SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATIDA BADIIY YUKSALISH TADRIJI

Annotasiya

Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyid she`riyatining turli davrlardagi o’zgarishlari xususan, tuyg’ularning she’rga ko’chgan tasvirlari, ma’noviy teranlashish tadrijiy asosda tahlil qilingan.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
Bilim sohasi

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xoliyorova , A. . (2025). SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATIDA BADIIY YUKSALISH TADRIJI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 4(8), 52–54. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/133040
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyid she`riyatining turli davrlardagi o’zgarishlari xususan, tuyg’ularning she’rga ko’chgan tasvirlari, ma’noviy teranlashish tadrijiy asosda tahlil qilingan.


background image

52

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

SIROJIDDIN SAYYID SHE’RIYATIDA BADIIY YUKSALISH TADRIJI

Xoliyorova Aziza Alixonovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.16787904

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Sirojiddin Sayyid she`riyatining turli davrlardagi

o’zgarishlari xususan, tuyg’ularning she’rga ko’chgan tasvirlari, ma’noviy teranlashish tadrijiy

asosda tahlil qilingan.

Kalit so`zlar:

Inson, dunyoqarash, ijod, tahlil va talqin, ruhiyat, individuallik, badiiy

bo`yoqdorlik, voqelantirish, idrok etish, tashbeh, darajalanish.

THE PROCRESS OF ARTISTIC DEVELOPMEND IN THE POETRY OF SIROJIDDIN

SAYYID

Annotation.

This article analyzes the unique features of Sirojiddin Sayyid`s poetry, the

world of man and life concepts through artistic thought.

Keywords:

Human, worldview, creativity, analysis and interpretation, spirituality,

individuality, artistic expression, metaphor.

РАЗВИТИЕ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ПОДЬЕМА В ПОЭЗИИ СИРОДЖИДДИНА

САЙЙИДА

Аннотация.

В этой статье анализируются особенности поэзии Сироджиддина

Саййида, его представления о мире, человеке и жизни посредством художественного
мышления.

Ключевые слова:

Человек, мировоззрение, творчество, анализ и интерпретация,

психика, индивидуальность, метафора.


Dunyoda har bir mavjudodning o`z tug`lish vaqti, yashash sharoiti hamda o`z makoni

bo`ladi. Masalan kapalak gul-u gulzorda, chumoli tuproqda, baliq suvda tug`ilgani kabi.

Ularning makoni ham bir-biridan farqli. Ijodkor shaxsi ham har qanday inson kabi

muayyan zamon-u makonda tug`uladi. Dunyoqarashi o`sha muhitda shakllanadi, rivoj topadi.

Ijodkor yaratgan asarlar aniq ijtimoiy-tarixiy kontekst bilan qattiq bog`langan bo`ladi.
Ammo shunday ijodkorlar borki, ularni davr emas, ular davrni yaratadi.
Adabiyotshunoslik mana shu holni doim kuzatib, olimlar esa bu jarayonni o`z ilmiy

asarlarida izohlab kelishadi. Yozuvchi yoki shoirning o`z asarlarida ilgari surgan g`oyalari, o`zi
yashayotgan jamiyat qonun-qoidalariga mos va ayni vaqtda buning butunlay aksi bo`lishi ham
mumkin. Chinakam shoirlikni, adabiyotni o`ziga qismat deb biluvchi ijodkorlar dunyoni oddiy

insonga qaraganda ancha boshqacha ranglarda ko`radi. “Ismsiz tuyg`ularda” his qiladi. Buni
Sirojiddin Sayyid she`riyati misolida ko’ramiz.

Olis kechinmalar qa`rida

U men ko`rolmagan bir nurdir

Yo’llar hayqirig’I bag’rida

U-

men yasholmagan umrdir…

1

Sirojiddin Sayyid ijodi buyuk bir cho`qqi kabi osmonlarga bo`y bergan bir ijoddir. Har

qanday tog`ning tepasiga yo`l uning etagidan boshlangani kabi d ushbu maqolada mana shu
ijodiy yuksalish kategoriyasini tahlil qilmoqchiman. Shoirning ikki jildlik tanlangan asarlarini
asosiy obyekt sifatida oldim.

Ijodkorning dastlabki she`rlari asosan tabiat, bolalik,

sog’inch,

o’smirlik haqidagi motivatsion ruhdagi she`rlardir.

1

Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1

-jild.-

T.:”Sharq”,2008.

-22 b


background image

53

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Bu she`rlarda asosan baxt, yuksak manzillarni ko`zlagan inson, uning mashaqqatli yo`li,

bolalikni qo`msash,

orzular haqida so`z boradi. “Eski uy”, “Bolalik daraxti”, “Bolalik”,

“Sog’inch”, “Quyosh qizi”, “Tungi o’rimdan so’ng”, “O’smirlik” ushbu she`rlar shular

jumlasidandir.

Bu yog’i… qanotning keragi yo’qdir

Bu yog’i jimgina yonguvchi olov.

Sevgilim, oldinda neki manzil bor,

Yuraklarning o`zi yetkazar yayov.

2

Shoir ushbu jumlalar orqali o`zi uchun o`zi bashorat qilayotgandek go`yo. U mana shu

mashaqatli yo`lga tayyordek. U buning uchun barcha qiyinchiliklar, iztiroblarga ko`z yumadi.

O`z yo`lini olovli yo`l ekanligini va bu yo’lga muhabbat bilan yayov chiqqanligini

ta`kidlaydi. Keyingi she`rlarda tabiat bilan bog`liq uyg`unlik,baxt yaqqol ko`zga tashlanadi.

Bahor payti asta silkinib,

Tuyg’ularing ko’targanda bosh

Qutlar seni birinchi bo’lib

Erta kirib kelgan qaldirg’och

3

Keying yillarda shoir ijodida eng go’zal tuyg`u muhabbat bo’y ko’rsata boshladi. Balkim

bu she’rlar shoirning buyuk dostonlariga yo’l ochgan debochadir. Dastlab ushbu tuyg`u bilan

bedor oshiq holi tasvirlangan she`rdan so`ng, shoir ijodiga iztirobli sevgi, topish va yo`qotish,
muhabbatni manguga his qilish kabi tuyg`ular kirib keldi.

Sen yig’lading,

Mendan yuz o’girdi quvonchlar.

Sen yig’lading,

Tonglarim bo’g’zida qoldi quyoshlar.

Sen yig’lading,

Yulduzlar o’chdi.

Men bo’lsa ishq dedim ming bora

Ishq deb shafaqlarga qaradim,
Shafaqlar-qora.

4

Sirojiddin Sayyidning she`rlarida vatanga bo`lgan muhabbatning nafis ranglarini ham

ko’rishimiz mumkin. Shoirning o`ziga xos ijodi shundan iboratki ijodkorning she’rlari oddiy

xalqa yaqin, u alohida auditoriya tanlamaydi. Shuning uchun ham yuraklarga tez yetib bora
oladi.

Ijodkor oddiy shunday quyma satrlar yaratganki, ular bugun xalqimiz tomonidan yod

bo`lib ketgan. “Vatan abadiy” she`ri aynan fikrim dalilidir.

Sirojiddin Sayyidning 2003-

yilda yozilgan “Yoshlik.

Bahor.

Muhabbat” she’rida hayot,

umr, dunyo haqidagi tushunchalar umumlashib,

tuyg’ular ham teranlashadi. She’r go’yo kuydek

yangraydi. Shoir kichik misralarga tog’dek ma’no joylaydi. Bu ham ijodkorning tengsiz
mahoratining bir ko’rinishidir.

Asrlar bor-

ro’yoday,

Fasllar bor

muvaqqat.

2

Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1

-jild.-

T.:”Sharq”,2008.

-18 b

3

Sirojiddin Sayyid. So’z:

yo’li Tanlangn asaarlar.1

-jild.-

T.:”Sharq”,2008.

-21 b

4

Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1

-jild.-

T.:”Sharq”,2008.

-41 b


background image

54

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 7

Doim zangor daryoday
Yoshlik.Bahor. Muhabbat.

…………………………..

Dunyo archasi yolg’on

Qancha-

qanchasi yolg’on.

Shudir yodimda qolgan
Yoshlik. Bahor. Muhabbat.

5

Har bir ijodkorning hech qachon bitmaydigan va eskirmaydigan, har bir kitobxonning

ham hamisha yuragiga eng yaqin mavzu bu-muhabbat. Muhabbat haqidagi she`rlar qaysi davrda
va qanday makonda yozilishidan qat`iynazar eng yangisi va eng betakrori bo`lib qolaveradi.

Yoshlik va bahor esa muhabbatning osmonga chorlagan qanotlardek go’yo. She`rni tahlil

qilish juda muhim jarayondir. Bu jarayonda shoir shaxsi muhim ahamiyatga ega. Chunki she`rda
shoir ruhiyati, unda kechayotgan iztirob, hasrat, iqror, istak eng nozik qalb shivirlarigacha o`z

aksini topadi. Bu jarayonga Abdulla Oripov o`z asarlarida shunday ta`rif beradi:” Qaysidir shoir

ijodiga baho berayotganda faqat uning, ya`ni aynan bir shoirning ruhiy qiyofasidan turib qarash
kerak. Mahorati mukammal, fikri tiniq ijodkorning qaysi mavzuda bo`lsin yozgan asari kitobxon
qalbiga, albatta yetib boradi. Shu ma`noda yuksak pafosning ham, quloq ilg`amas lirik
entikishlari ham o`z betakror qadru qimmati,

sehru jodusi mavjud”.

6

Darhaqiqat, inson uning

tuyg`ulari turfa ranglarda jilolanadi. Uning qalbi, ruhiyati kardiogramma kabi doim turli

chiziqlar izmida. Balandlik va pastlik… hamda bu tabiiy jarayon . Qachonki yurak to`xtasa,
kardiogramma ham bir chiziqqa aylanadi. Xuddi inson kabi… Sevgi , muhabbat bu eng go`zal

tuyg`ular. Har bir insonning yuragida muhabbatning eng kichik bo`lsada uchqunlari bo`ladi.

Ba`zan shunday she`rlar bo`ladiki, o`sha she`rni o`qish ham bu uchqunni alangalatib

yuboradi. Sirojiddin Sayyid she’rlari ham xuddi shunday olov she’rlardir. Uning ijodi ijtimoiy,

iqtisodiy, ma`naviy, ruhiy, sotsial taraqqiyot va tarixda o`ziga xos va o`z yo`liga ega bo`lgan
ijoddir. Bu yo`lda borliq va uning Yaratuvchisi, inson va tabiatning munosabatlari, umr, umrning
lahzalik nafasi, olamning soat kabi aylanuvchi va hisob-kitob qiluvchi kafgiri, zamon va makon,
dunyo va insonning mohiyatni anglash jarayonidagi o`rni, inson yuragidagi eng kichik
tomchilardan eng buyuk evrilishlargacha barchasi o`z aksini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

1.

D.Quronov. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: Akademnashr.2018.

2.

Q.Yo`ldoshev. Yoniq so`z.-Toshkent: Yangi asr avlodi,2006.

3.

B.Karim. Ruhiyat alifbosi. - Toshkent: G`afur G`ulom,2017.

4.

U.Normatov. Ijod sehri. -Toshkent.: Sharq, 2007.

5.

S.Sayyid. Qaldirg`ochga ber ayvonlaringni. -Toshkent.: Sharq,2005.

6.

S.Sayyid.So`z yo`li. Tanlangan asarlar. 1-jild.-Toshkent.: Sharq,2008.

5

Sirojiddin Sayyid. So’z yo’li:Tanlangan asarlar.1

-jild.-

T.:”Sharq”,2008.

-341 b

6

Oripov A. Tanlangan asarlar.7-jild.

T.,Sharq NMIU,2013.226-b.

Bibliografik manbalar

D.Quronov. Adabiyot nazariyasi. - Toshkent: Akademnashr.2018.

Q.Yo`ldoshev. Yoniq so`z.-Toshkent: Yangi asr avlodi,2006.

B.Karim. Ruhiyat alifbosi. - Toshkent: G`afur G`ulom,2017.

U.Normatov. Ijod sehri. -Toshkent.: Sharq, 2007.

S.Sayyid. Qaldirg`ochga ber ayvonlaringni. -Toshkent.: Sharq,2005.

S.Sayyid.So`z yo`li. Tanlangan asarlar. 1-jild.-Toshkent.: Sharq,2008.