ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
639
KOMPYUTER LINGVISTIKASIDA AVTOMATIK TARJIMA BO‘YICHA
OLIB BORILGAN IZLANISHLAR
Sodatova Muxlisa Qudratillo qizi
Termiz davlat universiteti talabasi
Gulhayo Abdualimova
Ilmiy rahbar, Termiz davlat universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7953128
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Kompyuter lingvistikasi sohasining hozirgi kundagi o’rni va
qanday rivojlanib borayotgani haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilish bilan birgalikda, Kompyuter
lingvistikasida Avtomatik tarjima bo‘yicha chet el tadqiqotchilari va o‘zbek olimlarining olib
borgan tadqiqotlari hamda izlanishlari haqida so‘z borgan.
Kalit so‘zlar:
Kompyuter lingvistikasi, mashina tarjimasi, avtomatik tarjima, tahrirlash,
kompyuter texnologiyalari, lingvistik ta’minoti.
RESEARCH ON AUTOMATIC TRANSLATION IN COMPUTER LINGUISTICS
Abstract.
In this article, together with a brief overview of the place of Computational
Linguistics today and how it is developing, there is talk about the research and research conducted
by foreign researchers and Uzbek scientists on Automatic Translation in Computer Linguistics.
Key words:
Computational linguistics, machine translation, automatic translation, editing,
computer technologies, linguistic support.
ИССЛЕДОВАНИЯ АВТОМАТИЧЕСКОГО ПЕРЕВОДА В КОМПЬЮТЕРНОЙ
ЛИНГВИСТИКЕ
Аннотация.
В данной статье, наряду с кратким обзором места компьютерной
лингвистики сегодня и того, как она развивается, идет речь об исследованиях и
изысканиях, проводимых зарубежными исследователями и узбекскими учеными по
Автоматическому переводу в компьютерной лингвистике.
Ключевые слова:
Компьютерная лингвистика, машинный перевод, автоматический
перевод, редактирование, компьютерные технологии, лингвистическое обеспечение.
KIRISH.
Jahonda integratsiya va globallashuv kechayotgan hozirgi davrda o‘zbek tilini xalqaro
miqyosdagi mavqeini oshirish hayotiy zarurat sanaladi. Hozirgi kunimizni Kompyuter
texnologiyalari va internetsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shuning uchun ham Kompyuter
texnologiyalari jamiyatimizning deyarli barcha sohalariga kirib bordi va faoliyatning ajralmas bir
bo‘lagi sifatida yuritilyabdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Biz bilamizki, “Kompyuter lingvistikasi” fanining maqsadi tabiiy tillarning matematik
modellarini qurish, lingvistik muammolarni hal qiluvchi kompyuter dasturlarini ishlab chiqishga
yo‘naltirilgan. “Kompyuter lingvistikasi” fani oldida turgan asosiy masalalar esa umumiy
tilshunoslikning formal va aksiomatik modellarni qurish va konkret tillarning matematik
modellarini ishlab chiqishga xizmat qiladi. Bu modellar asosida matnlarni tahrirlash, kompyuter
tarjimasi ya'ni avtomatik tarjima, kompyuter lug‘atlari hamda bilimlarni baholash bo‘yicha
kompyuter dasturlarini yaratish mumkin bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
640
Mashina tarjimasi - bir tabiiy tildan ikkinchi tilga matnni raqamli hisoblash mashinalari va
kompyuterlar yordamida tarjima qilish. Mashina tarjimasi jarayoni matnni tarjima qilish uchun uni
tahlil etish, yaʼni morfologik, sintaktik nuqtai nazaridan oʻrganib chiqishni taqozo qiladi.
ASOSIY QISM:
Mashina tarjimasi tizimini yaratish ilmiy tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi. Mashina tarjimasi
gʻoyasini birinchi boʻlib fransuz ixtirochisi J. Arsruni va undan mustaqil ravishda rus ixtirochisi
P. P. Smirnov-Troyanskiylar 1933-yilda ilgari surishgan. Lekin u, asosan, XX asrning 40— 50-
yillarida rivojlangan. Vikipediya ma'lumotlariga ko’ra, Mashina tarjimasida asosiy kiruvchi tillar
— ingliz, fransuz, rus tillari; chiquvchi tillar — oʻzbek, nemis, yapon, chex va boshqa tillar kabi
qaraladi. Jahonda mashina tarjimasi bo‘yicha ko‘pgina olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar
qilingan. Jumladan, Rossiya olimlari qatorida - N.D. Andreyev, I.A. Melchuk, I.I. Revzin, V.Yu.
Rozensveyg, Yu.N. Marchuk, R.G. Piotrovskiy, A.A. Xoroshilov va yana bir qator olimlarni,
AQSH olimlari qatorida- A.But, R.Richans, J.Xatchins, J.Allen, P.Braun, Hindiston olimlari
qatorida- R.Sinha, A.Jain, Germaniya olimlari qatorida- B.Bleyzer, U.Shvol, A.Storrer, Estoniya-
A.Vaxer, Fransiya-J.Astrouni, Yaponiya-M.Nagao va boshqa bir qator olimlarni misol sifatida
keltirib o‘tishimiz joiz. Nafaqat chet el olimlari, balki o‘zbek tili materiallari bo‘yicha lingvostatik
tadqiqot olib borgan N.Yoqutova, M.Ayimbetov, S.Rizayev va S.Muhammedivlarning ham ilmiy
ishlari diqqatga sazovordir.
1
Mashinaning tarjimasi qila olish imkoniyati haqidagi g‘oyani ilk bor Ch.Bebbij 1836-1848-
yillarda raqamli analitik mashinalar bo‘yicha olib borgan loyihasida qayd etgan edi. Bizga
ma'lumki, XX asrning 30-yillarida "tarjimon mashinalar" amalda qo‘llanila boshlangan, lekin
Estoniyada mexanik tarjimani ro‘yobga chiqarishda A.Vaxerning nazariy qarashlari "Vaba Maa"
nomli ro‘znomada e'lon qilingan.
Fransiyada J.Astrouni tomonidan avtomatik bilingval lug‘atlardan foydalanish taklif etilib,
u "Mexanik miya" deb nomlangan mashina tarjimasi ishlanmasi uchun patentga ega bo‘ldi.
U.Uiverning g‘oyalariga qaraydigan bo‘lsak, uning g‘oyalarida interingval konsepsiya
mavjud bòlib, unda ikki bosqichni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: birinchi bosqichda asosiy matn
vositachi tilga o‘giriladi, ikkinchi bosqichda uning natijasi keyingi tilga tarjima qilinadi.
Mashina tarjimasi bo‘yicha ilk ilmiy-amaliy konferensiya 1952-yilda Massachutes texnika
universitetida o‘tkazilib, New Yorkdagi Jorjtaun universiteti bilan hamkorlikda birinchi rus tilidan
ingliz tiliga tarjima qilishga mo‘ljallangan dastur yaratildi.
Turkiy tillar bo‘yicha dastlabki mashina tarjimasi Dorster boshchiligida 1961-yilda amalga
oshirilgan. Ingliz-turk tili mashina tarjimasi tizimida 700 ta so‘z shakldan iborat bo‘lib, lug‘at turk
tili hamda ingliz tilidagi ekvivalentliklarining asos va suffikslari ro‘yxatidan iborat bo’lgan.
N.Abdurahmonovaning "Mashina tarjimasining lingvistik ta'minoti" nomli monografiyasiga
tayanadigan bo‘lsak
2
, Yu.N. Marchuk: "Mashina tarjimasiga tavsiflangan tarjima modellarini
tushuntiruvchi kuch hamda til mohiyatini darhol tekshirish imkoniyatini ko‘rsatuvchi hamda taklif
etilgan ijobiy mulohazalarning samaradorligini oshiruvchi vosita"- deb qaraydi. Boshqa ko‘pgina
olimlar esa, mashina tarjimasi deklerativ bilimlardan iborat, ya'ni lingvist til va faktlarni tavsifini
1
Nilufar Abdurahmonova "Mashina tarjimasining lingvistik ta'minoti" Toshkent-2018, 5-bet
2
Nilufar Abdurahmonova "Mashina tarjimasining lingvistik ta'minoti" Toshkent-2018, 8-bet
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
641
bazaga kiritganidan so‘ng matematik va dasturchi tomonidan tarjima algoritmi tuziladi, degan
fikrga tòxtalganliklarini guvohi bo’lishimiz mumkin.
XULOSA
Maqolada, asosan, Nilufar Abdurahmonovaning «Mashina tarjimasining lingvistik
ta'minoti» nomli monografiyasiga tayanib fikrlar yuritilgan, bu kitobdan asosiy qo‘llanma sifatida
foydalanilgan. Bu kitobdan tashqari ham bir qancha kitoblardagi fikrlar va internet
ma’lumotlaridan qo’llanilgan. Men U.Uiverning g‘oyasiga ijobiy yondashuv bilan qarashni
ma’qullagan bo‘lardim, chunki uning g‘oyalarida interingval konsepsiya mavjud bo‘lib, unda ikki
bosqichni amalga oshirish ko‘zda tutilgan degan fikrlarni yuqorida ham keltirib o‘tdim. Bu fikrga
ijobiy yondashuv bilan qarashimning sababi shundaki, bir matnni o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan
boshqa bir tilga tarjima qilayotganimizda google tarjimoni yoki telegram botlaridan foydalangan
holda tarjimani amalga oshiramiz va bunda bir tildagi aynan bir so‘zning tarjimasi yokida muqobil
varianti boshqa tilda topilmasligi mumkin. Natijada matnimizda g‘alizlik yuzaga keladi. Aksincha
Uiverning g‘oyalariga tayanib ish ko‘radigan bo‘lsak, ya’ni o‘zimizga kerakli bo‘lgan tilga
tarjimani amalga oshirganimizdan so‘ng, yana qayta o‘z tiliga tarjima qilib ko‘rsak, shundagina
matnimizni ma’no-mazmuni ham shakli ham o‘ziga xoslikka ega bo‘ladi.
REFERENCES
1.
Nilufar Abdurahmonova "Mashina tarjimasining lingvistik ta'minoti" Toshkent-2018.
2.
Manzura Abjalova. Tahrir va tahlil dasturlarining lingvistik moduli. ,,Nodirabegim"
nashriyoti Toshkent-2020.
3.
Zulxumor Xolmanova. Kompyuter lingvistikasi. ,,Toshkent-2019".
4.
Nilufar Abdurahmonova. ,,Kompyuter lingvistikasi,, ,,Nodirabegim” nashriyoti.
5.
Toshimov.R. ,,Matnlarni lingvistik tahrirlashning psixologik asoslari" Toshkent-2011.
