ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
436
OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI MINERAL MODDALAR
Qo‘chqorova Zebo Farhod qizi
QDU 2-kurs talabasi
Eshmuratov Marat Tangatarovich
Ilmiy maslahatchi.
QDU “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13938332
Annotatsiya. Oziq-ovqat tarkibidagi mineral moddalar, ularning xususiyatlari va mineral
moddalar nima uchun kerakligi haqida qisqacha malumotlar berib boriladi, mineral
moddalarning nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi ahamiyati balik uning insonlar
organizmida tutgan o‘rni haqida maqolada aytib o‘tiladi
.
Kalit so'zlar:
Mineral moddalar, fermentlar, anorganik hayot faoliyati, kaliy, magniy,
temir, natriy, fosfor, xlor, kalsiy, ftor.
MINERALS IN FOOD
Abstract. Brief information about the mineral substances in food, their properties and why
they are needed, the importance of minerals not only in food products, but also their role in the
human div is mentioned in the article.
Key words: Mineral substances, enzymes, inorganic life activity, potassium, magnesium,
iron, sodium, phosphorus, chlorine, calcium, fluorine
МИНЕРАЛЫ В ПИЩЕ
Аннотация. В статье говорится о значении минеральных веществ не только в
пищевых продуктах, но и их роли в организме человека, краткие сведения о минеральных
веществах, содержащихся в продуктах питания, их свойствах и для чего они нужны.
Ключевые
слова:
Минеральные
вещества,
ферменты,
неорганическая
жизнедеятельность, калий, магний, железо, натрий, фосфор, хлор, кальций, фтор.
Barcha oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida mineral moddalar mavjud: Ular mahsulotlar
tarkibidagi anorganik birikmalarning tarkibiga kirgan holda uchraydi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus pechkalarda yondirganda faqat mineral moddalar kul
holida qoladi. Demak oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral moddalarning miqdori ulardagi
kulning foiz( )٪miqdori bilan o‘lchanadi
Mineral moddalar inson organizmining barcha to‘qimalari tarkibiga ham kirib uning
og‘irligining 5% miqdorini tashkil etadi.Mineral moddalar oz miqdorda talab qilinsada (kunlik
ehtiyoj 20-30 gr ni tashkil etadi), ular organizmning hayot faoliyati jarayonida juda muhim
vazifalarni bajarib boradi. Ular barcha to‘qimalar va hujayralar tarkibiga kiradi. Ba'zi bir mineral
moddalar esa fermentlar, dori darmonlar, gormonlar tarkibiga kirib moddalar almashinuvi
jarayonida faol ishtirok etadi.
Mineral moddalar organizmda qancha ko‘p miqdorda bo‘lishiga qarab ular
makroelementlarga va mikroelementlarga bo‘linadi. Makroelementlarga kalsiy, kaliy, temir,
natriy, fosfor, xlor kiradi. Ular organizmdagi 10ga to‘qimalar tarkibida o‘nlab va yuzlab milligram
miqdorda bo‘ladi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
437
Kalsiy (Ca) suyak va mushak to‘qimalarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.Kalsiy
hujayralarning o‘sishiga, qonning ivish jarayoniga tasir qiladi.U bir qancha fermentlar va
garmonlar faolligini oshiradi.Kalsiy organizmda yetishmay qolganda, ayniqsa bolalarda
suyakning noto‘g‘ri rivojlanishiga va tishning buzilishiga (qorayishiga, to‘kilishiga, yemirilishiga)
olib keladi. Kalsiy tvarog va pishloq tarkibida ko‘p bo‘ladi. Kaliy (K) organizmning kislota ishqor
muvozanatini normallashtirishda qatnashadi, uglevod almashinuvini yaxshilaydi. Kaliy olxo‘ri,
mayiz, o‘rik, kartoshka tarkibida ko‘p bo‘ladi.
Magniy (Mg) organizmda suyak to‘qimalari hosil bo‘lishida, moddalar almashinuvida
ishtirok etadi, fermentlar faolligini oshiradi, yurak faoliyatini yaxshilaydi.Magniy don
mahsulotlari va sut mahsulotlari tarkibida, boahqa mahsulotlarga qaraganda ko‘p uchraydi.
Temir (Fe) katta yoshdagi kishilar organizmida 3-4 gr temir moddasi bo‘lib, shundan 73%
gemoglabin tarkibiga kiradi, hujayralar yadrosida bo‘ladi. Organizmdagi murakkab oksidlanish va
modda almashinuvi jarayonida, fermentlar sintezida ishtirok etadi. Temir asosan, jigar, go‘sht,
tuxum, grechka yormasi, olma, uzum, mosh va sabzavotlar tarkibida ko‘p uchraydi.
Turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kalsiy, fosfor va mis kabi ozuqaviy minerallarni ko‘p
istemol qilish va magniy sink va selen kabi minerallarning yetishmasligi, saraton xavfi ortishi bilan
bog‘liq. Rux magniy va selen tarkibidagi oziq-ovqat mahsulotlarini ovqatlanishni kerakli
miqdorda olishimiz, shuningdek saraton xavfini kamaytirish uchun kaltsiy, fosfor va mis kabi
ozuqaviy
minerallarni
tavsiya
etilgan
miqdorda
istemol
qilishni
cheklashimiz
kerak.Qo‘shimchalarni tanlashda magniy steratini magnezium qo‘shimchalari bilan aralashtirib
yubormaslik kerak. Selenli oziqlanish va saraton xavfi va imunitetning yomonligi bilan bog‘liq.
Ko‘pgina tadqiqotlar slenyum mineral darajasining yuqori bo‘lishining prostata, o‘pka,
kolorektal saratoniga ta'sirini ko‘rsatadi.Turli xil oziq-ovqat preparatlarini boyitish uchun eng
asosiy minerallar temir, kaltsiy, sink va yoddir. Izotropik yondashuvlardan foydalanish oziq-ovqat
minerallarining bioavalability qiymatlarini sezgir tarzda aniqlashi mumkin.
Xulosa
Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlarni hisobga olgan holda, shunday xulosaga kelish
mumkinki, oziq-ovqat tarkibida mineral moddalar ancha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun har bir
mahsulotni o‘z vaqtida istemol qilish kerak.Bu mahsulotlar tarkibidagi minerallar organizm uchun
juda zarur. Mineral moddalar sog‘liqqa shu bilan bir qatorda insonning turmush tarziga ham katta
ta'sir ko‘rsatadi. Mineral moddalarni yanada yaxshilash va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga
katta etibor qaratilmoqda.
REFERENCES
1.
M.N.Mo‘minova,
M.A.Maxsumova,
N.B.Mansurova.
Oziq-ovqat
mahsulotlari
tovarshunosligi: Toshkent-"ILMZIYO,, -2017
2.
Oziq-ovqat
texnologiyasi
asoslari:
M.G.Vasiyev,
Q.O.Dadayev,
I.S.Isaboyev,
Z.Sh.Sapayeva, Z.J.G‘ulomova. "IDEAL PRESS,, 2021
3.
htpps://toitumine.ee/ru/energiya-i-potrebnost-v-pitatelnyh-veshhestvah/mineralnye-
veshhestva.
4.
htpps://addon.life
5.
Imomaliyev.A, Zikiryoyev.A. O‘simliklar biokimyosi, T. ,1987
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
438
6.
T.Xudoyshukurov, N.Muhammadiyev, N.Mo‘minov, I.Shukurov, "ovqatlanish
mahsulotlarini ishlab chiqarish asoslari" Toshkent-2019
7.
htpps://www.sciencedirect.com
8.
Eshmuratov M., Arzimbetova M. QARAQALPAQSTAN RESPUBLIKASINDA
EKOLOGIYA HÁM AZIQ-AWQAT //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 4. – С. 347-350.
9.
Eshmuratov M., Qo‘chqorova Z. OZIQ-OVQAT TARKIBIDAGI MINERAL
MODDALAR //NRJ. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 888-891.
10.
Ешмуратов М. НОВЫЕ РАЗРАБОТКИ В ТЕХНОЛОГИИ ИСКУССТВЕННОГО
МЯСО //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 5. – С. 958-962.
11.
ВЛИЯНИЕ КОНЦЕНТРАЦИИ ЩЕЛОЧИ И КОЛИЧЕСТВО ЭКСТРАГИРУЕМОГО
ХЛОПКОВОГО
МАСЛА
В
ПРОЦЕССЕ
НА
КАЧЕСТВО
ВЫСОКОТЕМПЕРАТУРНОЙ
НЕЙТРАЛИЗАЦИИ
РАФИНИРОВАННОГО
МАСЛА //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 75-77.
12.
Podvalova V. et al. Analysis of Consumer Preferences and Veterinary and Sanitary
Evaluation of the Cooked Sausages Quality Produced by Primorsk Manufacturers
//International
Scientific
Conference
on
Agricultural
Machinery
Industry
“Interagromash"”. – Cham: Springer International Publishing, 2022. – С. 1743-1750.
