237
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
TEACHING THE SOLUTION OF EXAMPLES AND PROBLEMS ON THE
TOPIC "TEN" AND "HUNDRED"
Usenbaeva Gozzal
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogik instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti 3v-
guruh talabasi
Annotation:
This article discusses the methodology for teaching elementary
school students to solve examples and problems with tens and hundreds
concentrations.
Keywords:
Tens, hundreds, concentrates, examples and problems, elementary
school students
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati boʻlgan
ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadiBoshlangʻich taʻlim –
uzluksiz ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan biri, bilimlar poydevori boʻlib hisoblanadi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda maktab taʻlimida matematika oʻqitish, ayniqsa
boshlangʻich taʻlim tizimida oʻz koʻlami va ahamiyati jihatidan gʻoyat katta
oʻzgarishlarni amalga oshirdi.Maktabda matematika oʻqitishni tashkil etishning
tarixiy, murakkab, koʻp yillik, tajribada sinalgan va hozirgi zamonning asosiy
talablariga javob beradigan shakli – darsdir. Boshlangʻich sinflarda matematika
oʻqitishda oʻquvchilarni masalalar yechishga oʻrgatish gʻoyat muhimdir. Maktabda
oʻqitishning boshidan oxirigacha matematik masalalar oʻquvchilarga matematik
tushunchalarni toʻgʻri shakllantirishga, uni oʻrab turgan muhitning oʻzaro
aloqadorligini chuqur anglashga yordam beradi. Oʻrganilayotgan nazariy qoidalarni
qoʻllash, kuzatilayotgan hodisalarga har xil sonli bogʻlanishlarni oʻrnatish imkonini
beradi. Shu bilan birga, masalalar yechish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam
beradi. Oʻquvchilarga beriladigan ta’limda masalalar va ularning yechimlari vaqt
boʻyicha ham, bolaning aqliy rivojlanishiga ta’siri boʻyicha ham muhim oʻrin
egallaydi. Yechilayotgan masalaning yoʻli oʻqituvchining u yoki bu masalani yechish
uchun berib, undan qanday pedagogik maqsadni koʻzlaganiga bogʻliq. 2-sinfda 100
likka doir masalalar oʻquvchilar bilimini mukammallashtirishga xizmat qiladi.
Masala yechishga oʻrgatishning muhimligi shundaki, oʻquvchi oʻzining asosiy
eʻtiborini matnli masalalar mazmunini matematika tiliga koʻchirishga qaratmogʻi
lozim.Murakkab masala yechish – bolaning fikrlash qobilyatini rejalashtirishning
238
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
foydali vositasi boʻlib, odatda, oʻz ichiga “yashirin informatsiyalarni oladi”. Bu
informatsiyalarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat
qilish, fikrlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilimning bu
usullarinioʻrgatish matematika oʻqitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Mazkur mavzuning dolzarbligi ham mana shundadir. 2- sinf matematika kursining
asoslaridan biri boʻlgan 100 likka doir masalalarni yechishni oʻrganishda yangi
pedagogik texnologiyalardan foydalanib oʻrganish kerak. Boshlangʻich sinflarda
murakkab masalalarni oʻrganishni tahlil qilish, 2-sinfda mavjud 100 likka doir
murakkab masalalar turlari ustida ishlash, uni matematik tilga oʻtkazish usullarini
tahlil qilish, hamda yangi pedagogik texnologiya koʻrinishidagi didaktik oʻyinlarni
masalalar yechishga joriy etish yoʻllarini izlash kerak. Shu asoda ilgʻor pedagogi
texnologiyalarini sinab koʻrish. Ishda 100 likka doir masalalarni yechishning
boshlangʻich sinf oʻquvchilarining fikrlash doiralarini kengaytirishdagi ahamiyati
yetarlicha asoslab berilgan va boshlangʻich sinf oʻquvchilarida murakkab masalalarni
yechish malakalarini shakllantirish lozimligi haqida toʻxtalib oʻtilgan.Masalalarning
yechimlarini topish asosan bolalarning fikrlash doiralarini kengaytiradi, ularning
masala yechishga boʻlgan qiziqishlarini orttiradi, undan tashqari ularning logik
tafakkurlarini rivojlantirish imkonini beradi, ularda masala yechishda uchraydigan
qiyinchiliklarni yengish uchun qa’tiylik va matonatlilikni tarbiyalaydi.
“Yuzlik” mavzusida masalalar yechishga oʻrgatishning umumiy masalalari.
Matematikada masalalar yechish nazariyani amaliyotga tadbiq qilishning eng muhim
tabiiy yoʻlidir. Boshlangʻich sinf matematika kursi maqsadga muvofiq tanlangan
masalalar sistemasi asosida bayon qilinadi. Bu sistemada matnli masalalar katta oʻrin
egallaydi. Arifmetik amallar orasidagi mavjud mazmunni ochishda tegishli oddiy
matnli masalalardan foydalaniladi. Matnli masalalar bolalarni “Shuncha katta
(kichik)”, “Shuncha marta katta (kichik) soʻzlari bilan ifodalanuvchi matematik
munosabatlar bilan tanishtiruvchi muhim vosita hisoblanadi. Matnli masalalar ulush
tushunchasini uqib olishda, geometrik tasavvurlarni shakllantirshda, shuningdek
algebraik elementlarni qarab chiqishda katta yordam beradi. Bolalarni baho, miqdor,
vaqt, tezlik va masofa orasidagi mavhud bogʻlanishlar bilan tanishtirishda matnli
masalalarning ahamiyati kattadir. Matnli masalalarning sodda va murakkab turlari
boʻlib, sodda masalalarningifodalanishi sistemasi kursdagi tegishli tushunchalarni
singdirish mantiqiga buysundirilgan. Oddiy masalalar qatori I-sinfdan boshlab
murakkab masalalar ham yechiladi. Ular ham egallangan nazariy bilimlarni
takomillashtirish ishiga xizmat qiladi. I-IV sinflarda berilgan masalalarni quyidagi
uchta guruhga ajratish mumkin.
239
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
1.Birinchi guruh masalalar arifmetik amallarning ma’nosini ochib berishga
qaratilgan. Bunday masalalarning har biri dasturga asosan konsentrlar boʻyicha mos
amallarni tanishtirishga muvofiq kiritiladi.
2.Ikkinchi guruh sodda masalalarga sonlar orasidagi oʻzaro xilma-xil
munosabatlarni ochishga tegishli boʻlgan masalalar kiradi. Bu oʻrinda munosabat
tushunchasi bir sonni boshqasiga boʻlganda chiqadigan boʻlinma sifatida qoʻllangan.
Boshlangʻich sinf matematikasida “teng boʻlish”, “Shuncha koʻp”(kam), “ shuncha
marta katta” kabi soʻzlar bilan ifodalanishi mumkin boʻlgan sonlar orasidagi
munosabatlar ustida ishlashga alohida e`tabor beriladi. Bu munosabatlarning ma`nosi
ikki toʻplam elementlari oʻrtasida oʻzaro bir qiymatli moslik oʻrnatishga bogʻlangan
xilma-xil mahaliy mashqlar asosida ochib beriladi. Bunday munosabatlarni ochish
maqsadida matnli masalalardan keng foydalaniladi.
3.Uchinchi guruh sodda masalalarga arifmetika nazariyasining ayrim yangi
masalalari-arifmetik amallarning komponentlari orasidagi bogʻlanishlarni ochib
beradigan masalalar kiradi.Uchinchi guruh maslalarga quyidagilarni koʻrsatish
mumkin.Berilgan yigʻindi va qoʻshivchiga koʻra ikkinchi qoʻshiluvchini topishga
doir masalalar. 100 lik ichidagi sodda va murakkab masalalar bolalarning fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirishning eng samarali vositasi boʻlib, odatda, oʻz ichiga
“yashirin jumboqni” oladi. Shunday qilib, oʻquvchilar 100 lik ichidagi matnli
masalalar yechish orqali matematik qonuniyatlarni amalda tadbiq etish, shuningdek
ba’zi fizik tushunchalarni oʻzlashtiradilar. Amerikalik mashhur matematik D. Raya
oʻzining “Как решать задачи” nomli kitobida masalalarni qanday yechishning
quyidagi rejasini mohirlik bilan tuzib bergan:
Masalaning qoʻyilishini tushuntirish.
Masalada nima berilgan, nima ma’lum,
nima noma’lum, ya’ni uning sharti nimalardan iborat ekanligini tushunib yetish.
Berilganlar noma’lumni topish uchun yetarlimi? Masalalarning shartini qismlarga
ajrating va ularni yozishga harakat qiling. Masalani yechish rejasini tuzing.
Berilganlar bilan nomalum orasidagi bogʻlanishni topish lozim. Agar bu bogʻlanish
birdaniga topish mumkin boʻlmasa, u holda yordamchi masalalarni qarab chiqish
foydalidir. Shundan soʻng masala rejasini tuzishga kirishish mumkin. D. Raya masala
rejasini tuzishda quyidagilarga e’tibor berishni talab qiladi:
- Siz oldin ham shunga oʻxhsash maslaga duch kelganmisiz?
- Yechishda foydali boʻlgan teoremalarni bilasizmi?
- Masaladagi noma’lumni chuqurroq oʻrganishning xuddi shunday yoki shunga
oʻxshash masalani eslashga harakat qiling.
-Berilganlarning hammasidan foydalanasizmi?
240
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
-Masala rejasini amalga oshirish.
-Masalani yechish rejasini amalga oshirishda oʻzingizning har bir qadamingizni
nazorat qilib boring.
-Siz uchun tanlangan qadamingiz maqulmi?
-Orqaga nazar tashlash (topilgan yechimni oʻrganish). Natijani tekshirish
mumkinmi? (emasligi) yechishning borishinichi?
- Bu masani boshqacha yoʻl bilan topish mumkin emasmi?
-Uni bir qarashdan aniqlashning iloji bormi?
-Olingan natijani yoki yechish usulini boshqa bir masalani yechishda
foydalanish mumkin emasmi? mashhur matematik D. Rayaning bu koʻrsatmalarini
ilgʻor oʻqituvchi oʻzlarining mehnat faoliyatlarida tadbiq etib, yaxshi natijalarini
qoʻlga kiritmoqdalar. Agar masala 1 amal bilan yechilsa uncha qiyin emas.
Masalaning shartida barcha berilganlarni aniqlash va ularni matematik “tilga”
oʻtkazish zarur. Bunda ham ba`zi qiyinchiliklarga duch kelish mumkin. Shu oʻrinda
quyidagi masalani koʻrib chiqaylik:
“Ikki shahar orasidagi masofa 390 km boʻlib, bu shaharlardan bir-biriga qarab
ikki aftobus yoʻlga chiqdi. Ulardan biri 60 km va ikkinchisi 70 km tezlik bilan
harakatlangan. Shartga koʻra, masofa 390 km, tezliklari 60 km va 70 km boʻlgan.
Avtobuslar uchrashguncha bir xil vaqtda yoʻlda boʻlgan, bir vaqtda joʻnab
uchrashguncha yurgan, degan shart bilan ifodalangan. Berilganlar aniqlangandan
keyin masalaning soʻrogʻi aniqlanib, yechish rejasini tuzishga kirishish
mumkin.Masalaning shartini izlash. Masalalaning sharitga koʻra chizma, sxema,
rasmlar va boshqalarni tuzish asosiy maqsad emas. Masala shartini izohlashning bir
koʻrinishlari mavjud boʻlib, masala mazmunini matematik tavsiflashda oʻquvchilarga
turli darajada yordamlashadi. Masala sharitni qisqacha yozish. Masala shartining
qisqacha yozishning aniq bir formasi mavhud emas. Qisqacha yozish miqdorlar va
masalada mos sonli ma’lumotlar orasidagi bogʻlanishlarni koʻrsatmali tasvirlab
beradi. Bu yozuv boʻyicha oʻquvchi masala shartini mustaqil aytib berish imkoniga
ega boʻladi.100 lik ustida masala yechimini izlashga oʻrganish ikki bosqichda olib
boriladi. Dastlab oʻquvchilar bir amalli sodda masalalarni yechish usullarini
oʻrganadilar. Bunday masalalar yechimini topish malakasi shundan iboratki, oʻquvchi
masalalaning shartida berilgan son ma’lumotlarini arifmetik amallar bilan bogʻlaydi.
M: Avtobusning tezligi soatiga 80 km, velosipedning tezligi undan 4 marta kam.
Velosipedning tezligini toping. Masalada ikki miqdor avtomabil tezligi bilan
velosipedning tezligi oʻzaro marta ham munosabat bilan bogʻlangan. Bu
munosabatlardan masala yechimini izlash koʻpaytirish amalini tanlashga olib keladi.
241
Issue 9(44), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 10.05.2025
SCIENCE SHINE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Shunday qilib sodda masalalar yechimini izlashga oʻrgatish oʻquvchilarda u yoki bu
munosabatlarga
mos
keluvchi
arifmetik
amallarni
aniqlash
malakalarini
shakllantirishdan iborat.Bir necha amallar bilan yechiladigan murakkab masalalar
toʻplamida yechishni izlashga oʻrgatish birmuncha yuqori saviyada amalga oshiriladi.
Bola sodda masalani yechish malakasiga ega boʻlgani uchun murakkab masala
tarkibidagi sodda masalalarni koʻra oladi va uni ketma-ket yechish bilan murakkab
masalani yechadi. Murakkab masalalarni yechishga kirishishdan oldin ularni
guruhlarga boʻlib, soʻngra yechimini izlash metodlarini tanlash va tadbiq etishga
kirishish maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.https://soff.uz/product/maktabgacha-va-boshlangich-talim-onlik-va-yuzlik-
mavzusida-misol-va-masalalar-yechishga-orgatish-metodikasi
2. https://azkurs.org/onlik-va-yuzlik-mavzusida-misol-va-masalalar-yechishga-
orgatis.html
