302
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
XITOY VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIK: ICHKI
TADBIRKORLIK MUHITIDA RAQOBAT TAHLILI
Asadbek Ahmadjonov Axtamjon o’g’li
Toshkent Amaliy Fanlar universiteti 4-kurs talabasi.
Tel: +99890-892-22-23, pochta:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17566382
Annotatsiya.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik so‘nggi yillarda jadal
rivojlanib, bu jarayon mahalliy tadbirkorlik muhitida yangi raqobat sharoitlarini yuzaga
keltirmoqda. Maqolada Xitoyning O‘zbekistonga sarmoya kiritishi va mahalliy bozorga kirib
kelishi ichki tadbirkorlik muhitida yangi raqobat sharoitlarini yuzaga keltirayotgani hamda
Xitoy investitsiyalarining mahalliy bozorga ta’siri, ichki tadbirkorlar uchun yuzaga kelayotgan
tahdidlar va imkoniyatlar tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
iqtisodiy hamkorlik, tadbirkorlik, investitsiya, investitsion muhit, mahalliy
bozor, raqobat, raqobatbardoshlik.
ECONOMIC COOPERATION BETWEEN CHINA AND UZBEKISTAN: AN ANALYSIS
OF COMPETITION IN THE DOMESTIC BUSINESS ENVIRONMENT
Annotation.
Economic cooperation between Uzbekistan and China has been developing
rapidly in recent years, and this process is creating new competitive conditions in the local
business environment. The article analyzes the fact that China's investment in Uzbekistan and
entry into the local market are creating new competitive conditions in the domestic business
environment, as well as the impact of Chinese investments on the local market, emerging threats
and opportunities for domestic entrepreneurs.
Keywords:
economic cooperation, entrepreneurship, investment, investment environment,
local market, competition, competitiveness.
ЭКОНОМИЧЕСКОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО МЕЖДУ КИТАЕМ И
УЗБЕКИСТАНОМ: АНАЛИЗ КОНКУРЕНЦИИ ВО ВНУТРЕННЕЙ ДЕЛОВОЙ
СРЕДЕ
Аннотация.
Экономическое сотрудничество между Узбекистаном и Китаем в
последние годы стремительно развивается, что создает новые конкурентные условия в
местной деловой среде. В статье анализируется тот факт, что инвестиции Китая в
Узбекистан и выход на местный рынок создают новые конкурентные условия в
отечественной деловой среде, а также влияние китайских инвестиций на местный
рынок, возникающие угрозы и возможности для отечественных предпринимателей.
Ключевые слова:
экономическое сотрудничество, предпринимательство,
инвестиции,
инвестиционная
среда,
местный
рынок,
конкуренция,
конкурентоспособность.
Bugungi kunda Xitoy O‘zbekiston tashqi savdosida muhim o‘rin tutib, u
mamlakatimizning strategik sheriklaridan biri va eng asosiy savdo-iqtisodiy hamkori sifatida tan
olinmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda savdo-iqtisodiy sohada dinamik o‘sish barcha jabhalarda
namoyon bo‘lmoqda. Xususan, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega
bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Xitoy yetakchi xorijiy sarmoyachi davlat sifatida ajralib
turibdi. Xatto, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 2023 yilda salkam 14
mlrd. dollarga yetib rekord natijani qayd etdi
1
.
1
303
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Albatta, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning izchil rivojlanishida Xitoydan
kiritilayotgan investitsiyalar hajmi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2023-yilda Xitoy
Oʻzbekistonga
yo’naltirgan
toʻgʻridan-toʻgʻri
xorijiy
investitsiyalari
hajmi
bo’yicha
yetakchilikka erishib, jami 2.1 mlrd. AQSh dollari, umumiy investitsiyalar miqdorining 28%ini
tashkil etdi. Tarmoq tarkibini foizlarda tahlil qiladigan bo’lsak, toʻqimachilik, elektronika,
maishiy texnika kabi sanoat sohalarida umumiy ulushi 45% ni tashkil etgan
2
. Xususan,
infratuzilmani takomillashtirish: transport ("Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston" temir yoʻli),
energetika (quyosh va gidroelektrostansiyalar)da Xitoydan investitsiyalar 30% miqdorida qayd
etilgan. Eng faol investitsiyalar ulushi O’zbekistonning Toshkent viloyati, Samarqand viloyati
va Qoraqalpogʻiston hududlari (erkin savdo zonalari)ga to’g’ri keldi
3
.
Yana shuni ta`kidlash joizki, O’zbekistonda iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlariga
bo’lgan katta e`tibor, Xitoy xususiy kompaniyalarining bu bozorda Industry 4.0 (sunʼiy intellekt,
Internet of Things) texnologiyalaridan keng foydalanishiga yo’l ochib bermoqda. Bunga
Xitoyning "Texhong Textile" kompaniyasi bilan 2023-yildan amalda bo’lgan Fargʻona
viloyatidagi toʻqimachilik fabrikalarini raqamlashtirish bo’yicha qoʻshma loyihasini misol qilsak
bo’ladi.
Quyidagi jadvalda Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda amalga oshirayotgan bir qator
yirik texnologik loyihalari keltirilgan
4
:
Loyihalar
Ishlab chiqarish turi
Soni
Qiymati
TCL
Televizor
1 mln dona
11 mln dollar
KingClean
Electiric Co
Changyutgich
450 ming dona
4 mln dollar
Midea
Muzlatgich
720 ming dona
25,7 mln dollar
Whirlpool China
Kir yuvish mashinasi
1,1 mln dona
28 mln dollar
Bu loyihalar uchun jami 68,7 million dollar investitsiya kiritilgan bo’lib, ularning ishlab
chiqarish quvvati yiliga 3,27 million dona maishiy texnika mahsulotlariga to’g’ri kelmoqda.
Jumladan, TCL korxonasi Xitoning yetakchi elektronika ishlab chiqaruvchisi bo‘lib,
mahalliy iste’molchilarga zamonaviy smart-TV va boshqa texnologik modellarni taklif qiladi. Bu
loyiha yiliga 1 million dona televizor ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, O‘zbekiston
bozorida yuqori sifatli va arzon narxdagi televizorlarni taqdim etmoqda. KingClean kompaniyasi
esa, O‘zbekistonda yiliga 450 ming dona changyutgich ishlab chiqarib, uy-ro‘zg‘or texnikasi
bozorida mahsulotlar xilma-xilligini oshirib, aholiga arzon narxlarda sifatli changyutgichlarni
taqdim etmoqda. Bu loyihalar O‘zbekistonda ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish, yangi ish
o‘rinlari yaratish va importni qisqartirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari
bilan hamkorlik O‘zbekiston texnologik jihatdan rivojlangan mahsulotlar bilan ta’minlaydi.
Tashqi savdo sohasida ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 2023-yilda O‘zbekiston va
Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 51,5 foizga oshib, 13,7 milliard dollarni tashkil etdi.
Eksport 2,5 milliard dollarga, import esa 11,3 milliard dollarga yetdi
5
. Xitoydan import
qilinadigan mahsulotlarning asosiy qismini mashina va uskunalar, sanoat tovarlari va kimyo
2
3
4
5
304
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
mahsulotlari tashkil etdi. Ikki davlat rahbarlari yaqin besh yil ichida tovar ayirboshlash hajmini
20 milliard dollarga yetkazish niyatida ekanliklarini bildirdilar
6
.
O‘zbekiston yillar davomida nisbatan yopiq iqtisodiy modelni qo‘llab kelgan, bu esa
ichki ishlab chiqaruvchilarni raqobatdan qo‘rqitgan. Bunga sabab qilib bir nechta omillar,
xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida importga yuqori tariflar va
boshqa cheklovlar, asosiy tashqi savdo hamkorlari MDH mamlakatlari tor doirasini tashkil
etganligi, global raqobatga tayyor bo‘lmagan korxonalar mavjudligi, yillar davomida ba`zi bir
sohalarda monopolistik bozor shakllanganligi sababli, yangi raqobatchilar (ayniqsa xorijiy
kompaniyalar) kirib kelganda mahalliy tadbirkorlar ularga nisbatan salbiy munosabatda
bo‘lishini ko’rsatishimiz mumkin.
O‘zbekiston bozori hali ham nisbatan kichik hisoblanib, bunga asosiy sabablar qilib,
ilgarigi davrlarda davlat yoki nodavlat tashkilotlar tomonidan bozorga kirish, lisenziyalar,
byurokratik to‘siqlar va korrupsiya kichik biznesning rivojlanishiga nisbatan ba`zi to‘siqlarning
mavjud ekanligi, cheklangan raqobat tufayli mahalliy korxonalar innovatsiyalar va sifatni
oshirishga unchalik intilmagan va kam raqobat – past samaradorlik prinsipini yuzaga
keltirilganligini ta`kidlab o’tish joiz.
2024 –yil 23 –yanvar Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan davlat rahbari prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat kooperatsiyasini, qishloq
xo‘jaligida texnologiyalar transferini kengaytirish va “yashil” energetikani rivojlantirish
bo‘yicha alohida hamkorlik dasturlarini tayyorlash kabi iqtisodiyotni rivojlantirishga oid muhim
masalalarini muhokama qildi. Ushbu tashrif doirasida "Xitoy modeli" asosida smart-shaharlar
qurish (masalan, Toshkent va regional markazlarda), Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda
qurilish loyihalariga jalb etilishi (CRCC, China Road and Bridge Corporation kabi
kompaniyalar), sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, yengil sanoat (to‘qimachilik, poyabzal) va
farmatsevtika sohasida qo‘shma korxonalar tashkil etish, Xitoyning yuqori unumdor urug‘liklari,
sug‘orish texnologiyalari kabi qishloq xo’jaligida texnologiyalar transferini yo’lga qo’yish, bir
so’z bilan aytganda, Xitoy bilan O‘zbekiston “qishloq xo‘jaligida to‘liq zanjir” hamkorligini -
yetishtirishdan eksportgacha ko’rinishiga yetkazish kabi masalalar ko’rilgan.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik so‘nggi yillarda jadal rivojlanib,
mamlakatimizda chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarayotganini yuqoridagi o’rinlarda
ko’rib chiqdik. O’zbekiston ichki bozori mustaqillik yillaridan buyon yopiq iqtisodiyot
an’analari, byurokratik to‘siqlar va mahalliy korxonalarning innovatsiyalarga nisbatan past
ehtiyoji raqobat qobiliyatini tushirib qo’yganligi, bu to’siqlarga qarshi so’nggi yillarda chuqur
islohotlar o’tkazilayotganligini ta`kidlab o’tish kerak.
Xulosa o’rnida shuni ta`kidlash joizki, O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror rivoji va
Xitoy hamkorligidan samarali foydalanish uchun Xitoy kompaniyalari bilan qo‘shma korxonalar
(joint ventures) tashkil etish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarga texnologiya va boshqaruv
usullarini o‘tkazish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni Xitoy bozoriga kirishda davlat tomonidan
logistik va marketing yordami ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shuningdek, Xitoy hamkorligi O‘zbekiston uchun nafaqat raqobat tashvishi, balki yangi
iqtisodiy imkoniyatlarni ochuvchi faktor hisoblanadi. Muhimi, bu imkoniyatlardan foydalanish
uchun mahalliy biznes va davlat siyosati izchil modernizatsiya qilinishi zarur. Shu orqali,
Xitoyning 1978-yildagi "ochiq eshik" siyosati kabi O‘zbekiston ham tizimli islohotlar orqali
uzoq muddatli muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
6
305
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Rahmonberdieva K. S. (2023). O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi
o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar.
2.
Tan J., Doniyorova Z. (2025). O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari: Barqaror va
inklyuziv strategik hamkorlik sari. IMRAS Journal.
3.
Chen, Y., & Li, X. (2021). China–Central Asia Economic Cooperation: A Case Study of
Uzbekistan. Journal of International Trade, 12(3), 45–59.
4.
Asian Development Bank. (2023). Uzbekistan: Economic Outlook and China’s Trade
Impact. Manila: ADB
5.
Sardorbek Abdullayevich Usmanov. UZBEK‑CHINESE RELATIONS ON THE WAY
OF IMPLEMENTING A CONSISTENT, PEACE‑LOVING CONSTITUTIONAL
POLICY OF THE COUNTRY. Educational Research in Universal Sciences, 2025
6.
Aziz Mullаev. COMPREHENSION OF CHINA’S BELT AND ROAD INITIATIVE
AND ITS EFFECT ON UZBEKISTAN. Central Asia and the Caucasus, 2024.
7.
HISTORICAL
TRAJECTORIES
AND
CONTEMPORARY
DYNAMICS
OF
CULTURAL
DIALOGUE
AND
DIPLOMATIC
RELATIONS
BETWEEN
UZBEKISTAN AND CHINA. Philosophy and Life International Journal, 2025
