96
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TALABALARGA AXBOROT XAVFSIZLIGI TEXNOLOGIYALARINI
O‘QITISHNING
IJTIMOIY-AXLOQIY JIHATLARI
Boymanov Jasur Isroil
oʻg‘li
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti Samarqand kampusi
“
Iqtisodiyot va muhandislik
fanlari”
kafedrasi assistenti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada axborot xavfsizligi texnologiyalarini talabalarga
o‘qitish
jarayonidagi ijtimoiy va axloqiy masalalar yoritilgan. Axborot madaniyati,
axloqiy me'yorlar, kiberxavfsizlikka oid ong va mas'uliyatni shakllantirishning
ahamiyati tahlil qilingan. Ta'lim jarayonida axborot texnologiyalarining xavfsiz va
etik jihatdan
to‘g‘ri
qo‘llanilishi
muhim ekani ta'kidlangan.
Kalit
so‘zlar:
axborot xavfsizligi, axloqiy me'yorlar, ta'lim, talaba,
kiberxavfsizlik, axborot madaniyati.
Аннотация:
В
статье
рассматриваются
социально
-
нравственные
аспекты
преподавания
технологий
информационной
безопасности
студентам.
Особое
внимание
уделяется
формированию
информационной
культуры,
этических
норм
и
осознанного
отношения
к
вопросам
кибербезопасности.
Подчеркивается
важность
этичного
использования
информационных
технологий
в
образовательном
процессе.
Ключевые
слова:
информационная
безопасность,
этика,
образование,
студенты,
кибербезопасность,
информационная
культура
.
Annotation:
This article explores the socio-ethical aspects of teaching
information security technologies to university students. It analyzes the importance of
developing information culture, ethical standards, and awareness of cybersecurity
responsibilities. The study emphasizes the need for secure and ethical use of
information technologies in the educational process.
Keywords:
information security, ethics, education, students, cybersecurity,
information culture.
Ta’limni
fundamentallashtirish sharoitida axborot xavfsizligi texnologiyalarini
o‘qitish
tizimini qurishni insonparvarlashtirishning asosiy omillaridan biri
bo‘lgan
o‘qitishning
ijtimoiy-axloqiy jihatlarini aniqlash asosida amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Amaliyotda OTM talabalariga axborot xavfsizligi texnologiyalarini
97
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
o‘qitishni
insonparvarlashtirish
o‘qitishning
quyidagi ijtimoiy-axloqiy jihatlarini
aniqlash orqali
ko‘rib
chiqilishi mumkin:
1.
o‘qitishning
tarixiy
yo‘lini
amalga oshirish;
2.
axborot madaniyatini rivojlantirish;
3.
ilmiy dunyoqarashni kengaytirish;
4.
fanlararo aloqalarni amalga oshirish;
5.
o‘qitishning
psixologik jihatlarini amalga oshirish;
6.
mantiqiy tafakkurni rivojlantirish;
7.
algoritmik tafakkurni rivojlantirish;
8.
o‘qitishning
amaliy
yo‘naltirilganligini
amalga oshirish.
Axborot xavfsizligi texnologiyalarini
o‘qitishning
tarixiy
yo‘lini
amalga
oshirish.
Ma’lumki,
talabalarning
o‘qitish
jarayonida ularning shaxsi shakllanishiga
va rivojlanishiga nafaqat turli
o‘quv
fanlari, jumladan, axborot xavfsizligi va
axborotni himoya qilish bilan
bog‘liq
fanlar
bo‘yicha
egallagan bilimlari, balki
muayyan fanlarni
o‘qitish
mazmuni shakllantiriladigan ilmiy nazariyalarning
yaratilish va rivojlanish tarixi; bu ilmiy nazariyalarning insoniyat sivilizatsiyasi
rivojiga
qo‘shgan
hissasi haqidagi bilimlar ham
ta’sir
qiladi. Axborot xavfsizligi
axborot texnologiyalarining nisbatan yosh, ammo jadal rivojlanayotgan sohasi
bo‘lishiga
qaramay, uning kelib chiqishi va rivojlanishi qadimgacha borib taqaladi.
Tarixiy
ma’lumotlarga
ko‘ra,
XIX asr boshlariga qadar axborot xavfsizligining asosiy
vazifasi shaxsning
o‘zi
uchun, yoki u mansub
bo‘lgan
jamiyat uchun muhim
bo‘lgan
voqealar, dalillar, mulk, joylashuv va boshqa
ma’lumotlar
to‘g‘risidagi
axborotni
himoya qilishdan iborat
bo‘lgan.
Insoniyat sivilizatsiyasi paydo
bo‘lgandan
beri har doim sir saqlanishi kerak
bo‘lgan
turli xil
ma’lumotlar
mavjud edi. Miloddan avvalgi IV asrda yashab
o‘tgan
xitoylik strateg, mutafakkir, harbiy strategiyaga oid
“Urush
san’ati”
risolasining
muallifi Sun
Tszı
oldindan
ko‘ra
olish deb ataladigan narsani ruhlardan, hisob-
kitoblardan olish mumkin emasligini aytgan. U dushmanning pozitsiyasi bilan tanish
bo‘lgan
odamlardan olinishi kerak. Miloddan avvalgi I asrda yashagan Rim diktatori,
harbiy boshliq va taniqli siyosiy arbob Gay Yuliy Sezar
o‘z
xabarlari matnlarida
kriptografik
o‘zgartirishlardan
foydalangan (Sezar shifri)
bo‘lib,
bu lotin tilidagi har
bir harfni alifboda
ma’lum
sondagi pozitsiyalarda joylashgan boshqa harfga
almashtirishdan iborat edi. Uning mashhur
“VENI,
VIDI,
VICI”
(“Keldim,
ko‘rdim,
g‘alaba
qozondim”)
iborasi shifrlangan shaklda
“XFOJ,
XJEJ,
XJDJ”
ko‘rinishga
ega
bo‘lgan.
O‘rta
asrlarda maxfiy xabarlar
ko‘rinmas
kimyoviy vositalar yordamida
yashirilgan.
98
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
XV asr oxirida rasmiylashtirilgan hamda
qo‘lda
kriptoanalizga nisbatan
chidamli
bo‘lgan
shifrlar ishlab chiqila boshlandi. Mazkur davrda 1467 yilda
ko‘p
alifboli shifrini ishlab chiqqan Leon Batist Alberti ishi muhim rol
o‘ynab,
keyinchalik
u
“Vijine
shifri”
deb nomlandi. 1508 yilda Iogann Trisemus kriptologiya
bo‘yicha
“Poligrafiya”
ilmiy ishini nashr etdi, unda u tasodifiy tartibda alifbo bilan
to‘ldirilgan
shifrlash jadvallarini ishlatish qoidalarini belgilab berdi. Mazkur olim bir qator
muhim kashfiyotlar, jumladan Polibian kvadratini
to‘ldirish
usuli muallifidir, bunda
birinchi pozitsiyalar eslab qolish oson
bo‘lgan
kalit
so‘z
bilan
to‘ldiriladi,
qolgan
pozitsiyalar esa alifboning qolgan harflari bilan
to‘ldiriladi
va harflar juftlik
(bigramlar) bilan shifrlanadi.
XIX asr boshlarida elektr va radioaloqaning texnik vositalari ishlab chiqila va
foydalanila boshlandi. Radioaloqa maxfiyligi va shovqindan himoya qilinishini
ta’minlash
uchun xabarlarni (signallarni) shovqinga chidamli kodlash,
so‘ngra
qabul
qilingan xabarni (signalni) dekodlashdan foydalanilgan. Ogyust Kerkgoffs 1883 yilda
“R.
Chapelot”
nashriyoti tomonidan frantsuz tilida nashr etilgan
“Harbiy
kriptografiya”
kitobida kriptografik tizimlarga oltita talabni shakllantirdi, ular
bugungi kunda ham kriptografik himoyalangan tizimlarni loyihalashni belgilaydi.
Quyida ularni keltirib
o‘tamiz:
1.
Tizimni, agar matematik
bo‘lmasa
ham, hech
bo‘lmaganda
jismoniy
ochib
bo‘lmaslik
kerak.
2.
Tizim maxfiylikni talab qilmasligi kerak, agar u dushman
qo‘liga
tushib
qolsa, ishonchligini
yo‘qotmasligi
kerak.
3.
Kalit hech qanday yozuvlarsiz uzatilishi va saqlanishi, shuningdek
yozishmalarda ishtirok etuvchi tomonlarning iltimosiga binoan
o‘zgartirilishi
kerak.
4.
Tizim telegraf orqali xabarlarni uzatish uchun mos
bo‘lishi
kerak.
5.
Tizim portativ
bo‘lishi
kerak va undan foydalanish bir necha kishining
yordamidan talab qilmasligi kerak.
6.
Tizimdan foydalanish oson
bo‘lishi
va foydalanuvchidan aqliy yoki
jismoniy katta kuchni, yoki
ko‘p
sonli qoidalarni bilishni talab qilmasligi kerak.
Usha yillarda shifrlash jarayonini avtomatlashtirish imkonini bergan mexanik
shifrlash mashinalari ham ishlab chiqildi. Birinchi shunday shifrlash mashinalaridan
biri 1917 yilda Edvard Xebern tomonidan ishlab chiqilgan va Artur Kirx tomonidan
takomillashtirilgan
XX asr boshlarida turli elektromexanik shifrlash qurilmalari ishlab chiqildi,
jumladan:
“Kryha”
shifrlash mashinasi, Bolton shifrlash
g‘ildiragi,
Xebern shifrlash
mashinasi, M-209 konvertori,
“Geheimschreiber”
shifrlash mashinasi va boshq.
99
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O‘tgan
asr 30-yillarning
o‘rtalaridan
boshlab, axborot xavfsizligini
ta’minlashning
asosiy usuli radiolokatsion vositalarni ularning qabul qiluvchi moslamalariga faol
niqoblash va passiv imitatsiyalovchi radioelektron shovqinlar
ta’siridan
himoya
qilishni oshirishga qaratilgan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarning majmuasi
bo‘lgan.
Telegraf va telefonlarning paydo
bo‘lishi
axborot olish imkonini beradigan turli
xil texnik vositalardan foydalanishni boshlab berdi. Urushlarni olib borishga va
birjadagi vaziyatga
ta’sir
ko‘rsatuvchi
ko‘plab
xabarlar ushlana boshlandi. 1930
–
1940 yillarda diktofonlar, kichik fotoapparatlar va mikrofonlar paydo
bo‘ldi.
1940-yillarning
o‘rtalarida
elektron hisoblash mashinalari yaratilib, amaliy
faoliyatga joriy etila boshlandi. Axborot xavfsizligi muammolari asosan axborotni
qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarining jihozlariga jismoniy kirishni
cheklash usullari va vositalari bilan hal qilindi. Bu davrda matematikani asosan
algebra va sonlar nazariyasi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kabi
bo‘limlari
shakllangan. Algoritmlar nazariyasi, axborot nazariyasi va kibernetika
rivojlana boshladi. Matematikani aytib
o‘tilgan
ilmiy sohalari kriptologiyaning ilmiy
asosini tashkil qiladi.
XX asrning 60-yillari
o‘rtalaridan
lokal axborot-kommunikatsiya tarmoqlari
yaratil
а
va rivojlana boshladi. Axborot xavfsizligini
ta’minlash
vazifalari, asosan,
tarmoq resurslariga kirishni nazorat qilish (administratsiyalash) va boshqarish
yo‘li
bilan lokal tarmoqda birlashtirilgan axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish
vositalarini jismoniy himoya qilish usullari va uslublari bilan hal qilindi.
Keyingi yillarda axborotni simsiz uzatish tarmoqlariga ega kompyuter
tizimlarida axborot xavfsizligini
ta’minlash
uchun yangi xavfsizlik mezonlarini ishlab
chiqish zarurati paydo
bo‘ldi.
Alohida foydalanuvchilar, tashkilotlar va butun
mamlakatlarning axborot xavfsizligiga zarar yetkazishni maqsad qilgan insonlar
–
xakerlar jamoalari tashkil etildi. Bu yillarda rotorli kriptotizimlarga nisbatan
samaraliroq
bo‘lgan
va faqat raqamli elektron moslamalar
ko‘rinishida
amaliy amalga
oshirish imkoni bor
bo‘lgan
blokli shifrlar yaratil
а
boshlandi.
O‘tgan
asrning 60-yillarida xorij mamlakatlarida axborotni himoya qilishning
turli jihatlariga
bag‘ishlangan
ilmiy ishlar ochiq matbuotda chop etila boshlandi.
Ushbu muammoga bunday
e’tibor
turli firmalar va davlat tashkilotlarining kompyuter
jinoyatlaridan katta moliyaviy
yo‘qotishlari
sabab
bo‘ldi.
[179] da qayd etilganidek,
AQSh Federal qidiruv byurosining hisobotida aytilishicha, birgina 1997 yilning
o‘zida
Amerika fuqarolari turli xorijiy tashkilotlarning noqonuniy harakatlaridan 300
milliard dollardan ortiq zarar
ko‘rgan.
100
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1970-yillarda AQShda DES shifrlash standarti ishlab chiqildi. Uning
mualliflaridan biri Xorst Feystel blokli shifrlar modelini tasvirlab berdi, uning asosida
boshqa barqaror simmetrik kriptotizimlar kabi shifrlash standarti qurilgan.
Xuddi shu yillarda U. Diffi, M. Xellman, R. Merkli, R. Rivest, A. Shamir, L.
Adleman va boshqalarning ilmiy izlanishlari tufayli tomonlar
o‘rtasida
maxfiy kalitni
uzatishni talab etmaydigan assimetrik kriptotizimlar paydo
bo‘ldi.
A.A. Malyuk
ta’kidlaganidek,
o‘tgan
asrning 70-yillari oxiri va 80-yillari
boshlarida, tarmoq axborot texnologiyalari rivojlana boshlagan paytda ochiq
matbuotda axborotni himoya qilish va axborot xavfsizligi muammolariga
bag‘ishlangan
ilmiy ishlar paydo
bo‘la
boshladi.
Axborot resursi har qanday davlatning eng muhim resursiga, uning himoyasini
ta’minlash
esa milliy xavfsizlikning eng muhim va majburiy tarkibiy qismiga aylandi.
Axborot huquqi xalqaro huquq tizimining yangi
tarmog‘i
sifatida shakllana boshladi.
O‘tgan
asrning 80-yillari
o‘rtalaridan
hozirgi kungacha esa kosmik
ta’minot
vositalaridan foydalangan holda global axborot-kommunikatsiya tarmoqlari yaratildi
va rivojlandi. Bu yillarda kriptografiyaning yangi
yo‘nalishlari
paydo
bo‘ldi,
jumladan: ehtimolli shifrlash, kvant kriptografiyasi va boshqa
yo‘nalishlar.
Nefeystel
shifrlari, xususan, SAFER, RC6 shifrlari ishlab chiqildi, 2000 yilda esa AQShda
yangi milliy shifrlash standarti
–
AES qabul qilindi.
Kriptografiya
ma’lumotlarning
maxfiyligi va yaxlitligini nazorat qilishning
samarali vositalaridan biri
bo‘lib,
xavfsizlik dasturiy-apparat regulyatorlari orasida
markaziy
o‘rinni
egallaydi. Xususan, jismoniy himoya qilish nihoyatda qiyin
bo‘lgan
portativ kompyuterlar uchun hattoki
o‘g‘irlik
sodir
bo‘lgan
taqdirda ham
ma’lumotlarning
maxfiyligini faqat kriptografiya kafolatlay oladi.
Axborotni himoya qilishga yondashuvlar rivojlanishining zamonaviy
davrlarining umumlashtirilgan tavsiflarini keltiramiz.
Empirik davr (XX asrning 60-yillari, 70-yillari boshi). Empirik yondashuvning
mohiyati axborotga yangi tahdidlarning paydo
bo‘lishini
doimiy nazorat qilish; yangi
tahdidlardan himoya vositalarini ishlab chiqish; tajriba asosida himoya vositalarini
tanlashdan iborat. Axborotni himoya qilishning empirik yondashuvi
g‘oyasi
shundan
iboratki, zarur himoya mexanizmlari axborotga ilgari namoyon
bo‘lgan
tahdidlarni
tahlil qilish va himoya qilish
bo‘yicha
to‘plangan
tajriba asosida yaratilgan.
Bu bosqichda himoya deganda, garchi
ma’lumotlarning
yaxlitligini
ta’minlash,
ya’ni
uni
yo‘qotish
va buzib
ko‘rsatishning
oldini olish uchun ham
ba’zi
choralar
ko‘rilgan
bo‘lsa
ham, asosan, vakolatga ega
bo‘lmagan
shaxslar va jarayonlar
(dasturlar) tomonidan
ma’lumotlarni
ruxsatsiz egallashning oldini olish tushunilgan.
101
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Empirik yondashuv bosqichida axborotni himoya qilishni tashkil etish sxemasi
9-rasmda tasvirlangan:
Himoya muhitini
o‘rganish
Axborot zaifligini tahlil qilish
Himoyaga
qo‘yiladigan
talablarni aniqlash
Himoya mexanizmlarini qurish
9-rasm.
Empirik yondashuv bosqichida axborot xavfsizligini tashkil etish
sxemasi.
Xulosa
Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida axborot xavfsizligi
texnologiyalarini
o‘rganish
va ularni jamiyat hayotiga samarali tatbiq etish dolzarb
masalalardan biriga aylandi. Xususan, oliy
ta’lim
muassasalarida axborot xavfsizligi
sohasida kelajak mutaxassislarini tayyorlash jarayonida nafaqat texnik bilimlar, balki
ijtimoiy-axloqiy qadriyatlarni ham singdirish alohida
e’tiborni
talab etadi. Zero,
raqamli axborot vositalaridan foydalanuvchi har bir shaxs
–
ayniqsa, talabalar
–
axborotga nisbatan halollik, ehtiyotkorlik, shaxsiy hayot daxlsizligini hurmat qilish,
mualliflik huquqlariga rioya etish kabi axloqiy mezonlarga amal qilishi zarur.
Axborot xavfsizligini
o‘qitishda
ijtimoiy
mas’uliyatni
oshiruvchi yondashuvlar
–
bu
bilim bilan bir qatorda talabalar ongida axborot
suiste’mollari,
kiberjinoyat, feyk
axborotlar, raqamli etik qoidalar kabi tushunchalarning ijobiy va salbiy oqibatlarini
anglatishga xizmat qiladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning
noto‘g‘ri
qo‘llanilishi
jamiyatga, inson
sha’ni
va huquqlariga qanday xavf
tug‘dirishi
mumkinligini talabalarga chuqur anglatish, ularni axborot madaniyatining yetuk
namoyandalariga aylantirishning muhim bosqichidir. Shu jihatdan, axborot
xavfsizligi
ta’limi
faqat texnologik
ko‘nikmalarni
emas, balki raqamli axloq va
fuqarolik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi keng qamrovli pedagogik
jarayon sifatida
ko‘rilishi
kerak. Faqat shundagina biz axborot sohasida yuksak
axloqiy tamoyillarni egallagan, kasbiy
mas’uliyatga
ega
bo‘lgan,
o‘z
bilimi va
faoliyati orqali jamiyat xavfsizligiga hissa
qo‘shadigan
yosh avlodni tarbiyalay
olamiz.
Adabiyotlar
ro‘yxati
:
1.
Бонч
-
Бруевич
А.А.,
Кузин
А.В.
—
Информационная
безопасность:
Учебник.
Москва:
Академия,
2021.
102
Issue 14(49), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.06.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2.
Гуц
Н.А.,
Гуц
И.И.
—
Информационная
культура
и
безопасность
в
образовании.
Санкт
-
Петербург:
Лань,
2020.
3.
Поляков
А.В.
—
Этика
и
безопасность
в
цифровом
обществе.
Москва:
Юрайт,
2022.
4.
Axmedov A.A., Karimov B.I.
—
Axborot xavfsizligi asoslari. Toshkent:
Iqtisod-Moliya, 2020.
5.
Karimova D.M.
—
Axborot madaniyati va axborot xavfsizligi. Toshkent:
Fan va texnologiya, 2019.
6.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori:
“Axborot
xavfsizligini
ta’minlash
strategiyasi”,
2022-yil.
7.
Jo‘raqulov
T.A.
—
Kiberxavfsizlik va uni
ta’lim
tizimida
o‘rgatish
metodikasi. Toshkent: TDYU nashriyoti, 2021.
