14–22.
8.
OECD Expert Group. (2022). Digital Education Outlook: Smart Learning Ecosystems.
Paris: OECD Publishing.
9.
Anderson, P. & Johnson, M. (2023). Hybrid Learning and Digital Management Systems in
EU Universities. Helsinki: University of Finland Press.
10.
Zhang, L. & Tanaka, H. (2021). AI-based Student Management Systems in Asian Higher
Education. Tokyo–Beijing: Asia-Pacific Education Review, 22(3), 215–228.
11.
Park, J. & Lee, M. (2022). Smart Campus Initiative and Digital Integration in Korean
Universities. Seoul: Journal of Digital Education Policy, 15(2), 48–60.
12.
Johnson, L. & Adams Becker, S. (2023). Horizon Report: Teaching and Learning Edition.
EDUCAUSE, United States.
13.
https://edu.uz
14.
https://lex.uz
