ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
481
TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA O’QUVCHILARNING KREATIV SIFATLARINI
RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI
Abdushukurova Nazokat Abdug’affor qizi
Toshkent KIMYO xalqaro universiteti II-bosqich magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14869248
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o’quvchilarning kreativlik sifatlarini oshirish, ijodkorlik
mohiyati va uning nazariy metodologik asoslari, inson tafakkuri, undagi tanqidiy fikrlash shakllari
yoritib berilgan. Ta’lim tizimida ijodkor o’quvchining shakillanishiga turtki bo’ladigan pedagogik
xususiyatlari keltirib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
Kreativlik,
pedagogik xususiyatlari, zamonaviy ta’lim, tanqidiy fikrlash,
innovatsiya, tasavvur.
НЕОБХОДИМОСТЬ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ КАЧЕСТВ УЧАЩИХСЯ В
ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ
Аннотация.
В данной статье рассматриваются вопросы повышения творческих
качеств учащихся, освещаются сущность творчества и его теоретико-методологические
основы, мышление человека, формы критического мышления в нем. В системе образования
выделяются педагогические особенности, способствующие формированию творческого
ученика.
Ключевые слова:
креативность, педагогические особенности, современное
образование, критическое мышление, инновации, воображение.
THE NEED TO DEVELOP STUDENTS' CREATIVE QUALITIES IN THE
EDUCATIONAL PROCESS
Abstract.
This article examines the issues of improving the creative qualities of students,
highlights the essence of creativity and its theoretical and methodological foundations, human
thinking, and forms of critical thinking in it. The educational system highlights pedagogical
features that contribute to the formation of a creative student.
Keywords:
creativity, pedagogical features, modern education, critical thinking,
innovation, imagination
.
Fan va texnalogiyalarning rivojlanishi hozirgi kun zamonaviy ta’lim tizimida ham sezilarli
darajada o’zgartirish, yangiliklar kiritish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
482
Shu sababli ta’limdagi islohotlar mohiyatini tushunish va anglab yetish uchun zaruriy
pedagogik shart-sharoit va ijodiy muhitni yaratish muammosi yuzaga keldi.
Boshlang’ich ta’lim — bu bolalarning bilim olish jarayonining muhim bosqichi
hisoblanadi, bu jarayonning muvaffaqiyatli amalga oshirish yorqin kelajak uchun mustahkam
asosdir. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uni shaxs imkoniyatlariga to‘liq moslashtirishga
ko‘maklashuvchi ta’lim tizimining asosiy vazifalari bu ta’lim oluvchilarda tashabbuskorlik,
mustaqillik, kreativlik sifatlarini qaror toptirish va rivojlantirishdan iborat etib belgilangan.
Ta’lim jarayonida kreativlik, ya’ni ijodkorlik sifatlar, bolalarning fikrlash jarayonlarini
tizimli olib borishda yangi g’oyalarni ishlab chiqishida muhim omil hisoblanadi. Bu esa
o’quvchilarning jamiyatga foydali, innovatsion fikrlovchi shaxs bo’lib ulg’ayishida asosiy dastak
bo’lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar
strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari
imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va
ro‘yobga chiqarish”
1
kabi ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Shunga ko’ra har bir o’quvchining
shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olib uni yanada rivojlantirish va olgan bilimlarini amaliy holda
qo’llay olishi uchun zamin yaratish bir so’z bilan aytganda jamiyatning faol a’zosiga aylantirish
hozirgi kun pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. Ma’lumki shaxs rivojlanishida o’ziga hoslik,
biror bir muamoga noodatiy yondashish, har bir voqea hodisaga o’zining mustaqil fikrini bildira
olish ko’nikmalarini rivojlantirgan inson ko’pgina natijalarga erisha olishi mumkin.
O’quvchilarning kreativ sifatlarini oshirishdan ko’zlangan maqsad, ularning ijodiy
fikrlashlarini oshirish, muammolarni yangi o’ziga xos yo’nalishda hal qilish ko’nikmalarini
rivojlantirish, o’quv jarayonidagi faolligini ko’paytirish, tassavurini boyitishdan iborat. Shu
o’rinda ta’lim jarayonida ijodkor o’quvchini rivojlantirish masalasi yuzaga keladi. Hozirgi
zamonaviylashgan dunyoda o’quvchilardan kreativ sifatlarga egalik ularni hayot faoliyatlarida
qo’llab ko’rib to’g’ri xulosalar chiqarish malakalari talab qilinmoqda. Ta’lim faoliyatida
o’quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy mexanizmi bu o’quv jarayonini
ular shaxsiga yo’naltirish hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, o’quvchilarni axloqiy hamda kasbiy
yetuklik, mustaqillik, nazariy-tahliliy faoliyatga undash imkonini beradi.
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 7-февралдаги “Ўзбекистон Республикасини янада
ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги ПФ–4947-сон Фармони // Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-сон, 70-модда.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
483
Buning natijasida o’quvchilarda o’z-o’zini rivojlantirish, yaratuvchilik, faollik, hayotiy
faoliyatga o’zini tayyorlash va moslashtirish kabi layoqatlarni tarkib toptiradi. Boshlang’ich sinf
o’qiuvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish jarayonining umumiy ahamiyatini anglash uchun
dastlab “kreativlik”, “keativ yondashuv” tushunchalarining ma’nosini tushunib olish talab etiladi.
Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U
individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini
bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
2
Kreativlik (lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – shaxsning yangi
g’oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo’ladi.
Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o’tkirlikni
tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
3
Tadqiqotchi G.
Ibragimova interfaol o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarda kreativlikning rivojlantirish
bosqichlarini quyidagicha ifodalab o’tgan:
1.
Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi.
Bu bosqich ta’lim oluvchilarda kreativ faoliyat,
kreativ faollik va ijodkorlikka bo‘lgan moyillikni qaror toptirish, ta’limdagi innotvasion
2
Guilford J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444–454.
3
Ne’matov Bo’ritosh Saydullayevich BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA KREATIV SALOHIYATNI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI//Oriens 2021 901-902b
Fikrni maqsadga
muvofiq yo‘llay
olish
O‘ziga xoslik
(originallik)
Qiziquvchanlik
Farazlar yaratish
qobiliyati
Xayol qila olish
(fantaziya)
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
484
texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g‘oyalarning tug‘ilishi, shakllanishi bilan
tavsiflanadi.
2.
Ijodiy-izlanish tadqiqotchilik bosqichi.
Ta’lim oluvchilardagi tadqiqotchilik, ijodiy
faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish ko‘nikmalarining
shakllanishi bilan belgilanadi.
3.
Kreativlik, novatorlik bosqichi.
Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash, baholash, tahlil
qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda istiqbolga yo‘naltirilgan strategik rejalarni
tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
4
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining kreativ
sifatlarini rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari bu ularda tarbiya orqali ta’limni
shakllantirishning ustuvor vazifalarini belgilaydi va quyidagi xususiyatlarni shakllantiradi.
5
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko’ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash o’qituvchilardan o’quv
topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko’plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan
farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to’g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi.
Mushohada yuritishda muammo yuzasidan bir va ko’p tomonlama fikrlashdan birini inkor
etib bo’lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek
ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda shaxs yechimning bir necha
variantini izlaydi (ko’p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina
4
Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик
кобилиятларини ривожлантириш. / Монография. – Т.: “Фан ва технологиялар”, 2016. – Б. 77.
5
Muhabbat URALOVA O‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda texnologiya fanining o‘rni//Жамият ва
инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415
358-b
ijodiy maqsadni
belgilash va o‘z
faoliyatini unga
erishish uchun
bo‘ysundirish
qobiliyati;
o‘z faoliyatini
rejalashtirish,
o‘z-o‘zini
boshqarish
qobiliyati
muammoni topish
va hal qilish
qobiliyati
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
485
to’g’ri yechimda to’xtaladi.
6
Bugungi kunda kritik fikrlash har bir o’quvchi uchun zarur
ko’nikmadir. Shu sababli o’quvchilarning fikrlash jarayonlarida ijobiy o’zgarish sodir qilish uchun
ularga bir qancha savollar bilan murojat qilish zarur. Bu savollar orqali o’quvchilar fikrni
rag’batlantirish mumkin. O’quvchilarga doimiy ravishda savollar berib, fikrlarini tahlil qila
olishlariga ko’maklashish lozim. Misol uchun: “Nima uchun bunday qarorga keldingiz?”, “Bu
fikrni qanday dalil bilan qo’llab-quvvatlaysiz?”, “Boshqa variantlaringiz bormi?” kabi savollar
bilan tahlil jarayonini boyitish mumkin.
Bugungi zamonaviy pedagog o’quv jarayonlarini tashkil etishda birinchi bo’lib
rejalashtirilgan bir turdagi mashg’ulotlaridan voz kechib, o’quvchilarning mustaqil izlanishlariga
zamin yaratishi, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish ustida ish olib
borishi, ularning ijodiy fikrlash, ya’ni yangi g’oyalarni o’ylab topishga majbur qilish, ta’lim olishga
bo’lgan qiziqishlarini o’stirish, o’quv mashg’ulotlariga munosabatni o’zgartirish, ularni yutuqlarga
erishishiga rag’batlantirishda asosiy vazifasi bo’lishi kerak. O’quv mashg’ulotlariga
yetishmayotgan omil – ijodkorlik hisoblanadi. Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining
ijodkor va kreativ bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, balki ularning olgan bilimlarini faoliyatda
ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etishi, yangi g’oyalarni amaliy sinab ko’rishi maqsadga
muvofiq.
REFERENCES
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017-йил 7-февралдаги “Ўзбекистон
Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар Стратегияси тўғрисида”ги
ПФ–4947-сон Фармони // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017
й., 6-сон, 70-модда.
2.
Guilford J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9, 444–454.
3.
Ne’matov Bo’ritosh Saydullayevich BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA
KREATIV
SALOHIYATNI
RIVOJLANTIRISHNING
PEDAGOGIK
XUSUSIYATLARI//Oriens 2021 901-902b
4.
Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида
талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. / Монография. – Т.: “Фан
ва технологиялар”, 2016. – Б. 77.
6
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). –
Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
486
5.
Muhabbat URALOVA O‘quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda texnologiya fanining
o‘rni//Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations
Special Issue – 02 (2022) / ISSN 2181-1415 358-b
6.
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and
problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260
