Феномен творчества и его научно-теоретические основы

CC BY f
566-575
9
49
Поделиться
Зиёдуллаева, Ф. (2023). Феномен творчества и его научно-теоретические основы . Актуальные проблемы обучения социально-гуманитарных наук в медицинском образовании, 1(1), 566–575. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/sciences-medical-education/article/view/20611
Фарангиз Зиёдуллаева, Чирчикский государственный педагогический университет

2nd stage graduate student of the  Faculty of Pedagogy 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В данной статье социальный заказ на исследование творческих возможностей человека определяет особую значимость проблемы творчества. Динамическая (развивающаяся и растущая) классификация личностного творчества находит свое отражение в творчестве и его основных аспектах. Однако, хотя творчество является определенной научной категорией психологии и педагогики, понятие «творчество» не нашло подходящего определения в соответствующих словарях и недостаточно определено в психологии творчества. Несмотря на то, что тот или иной аспект научного творчества по-разному рассматривается и освещается на разных уровнях в десятках научных работ, подчеркнуто, что единого решения как самой проблемы, так и связанных с ней практических вопросов не существует.


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

566

KREATIVLIK FENOMENI VA UNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Ziyodulloyeva Farangiz Jo‘raboy qizi

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti. O‘zbekiston, Т

oshkent v.

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq

etishga bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida muhimligini

belgilaydi. Shaxsiy ijodkorlikning dina

mik (rivojlanib, o‘sib boruvchi) tasniflanishi

kreativlik va uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va

pedagogika fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa

-

da, “kreativlik”

tushunchasi tegishli lug‘atlarda munosib deffere

nsiyasini topmagan va ijod

psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O‘nlab ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning

u yoki bu qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga

qaramasdan, hozirgacha na muammoning o‘ziga va na unga taalluqli bo‘lgan

amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emasligi yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

kreativlik, kreativlik fenomeni, “Men va oliy Men”, ijodiy qobilyat.

ФЕНОМЕН ТВОРЧЕСТВА И ЕГО НАУЧНО

-

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ

Зиёдуллаева Фарангиз Джорабой кизи

Чирчикский государственный педагогический университет

Узбекистан, Ташкентская область

Аннотация.

В данной статье социальный заказ на исследование

творческих возможностей человека определяет особую значимость

проблемы творчества. Динамическая

(развивающаяся и растущая)

классификация личностного творчества находит свое отражение в

творчестве и его основных аспектах. Однако, хотя творчество является

определенной научной категорией психологии и педагогики, понятие

«творчество» не нашло подходящего определения в соответствующих

словарях и недостаточно определено в психологии творчества. Несмотря

на то, что тот или иной аспект научного творчества по

-

разному

рассматривается и освещается на разных уровнях в десятках научных

работ, подчеркнуто, что единого решения как самой проблемы, так и

связанных с ней практических вопросов не существует.

Ключевые слова:

креативность, феномен креативности, «Я и высшее

Я», творческая способность.


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

567

THE PHENOMENON OF CREATIVITY AND ITS SCIENTIFIC AND

THEORETICAL FOUNDATIONS

Ziyodullayeva Farangiz Joraboy kizi

Chirchik State Pedagogical University 2nd stage graduate student of the

Faculty of Pedagogy

Annotation.

In this article, the social order to research the creative

possibilities of a person determines the special importance of the problem of

creativity. The dynamic (developing and growing) classification of personal

creativity is reflected in creativity and its main aspects. However, although

creativity is a defined scientific category of psychology and pedagogy, the concept

of "creativity" has not found a suitable definition in the relevant dictionaries and is

not sufficiently defined in the psychology of creativity. Despite the fact that one or

another aspect of scientific creativity is approached in different ways and covered

at different levels in dozens of scientific works, it has been highlighted that there is

no single solution to the problem itself or to the practical questions related to it.

Key words:

creativity, phenomenon of creativity, “Self and higher Self”,

creative ability.

KIRISH

Bugungi kunga kelib har qaysi zamonaviy davlatning ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishi, ta’lim

-tarbiya jarayonida, umum

an, ta’lim tizimida shaxsning ijodiy

intellektual qobiliyatlarini o‘stirish orqali unda mavjud axborotlar oqimini qabul

qilish, tushunish, fikrlash va qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan kreativlik

ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘proq e’tibor qaratish z

aruratini yuzaga

keltirmoqda. Bu esa undan ijodkorlik, izlanuvchanlik va nostandart tafakkurni
talab etadi. Shuning uchun yoshlarda ijodiy tafakkurni, kreativ fikrlash sifatini

rivojlantirish ta’lim muassasalaridagi ta’lim tarbiya jarayonining asosiy

vazif

alaridan biri sifatida baholanishi o‘rinlidir. Shunday ekan yoshlarda kreativ

tafakkurni rivojlantirishning samarali uslubiy, pedagogik-

psixologik yo‘llarini

aniqlashga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari o‘zining alohida dolzarbligi va

ijtimoiy qiymati bilan ajralib turadi.

ISHNING MAQSADI

Adabiyotlar bilan ishlash, manbalarni o‘rganish va maʼlumotlar tahlili orqali

kreativlik fenomeni va uning ilmiy-nazariy asoslari masalalarini yoritishdan

iborat.

METOD VA VOSITALAR

Adabiyotlar bilan ishlash,

manbalarni o‘rganish va maʼlumotlar tahlili.


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

568

OLINGAN NATIJALAR MUHOKAMASI

Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga bo‘lgan ijtimoiy

buyurtma kreativlik muammosining alohida muhimligini belgilaydi. Shaxsiy

ijodkorlikning dinamik (rivojlanib, o‘

sib boruvchi) tasniflanishi kreativlik va

uning asosiy qirralarida aks etadi. Biroq, kreativlik psixologiya va pedagogika

fanlarining belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa

-

da, “kreativlik” tushunchasi

tegishli lug‘atlarda munosib defferensiyasini topmagan

va ijod psixologiyasida

yetarlicha aniqlanmagan. O‘nlab ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning u yoki bu

qirralariga turlicha yondashib, har xil darajada qamrab olinayotganligiga

qaramasdan, hozirgacha na muammoning o‘ziga va na unga taalluqli bo‘lgan

amaliy

savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas.

60-

yillarda Kreativlik tusunchasiga 60 tadan ortiq ta’rif berilgan bo’lib,

ularning soni kundan-kun oshib bormoqda. Tushunchalar taxlil qilinib, oltita

yo’nalishga ajratilgan: gelshtat (Kreativlik

jarayonini yanada yaxshisini yaratish

maqsadida mavjud gelshtatni buzish jarayoni sifatida ifodalash), innovatsion

(yakuniy mahsulotning yangiligini kreativ baholashga mo’ljallangan), estetik yoki

ekspressiv (yaratuvchining o'zini ifodalay olishiga urg'u beruvchi), psixoanalitik

yoki dinamik (Kreativlikni U, Men va Yuksar Men atamalari o’rtasidagi

munosabatlarda aks etilishi), muammoli (bir qator muammolarni echish jarayoni

va Dj.Gilford: “Kreativlik bu divergent tafakkur jarayonidir” nusunchasi orqali

yond

ashish, oltichi tipga yuqorida ko’rsatib o'tilmagan, va shu bilan bir qatorda

noaniq (masalan, “umuminsoniy bilimlarga qo’shimcha”) qarashlar kiritilgan.

Psixologiyada ijod va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi alohida

yo‘nalish –

ijodkorlik psixologiy

asi yo‘nalishi vujudga keldi. Ijodkorlik

psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik qonuniyatlar, ijod jarayoni

mexanizmi va kreativ (creativity

inglizcha ijodiy) likni o‘rganishdan iborat.

Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi sifatida (N.V. Kipiaki,

A.M. Matyushkin, Y.A. Ponomarev, I.N. Semenov va boshqalar) qaraladi va uning

o‘rganilishi M.S.

Bemshteyn, V.S. Bibler, V.N. Shkin, O.K. Tixomirov, E.G. Yudin va

boshqalar nomi bilan bog‘liq.

Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi yo‘nalishi ustida g‘arb

olimlari: J. Gilford, S. Liding, V. Smit, D. Xalperik va boshqalar izlanishlar olib

borishgan. Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi izlanishlarini

tahlil qilib va umumlashtirib R.Xameni yozadi:

“Kreativlik o‘zida

yangicha

yo‘sinda amalga oshirilgan o‘zlashtirish to‘lqinini (Makkelif), yangicha

aloqadorliklarni aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers),

yangiliklar (Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga sabab bo‘luvchi faoliyatidir”

.

Ko‘pchilik tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va
xususiyatlariga e’tibor qaratadilar. J.Gilfodning fikricha, kreativlik va ijodiy

imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida

namoyon bo‘ladi. E.

Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning

yetarli bo‘lmasligi muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi indentifikatsiya va


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

569

taxminlarning shakllanishi, yechimlarining topilish jarayoni deb qaraydi.

(E. Torrens, 1996-y.).

V. Arteymning izlanishlarid

a ijodkorlik uning mahsuli bo‘lgan obyektga

qarab baholanmaydi, deb aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha: “Kreativlik

bilim, faoliyat va istakning uyg‘unligi”. Psixologiyada evristika muammosini

o‘rganish borasida V.N.

Pushkin: “Evrestik faoliyat shu

nday psixologik jarayonki,

uning yordamida muammo yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi,

evrestik faoliyat deb ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi”, degan

edi.Kreativlikning tasniflanishi kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi

psixik

komplekslar tarkibi bilan bog‘liq. Kreativlikning psixologik izlanishlardagi

asosiy urg‘u muammolami mustaqil yechishga undovchi, o‘ziga xos katta

hajmdagi g‘oyalarni yuzaga keltiruvchi va ularning o‘ziga xos yechimini topishga

asos bo‘luvchi individning

intellektual va shaxsiy qobiliyatiga qaratiladi.

Kreativlik istisno etilgan va g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi dastlabki

izlanishlardan farqli ravishda, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs

ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan individ kompleksi sifati

da qaralmoqda. Bu kreativlik

muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon bo‘ ladi: u faqatgina har bir shaxs

ham qo‘lga kirita olmaydigan natija emas, balki refleksiya va o‘z

-

o‘zini

baholashdagi shaxsning yangicha sifat ko‘rsatkichi deb o‘rganilmoqda. Kreat

ivlik

haqidagi ko‘pgina izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda

mavjud bo‘ladigan psixologik kreativlik mexanizmi va ijodkorlik imkoniyatilariga

asosiy e’tibor qaratilmoqda.

An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kateg

oriyasi sifatida

qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilgan: Kreativlik tafakkur

sifatida (J. Gilford, Y.K. Tixomirov) yoki intellektual faollik sifatida (D.B. Bogolevskaya,

L.B. Yermolayeva-Tomina), yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A. Ponomarev

va boshqalar).

Kreativliknr intellektual va ijtimoiy kreativlikka bo‘lish mimkin. Intellektual

kreativlik analiz ya sintezdan iborat. Analiz va sintez qila olish qobiliyati umumiy

intellektning

asosidir.

Ijtimoiy

kreativlik

o‘zi

da

kasbiy-kreativlikni

mujassamlashtiradi, uning ko‘pgina turlari orasida pedagogik kreativlik ham mavjud.

Pedagogik kreativlik kommunikativ va didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik

kreativlik o‘zida intellektual boyliklarga intilish va shu bilan birga n

ovatorlik

qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik

qobiliyatning asosi hisoblanadi. Pedagogik qobiliyat ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir

ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezimni rivojlantiradi. Pedagogik ijodkorlik

qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt kesishganda ijod mahsuli yaratiladi.

Kreativlikni eng umumiy ko‘rinishda ijodkorlikning umumiy qobiliyati

sifatida tushunish mumkin. Kreativlik (lot. Creation-yaratish)

bu insonning

noodatiy g‘oyalarni ilgari sura olish, orginal yechimlar topa olish, an’anaviy

fikrlash tarzidan chetga chiqishga qodirligidir. K.Rodjers (1994) kreativ

qobiliyatni muammoni yangicha aks ettirish va hal qilish yo‘lida ko‘rinadi deb

ta’kidlaydi [2], [4], [5].


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

570

Tadqiqotlarda ijodiy

tafakkurning kollej talabalari o‘zlashtirish

ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro aloqasi tekshirilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi izlanishlar

o‘rtasida ahamiyatli aloqadorlik mavjudligini, ammo bog‘lanish chiziqli

ko‘rinishda emasligini ko‘rsatdi. Bu borada biz ijod

iy tafakkuri yuqori darajada

rivojlangan talabalardan o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishni ko‘rish

mumkin. Biroq bundan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari baland barcha talabalar

kreativlik bo‘yicha ham salmoqli natijaga ega bo‘lishi haqida xulosa

chiqarib

bo‘lmaydi, degan fikrda to‘xtaymiz [2].

N.B. Goryunova, V.N.

Drujinin tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda qo‘lga

kiritilgan ma’lumotga qaraganda, talaba tegishli murakkablik darajasiga ega

ijodiy topshiriqni bajarish uchun zarur kognitiv zaxiradan ortiq zahiraga ega

bo‘lishi, ya’ni faol va erkin kognitiv elementlarning katta yigindisiga egaligi ijodiy

faoliyatda uning ko‘rsatkichlari boshqalarnikidan yuqori bo‘lishini ta’minlovchi

muhim psixologik omildir deya ta’kidlanadi. [3].

Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlami kreativ emas insonlardan

farqlovchi hissiy chizgilar (o‘z

-

o‘ziga ishonch, tajovvuzkorlik, o‘z

-

o‘zidan

qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va boshqalar fikriga toqatsizlik), individning

shaxsiy o‘ziga xosligi katta ta’sir ko‘rsatadi.

Kreativlikning motivlikka

munosabatini belgilovchi yagona qarashlar tizimi mavjud emas. Nuqtai

nazarlardan biriga ko‘ra, kreativlikda individ o‘z imkoniyatlaridan maksimal

darajada foydalanadi, faoliyatning yangi qirralarini izlab topadi. Boshqa bir

huqtai

nazarga ko‘ra kreativ kishilani motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish,

o‘z imkoniyatlari chegarasini aniqlashga intilishdir.

Aytish mumkinki, har ikkala nuqtayi nazar ham o‘zida kreativ insonlarni

motivlashning individual variantlarini mujassamlashtirgan.

Kreativlikni rivojlantirish yuzasidan olimlar tomonidan turlicha

mulohazalar ilgari suriladi. Ijod jarayonining inson psixik faoliyatining chuqur

qatlamlari bilan aloqadorligi nihoyatda murakkab va idividual tabiatga egaligi

sababli kreativlikni maqs

adli tashqi faol ta’sir hisobiga rivojlantirish imkoniyatiga

nisbatan fanda qarama-qarshi nuqtayi nazarlar shakllangan. Jumladan, ayrim

mualliflar (F. Barron. X. Gruber va b.) kreativlikni mashqlar hisobiga rivojlantirib

bo‘lmasligini zero, bu sifatning tarkib topishi ko‘plab omillarning –

odam

individual-

psixologik xususiyatlari qulay ijtimoiy muhit sifatli ta’lim

-tarbiya

ishlarining o‘zaro muvaffaqiyatli ravishda uyg‘un bo‘lishini talab qilishiga e’tibor

qaratadilar [4].

N.V.

Rojdestvenskaya teatr san’ati

akademiyasi talabalari bilan art-terapiya

va improvizatsiya usullari vositasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib,

kreativlikning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha sezilarli o‘sishga erishish

mumkinligini ko‘rsatdi [9].

Boshqa mualliflar keltirgan ma’lumotlarga

ko‘ra ham bolalar “ochiq

toifadagi” ya’ni yechish yo‘lini mustaqil tanlash va ro‘yobga chiqarish mumkin

bo‘lgan har qanday usulni erkin taklif etish imkonini beruvchi masalalar bilan

mashq qilsa, ularda an’anaviy javobdan chetga chiqish, tafakkur orginall

igi va


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

571

mustaqilligi, xayol parvozi, yangi g‘oyalar generatsiyasi, bir so‘z bilan aytganda,

kreativlikka xos xususiyatlar rivojlanadi [6].

R.E.

Alyushin o‘z ilmiy

-pedagogik faoliyati natijalariga asoslanib, talabalar

ijodiy tafakkurini rivojlantirishning samarali vositasi sifatida intellektual

masalalarni ajratib ko‘rsatadi. Uning ta’kidlashicha bunday masalalar talabaning

bilish zaxiralarini xarakatga keltirib, uning aqliy faoliyatida tadqiqotchilik

uslubini shakllantiradi. Muammoli vaziyatlarga asoslangan ushbu masalalar

orasida ayniqsa yagona aniq yechimi bo‘lmagan va talabaning o‘z imkoniyatlari

darajasida qo‘yilgan masalaga chuqurlashishi uchun sharoit yaratuvchi, bunda

avvaldan qo‘yilgan shartlarni qayta ko‘rib chiqish, birlamchi ma’lumotlar

tarkibini q

ayta tuzish va to‘ldirishni talab qiluvchi topshiriqlar samarali bo‘ladi.

Bunda ko‘proq e’tibor talabalarning mustaqil aqliy xarakatlarini ta’minlashga

qaratilishi kerakligi xususida xulosa chiqaradi [5].

Ko‘plab mashhur olimlarning tarjimayi holini tahlil

qilgan mutaxassislar

ular uchun ko‘pincha bir umumiy jihat xosligini –

bu ijodkorlarning aksariyati ijod

zavqini, mustaqil fikr va kashfiyotlar qilish gashtini bolalikda turli tugaraklardagi

faoliyati davomida ilk bor his etganini tan olishini qayd etadilar [4].

E’tiborlisi shundaki, verbal va noverbal kreativlik sohasidagi tugaraklar

ishida qatnashadigan va qatnashmaydigan tengdoshlararo tafovut o‘rta va yuqori

sinflarda ham saqlanib qoladi [4], [3]. Haqiqatdan ham maxsus tadqiqotlar

o‘qituvchilar va ota

-

onalar tomonidan bolaning o‘quv fanlaridan tashqariga

chiquvchi qiziqishlarini qo‘llab quvvatlashi ulardagi kreativlik salohiyati yuzaga

chiqishiga yordam berishini ko‘rsatmoqda [6].

Ijodiy qobiliyatlarni, shu jumladan, talabalar ijodiy salohiyatini

rivoj

lantirishning usullari sifatida bugungi kunda ko‘pgina mualliflar taklif

etayotgan uslubiy yechimlarda kognitiv yondashuv ustvorligi seziladi. Ko‘pchilik

mualliflar ijodiy tafakkurni rivojlantirishning samarali usullari sifatida kreativlik

asosini tashkil etuvchi bilish jarayonlari (ijodiy xayol, tanqidiy tafakkur va h.)ni

faollashtirishga mo‘ljallangan mashq va topshiriqlardan iborat metodikalarni

taklif etadilar. Ma’lumotlarga ko‘ra kreativ tafakkurni rivojlantirish metodikasi

zamonaviy psixologiyada biri

nchilardan bo‘lib, R.Krachfild tomonidan ishlab

chiqilgan. Uning metodik yondashuvi ijodiy qobiliyatlar ma’lum ijodiy

topshiriqlarni bajarish davomida rivojlanishi haqidagi tasavvurga asoslanadi.

R.

Krachfild metodikasida uquvchilarga ikki o‘smir bolaning

sarguzashtlari

haqidagi hikoyalar taqdim etilib, ulardagi izquvarlik mazmunidagi voqealar bilan

bog‘lik bo‘lgan turli vaziyatlarning sabab va oqibatlari yuzasidan farazlar ilgari

surish taklif qilinadi [4].

Ye.P. Torrens ijodiy tafakkurni rivojlantirishning bir necha bosqichli

texnologiyasi taklif etadi.

Unga ko‘ra, dastlabki bosqichda trening ishtirokchisiga

turli vaziyatlar tasvirlangan suratlar ko‘rsatilib, undagi holatga olib kelgan barcha

odatiy va noodatiy sabablar, uning natijasida ro‘y berishi ehtim

ol tutiladigan

xilma xil oqibatlar xususida muloxaza yuritishga, ikkinchi bosqichda esa turli


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

572

buyumlarni o‘zining asl vazifasidan tashqari qanday maqsadlarda ishlatilishi

mumkinligi yuzasidan fikrlashga undaydigan topshiriq beriladi [6].

I.A. Bogdasarova ishlarida kreativlikni pivojlantirishda folklor materiallaridan

foydalanish [4], N.A. Rojdestvenskaya tomonidan sahnalashtirilgan maydondagi

improvizatsion xarakatlarga o‘rgatish [2], imkoniyatlari tekshirilgan.

Kreativlik qobiliyatini rivojlantirish vositasi sifatida qator mualliflar turli

materiallar asosida ijodiy xayolni mashq qildirishga mo‘ljallangan metodikalarni

taklif etadilar [6], [11]. Jumladan, Ye.P.

Rogovning amaliy qo‘llanmalarida taklif

etilgan, guruhiy shaklda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan mashqlarda, masalan, trening
ishtirokchilaridan biri qandaydir fantastik vaziyatli savol (masalan, “Agar

odamlar bir birining fikrini o‘qiy oladigan bo‘lib qolganda, yerdagi hayotda

qanday o‘zgarishlar ro‘y berar edi?” degan savol) ni o‘r

taga tashlash guruhing

qolgan a’zolariga o‘zlarining imkon qadar rang

-barang javoblarini shakllantirish

vazifasi berilishi mumkin [10].

Ijod psixologiyasi muammolarini o‘rganishda o‘z ilmiy maktabini yaratgan

bu sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri Ya.A. Ponomarev ham tafakkur

kreativligini rivojlantirishning metodik imkoniyatlarini aniqlash yo‘nalishida o‘z

yondashuviga ega. Xususan, olimning tadqiqotlarida to‘kkiz katakli (3x3)
shahmat doskasining turli qismlarida joylashtirilgan ot bilan o‘yin qoidal

arini

buzmagan holda boshqa bir katakka ko‘yilgan piyodani olishga qaratilgan

xarakatlarni aniqlash mashqidan ham diagnostik, ham rivojlantiruvchi maqsadda

foydalanish holatlari qayd etiladi [2], [3].

B.

Kleg tomonidan ijodiy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga xos intensiv

kurs ishlab chiqilgan bo‘lib, uning asosini odatiy sharotda ko‘rsatilgan birlikda

uchramaydigan narsa

hodisalar qanday assotsiativ bog‘lanishlarni uyg‘otishi

(masalan: “mixli muzqaymoq”, “shlyapali choynak”, “akvariumdagi televizor”, “uydagi

kul” kabi birliklar nimalar bilan assotsiatsiyalanishi) haqida o‘ylantirib qo‘yishga

mo‘ljallangan topshiriqlar tashkil etadi [4]. Muallif tavsiya etgan kurs nafaqat ijodiy

tafakkurni rivojlantiruvchi mashqlar, balki maxsus trening dasturi sifatida guruh

a’zolari o‘rtasida ochiq erkin munosabatlar o‘rnatilishi, guruhda ishchan muhit

saqlanib turishi kabi kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy ishga

qulay psixologik sharoit vujudga keltirilishi uchun ahamiyatli mashg‘ulotlarni ham o‘z

ichiga olishi alohida e’tiborga loyiq.

Ijodiy tafakkurni rivojlantirish, nostandart fikrlashga o‘rganishning

metodik asoslarini ishlab chiqish sohasida dunyo miqyosida tanilgan mutaxassis

E.de Bono samarali usul sifatida “provakatsion g‘oya” m

etodikasi

bir qarashda

aql bovar qilmaydigan, mantiqsiz fikrni (masalan: “avtomobil g‘ildiraklari

turtburchak bo‘lishi kerak”) ilgari surib, uni baholashdan qochib rivojlantirishni
davom ettirish yo‘lini taklif etadi [5]. Muallif fikricha, “provakatsion”

g‘oyalarning

baholanishiga yo‘l qo‘yilsa, tafakkur ularni tajribada mavjud shablonlarga

nomuvofiqligi sababli darxol inkor etadi. Ijodiy tafakkur rivojlanishi uchun esa

bunday fikrlarga baho berish, ularning shaxsiy tajriba chegaralariga qanchalik


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

573

sig‘ishini aniqlash o‘rniga ushbu g‘oyalardan kelib chiquvchi keyingi yangi

fikrlarga o‘tilishiga erishish zarur. G‘ayritabiiy fikrlardan yangi g‘oyalarga o‘tish

jarayoni E.de Bono talqinida ushbu mantiqsiz fikrlardan qandaydir foydali yechim

topish biror mantiqi

y jihatdan o‘rinli xulosaga kelishdan iborat bo‘ladi [6].

E.De Bono o‘zining uslubiy yondashuvida “aqliy hujum” metodikasining

yaqqol kamchiliklaridan biriga yo‘l qo‘yilmasligiga e’tibor qaratadi. Uning

fikricha, aqliy hujum metodi doirasidagi amaliy ishda

yangi va original g‘oyalar

generatsiyasi uchun xech qanday fikrning tanqid qilinishi va baholanishiga yo‘l

qo‘yilmasligi ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz, ammo bunday shakldagi

mashg‘ulotda baho berishdan saqlanib turgan odamdan uning o‘rniga qandaydir

nostandart holatdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan foydali natijalar haqida

o‘ylanish yoki kimningdir mantiqsiz g‘oyasidan kreativ foydalanishga asoslangan

aqliy amallar talab etilmaydi [5].

Yuqoridagi qisqacha tahlildan ko‘rinib turganidek,

tafakkur kreativligini

rivojlantirish ko‘zda tutilgan metodik vositalarning aksariyati odamdan ijodiy

yondashuvni talab qiluvchi topshiriqlardan iboratdir.

Albatta, tavsiflangan uslubiy yondashuv tegishli psixik jarayon, holat va

xususiyatning ichki tabia

ti namoyon bo‘lish va rivojlanish xususiyati haqidagi

ilmiy tasavvurlarga asoslanadi. Ammo, nazarimizda, ijodiy tafakkur, kreativlik
qobiliyatini rivojlantirish haqida gap ketganda yuqorida tavsiflab berilgan

yondashuv bilan chegaralanish kognitiv jarayonl

ar misolida bo‘lganidek yuqori

samaradorlik kafolati bo‘la olmaydi. Buning asosiy sababi, bizning fikrimizcha,

boshqa bilish jarayonlariga nisbatan ijodiy tafakkurning shaxs xususiyatlari bilan

o‘ta chuqur va murakkab munosabatda jamligidadir. Darhaqiqat,

yuksak ijodiy

qobiliyatlarni namoyon etuvchi ijodkor shaxslarni biografik manbalar asosida

ham, bevosita empirik tekshiruv asosida ham o‘rganish natijalari qayta –

qayta

ular nafaqat intellektual sifatlari bilan, balki shaxs xususiyatlari sohasidagi

betakror individualligi bilan ajralib turishini tasdiqlamoqda. Bu holat ijodiy

tafakkurni rivojlantirish yo‘nalishidagi ish mazmunida aks etishi kerakligi qator

mualliflarning dasturlariga asos bo‘lgan ilmiy qarashlarda ham qayd etiladi.

Masalan. B.Klegning ijod

iy tafakkurni rivojlantirish bo‘yicha intensiv kursi

muallifning kreativlik darajasiga yetish besh omil

madaniy muhitning ijobiy

ta’siri, maxsus metodikalardan unumli foydalanish, shaxs sifatida rivojlanish,

mental energiya va yumor hissining yuqori dara

jada rivojlangan bo‘lishi lozimligi

haqidagi tasavvurlariga asoslanadi [4]. Shu sababli, nazarimizda, tafakkur

kreativligini rivojlashirish bo‘yicha amaliy ish samaradorligi nafaqat metodik

vositalarning mahsuldorligi, balki shakllantiruvchi ta’sir obyekti

bo‘lgan odamda

tegishli shaxs xususiyatlari qanchalik shakllangan bo‘lishiga ham bog‘likdir.

Tavsiflab o‘tilgan holatda bizning fikrimizcha, ijodiy tafakkurni faol tashqi

pedagogik

psixologik ta’sir hisobiga rivojlantirishga qaratilgan ishning kafolatli

samaradorligini oshirish uchun talaba shaxsida ham shunday o‘zgarishlarni

stimullashtirish kerakki, ular intellektual trening doirasidagi topshiriqning qabul

qilinishi yuqori ichki motivatsiya bilan bajarilishiga zamin tayyorlasin.


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

574

Zamonaviy psixologik yo

rdam amaliyoti yo‘nalishtari orasida markaziy

o‘rinlardan birini egallagan gumanistik yondashuv metodologiyasiga ko‘ra ham,

odamning kreativlik qobiliyatini uning shaxsi strukturasida muayyan

o‘zgarishlarni hosil qilmay rivojlantirib bo‘lmaydi. Ijodni biro

r bir malakaga

o‘rgatganday o‘rgatishning imkoniyati yo‘q. Kreativ bo‘lmoq uchun odam sifat

jihatidan va bir butun tarzda o‘zgarishi talab qilinadi. Shu bois kreativlikni

rivojlantirishning gumanistik texnologiyalari o‘z mohiyatiga ko‘ra, shaxsiy

salohiyat

ini ro‘yobga chiqara oluvchi shaxsni shakllantirish texnologiyalaridan

farqlanmaydi [6].

XULOSA

Ijodiy qobiliyatlar hamda ijod psixologiyasi sohasida chuqur izlanishlar olib

borgan deyarli barcha tadqiqotchilar kreativ shaxslarga odatda hissiy

ta’sirchanlik xos bo‘lishini, tarixda hatto ayrim buyuk ijodkorlar ta’sirli ijodiy

asarlar bilan tanishish jarayonida ko‘z yoshgacha o‘ta ta’sirlangani xushini

yuqotgani haqida ma’lumotlar mavjudligini qayd etadilar. Negaki, barcha turdagi

ijodiy faoliyat

va ijodning maxsullarida o‘ziga xos estetika, shakl nafosati,

kompozysion tartiblashganlik, tizimlilik elementlarini topish mumkin.

Tadqiqotlarda kreativlik ko‘pincha odamning o‘ziga ishonchi, keng ma’noda
go‘zallikni his eta olish, qiziquvchanlik, shaxs s

ifatida yetuklikning yuqori

darajalariga erisha turib, olamni bolalarcha idrok etishga moyillik singari

xususiyatlar bilan yaqin aloqadorlikda bo‘lishi isbotlangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Barron F., Harrington D. Creativity, intelligence and personality // Ann.

Rev. of Psychol.

1981.

Vol. 32.

P. 439-476.

2.

G’oziyev E.G. “Tafakkur psixologiyasi”. Toshkent 2000 yil. 78

-81 b.

3.

Guilford J.P. Measurement of creativity // Explorations in creativity.

N.Y., 1967.

P. 101-119.

4.

Guilford J.P. The nature of human intelligence.

N.Y., 1967.

R. 43-57.

5.

Karimova V.M. va b.q. “Mustaqil fikrlash” T. “Sharq”

-2000 yil.

6.

Karimova V.M., Sunnatova “Mustaqil fikrlash bo’yicha mashg’ulotlarni

tashkil etish yuzasidan uslubiy qo’llanva” T. “Sharq”

-2000 yil.

7.

kizi Mirzaeva S. R., Sanakulovna S. S., Usta-Azizova D. A. STUDY OF THE

PROBLEM OF EMOTIONAL INTELLIGENCE IN PSYCHOLOGY //Ann. For. Res.

2022.

Т

. 65.

№. 1. –

С

. 7458-7463.

8.

Shoyimova Sh.S. Kasbiy psixoiogiya.

O’quv qo’llanma. “EFFECT

-

D” 2021.

176 bet.

9.

Shoyimova Sh.S. Psixologiya va pedagogika.

Darslik / O‘zbekiston

Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. –

T.: “EFFECT

-

D”, 2022.

396 bet.

10.

Taylor C.W. Various approaches to and definions of creativity // The

nature of creativity.

Cambridge, 1988.

P. 99-126.


background image

«Актуальные проблемы обучения социально

-

гуманитарных наук в медицинском образовании»

Международная научно

-

практическая онлайн конференция

575

11.

Taylor C.W. Various approaches to and definions of creativity // The

nature of creativity.

Cambridge, 1988.

P. 99-126. 20. Torrance E. The nature of

creativity as manifest in the testing // The nature of creativity.

Cambridge, 1988.

P. 43-75.

12.

Umarov B.M., Shoyimova Sh.S., Ro'ziyeva D.I. Pedagogika.Psixologiya.

Darslik. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. –T.: «IJOD

-

PRINT»

-332 bet. 2019.

13.

Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. «LESSON

PRESS» Тошкент, 2018.

14.

Шойимова Ш.С. Мутахассис шахсининг касбий камолоти

масалалари. Интернаука №19 (195), часть 6, 2021 г. С 19

-21.

15.

Шойимова Ш.С. Психологияда шахс ва характер муаммоси.

Монография. Тошкент «EFFECT

-

D», 2022. 116 бет.

16.

Шойимова Ш.С. Психолого

-

педагогические особенности развития

самостоятельности детей дошкольного возраста //Молодой ученый. –

2014.

№. 6. –

С. 831

-834.

17.

Шойимова Ш.С., Пулатхонова Д.Т. Основные этапы становления

личности профессионала. Международный научно

-

практический журнал

«Мир педагогики и психологии». №2(7), 2017 г. С 14 –

18.

18.

Шойимова Ш.С., Шорустамова

М.М. Типологические особенности

личности в контексте личностно –

ориентированного обучения.

Интернаука. Научный журнал № 35(258), 2022 г. С 42

-44.

Библиографические ссылки

Barron F., Harrington D. Creativity, intelligence and personality // Ann. Rev. of Psychol. – 1981. – Vol. 32. – P. 439-476.

G’oziyev E.G. “Tafakkur psixologiyasi”. Toshkent 2000 yil. 78-81 b.

Guilford J.P. Measurement of creativity // Explorations in creativity. – N.Y., 1967. – P. 101-119.

Guilford J.P. The nature of human intelligence. – N.Y., 1967. – R. 43-57.

Karimova V.M. va b.q. “Mustaqil fikrlash” T. “Sharq” -2000 yil.

Karimova V.M., Sunnatova “Mustaqil fikrlash bo’yicha mashg’ulotlarni tashkil etish yuzasidan uslubiy qo’llanva” T. “Sharq” -2000 yil.

kizi Mirzaeva S. R., Sanakulovna S. S., Usta-Azizova D. A. STUDY OF THE PROBLEM OF EMOTIONAL INTELLIGENCE IN PSYCHOLOGY //Ann. For. Res. – 2022. – Т. 65. – №. 1. – С. 7458-7463.

Shoyimova Sh.S. Kasbiy psixoiogiya. O’quv qo’llanma. “EFFECT-D” 2021. 176 bet.

Shoyimova Sh.S. Psixologiya va pedagogika. Darslik / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “EFFECT D”, 2022. 396 bet.

Taylor C.W. Various approaches to and definions of creativity // The nature of creativity. – Cambridge, 1988. – P. 99-126.

Taylor C.W. Various approaches to and definions of creativity // The nature of creativity. – Cambridge, 1988. – P. 99-126. 20. Torrance E. The nature of creativity as manifest in the testing // The nature of creativity. – Cambridge, 1988. – P. 43-75.

Umarov B.M., Shoyimova Sh.S., Ro'ziyeva D.I. Pedagogika.Psixologiya. –Darslik. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. –T.: «IJOD-PRINT» -332 bet. 2019.

Умаров Б.М., Шойимова Ш.С. Касбий психология. Дарслик. «LESSON PRESS» Тошкент, 2018.

Шойимова Ш.С. Мутахассис шахсининг касбий камолоти масалалари. Интернаука №19 (195), часть 6, 2021 г. С 19-21.

Шойимова Ш.С. Психологияда шахс ва характер муаммоси. Монография. Тошкент «EFFECT-D», 2022. 116 бет.

Шойимова Ш.С. Психолого-педагогические особенности развития самостоятельности детей дошкольного возраста Молодой ученый. – 2014. – №. 6. – С. 831-834.

Шойимова Ш.С., Пулатхонова Д.Т. Основные этапы становления личности профессионала. Международный научно практический журнал «Мир педагогики и психологии». №2(7), 2017 г. С 14 – 18.

Шойимова Ш.С., Шорустамова М.М. Типологические особенности личности в контексте личностно – ориентированного обучения. Интернаука. Научный журнал № 35(258), 2022 г. С 42-44.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов