UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA, GEODEZIYA SOHALARIDGI HOZIRGI O‘RNI VA KELAJAKDAGI RIVOJI

Аннотация

Данная статья анализирует применение беспилотных летательных аппаратов (БПЛА) в картографии и геодезии, их преимущества и будущее развитие. С помощью БПЛА можно создавать точные карты, обновлять топографические данные, проводить геодезические измерения и осуществлять экологический мониторинг. В статье рассматривается, как использование БПЛА с высокоточным оборудованием, такими как камеры, системы LiDAR и GPS, позволяет быстро и эффективно собирать данные, а также обсуждаются преимущества по сравнению с традиционными методами. Также рассматриваются показатели роста применения БПЛА в картографии и геодезии, а также экономическая эффективность их использования.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Мустафоев E. (2025). UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA, GEODEZIYA SOHALARIDGI HOZIRGI O‘RNI VA KELAJAKDAGI RIVOJI. Современная наука и исследования, 4(11), 231–238. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/139127
0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Данная статья анализирует применение беспилотных летательных аппаратов (БПЛА) в картографии и геодезии, их преимущества и будущее развитие. С помощью БПЛА можно создавать точные карты, обновлять топографические данные, проводить геодезические измерения и осуществлять экологический мониторинг. В статье рассматривается, как использование БПЛА с высокоточным оборудованием, такими как камеры, системы LiDAR и GPS, позволяет быстро и эффективно собирать данные, а также обсуждаются преимущества по сравнению с традиционными методами. Также рассматриваются показатели роста применения БПЛА в картографии и геодезии, а также экономическая эффективность их использования.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

UCHUVCHISIZ UCHISH APPARATLARINI KARTOGRAFIYA, GEODEZIYA

SOHALARIDGI HOZIRGI O‘RNI VA KELAJAKDAGI RIVOJI

Mustafoyev Elnur Nurbek o’g’li

Toshkent Davlat Transport Universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17554694

Annotatsiya

. Ushbu maqola uchuvchisiz uchish apparatlari (UUA) ning kartografiya va

geodeziya sohalaridagi qo‘llanilishini, ularning afzalliklarini va kelajakdagi rivojlanishini tahlil
qiladi. UUAlar yordamida yer yuzasining aniq xaritalarini yaratish, topografik xaritalarni
yangilash, geodezik o‘lchovlar o‘tkazish va ekologik monitoringni amalga oshirish imkoniyatlari
mavjud. Maqolada UUA-larning yuqori aniqlikdagi kameralar, LiDAR tizimlari va GPS
tizimlari yordamida qanday qilib tez va samarali ma'lumot olish mumkinligi, shuningdek,
an’anaviy usullar bilan solishtirganda ular taqdim etadigan afzalliklar muhokama qilinadi.

Bunda, UUAlarning kartografiya va geodeziya sohalaridagi o‘sish ko‘rsatkichlari va

iqtisodiy samaradorligi ham ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

UUAlar, kartografiya, geodeziya, aerofotogrammetriya, LiDAR, GPS,

topografik xaritalar, geodezik aniqlik, raqamli yuzey modellari (DSM), yuqori aniqlikdagi
kameralar, ekologik monitoring, tabiiy ofatlar, GIS tizimlari, shahar qurilishi, innovatsiyalar.

Аннотация.

Данная статья анализирует применение беспилотных летательных

аппаратов (БПЛА) в картографии и геодезии, их преимущества и будущее развитие. С
помощью БПЛА можно создавать точные карты, обновлять топографические данные,
проводить геодезические измерения и осуществлять экологический мониторинг. В
статье рассматривается, как использование БПЛА с высокоточным оборудованием,
такими как камеры, системы LiDAR и GPS, позволяет быстро и эффективно собирать
данные, а также обсуждаются преимущества по сравнению с традиционными
методами. Также рассматриваются показатели роста применения БПЛА в
картографии и геодезии, а также экономическая эффективность их использования.

Ключевые слова:

БПЛА, картография, геодезия, аэрофотограмметрия, LiDAR,

GPS, топографические карты, геодезическая точность, цифровые модели поверхности
(DSM), камеры высокого разрешения, экологический мониторинг, природные
катастрофы, системы ГИС, городское строительство, инновации.

Annotation.

This article analyzes the application of Unmanned Aerial Vehicles (UAV) in

cartography and geodesy, highlighting their advantages and future development. UAVs enable
the creation of accurate maps, updating topographic data, conducting geodetic measurements,
and carrying out ecological monitoring. The article discusses how UAVs equipped with high-
precision cameras, LiDAR systems, and GPS technology allow for quick and efficient data
collection, as well as the advantages they provide over traditional methods. Additionally, the
growth indicators of UAV usage in cartography and geodesy, along with their economic
efficiency, are also examined.

Keywords:

UAVs, cartography, geodesy, aerophotogrammetry, LiDAR, GPS,

topographic maps, geodetic accuracy, digital surface models (DSM), high-resolution cameras,
ecological monitoring, natural disasters, GIS systems, urban planning, innovations.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

232

Kirish:

Kartografiya va geodeziya sohalarida uchuvchisiz uchish apparatlari (UUAlar)

texnologiyasining roli tobora ortib bormoqda. UUA-lar yer yuzasining aniq xaritalarini yaratish,
topografik xaritalarni yangilash, geodezik o‘lchovlar va ekologik monitoring kabi jarayonlarni
soddalashtirib, vaqtni tejash imkonini beradi. Bu texnologiyalar, o‘zining yuqori aniqligi va
tezkor ishlash imkoniyatlari bilan, an'anaviy usullarga nisbatan katta afzalliklar taqdim etadi.

Ushbu maqola UUAlarning kartografiya va geodeziya sohalarida qo‘llanilishini, ularning

rivojlanishini va kelajakdagi innovatsiyalarni ko‘rib chiqadi.

Kartografiya sohasida UUAlardan foydalanish:

UUAlar kartografiya va geodeziya

sohalarida juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, ular yer yuzasining aniq xaritalarini yaratish,
o‘lchovlar qilish va topografik xaritalarni yangilash kabi turli vazifalarda qo‘llaniladi[1]. Ular
yordamida olingan ma'lumotlar juda yuqori aniqlikda va bu jihat aniq hamda ishonchli xaritalar
yaratishga ko‘makdosh bo‘ladi. Shuningdek yuqori aniqlikdagi kameralar bilan jihozlangan
UUA katta hududlarning yuqori sifatli tasvirlarini olishga imkon beradi[3]. Ular bilan bir necha
soat ichida keng hududlarni kuzatish va xaritalash xususiyatlariga ega. Bu tezlik, an'anaviy
usullar bilan solishtirganda juda katta afzallikdir, chunki UUAlar bilan ma'lumot olish jarayoni
bir necha kun yoki haftalarni talab qilmaydi[4]. UUAlar ko‘pincha yuqori aniqlikdagi kamera,
LiDAR (Light Detection and Ranging - bu lazer nurlari yordamida masofa o‘lchash va
ob'ektlarning 3D tasvirlarini yaratish texnologiyasidir) tizimlari yoki multispektral sensorlarga
bila jihozlangan bo‘ladi, bu esa 5-10 sm geodezik aniqlikda topografik xaritalar yaratish
imkonini beradi[7]. UUAlar bilan yana raqamli Yuzey Modellarini (Yuzey modeli (DSM) — bu
yer yuzasining raqamli tasviri bo‘lib, unda binolar, daraxtlar kabi ob'ektlar va erning yuqori
sathlari ko‘rsatiladi.) yaratish (DSM-Digital Surface Model) yaratish mumkin. Bu modellar
geografik hududlarning uch o‘lchovli tasvirlarini taqdim etadi va topografik xaritalar yaratishda
foydalidir[5.10]. Bunday xaritalar yerning balandlik va pastlik joylarini, tog‘lar va daryolar kabi
tabiiy obyektlarni aniq tasvirlashga yordam beradi. UUAlar yordamida yer yuzasining
morfologiyasini va o‘zgarishlarini aniqlash ancha osonlashadi.

Bunday

holatda

geodezik

aniqlikni ta'minlash uchun GPS va boshqa navigatsiya tizimlaridan foydalaniladi. UUAlar GPS
tizimlari yordamida bir necha santimetr darajasida aniqlikni ta'minlashi mumkin [9].

Ular

yordamida harakatlanuvchi va noqulay hududlarni kuzatish imkoniyati mavjud. Masalan,
o‘rmonlar, tog‘lar, suv havzalari kabi hududlarda kartografik monitoringni amalga oshirish
uchun UUAlar samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, ekologik monitoring va tabiiy
ofatlarni kuzatishda ham foydalidir.

UUAlari yordamida kartografiya va geodeziyada amalga oshirilgan ishlar salmog‘i:

Dunyodagi kartografiya va geodeziya sohasida UUAlar yordamida amalga oshiriladigan

ishlar tobora kengayib, o‘sib bormoqda. Oxirgi 5 yil (2020-2024- yillar oralig‘ida) ichida bu
texnologiyalardan foydalanishning o‘sishi tahminan 30-40% ni tashkil etadi. Bu esa UUAlarning
kartografiya sohasidagi samaradorligini va imkoniyatlarini yanada oshiradi. Bu ulush
kartografiya va geodeziyaning tahminan 25-30% tashkil qiladi. Buni global miqyosda ko‘rsak
quyidagicha bo‘ladi:


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

233

1-jadval

UUAlardan geodeziya va kartografiya sohasida foydalanishning global o‘sish
ko‘rsatkichi

Kartografiya va geodeziya ishlarini amalga oshirishda iqtisodiy samaradorlik:

UUAning xizmat narxi bu sohada

texnik vositalar

va

ularni qo‘llash

sharoitlariga qarab farq

qiladi. Ular yordamida amalga oshirilgan o‘lchovlar, aerofotogrammetriya, LIDAR va GIS
xizmatlari narxi odatda yuqori bo‘ladi. Kartografiya va geodeziya ishlari uchun UUAlar,
samolyotlar va vertolyotlarni taqqoslash jadvali quyidagicha bo‘lishi mumkin. Keling 1 km² ni
hisoblashdagi harajatlarni ko‘rib chiqaylik.

2-jadval

Yil

O‘sish %

2020

12.5 %

2021

17.5 %

2022

22.5 %

2023

27.5 %

2024

42.5 %

UUA

Samolyot

Vertalyot

Aerofotoamme

triya

Vaqt

3–4 soat

1–2 soat

2–3 soat

Mablag‘

$200 – $400

$800 – $1,500

$1,000 – $2,000

DJI Phantom 4 RTK, DJI Matrice 300

RTK

Cessna 172, Piper

Navajo, King Air

Bell 407,

Eurocopter AS350

Xarita yaratish

Vaqt

4–5 soat

2–3 soat

3–4 soat

Mablag‘

$300 – $500

$1,200 – $2,500

$1,500 – $2,500

DJI Matrice 600, SenseFly eBee X

Beech craft Bonanza,

Cessna 208

Sikorsky S-76,

Airbus H125

LIDAR tizimi

orqali

xaritalash

Vaqt

6–7 soat (LIDAR)

4–5 soat

5–6 soat

Mablag‘

$1,000 – $2,000

$3,000 – $5,000

$4,000 – $6,000

DJI Matrice 300 RTK LIDAR, RIEGL

VUX-1

Cessna 208B Grand

Caravan LIDAR

Bell 407 LIDAR,

AS350 LIDAR

Yuqori

aniqlikdagi

ma'lumotlar

Vaqt

4–5 soat

2–3 soat

3–4 soat

Mablag‘

$400 –

$600

$1,500 – $3,000

$2,000 –

$4,000

DJI Phantom 4 RTK, SenseFly

eBee RTK

Piper Navajo,

Cessna 172

Bell 206,

Robinson R66


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

234

Kartografiya va geodeziya ishlari uchun UUAlar, samolyotlar va vertolyotlarni

taqqoslash jadvali

Aerofotogrammetriya
Uchuvchisiz uchish apparati (UUA): UUA-lar aerofotogrammetriya uchun samarali va

arzon variant hisoblanadi. DJI Phantom 4 RTK va DJI Matrice 300 RTK dronlari yuqori
aniqlikdagi tasvirlarni to‘plab, hududni raqamli modelga aylantirish imkonini beradi.

DJI Phantom 4 RTK DJI Matrice 300 RTK

Bunday usul kichik va o‘rta hududlar uchun mos bo‘lib, 3-4 soat ichida to‘liq tasvirlarni

olish mumkin. Xarajatlar $200–$400 atrofida bo‘lib, bu an’anaviy usullarga qaraganda ancha
arzon.

Samolyot: Cessna 172, Piper Navajo, King Air kabi samolyotlar aerofotogrammetriya

uchun ishlatiladi.

Cessna 172

Piper Navajo


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

235

King Air

Ular bir martada kengroq hududni skanerlash imkonini beradi va 1-2 soat ichida katta

maydonlarni qamrab olishi mumkin. Ushbu usulning afzalligi—uzoq masofalarga parvoz qilish
imkoniyati va ob-havo sharoitlariga kamroq bog‘liqlik. Ammo xarajatlar UUA-ga qaraganda
yuqori ($800–$1,500).

Vertolyot: Vertolyotlar (Bell 407, Eurocopter AS350) pastroq balandlikda barqaror

suratga olishga imkon beradi.

Bell 407 Eurocopter AS350

Ular harakatlanish erkinligi bilan ajralib turadi va qiyin relyef sharoitlarida ham aniq

tasvirlar olishga yordam beradi. Aerofotogrammetriya vertolyot yordamida 2-3 soat ichida
amalga oshiriladi. Lekin, ekspluatatsiya xarajatlari yuqori bo‘lib, $1,000–$2,000 oralig‘ida.

Xarita Yaratish
Uchuvchisiz uchish apparati (UUA): Xaritalash uchun DJI Matrice 600 va SenseFly eBee

X kabi UUA-lar ishlatiladi. Dronlar yuqori aniqlikdagi tasvirlarni olish va GPS koordinatalari
bilan sinxronlashtirish orqali raqamli xaritalarni yaratishga yordam beradi. Ushbu usul 4-5 soat
davom etadi va $300–$500 xarajat talab qiladi.

Samolyot: Samolyot yordamida xaritalash Beechcraft Bonanza va Cessna 208 kabi

samolyotlar yordamida amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

236

Bu usul UUA-ga qaraganda katta hududlarni qamrab oladi va 2-3 soat ichida ma’lumot

to‘plash mumkin. Biroq, xarajatlar $1,200–$2,500 oralig‘ida bo‘lib, bu dronlarga nisbatan ancha
qimmat.

Vertolyot: Sikorsky S-76 va Airbus H125 vertolyotlari xaritalash jarayonida ishlatiladi.

Vertolyotlarning eng katta afzalligi—murakkab hududlarda ham yuqori aniqlikda tasvir olish
imkoniyati. Xaritalash jarayoni 3-4 soat davom etadi va $1,500–$2,500 xarajat talab etadi.

LIDAR Tizimi Orqali Xaritalash
Uchuvchisiz uchish apparati (UUA): LIDAR texnologiyasi orqali xaritalash aniq relyef

modellari yaratishda qo‘llaniladi. DJI Matrice 300 RTK LIDAR va RIEGL VUX-1 kabi tizimlar
yordamida LIDAR skanerlash 6-7 soat davom etadi. Xarajatlar $1,000–$2,000 atrofida bo‘lib, bu
kichik va o‘rta hududlar uchun eng tejamkor variant hisoblanadi.

Samolyot: Samolyotlar (Cessna 208B Grand Caravan LIDAR) yordamida LIDAR

xaritalash katta maydonlarni qamrab olish imkonini beradi. Ushbu usulning asosiy afzalligi—
tezkor skanerlash va katta hududni bir martada o‘lchash. LIDAR skanerlash 4-5 soat davom
etadi, ammo xarajatlar $3,000–$5,000 oralig‘ida bo‘lib, dronlardan ancha qimmat.

Vertolyot: Vertolyotlar (Bell 407 LIDAR, AS350 LIDAR) murakkab relyefli hududlarni

LIDAR orqali skanerlash uchun ishlatiladi. Ushbu usulning eng katta afzalligi—relyefni chuqur
o‘rganish va noqulay joylarni ham aniq o‘lchash. Vertolyot LIDAR xaritalash 5-6 soat davom
etadi va $4,000–$6,000 xarajat talab qiladi.

Yuqori Aniqlikdagi Ma’lumotlar Olish
Uchuvchisiz uchish apparati (UUA): DJI Phantom 4 RTK va SenseFly eBee RTK kabi

dronlar yuqori aniqlikdagi ma’lumotlarni yig‘ish uchun ishlatiladi. Ushbu usul 4-5 soat davom
etadi va $400–$600 xarajat talab qiladi. Eng katta afzalliklari—tezkor natijalar va past narx.

Samolyot: Piper Navajo va Cessna 172 samolyotlari yordamida yuqori aniqlikdagi

aerotasvirlar olinadi. Ushbu usul 2-3 soat davom etadi, ammo xarajatlar $1,500–$3,000 atrofida
bo‘lib, dronlarga qaraganda qimmatroq.

Vertolyot: Bell 206 va Robinson R66 kabi vertolyotlar real vaqtda yuqori aniqlikdagi

tasvirlarni olishga imkon beradi. Ular eng yuqori aniqlikdagi tasvirlarni taqdim etishi mumkin,
ammo xarajatlar $2,000–$4,000 oralig‘ida bo‘lib, boshqa usullarga qaraganda qimmat
hisoblanadi.

Kartografiya va geodeziya sohasida UUAlarni rivoji:

UUAlar kartografiya va geodeziya sohasida yer yuzasini xaritalash, o‘lchovlar qilish, va

topografik xaritalarni yangilashda yangiliklar kiritmoqda. Ular yuqori aniqlikdagi tasvirlar olish,
katta hududlarni tez va samarali o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. UUAlar yordamida
olinadigan ma'lumotlar aniq va ishonchli xaritalarni yaratishga yordam beradi. Yaqin kelajakda
ushbu texnologiyalarning rivojlanishi quyidagi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarga olib keladi.

Avtonom UUAlarni Texnologik takomillashtirish

: UUAlar yanada avtonom bo‘lishi va

sun'iy intellekt yordamida xaritalash jarayonlarini avtomatlashtirish kutilmoqda. Bu UUAlarni
o‘rganilayotgan hududlar bo‘ylab avtonom tarzda olib borish imkonini yaratadi. AI (sun'iy
intellekt) yordamida olingan ma'lumotlar tezda tahlil qilinadi, xatoliklar aniqlanadi va
yangilanishlar avtomatik tarzda amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

237

Yuqori aniqlikdag LiDAR texnologiyalari

:

LiDAR tizimlari yordamida yuqori

aniqlikdagi 3D ma'lumotlar olish imkoniyatlari yanada rivojlanadi. Bu texnologiya UUAlar bilan
birlashtirilgan holda, qiyin o’rganiladigan hududlarda ham o‘lchovlarni aniq olib, kompleks 3D
modellarni yaratishda keng qo‘llaniladi. LiDARning takomillanishi tufayli, topografik xaritalarni
yaratish yanada aniq va samarali bo‘ladi.

Raqamli xaritalar va GIS tizimlari

:

UUAlar tomonidan yig‘ilgan ma'lumotlar GIS

(Geografik Axborot Tizimlari) platformalariga uzatiladi, bu esa xaritalarni doimiy ravishda
yangilab turish imkonini beradi. Raqamli xaritalar va 3D modellar mobil ilovalarda interaktiv
tarzda namoyish etiladi, bu esa foydalanuvchilarga real vaqtda hududlar haqida aniq tasavvurlar
yaratishga yordam beradi.

Shahar qurilishini rejalashtirish va infratuzilmali monitoring

:

UUAlar shahar

infratuzilmasini, transport tizimlarini va qurilish maydonlarini tezda kuzatish imkoniyatini
beradi. 3D modellar va yuqori aniqlikdagi xaritalar yordamida rejalashtirish, o‘zgarishlarni tezda
aniqlash va natijalarni tahlil qilishda samarali ishlatiladi.

Raqamli y

uzey modellarini

(DSM) yaratish:

UUAlar yordamida raqamli yuzey

modellari (DSM) yaratish texnologiyasi rivojlanib, yerning balandlik va pastlik joylari haqida
aniq ma'lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Bu model va ma'lumotlar yer resurslarini
boshqarish, qishloq xo‘jaligi va tabiiy boyliklar monitoringi uchun muhim ahamiyatga ega.

Innovatsiyalar va yangi mutaxassisliklar

:

UUAlar yordamida yangi tarmoq va xizmatlar

paydo bo‘ladi. UUA operatorlari va tahlilchilarining malakasi va bilimlarini rivojlantirishga
ehtiyoj ortadi. Bu, o‘z navbatida, ta'lim tizimini yangilash va yangi mutaxassislar tayyorlashni
talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati.

1.

Geodesy, Cartography and Aerial Photography

https://www.academia.edu/74492522/Geodesy_Cartography_and_Aerial_Photography?n
av_from=2d37b488-07f0-4bdd-8f0c-56d59e321196

2.

Haletskyi V., Hlotov V., Kolesnichenko V., Prokhorchuk O., Tserklevych A. Analiz

eksperymentalnykh robit z storennia velykomasshtabnykh planiv silskykh naselenykh
punktiv pry zastosuvanni BPLA. [Analysis of experimental work on the creation of large-
scale plans of rural areas in the application of UAVs] Geodesy, cartography and aerial
photography. Vol. 76, 2012, pp. 85-93.

3.

Unmanned Aerial Photogrammetric Systems in the Service of Engineering

Geodesy:

https://www.academia.edu/31036423/Unmanned_Aerial_Photogrammetric_Sys

tems_in_the_Service_of_Engineering_Geodesy

4.

A Simple Aerial Photogrammetric Mapping System Overview and Image Acquisition

Using

Unmanned

Aerial

Vehicles

(UAVs).

https://www.academia.edu/33239219/Simple_Aerial_Photogrammetric_Mapping_Syste
m_Overview_and_Image_Acquisition_Using_Unmanned_Aerial_Vehicles_UAVs_?nav
_from=91147533-b1e1-48e7-9b54-81d710b291bc

5.

Accuracy Assessment of UAV photogrammetry for Large Scale Topographic

Mapping.

https://www.academia.edu/42859040/Accuracy_Assessment_of_UAV_photogr

ammetry_for_Large_Scale_Topographic_Mapping?nav_from=863e56d4-4a5c-4d8c-
b9c9-a4a6f931660a


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

238

6.

G. Konecny, Geoinformation: Remote Sensing, Photogrammetry, and Geographic

Information System, 2nd ed. Florida, USA: CRC Press, 2014.

7.

Wallace, L.; Lucieer, A.; Watson, C.; Turner, D. Development of a UAV-LiDAR System

with Application to Forest Inventory. Remote Sens., 4, 2012, 1519-1543

8.

Integration of Unmaned Aerial Vehicle Data With Geographical Information

Systems.

https://www.academia.edu/48188413/Integration_of_Unmanned_Aerial_Vehicl

e_Data_with_Geographical_Information_Systems?nav_from=45708104-d7c2-4568-
92f2-42e1e8a18649

9.

Foerstner, W., Steffen, R., 2007: Online geocoding and evaluation of large scale imagery

without GPS. Proc. Photogrammetric Week 207, pp. 243-253.

10.

UAV photogrammetry for mapping and 3D modeling-Current status and future

perspectives.

https://www.academia.edu/2452630/UAV_photogrammetry_for_ma

ping_and_3D_modeling_current_status_and_future_perspectives_?nav_from=8a32ecaf-
5ea7-4d40-93b7-d21dc6ad0d80

Библиографические ссылки

Geodesy, Cartography and Aerial Photography

https://www.academia.edu/74492522/Geodesy_Cartography_and_Aerial_Photography?nav_from=2d37b488-07f0-4bdd-8f0c-56d59e321196

Haletskyi V., Hlotov V., Kolesnichenko V., Prokhorchuk O., Tserklevych A. Analiz eksperymentalnykh robit z storennia velykomasshtabnykh planiv silskykh naselenykh punktiv pry zastosuvanni BPLA. [Analysis of experimental work on the creation of large-scale plans of rural areas in the application of UAVs] Geodesy, cartography and aerial photography. Vol. 76, 2012, pp. 85-93.

Unmanned Aerial Photogrammetric Systems in the Service of Engineering Geodesy:https://www.academia.edu/31036423/Unmanned_Aerial_Photogrammetric_Systems_in_the_Service_of_Engineering_Geodesy

A Simple Aerial Photogrammetric Mapping System Overview and Image Acquisition Using Unmanned Aerial Vehicles (UAVs). https://www.academia.edu/33239219/Simple_Aerial_Photogrammetric_Mapping_System_Overview_and_Image_Acquisition_Using_Unmanned_Aerial_Vehicles_UAVs_?nav_from=91147533-b1e1-48e7-9b54-81d710b291bc

Accuracy Assessment of UAV photogrammetry for Large Scale Topographic Mapping.https://www.academia.edu/42859040/Accuracy_Assessment_of_UAV_photogrammetry_for_Large_Scale_Topographic_Mapping?nav_from=863e56d4-4a5c-4d8c-b9c9-a4a6f931660a

G. Konecny, Geoinformation: Remote Sensing, Photogrammetry, and Geographic Information System, 2nd ed. Florida, USA: CRC Press, 2014.

Wallace, L.; Lucieer, A.; Watson, C.; Turner, D. Development of a UAV-LiDAR System with Application to Forest Inventory. Remote Sens., 4, 2012, 1519-1543

Integration of Unmaned Aerial Vehicle Data With Geographical Information Systems.https://www.academia.edu/48188413/Integration_of_Unmanned_Aerial_Vehicle_Data_with_Geographical_Information_Systems?nav_from=45708104-d7c2-4568-92f2-42e1e8a18649

Foerstner, W., Steffen, R., 2007: Online geocoding and evaluation of large scale imagery without GPS. Proc. Photogrammetric Week 207, pp. 243-253.

UAV photogrammetry for mapping and 3D modeling-Current status and future perspectives.https://www.academia.edu/2452630/UAV_photogrammetry_for_ma ping_and_3D_modeling_current_status_and_future_perspectives_?nav_from=8a32ecaf-5ea7-4d40-93b7-d21dc6ad0d80