202
IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’RNI
Rizaxonova Mo’tabarxon Bahodir qizi
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy unversiteti Jizzax filiali,
Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10378495
Annotatsiya
. Raqamli iqtisodiyot — raqamli texnologiyalarga asoslangan elektron biznes
va elektron tijorat bilan chambarchas bog‘liq iqtisodiy faoliyat hamda shu faoliyat natijasida
ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli tovarlar, xizmatlar yig‘indisidir. Baʼzida u internet
iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Kalit so'zlar:
elektron-biznes, elektron tijorat, veb-iqtisodiyot, electron pul, texnika,
texnologiyalar, internet, kiber xavfsizlik.
THE ROLE OF THE DIGITAL ECONOMY IN ECONOMIC DEVELOPMENT
Abstract.
Digital economy is a set of digital goods and services produced and sold as a
result of economic activities closely related to e-business and e-commerce based on digital
technologies. It is sometimes referred to as the internet economy, the new economy, or the web
economy.
Key words:
e-business, e-commerce, web economy, electronic money, technique,
technologies, internet, cyber security.
РОЛЬ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ
Аннотация.
Цифровая экономика – это совокупность цифровых товаров и услуг,
производимых и продаваемых в результате экономической деятельности, тесно связанной
с электронным бизнесом и электронной коммерцией на основе цифровых технологий.
Иногда ее называют интернет-экономикой, новой экономикой или веб-экономикой.
Ключевые слова:
электронный бизнес, электронная коммерция, веб-экономика,
электронные деньги, техника, технологии, Интернет, кибербезопасность.
So'ngi vaqtlarda "raqamli iqtisodiyot" tushunchasi juda ko'p marta qo'llanilmoqda.
Darhaqiqat, ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiy ularning rivojlanish omillariga
sezilarli darajada ta'sir o'tkazgan. Jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi.
"
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish
va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta
hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini analiz qilish yordamida
203
har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash,
mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimdan samaraliroq yechimlar tadbiq qilishdir.
Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish,
elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni
raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir".
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets
universiteti amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Olim axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini intensiv rivojlanishi ortidan eski iqtisodiyotdan yangi
iqtisodiyotga o'tishda, qanday o'zgarishlar ro'y berishi mumkinligini aytib o'tgan.
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat,
internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi.
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning
hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin.
Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi,
internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi
mumkin. Masalan biron bir kitobning elektron ko'rinishda sotib olish Sizga, shu kitobni chop
etilgan ko'rinishini sotib olish ancha arzonga tushishi mumkin. Yoki bo'lmasa oddiy iste'molchi
o'zi ham tadbirkor bo'lishi, uyidan chiqmagan holda onlayn savdo-sotiq bilan shug'ullanishi
mumkin.
Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini
o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida
o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi.
Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga
bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi
sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot
rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari,
qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni
bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul
qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Xulosa
Har qanday davlat rivojlanish yo`lida yurar ekan eng avvalo raqamli iqtisodiyotga katta
e’tibor qaratishi lozimligini takidlamoqchiman. Hozirda rivojlangan davlatlarda raqamli
204
iqtisodiyot mamlakatning iqtisodiy kursatkichlarini asosiy qismini egallab turganligi hech kimga
sir emas. Shundan ekan raqamlashtirish ishlab chiqarish jarayonlarini va xizmatlarni samarali
boshqarishda, Innovatsiyalarni tez ravishda joriy etishda, yangi sohalarni rivojlantirish va ishlab
chiqarishni yanada samaraliroq qilishda, mamlakatdagi tadbirkorlarni xalqaro bozorda o'zlarining
tovarlarini sotish, sotib olish va moliyalashtirishda, iqtisodiy jarayonlarni monitor qilishda,
tendentsiyalarni aniqlash va qisqa, o'rtacha va uzun muddatli iqtisodiy prognozlarni ishlab
chiqishda, Shuningdek, elektron xizmatlar, masalan, elektron hukumat xizmatlari, moliya sohasi
va boshqa sohalar bo'yicha tezroq va osonroq xizmat ko'rsatishda ham muhim rol o'ynaydi.
REFERENCES
1.
Низаметдинов А., Раджабов С. Jahon moliya tizimini rivojlantirishdagi muammolar va
xalqaro moliya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari //Новый Узбекистан: успешный
международный опыт внедрения международных стандартов финансовой отчетности.
– 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 35-37.
2.
Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMIDA AGRAR SOHANING USTUVORLIGI
UNDA INNOVATSIYALARNING QULLANISHI //INTERNATIONAL
CONFERENCES. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 96-98.
3.
Nizametdinov A. ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH
JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH //Science technology&Digital finance. – 2023. –
Т. 1. – №. 4. – С. 21-30.
4.
Nizametdinov А. А., Azizbek Z. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANKLARNING
KASSA OPERATSIYALARI //Новости образования: исследование в XXI веке. – 2023.
– Т. 2. – №. 15. – С. 1050-1056.
5.
Худояров Р., Низаметдинов А. МАЛЫЙ И СРЕДНИЙ БИЗНЕС В УСЛОВИЯХ
ГЛОБАЛИЗАЦИИ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ //Центральноазиатский журнал
образования и инноваций. – 2023. – Т. 2. – №. 6 Part 2. – С. 188-193.
6.
Nizametdinov A. SUGʻURTA FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH OMILLARI
//Scienceweb academic papers collection. – 2022.
7.
Akramovich N. A. HISTORY, SUBJECT AND OBJECT OF FORMATION OF"
MACROECONOMICS" //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022.
– Т. 10. – №. 1. – С. 209-210.
8.
Велиева С., Низаметинов А., Анорбоева Д. Содержание и функционирование
рыночной экономики //in Library. – 2022. – Т. 22. – №. 1. – С. 105-110.
205
9.
Raipovna V. S., Akramovich N. A., Dildora F. DEVELOPMENT OF INNOVATIVE
POLICY IN THE SPHERE OF EMPLOYMENT //Journal of Academic Research and
Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 12. – С. 201-209.
10.
Xolmuradovich X. B. et al. IMPORTANCE OF BANKING SYSTEM IN UZBEKISTAN
//Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №.
12. – С. 218-224.
11.
Akramovich N. A. The priority of using innovative technologies in the agricultural
education system //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. –
2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 185-191.
12.
Akramovich N. A. HISTORY, SUBJECT AND OBJECT OF FORMATION OF"
MACROECONOMICS" //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022.
– Т. 10. – №. 1. – С. 209-210.
13.
Nizametdinov A. A. OLIY TA’LIM TIZIMIDA AGRAR SOHANING USTUVORLIGI
UNDA INNOVATSIYALARNING QULLANISHI //INTERNATIONAL
CONFERENCES. – 2022. – Т. 1. – №. 6. – С. 96-98.
14.
Baxrom X., Alijon N., Aziz Z. THE ROLE OF THE PRIVATE SECTOR IN THE
DEVELOPMENT OF TOURISM //Journal of Academic Research and Trends in
Educational Sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 12. – С. 130-136.
15.
Xolmuradovich X. B. et al. BUSINESS ETHICS AND CULTURE, RULES FOR ITS
WORK //Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences. – 2022. – Т. 1.
– №. 12. – С. 184-191.
16.
Akramovich N. A., Azamatovna U. S. TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH:
DOLZARB TENDENTSIYALAR VA STRATEGIK YONALISHLAR
//INTERDISCIPLINE INNOVATION AND SCIENTIFIC RESEARCH CONFERENCE. –
2023. – Т. 1. – №. 9. – С. 36-40.
17.
Худояров Р., Низаметдинов А. МАЛЫЙ И СРЕДНИЙ БИЗНЕС В УСЛОВИЯХ
ГЛОБАЛИЗАЦИИ МИРОВОЙ ЭКОНОМИКИ //Центральноазиатский журнал
образования и инноваций. – 2023. – Т. 2. – №. 6 Part 2. – С. 188-193.
18.
Bo‘ltakov S. XIZMAT KO ‘RSATISH KORXONLARINI RAQAMLASHTIRISHNING
NAZARIY ASOSLARI //Science technology&Digital finance. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С.
10-20.
19.
Болтаков С. Xizmatlar sohasini raqamlashtirishning samaradorligini oshirish
//Информатика и инженерные технологии. – 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 165-169.
206
20.
Bo‘ltakov S., Naimjonov S. O ‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI QO ‘LLAB
QUVATLASH VA TADBIRKORLIK SHAKLLARI //Science technology&Digital finance.
– 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 307-313.
21.
Бултаков С., Базарбаев Д. РОЛЬ “ВЕЛИКОГО ШЕЛКОВОГО ПУТИ” В РАЗВИТИИ
ЭКОНОМИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ //Science
technology&Digital finance. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 226-232.
22.
Bo‘ltakov S., Axrorov S. PULNING PAYDO BO ‘LISHI VA XUSUSIYATLARI //Science
technology&Digital finance. – 2023. – Т. 1. – №. 4. – С. 97-101