179
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’RNI
Rizaxonova Mo’tabarxon Bahodir qizi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy unversiteti Jizzax filiali,
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bõyicha) yo’nalishi, 131-23guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10364648
Annotatsiya
. Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes
va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida
ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Baʼzida u internet
iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Kalit so'zlar:
elektron-biznes, elektron tijorat, veb-iqtisodiyot, electron pul, texnika,
texnologiyalar, internet, kiber xavfsizlik.
THE ROLE OF THE DIGITAL ECONOMY IN ECONOMIC DEVELOPMENT
Abstract.
Digital economy is a set of digital goods and services produced and sold as a
result of economic activities closely related to e-business and e-commerce based on digital
technologies. It is sometimes referred to as the internet economy, the new economy, or the web
economy.
Key words:
e-business, e-commerce, web economy, electronic money, technique,
technologies, internet, cyber security.
РОЛЬ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ
Аннотация.
Цифровая экономика – это совокупность видов экономической
деятельности, тесно связанных с электронным бизнесом и электронной коммерцией,
основанных на цифровых технологиях, а также цифровых товаров и услуг, производимых
и продаваемых в результате этой деятельности. Иногда ее называют интернет-
экономикой, новой экономикой или веб-экономикой.
Ключевые слова:
электронный бизнес, электронная коммерция, веб-экономика,
электронные деньги, техника, технологии, Интернет, кибербезопасность.
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda.
Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga
sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
"
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish
va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta
hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida
180
har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash,
mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir.
Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron
tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli
kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.".
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets
universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi
iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat,
internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning
hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi,
internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi
mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop
etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi
o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi
mumkin. Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini
o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida
o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi.
Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga
bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi
sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot
rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari,
qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni
bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul
qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Xulosa; Mening fikrimcha agar biror bir davlat rivojlanishni istasa eng avvalo raqamli
iqtisodiyotga kata e’tibor qaratishi lozim. So’zimnig isboti sifatida hozirda hamma rivojlangan
davlatlarda raqamli iqtisodiyot kata o’rin tutadi. Masalan:
"Raqamli" davlatlar bugungi kunda
Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta
181
davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya va
Gonkong kiradi. Biroq, har bir narsaning yaxshi va yomon taraflari bo’lganidek raqamli
iqtisodiyotning ba’zi salbiy tomonlarini bor: kiber xavfsizlik global muammosidir, albatta bu
muammolarni ko’rib chiqishimiz iloji boricha bularga yechim ko’rsata bilishimiz kerak deb
o’ylayman.
REFERENCES
1.
A. O‘lmasov, A Vahobov “Iqtisodiyot nazariyasi” Toshkent-2019. 87-b.
2.
Алексеев
И.В.
Информaционное
обеспечение
системы
управления
франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические
и гуманитарные науки. – 2019. – №1 (276). – С. 105–110.
3.
Lapidus L.V. Raqamli iqtisodiyot. - M.:, Infra-M, 2019 yil.
4.
Telekommunikatsiya
infratuzilmasi
yangi
bosqichga
ko‘tarilmoqda.
URL:
https://mitc.uz/uz/pages/communication 5
5.
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov nutqidan. 2020.
6.
Yuldasheva, G., & Shermatova, H. (2022). Taʼlimda innovatsion texnologiyalarning qo
‘llanilish istiqbollari. Science and innovation, 1(B8), 5-9.
7.
Umarov Omonilla Saydaminovich, “Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish
tendensiyalari”. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3,
may-iyun, 2018 yil. 8-b.
8.
Алексеев
И.В.
Информационное
обеспечение
системы
управления
франчайзинговыми предприятиями / И.В. Алексеев, Е.В. Рибокене // Экономические
и гуманитарные науки. – 2019. – №1 (276). – С. 105–110.
9.
Yuldasheva, G. I. (2021). Axborot texnologiyalari-ta’lim sifati kafolatidir. Электронное
научно-практическое периодическое издание «Экономика и социум», (4), 83.
10.
Yuldasheva, G. I. (2022). Ta’lim samaradorligini oshirishda elektron darsliklardan
foydalanish. Youth, Science, Education: Topical Issues, Achievements and Innovations,
(5), 36-38.
11.
Yuldasheva, G., & Yuldosheva, M. (2022). “Factors of informatization of the process of
primary education”. Электронное научно-практическое периодическое издание
«Экономика и социум», 12(91), 689-692
12.
http://interfinance.tfi.uz
13.