575
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
SHOK TURLARI VA DVS SINDROMINING UMUMIY TASNIFI
Choriyeva Ruxshona Mirjonovna
Osiyo Xalqaro Universiteti
Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo`nalishi 3-kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.17646729
Annotatsiya.
Ushbu obzor maqolada shokning patofiziologik mexanizmlari va uning
og‘ir asorati sifatida disseminatsiyalangan tomir ichi ivish (DVS) sindromining rivojlanish
omillari, klinik belgilari hamda oqibatlari tahlil qilindi. Shokning turli etiologik shakllarida
endotelial disfunktsiya, mikrotrombogenez va koagulopatiya rivojlanishi DVS sindromining
asosiy patogenezi sifatida ko‘rsatildi. Maqolada DVSning klinik ko‘rinishlari, laborator
mezonlari, ko‘p a’zoli yetishmovchilik, RDS, buyrak va jigar disfunktsiyasi kabi asoratlari
yoritildi. Shuningdek, patogenezga asoslangan davolash tamoyillari, antikoagulyant terapiya va
qon komponentlarini replasman qilish zaruriyati muhokama qilindi. Shok fonida DVSni erta
tashxislash va intensiv terapiya choralari o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishda hal qiluvchi
ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Kalit so‘zlar:
Shok, DVS sindromi, disseminatsiyalangan tomir ichi ivish,
mikrosirkulyatsiya, koagulopatiya, RDS, intensiv terapiya, trombogenez, endotelial disfunktsiya.
ВИДЫ ШОКА И ОБЩАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ ДВС-СИНДРОМА
Аннотация.
В данной обзорной статье анализируются патофизиологические
механизмы шока и его тяжёлого осложнения — синдрома диссеминированного
внутрисосудистого свертывания (ДВС), включая этиологические факторы, клинические
проявления и последствия. Описаны этиологические виды шока, эндотелиальная
дисфункция,
микротромбогенез
и
развитие
коагулопатии
как
основных
патогенетических факторов ДВС. Также рассматриваются клинические признаки ДВС,
лабораторные показатели, органные дисфункции, такие как почечная и печёночная
недостаточность, РДС и снижение тканевой перфузии. Кроме того, освещены принципы
патогенетически обоснованного лечения, необходимость антикоагулянтной терапии и
замещения компонентов крови. Подчёркивается, что ранняя диагностика ДВС на фоне
шока и интенсивная терапия имеют решающее значение для снижения смертности.
Ключевые слова:
Шок, синдром ДВС, диссеминированное внутрисосудистое
свертывание, микроциркуляция, коагулопатия, РДС, интенсивная терапия, тромбогенез,
эндотелиальная дисфункция.
TYPES OF SHOCK AND GENERAL CLASSIFICATION OF DIC SYNDROME
Abstract
.
This review article analyzes the pathophysiological mechanisms of shock and
its severe complication, disseminated intravascular coagulation (DIC) syndrome, including its
etiological factors, clinical manifestations, and outcomes. The etiological forms of shock,
endothelial dysfunction, microthrombogenesis, and development of coagulopathy as the main
pathogenic factors of DIC syndrome are described. The article also discusses clinical signs of
DIC, laboratory findings, organ dysfunctions such as kidney and liver failure, RDS, and
decreased tissue perfusion. Additionally, principles of pathogenetically based treatment, the
necessity of anticoagulant therapy, and replacement of blood components are reviewed. It is
emphasized that early diagnosis of DIC in the background of shock and intensive therapy plays a
critical role in reducing mortality.
576
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Keywords:
Shock,
DIC
syndrome,
disseminated
intravascular
coagulation,
microcirculation, coagulopathy, RDS, intensive therapy, thrombogenesis, endothelial
dysfunction.
Kirish
Shok – bu organizmning hayotiy muhim organlariga yetarli qon va kislorod yetkazib
berilishining keskin buzilishi bilan kechuvchi o‘tkir patologik holatdir. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, shok intensiv terapiya bo‘limlarida o‘limning asosiy
sabablaridan biri hisoblanadi. Etologiyasiga ko‘ra shok gipovolemik, kardiogen, obstruktiv va
distributiv (septik, anafilaktik, neyrogen) turlarga bo‘linadi. Har qanday shaklning og‘ir kechishi
mikrosirkulyatsiyaning buzilishi, metabolik asidoz va koagulatsiya tizimining izdan chiqishi
bilan murakkablashadi. Eng xavfli asoratlaridan biri – disseminatsiyalangan tomir ichi ivish
(DVS) sindromi bo‘lib, u o‘z vaqtida aniqlanmagan holatlarda ko‘p a’zoli yetishmovchilik va
yuqori letallikka olib kelishi mumkin.
Patogenez:
Shokning davom etishi va gipoperfuziya endotelial disfunktsiyani boshlaydi.
Shikastlangan endoteliy to‘qima tromboplastini, interleykin-1, TNF-alfa va boshqa
sitokinlar ajratadi. Bu prokoagulyatsion yo‘llarni faollashtiradi. Trombotsitlar agregatsiyasi va
trombin hosil bo‘lishi kuchayadi. Antikoagulyatsion tizim (antitrombin III, protein C, protein S)
susayadi. Fibrinoliz mexanizmi bostiriladi. Natijada mikrotomirlar ichida fibrin tromblari hosil
bo‘ladi. Keyingi bosqichda koagulyatsion omillar va trombotsitlar zahirasi tugab, gemorragik
faza paydo bo‘ladi.
Klinik ko‘rinishlar
DVS sindromi yashirin, o‘rtacha yoki fulminant shaklda namoyon bo‘lishi mumkin. Shok
fonida rivojlangan DVS quyidagi belgilar bilan kechadi:
Petexiyalar, ekximozlar, gematomalar
Tish milklaridan, burundan, siydik yo‘llaridan yoki jarrohlik choklaridan qon ketishi
O‘pka shishi, RDS
Arterial bosimning tushishi, taxikardiya
Buyrak faoliyatining buzilishi: oliguriya, anuriya
Jigar disfunksiyasi, ikkilamchi nekrozlar
Markaziy asab tizimi simptomlari (deliriya, koma)
Laborator ko‘rsatkichlar:
PT va APTT uzayishi
Trombositopeniya
Fibrinogenning pasayishi
D-dimer va fibrin parchalanish mahsulotlarining ko‘payishi
Antitrombin III darajasining kamayishi
Periferik qon surtmasida shistotsitlar
Asoratlar
Shokdan keyingi DVS natijasida poliorgan yetishmovchilik rivojlanishi ehtimoli yuqori.
Eng ko‘p uchraydigan asoratlar:
O‘tkir nafas yetishmovchiligi (RDS) – alveolyar kapillyarlarda tromboz va shok o‘pka
sindromi natijasida
O‘tkir buyrak shikastlanishi (OBE) – kortikal nekroz va mikrosirkulyatsiya buzilishi
Jigar nekrozi – gepatotsitlarda ishemiya va toksik metabolitlar to‘planishi
577
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 11
Markaziy asab tizimi zararlanishi – mikroemboliyalar, gipoksiya, koma
Gemorraagik shok – koagulopatiya fonida nazorat qilib bo‘lmaydigan qon ketishlar
Ichki qon quyilishlar – OIT, bo‘g‘imlar, retroperitoneal sohalarda
Davolash yondashuvlari
DVS sindromi kompleks va bosqichma-bosqich davolanishni talab qiladi:
Asosiy sababni bartaraf etish – septik o‘choqni nazorat qilish, qon yo‘qotishni to‘xtatish,
reanimatsion choralar
Gomodinamika barqarorlashtirish – infuzion terapiya, vazopressorlar, kislorod yordami
Antikoagulyantlar – geparin (dastlabki bosqichlarda), past molekulyar geparinlar
Qo‘shimcha qon komponentlari:
Yangi muzlatilgan plazma
Trombotsit massasini qo‘llash
Kriopretsipitat
Organlarga mo‘ljallangan davolash – nefroprotektsiya, sun’iy ventilyatsiya, diuretiklar
Xulosa
Disseminatsiyalangan tomir ichi ivish sindromi shokning eng xavfli va og‘ir asoratidir. U
mikrotrombogenez, koagulopatiya va gemorragik buzilishlar orqali ko‘p a’zoli
yetishmovchilikka olib keladi. Erta tashxis, laborator monitoring va patogenezdalangan intensiv
terapiya o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishda hal qiluvchi omildir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Levi M, Ten Cate H. Disseminated intravascular coagulation. N Engl J Med.
1999;341(8):586–592.
2.
Vincent JL, De Backer D. Circulatory shock. N Engl J Med. 2013;369:1726–1734.
3.
Taylor FB, Toh CH, Hoots WK et al. Towards definition, clinical and laboratory criteria,
and a scoring system for DIC. Thromb Haemost. 2001;86(5):1327–1330.
4.
Iba T, Nisio MD, Levy JH. New criteria for DIC based on fibrin-related markers and
antithrombin III. J Intensive Care. 2014;2(1):1–6.
5.
Papageorgiou C, Jourdi G, Adjambri E, et al. Disseminated intravascular coagulation: An
update on pathogenesis and diagnostic criteria. Thromb Res. 2018;164:40–46.
6.
Gando S, Levi M, Toh CH. Disseminated intravascular coagulation. Nat Rev Dis Primers.
2016;2:16037.
7.
Wada H, Matsumoto T, Yamashita Y. Diagnosis and treatment of disseminated
intravascular coagulation (DIC) according to four DIC guidelines. J Intensive Care.
2014;2(1):15.
8.
Semeraro N, Ammollo CT, Semeraro F, Colucci M. Coagulopathy of acute sepsis. Semin
Thromb Hemost. 2015;41(6):650–658.
9.
Angus DC, van der Poll T. Severe sepsis and septic shock. N Engl J Med. 2013;369:840–
851.
