16
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BAG‘RIKENGLIK
–
MUSULMON SHAXSINING AXLOQIY SIFATI
Ergashev Oybek Qaxramon
o‘g‘li
Qo‘qon
universiteti o
‘qituvchi
si
Muzaffarova
Ro‘zixon
Alisherjon qizi
Qo‘qon
universiteti,
Boshlang‘ich
ta
’
lim
yo‘nalishi
talabasi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
bag‘rikenglik
tushunchasining Islom dinidagi
o‘rni
va uning musulmon shaxsining axloqiy fazilatlaridan biri sifatida namoyon
bo‘lishi
yoritiladi. Shuningdek,
Qur’on
oyatlari va hadislarga asoslanib,
bag‘rikenglikning
jamiyat taraqqiyotiga
qo‘shadigan
hissasi tahlil qilinadi. Maqolada
bag‘rikenglikning
zamonaviy hayotda
qo‘llanilishi
va uning insonlar
o‘rtasidagi
munosabatlarni yaxshilashdagi
o‘rni
haqida
so‘z
boradi.
Kalit
so‘zlar:
bag‘rikenglik,
axloq, Islom,
Qur’on,
hadis, sabr, mehr, hurmat.
Annotation:
This article explores the concept of tolerance in Islam and how it
manifests as one of the moral qualities of a Muslim individual. It also analyzes the
contribution of tolerance to societal development based on verses from the
Qur’an
and hadiths. The article discusses the application of tolerance in modern life and its
role in improving relationships among people.
Keywords:
tolerance, ethics, Islam,
Qur’an,
hadith, patience, compassion,
respect.
Аннотация:
В
данной
статье
рассматривается
значение
понятия
терпимости
в
исламе
и
её
проявление
как
одного
из
нравственных
качеств
мусульманина.
Также
анализируется
вклад
терпимости
в
развитие
общества
на
основе
аятов
Корана
и
хадисов.
В
статье
обсуждается
применение
терпимости
в
современной
жизни
и
её
роль
в
улучшении
взаимоотношений
между
людьми.
Ключевые
слова:
терпимость,
нравственность,
ислам,
Коран,
хадисы,
терпение,
милосердие,
уважение.
Kirish
. Islom dini odob-axloq normalariga katta
e’tibor
qaratadi. Insoniyatga
rahm-shafqatli
bo‘lish,
bir-biriga mehr va muhabbat bilan munosabatda
bo‘lish
Islomning asosiy tamoyillaridan biridir.
Bag‘rikenglik
–
musulmon insonining eng
muhim axloqiy fazilatlaridan biri
bo‘lib,
u shaxsiy hayotda, ijtimoiy munosabatlarda
va hatto global miqyosda muhim
o‘rin
tutadi.
O‘zbekistonda
bag‘rikenglik
va qonunchilik asoslari
O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasida
bag‘rikenglik
va
e’tiqod
erkinligi
muhim qadriyat sifatida mustahkamlab
qo‘yilgan.
18-moddada shunday deyilgan:
17
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
“O‘zbekiston
Respublikasida barcha fuqarolar millatidan, irqidan, tilidan, diniy
e’tiqodidan
qat’iy
nazar teng
huquqlidirlar.”
Shuningdek,
“Vijdon
erkinligi va diniy tashkilotlar
to‘g‘risida”gi
qonunda
fuqarolarning diniy
e’tiqod
erkinligi
ta’minlanishi
belgilangan. Ushbu huquqiy
asoslar jamiyatda diniy
bag‘rikenglikni,
millatlararo totuvlikni mustahkamlashga
xizmat qiladi.
O‘zbekistonda
turli din va millat vakillari tinch-totuv yashab, madaniy
hamkorlik olib borayotganligi bunga yorqin misoldir.
Bag‘rikenglikning
Islomdagi
o‘rni
Bag‘rikenglik
Qur’onda
va
Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)ning
sunnatlarida keng yoritilgan.
Qur’onda
Alloh Taolo insonlarni bir-biriga hurmat bilan
munosabatda
bo‘lishga
chaqiradi:
“Albatta,
Alloh odillikni, yaxshilikni va qarindoshlarga mehribonlikni buyuradi,
buzuqlik, yomonlik va zulmni esa qaytaradi. Tutingiz, shoyad eslatma
olsangiz!”
(Nahl surasi, 90-oyat).
Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) ham insonlarni
bag‘rikeng
bo‘lishga,
dushmanlikni tark
etishga va insonlarga yaxshi muomala qilishga chaqirganlar. Hadislardan birida
shunday marhamat qilinadi:
“Sizlarning
eng yaxshilaringiz odob-axloqi
go‘zal
bo‘lganlaringizdir.”
(Buxoriy
va Muslim rivoyati).
Bag‘rikenglik
faqat dinda emas, balki ijtimoiy hayotda ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Islom tarixiga nazar tashlasak,
Payg‘ambarimiz
Muhammad (s.a.v.)
Madinaga hijrat qilganlarida, turli din va millat vakillari bilan tinch-totuv yashash
tamoyillarini joriy etganlarini
ko‘ramiz.
Madina Konstitutsiyasi deb nom olgan
hujjat, musulmonlar, yahudiylar va boshqa jamoalar
o‘rtasida
bag‘rikenglik
asosida
tinch-totuv yashash shartlarini belgilagan. Shuningdek,
Payg‘ambarimiz
(s.a.v.)ning
hayotlarida, hatto mushriklar bilan ham
bag‘rikeng
va odilona munosabatda
bo‘lish
holatlari
ko‘plab
misollarda uchraydi.
Bundan tashqari, Islom shariatida
bag‘rikenglikning
huquqiy jihatlari ham
o‘z
aksini topgan. Masalan,
Qur’onda
har bir insonning
e’tiqod
erkinligi hurmat qilinishi
kerakligi haqida shunday marhamat qilinadi:
“Dinda
majburiylik
yo‘q...”
(Baqara surasi, 256-oyat).
Shuningdek, Islom dini
bag‘rikenglik
orqali jamoatchilik orasida
o‘zaro
ishonch,
do‘stlik
va adolat tamoyillarini mustahkamlashga chaqiradi. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat
qilgan hadisda aytilishicha,
Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) shunday deganlar:
“Alloh
mehribon bandalarini yaxshi
ko‘radi.”
(Ahmad ibn Hanbal rivoyati).
18
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Shunday qilib, Islom
bag‘rikenglikni
nafaqat axloqiy, balki huquqiy jihatdan
ham
qo‘llab
-quvvatlaydi va jamiyatda tinchlikni saqlashning asosiy tamoyillaridan
biri sifatida
ko‘rsatadi.
Bag‘rikenglikning
jamiyatdagi
o‘rni
Bag‘rikenglik
nafaqat shaxsiy hayotda, balki jamiyat taraqqiyoti uchun ham
muhim ahamiyat kasb etadi. U insonlar orasidagi adovat va nifoqning oldini oladi,
tinch-totuv hayotni
ta’minlaydi.
Islom tarixida turli millat va
e’tiqod
vakillari
bag‘rikenglik
asosida yashaganligi bunga yaqqol misoldir.
Bag‘rikenglikning
jamiyatdagi
o‘rni
nafaqat millatlar va dinlararo totuvlikda,
balki shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarda ham aks etadi. Insonlar bir-biriga sabrli va
tushunish bilan munosabatda
bo‘lsa,
jamiyatda ishonch va hamjihatlik
mustahkamlanadi. Islom olimlari
ta’kidlaganidek,
bag‘rikenglik
hurmat, sabr va
saxovat kabi fazilatlar bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Shuning uchun
bag‘rikeng
inson
boshqalarni tushunishga harakat qiladi, adovatdan yiroq
bo‘ladi
va murosaga intiladi.
Bundan tashqari,
bag‘rikenglik
ta’lim
va ilm-fan rivojiga ham xizmat qiladi.
Ilmiy taraqqiyot va madaniy almashinuv
bag‘rikeng
jamiyatlarda tezroq rivojlanadi.
Tarixga nazar tashlasak,
Bag‘dod
va Andalusiya xalifaliklarida turli millat vakillari
ilm-fan, falsafa va
san’at
sohalarida hamkorlik qilib, ulkan yutuqlarga erishganlar. Bu
esa
bag‘rikenglikning
ijtimoiy taraqqiyotga
qo‘shadigan
ulkan hissasini
ko‘rsatadi.
Zamonaviy hayotda
bag‘rikenglik
Hozirgi kunda globallashuv jarayonida insonlarning
bag‘rikeng
bo‘lishi
yanada
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Millatlararo va dinlararo hamkorlikda bir-birini
hurmat qilish va tushunish orqali jamiyatlar barqaror rivojlanishi mumkin.
Texnologik taraqqiyot tufayli dunyo tobora yaqinlashib borayotgani sababli insonlar
o‘zaro
murosaga kelishi va bir-birining madaniyatini hurmat qilishi muhimdir.
Bag‘rikenglik
zamonaviy hayotda nafaqat dinlararo munosabatlarda, balki
oilada,
ta’lim
sohasida va ish joylarida ham muhim
o‘rin
tutadi. Turli millat vakillari
o‘rtasida
tinch-totuvlikni saqlash, inson huquqlarini hurmat qilish va
o‘zaro
hamkorlikni kuchaytirish bugungi jamiyatlar barqarorligi uchun zarur hisoblanadi.
Shuningdek,
bag‘rikenglik
turli ziddiyatlarni oldini olish va urushlarning oldini olish
vositasi sifatida ham xizmat qiladi.
Xulosa
.
Bag‘rikenglik
nafaqat musulmon shaxsining asosiy axloqiy
fazilatlaridan biri, balki umumbashariy qadriyat hamdir. Islom dini bu tamoyilga
katta ahamiyat berib, insonlar orasidagi totuvlik va hamjihatlikni mustahkamlashga
undaydi.
Bag‘rikenglik
oilada,
ta’lim
sohasida, ish muhitida va jamiyatning turli
19
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
qatlamlarida insonlar
o‘rtasidagi
hamjihatlik va tushunishni shakllantirishga xizmat
qiladi.
Zamonaviy jamiyatda
bag‘rikenglik
ijtimoiy barqarorlik, tinchlik va
taraqqiyotning muhim shartlaridan biridir. Har bir inson
bag‘rikenglikni
hayotida
tatbiq etsa, dunyo yanada tinch va adolatli
bo‘ladi.
Turli millat va din vakillarining
o‘zaro
hurmat va hamkorligi jamiyat taraqqiyotining kalitidir. Shuning uchun har bir
inson
bag‘rikenglik
madaniyatini
o‘zida
rivojlantirishi va bu fazilatni amalda
qo‘llashi
lozim. Shundagina, butun dunyoda tinchlik, adolat va barqarorlik
mustahkamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Oybek, E. (2024). THE ISSUE OF TOLERANCE IN THE HISTORY
OF RELIGION. Academia Repository, 5(2), 77-81.
2.
Ergashev, O., & Abdullayeva, A. (2025). THE IMPORTANCE OF
ISLAMIC ETHICAL VALUES IN MODERN SOCIETY.
Наука
и
инновация,
3(6),
178-181.
3.
Ergashev, O., & Abdullayeva, A. (2025). Global Relations Theory:
Youth Development Ideas. Multidisciplinary Journal of Science and Technology,
5(1), 567-569.
4.
Ergashev, O. (2025). ISLOM DINIDA AXLOQIY TARBIYA VA
QADRIYATLAR FALSAFASINING SHAKLLANISHI. Modern Science and
Research, 4(5).
5.
Ergashev, O. (2025). EDUCATION AND RESEARCH IN THE ERA
OF DIGITAL TRANSFORMATION. EDUCATION AND RESEARCH IN THE
ERA OF DIGITAL TRANSFORMATION, 1(1), 723-728.
6.
Ergashev, O. (2025). Yoshlar tarbiyasida pedagogik konsepsiyalarning
roli va ahamiyati. MAKTABGACHA VA MAKTAB
TA’LIMI
JURNALI, 3(5).
