ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
112
VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINING KRIMINOLOGIK VA
PSIXOLOGIK JIHATLARI
Ashirboyev Axrorjon Tirkash o’g’li
O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi
“Tergov faoliyati” kafedrasi cabinet boshlig’i o'qituvchisi
Jabborov Otabek Inomiddin o’g’li
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 327-guruh kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15720926
Anotatsiya:
Maqolada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning kriminologik
jihatlari va jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarning psixologik xususiyatlarini
o’rganishga bag’ishlangan izlanishlar va tadqiqotlar natijalari bo’yicha xulosalar yoritilgan.
Kalit so’zlari
Voyaga yetmagan, pedagok, psixolog, qonuniy vakil, advakat, jinoyatchi shaxsi,
kriminogen muhit.
Xalqaro miqyosda dunyo mamlakatlarida demografik inqiroz, oilaviy mojarolar,
alkogolizm, zo’ravonlik, o’zaro munosabatlardagi ziddiyatlar, yoshlarning qarovsizligi,
jinoyatchilik va boshqa ijtimoiy xatarli hodisalarda shaklida yuzaga chiqmoqda. Jamiyatdagi
ma’naviy muhitning ta’sirini kuchaytirish, yoshlarga ta’lim-tarbiya berish shaxs
ijtimoiylashuvining tizimli amalga oshishiga ko’maklashadi. Jamiyatda mavjud ahloqiy
me’yorlar yoshlarimizni jamiyatda o’z o’rinlarini topishlariga, intiluvchan, mustaqil fikrlay
oladigan, vatanparvar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillikga erishganimmizdan so’ng jamiyatda islohotlar, yangilanishlar amalga
oshirilmoqda. Bu o’zgarishlar jamiyatda mavjud eski muvozanatlarning o’zgarishi, yangi
me’yorlarning kirib kelshiga asos bo’ladi. Dunyo miqyosidagi global ijtimoiy
o’zgaruvchanlikning kuchayishi muhtojlik, jinoyatchilik, millatlar o’rtasidagi nizolar, ishsizlik,
kabi dolzarb ijtimoiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Jinoyatchilik muammosini o’rganish
ishlariga tadqiqotchilar juda qadimdanoq qiziqib kelishganlar. Ammo qadimda jinoyatchilik
muammosini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar o’zining bir yoqlamalilik xarakteriga
ega ekanligi bilan ajralib turgan. Shuning uchun bunday tadqiqotlar ilmiy-uslubiy yoki
profilaktik ahamiyat kasb etmagan. Biroq jinoyatchilikni o’rganish borasida olib borilgan
bunday tadqiqotlar bu muammoni keyingi davrlarda ilmiy tadqiq qilishga ma’lum darajada
munosib hissa qo’shgan. Ilmiy manbalardan ma’lum bo’lishicha, jinoyatchilik muammosini
ilmiy jihatdan o’rganish ishlari XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlariga kelib keng yo’lga
qo’yilgan. Chunki bu davrga kelib turli mamlakatlarda jinoyatchilikning, ayniqca yoshlar
o’rtasida huquqbuzarliklarning ko’payib borayotganligi hamda jinoyatchilikning insoniyat va
jamiyatga yetkazayotgan zarari darajasining ortib ketayotganligi holati jinoyatchilik
muammosini ilmiy tadqiq qilish zaruratini keltirib chiqardi. XIX asrga kelib, jinoyatchilik
muammosini ilmiy tadqiq qilish ishlari yanada avjiga chiqdi. Bu davrda jinoyatchilik
muammosini o’rganish ishlari bir necha yo’nalishlar bo’yicha olib borilganligini kuzatamiz.
Germaniyada Kant va Gegel falsafiy ta’limotlarining paydo bo’lishi jinoyatchilik xulqi bo’yicha
nemis kriminalistika maktabining shakllanishiga olib keldi. Bu maktab vakillari ta’limotiga
ko’ra, jinoyatchilik xulqi kishining xohish- irodasi, istak va ehtiyoji mahsulidir - deb
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
113
tushuntiriladi. Shuning uchun ularning ta’kidlashlaricha, kishining istak va ehtiyojini cheklash
bu noto’g’ridir.
Kishilarning istak va ehtiyojlarini cheklash orqali jinoyatchilikning oldini olishga emas
balki, uning ko’payishiga zamin yaratish mumkindir deyiladi. 33 XIX asrning birinchi yarmiga
kelib Yevropada «antropologik kriminalistika» maktabi paydo bo’ldi. Bu maktab
namoyondalari qarashlarining jinoyatchilik bo’yicha o’zidan oldingi tadqiqotchilar
qarashlaridan farqli tomoni jinoyatchilik sababini jinoyatchi shaxsidan, uning ichki dunyosidan
izlash lozimdir degan ta’limotni o’rtaga tashlaganligidir. Shu bilan bir qatorda ushbu yo’nalish
vakillaridan hisoblangan Chezare Lombrozo, Enriko Ferri, Marro, Gorofalo va boshqalar
jinoyatchi shaxsini, uning o’ziga xos xususiyatlarini va ular xulqatvorini ijtimoiy munosabatlar
mahsuli sifatida emas, balki biologik jarayon natijasi sifatida talqin qiladilar. Bu ta’limotga ko’ra
jinoyatchilik xulqi ijtimoiy munosabatlar va muhit ta’siri natijasida paydo bo’lmaydi, balki
shaxsning biologik, fiziologik va psixologik xususiyatlari natijasiga ko’ra yuzaga keladi deb
tushuntiriladi. Lombrozaning ta’kidlashicha, jinoyatchilik xulqi kelib chiqishining asosiy sababi
shaxsning anatomo-fiziologik anomalligi va psixik xususiyatlariga bog’liqdir. O’z davrida
Lombrozaning shogirdi Ferri shunday deb ta’kidlagan edi: «Jinoyatchilik sabablarini biologik
anomaliyasiz na fiziologik, na ijtimoiy nuqtai nazardan izohlash mumkin bo’ladi».
Yuqoridagilardan ko’rinadiki, bu davrga kelib jinoyatchilik va uning sabablarini biologik nuqtai
nazardan tushuntirishga uringan ta’limot asta-sekin yuzaga kela boshlagan
1
.
Jinoyatchilikni biologik, nasliy nuqtai nazardan talqin qilishga harakat qilgan ta’limotga
italyan huquqshunosi va psixiatri Chezari Lombroza tomonidan asos solingan bo’lib, uning
«Tug’ma jinoyatchi nazariyasi» nomli asari yaratilgandan so’ng bu yo’nalish yanada rivoj topdi.
Lombrozaning jinoyatchilikni nasliy omillari to’g’risidagi qarashlari uning «Jinoyatchi odam»
nomli asarida batafsil bayon etiladi. Uning ta’kidlashicha, jinoyatchilik - tug’ilish, kasallik va
o’lim singari tabiiy - biologik jarayondir. Kishilar jinoyatchi bo’lib shakllanmaydilar, balki
jinoyatchi bo’lib tug’iladilar. Lombroza jinoyatchi shaxsi tug’ma individual, psixo-fiziologik
tashqi ko’rinishga ega bo’ladi, deb ta’kidlaydi. Masalan, deydi u: - «o’g’rilar tashqi betartib,
kamsoqol bo’lsalar, nomusga tajovuz qiluvchi jinoyatchilar esa ko’zlari charaqlagan, qalin labli,
harakatlari va tana tuzilishi bejirim bo’ladi». Jinoyatchilikni biologik nuqtai nazardan talqin
qilishga harakat qiluvchi ta’limot vakillarining fikriga ko’ra, jamiyat va insoniyat jinoyatchilikka
qarshi kurashishga ojizdir. Tug’ma jinoyatchilik belgilari bilan dunyoga keladigan
jinoyatchilarga qarshi kurashning birdan bir yo’li ularni jismonan yo’qotish yoki kamdan-kam
holatlarda qayta tarbiyalash, tuzatish ishlarini amalga oshirishdir deyiladi. Jumladan,
“Jinoyatchilik xulqi bilan nasliy muhrlangan holda tug’ilgan bolalar va o’smirlarni qayta
tarbiyalashda tarbiya usullari ojizdir” deydi – Lombroza. Bu yo’nalishdagi ta’limotlar bugungi
kunda ham ayrim mamlakatlarda o’z ta’sirini yo’qotmaganligi kuzatiladi. Jinoyatchilik xulqini
biologik nuqtai nazardan talqin qiluvchi ta’limot vakillaridan yana biri Sheldondir. U o’z
tadqiqot va kuzatishlariga asoslanib jinoyatchilarni tashqi belgilariga (yuz tuzilishi, bo’yi,
tanasiga) ko’ra, quyidagi guruhlarga bo’ladi: 1. Indomorf ko’rinishli jinoyatchilar-semiz,
irodasiz, jismoniy faolligi sust, kamharakat va beg’am bo’ladilar. 2. Mezomorflar-gavdali, suyak
muskul tuzilishi rivojlangan, jismoniy 34 faol, irodali, jur’atli kishilardir. 3. Ektomorflar - ozg’in,
1
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson
huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy
universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
114
uzun bo’yli, introvert xususiyatli va kamgap odamlardir. 4. Muvozanatli tiplar - atrofdagilar
e’tiborini ko’p ham tortmaydigan, unchalik ko’zga tashlanmaydigan kishilardir. Sheldon o’zi
o’rgangan jinoyatchilarning 60 foizidan ortig’i mezomorf xususiyatli kishilar ekanligini
ta’kidlaydi. O’z davrida Sheldon va Eleonora Glyuk 500 ta jinoyatchi va 500 ta jinoyatchi
bo’lmagan kishilar ustida tadqiqot ishlarini olib borib, ularda jinoyatchilik xulqining kelib
chiqishiga ta’sir etuvchi 67 ta biopsixologik, 42 ta ijtimoiy-madaniy Shuningdek, Shilverman va
Vetterlar ham bir hujayrali egizaklarga qaraganda ikki hujayrali egizaklarda jinoyatchilik
hulqining kelib chiqish darajasi 35 foizga yuqori ekanligi to’g’risidagi g’oyani ilgari suradilar
Egizaklar ustida so’nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarda garchand jinoyatchilik xulqi bilan
irsiyat o’rtasida aloqadorlik mavjudligi ta’kidlansa-da, ammo ularda bu aloqadorlik
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi uchun unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi, degan
g’oyaning ilgari surilganligi kuzatiladi. Jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi irsiyatga bog’liq
degan g’oyani ilgari suruvchi ta’limotlar va manbalar tahlili shuni ko’rsatadiki, bu muammoga
nisbatan qiziqish keyingi yillarda yanada ortgan. Bu sohada bir biriga zid bo’lgan qarashlar,
mulohazalar, va g’oyalar g’arb matbuotlarida hatto bugungi kunda ham ko’plab uchrab turadi.
Jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida biologik omilning o’rnini asosiy omil sifatida
talqin qiluvchi ta’limotlarni tahlil qilib aytish mumkinki, jinoyatchilik xulqining kelib chiqishida
biologik omilning ta’siri qaysidir ma’noda bo’lsa-da, biroq ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy, siyosiy
omillarning o’rni kattaligidan ko’z yumib bo’lmaydi. O’z davrida A.N.Leontyev ta’kidlaganidek:
- «shaxs genotipik jihatdan u yoki bu xususiyatga ega bo’lib faoliyat yuritadi. Shaxs ijtimoiy -
tarixiy va ontogenetik taraqqiyot natijasi mahsulidir Bundan ko’rinadiki, inson tabiatan u yoki
bu xislat egasi, jumladan jinoyatchi bo’lib tug’ilmaydi, aksincha uning ijtimoiy - madaniy xislat
va fazilatlari ijtimoiy munosabatlarda shakllanadi. Shuning uchun ham jinoyatchilik xulqining
kelib chiqishida nasliy omilni asosiy omil sifatida qarash noo’rin bo’lur edi. XIX asrning 60-70
yillariga kelib, xorijiy va hamdo’stlik mamlakatlari ilmiy jamoatchiligi orasida jinoyatchilik
xulqini psixologik nuqtai nazardan talqin qilish o’ringa jinoyatchilik xulqini o’rganishning
psixologik yo’nalishi vakillari o’z ta’limotlarida individni jinoiy harakatga undovchi ehtiyojlar,
qiziqishlar va atrof- muhit bilan individ o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasida yuzaga
keladigan psixik zo’riqishlar, ijtimoiy muhitga, undagi voqyea-hodisalarga, ijtimoiy tartib va
qoidalarga shaxsning moslasha olmasligi kishilarda jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga
ta’sir ko’rsatishi mumkinligi to’g’risidagi fikr-mulohazalarni ilgari suradilar
2
. Jinoyatchilik
xulqini o’rganishning psixologik yo’nalishida Z.Freydning «psixo-analitik» nazariyasi o’z
davrida keng ilmiy jamoatchilikning diqqat- e’tiboriga tushganligi bilan ajralib turadi. Bu
nazariyaga ko’ra, jinoyatchilik xulqi shaxsning tabiiy instinktiv mayllariga bog’liqdir, deyiladi.
Ya’ni, inson xulq-atvorini harakatlantiruvchi kuchi va jismoniy hayotining mazmunini jinsiy
instinkt belgilaydi.Shuning uchun kishining jinoyatchilik xulqi mazmunida ham jinsiy instinkt
yotadi- deyiladi. Z.Freyd jinoyatchilik xulqining kelib chiqishini individning 35 «Id», «Ego» va
«Super-Ego» rivojlanish bosqichlarida yuzaga keladigan patologik o’zgarishlar orqali
tushuntirishga harakat qiladi. Z.Freydning ta’kidlashicha, birinchidan, shaxsning «Id»
rivojlanishidagi kamchiliklar «Ego» va «Super-Ego» rivojlanishida nomutanosibliklarni keltirib
chiqarsa, «Id» rivojlanishidagi kamchiliklar esa shaxsni instinktiv ehtiyojlar quliga aylantirib
qo’yadi. Natijada shaxs jinoyatga undovchi instinktlarni nazorat qila olmaydigan bo’lib qoladi.
2
B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2012. B.24
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
115
Oqibatda esa «Ego» va «Super-Ego» «Id»ning hukmi ostida qoladi va u istagan harakatlarni
amalga oshirishga majbur bo’ladi. Ikkinchidan, «Ego» rivojlanishidagi nomutanosiblik o’z
navbatida individda g’ayriijtimoiy xulq-atvorni shakllantiradi
3
.
Kishidagi ushbu g’ayriijtimoiy xulq-atvor jinoyatchilikning amalga oshirilishi uchun turtki
vazifasini o’taydi. Uchinchidan esa, «Super-Ego» rivojlanishida yuzaga kelgan qusurlar,
kamchiliklar shaxsda vujudga kelgan jinoiy harakatlarni bajarish istagining amalga
oshirilishiga turtki bo’ladi. «Super-Ego» dagi barqaror, har tomonlama rivojlanish esa «Id» ning
ehtiyoj va talablari qondirilishi imkoniyat bermaydi. Shu tariqa jinoiy harakatning sodir etilishi
shaxsning ongli faoliyati orqali boshqariladi va uning oldi olinadi. Z. Freydning fikri bo’yicha
shaxs «Id» (U), «Ego» (Men) va «Super-Ego» (mendan yuqori) tuzilmalardan tashkil topadi. Id
- instinktni ifodalovchi insonning oddiy va sodda tuzilmasidir. Kishidagi ongsiz, sodda «Id»
tuzilmasi ehtiyojlarni qondirish tuzilmasidir. «Id» talablarini bajarishga majbur bo’lgan «Ego»
instinkt bo’yrug’ini bajaruvchi bo’lib qoladi. Natijada «Id» ehtiyojiga ko’ra, jinoiy harakat sodir
etiladi. “Super-Ego” kishilarda Ma’naviy mdaniy va axloqiy sifatlarni ifodalovchi tuzilmadir. U
kishining biror-bir xatti-harakatni bajarishdan oldin uni o’ylab ko’rish, oqibatlarini anglab
yetish xususiyatini belgilaydi. Bu nazariyaga ko’ra, insonda «Id»ning xohish istaklari
to’siqlarga, qarshiliklarga uchramasa va bu xohish, istaklar nazorat qilinmasa, kishida turli xil
xulq buzilishlari kelib chiqadi. Insonning «Id» rivojlanishida yuzaga keladigan nuqsonlar
kishini tajovuzkor, badjahl qilib qo’ysa, ba’zan kishida individual- psixo-fiziologik xususiyatga
ko’ra passiv, xayolchan, tortinchoq, mustaqil faoliyat yuritishning yetishmasligi kabi sifatlarni
namoyon qiladi. Faollikning yetishmasligi kishini ko’pincha ehtiyoj quliga aylantirib, bee’tibor
qilib qo’yadi. Natijada kishi o’ylamay, oqibatlarini anglab yetmagan holda noqonuniy
harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo’ladi.
Z.Freydning ta’kidlashicha, shaxs «Id», «Ego», «Super-Ego» rivojlanish bosqichlarining
qay birida bo’lmasin paydo bo’ladigan nuqson, yetishmovchilik, o’zgarish va psixik asorat uning
hulq-atvoridagi og’ishni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, deydi u: «Ota-onaning o’z
tashvishlari bilan bo’lib, bolaning «Id» rivojlanishida e’tiborsizlikka berilishi, xususan unga
mehr-muhabbat bermasligi, tarbiyada e’tiborsiz bo’lishlik holati bolaning «Super-Ego»
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi salbiy ta’sir ko’rsatadi.Oqibatda bola «Super-Ego» emas
«Id» tuzilmasi hukmronligi ostida qoladi
4
.
Bunday holatda individ o’z ehtiyojini qondirish orqasidan quvib, o’zining yuksak
insoniylik sifatlarini, ya’ni mehr oqibat, vijdon, iymon-e’tiqod, sadoqatlilik, mehr-muruvvatlilik
kabi xislatlarini rivojlantirish bilan qiziqmaydi. Z. Freydning fikrini tahlil qilib ko’radigan
bo’lsak, inson qanchalik yuksak (Super-Ego) fazilatlarga, ma’naviy barkamollikka erishar ekan,
u o’z ehtiyojlari quliga aylanmay boradi. Jamiyat va insoniyat manfaatini his etadi.
Bundaylardan jinoyatchi chiqmaydi. Aksincha, o’z 36 «meni» atrofida uymalanib qolish,
ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol rivojlanmaslik turli xil tubanliklarga, jinoyatchilikka olib
keladi, degan qimmatli mulohazalarning ilgari surilganligini ko’ramiz. Z.Freyd insonning ruhiy
olamida kechadigan barcha holatlarni ongsizlik va onglilik o’rtasidagi kurash natijasidir deb
3
B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va
amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.
4
A.Y.Abdullaev. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish jinoyatining
sabablari va uni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar (Xorazm viloyati misolida). Yevraziyskiy jurnal prava,
finansov i prikladnыx. 2023 g.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
116
qaraydi. Ya’ni, u kishida onglilik ustun bo’lsa, aql bilan ish yuritib baxt - iqbolga erishadi,
ongsizlik hukmron bo’lsa, hayotda to’siqlarga, omadsizliklarga duch keladi deydi
5
. Z.Freydning
jinoyatchilik xulqining kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar xususidagi qarashlari jinoyatchilik
muammosini ilmiy tahlil qilishga qanchalik hissa qo’shmasin, bizning nazarimizda Z.Freyd
nazariyasida ham ayrim chalkashliklar, ilmiy asosning yetishmasligi holatlari ko’zga tashlanadi.
Xususan, jinoyatchilik xulqining kelib chiqishi shaxsning jinsiy instinktiv mayllariga bog’liq
bo’ladi, degan fikri barcha ko’rinishdagi jinoiy xatti- harakatlar uchun asosli emas. Jinsiy
instinktiv mayl yoki ehtiyoj faqatgina nomusga tegishga harakat qilish jinoyat turi uchun turtki
bo’lish mumkin xolos. O’g’irlik, tan jarohati yetkazish, tovlamachilik, odam o’ldirish,
bosqinchilik va shu kabi boshqa bir qator jinoyatlar uchun jinsiy ehtiyojni qondirish emas, balki
moddiy ta’minotni yaxshilash, o’ch olish, g’arazli maqsadlar va shu singari boshqa bir qator
sabab va motivlar jinoyatni amalga oshirish uchun turtki rolini o’ynashligini ta’kidlash
mumkin
6
. Shuningdek, Z.Freyd nazariyasining kamchiliklaridan yana biri jinoyatchilik xulqi
asosan shaxsning psixologik olamiga, sifatlariga, dunyoqarashiga bog’liqdir degan g’oya
atrofida aylanib qolishidir.U jinoyatchilik xulqini o’rganish va tahlil qilishga kompleks
yondashuv prinsipini inkor qiladi. Shu sababdan jinoyatchilik xulqini tadqiq etishga qaratilgan
barcha ta’limot va nazariyalar tarafdorlari singari Z.Freyd ham o’z nuqtai nazarini himoya
qilishga urinadi. Oqibatda jinoyatchilik xulqini asoslashda ayrim hollarda bir yoqlamalikka yo’l
qo’yadi. Bu o’z navbatida Z.Freyd nazariyasining tanqid va munozaralarga uchrashligiga olib
keladi
7
. XIX asrning 60-70 yillarida bir qator tadqiqotchilar. jinoyatchilikni talqin qilishdagi
Freyd nazariyasini qattiq qoralab chiqadilar.Ular bu nazariyani «normal» jinoyatchilikni tahlil
qilishda va uning kelib chiqish sabablarini ochib berishda mutloq ojizlik qiladi - deb
ta’kidlaydilar. Hatto, ular Freyd nazariyasiga jinoyatchilik xulqini psixologik jihatdan talqin
qilishda kishilarni chalg’itishdan boshqa narsa emas, deb qaraydilar. Xullas, bizning
nazarimizda jinoyatchilikni o’rganishning psixo-analitik nazariyasi jinoyatchilik xulqini
shaxsning jinsiy mayllariga, ongsizlik faoliyatiga, ichki ruhiy nizolarga va hissiy muammolarga
bog’lab izohlashi noto’g’ri qarash bo’lsada, ammo inson o’z ehtiyojarining quliga aylansa,
ma’naviy va axloqiy jihatdan qashshoq, ongsiz, dunyoqarashi tor, ilmsiz, ma’rifatsiz bo’lsa, u
tubanliklarga yuz tutadi. Aksincha, shaxs «Super-Ego» tuzilmasiga ega bo’lsa, u ko’p yaxshi
ishlarga qo’l o’radi. Barkamol inson sifatida kamol topadi, degan ta’limot bugungi kunda ham
o’z qimmatini yo’qotmagan deyish mumkin. Tadqiqotchilar voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligini o’rganishga bag’ishlangan ilmiy tadqiqotlar va manbalar tahliliga asoslanib
quyidagi xulosalarga keldilar
8
:
1. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini ilmiy tadqiq etish uchun xulq- atvor og’ishining bir
ko’rinishi sifatida delinkvent xulq atamasini ilmiy va nazariy jihatdan asoslash talab etiladi.
5
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик жиноятларни тергов қилишнинг ўзига
хос хусусиятлари //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. –
2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 31-35.
6
A.T.Ashirboev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish:
Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1
(2024).– 2024. 95-98 b.
7
Sh.Sh.Suyunov. Some aspects of qualifying drug-related crimes. Koreya Respublikasining “Digital Fashion
Conference” jurnali 5.10.2022 y B. 13-15
8
Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda
pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
117
2. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi muammosini o’rganish yuzasidagi ilmiy
tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, jinoyatchilik xulqini izohlashda bir yoqlamalilika yo’l
qo’yilgan. Masalan, Ayrim tadqiqotlarda jinoyatchilik xulqi sof ijtimoiy, ayrimlarida esa biologik
yoki psixologik hodisa deb bir yoqlama talqin qilinadi
9
.
3. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini o’rganish o’z davrida bir qator yo’nalishlar
bo’yicha olib borilgan. Jumladan, XIX asrning birinchi yarimida Yevropada “Atropologik
kriminalistika” maktabining, “Psixoanalitik”, “Sosiologik”, “Biologik” ya’ni, jinoyatchilik
xulqining kelib chiqishini nasliy omillarga bog’lab tushuntirishga harakat qilgan bir qator
nazariyalarning paydo bo’lganligini ta’kidlash mumkin
10
.
4. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi uzoq yillar mobaynida kattalar jinoyatchiligining bir
qismi sifatida o’rganib kelinganligi voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini keltirib chiqaruvchi
omillarning yetarlicha o’rganilmay qolinishiga sabab bo’ladi va bu yo’nalishdagi ishlarning
davom ettirilishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi
11
.
Maqolada voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning kriminologik
jihatlari va jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarning psixologik xususiyatlari tahlil
qilindi. Tadqiqotlar natijasida, voyaga yetmaganlarning jinoyatga yo'naltirilishiga bir qator
omillar, jumladan, oilaviy muhit, ijtimoiy-ta'lim muassasalari va psixologik holatlar ta'sir
ko'rsatishi aniqlandi. Psixologik jihatdan, bunday shaxslarning o'zini tutishida depressiya,
agressivlik, yoki ijtimoiy izolyatsiya kabi holatlar ko'p uchraydi. Shuningdek, jinoyatlarning
ko'payishi va bu kabi jinoyatlarni oldini olish uchun tegishli tadbirlar va choralar ko'rish
zarurligi ta'kidlandi
12
.
Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarni jinoyatchilikdan himoya qilish va ularning
ijtimoiy moslashuvini ta'minlashda davlatning, ta'lim tizimining va oilaning o'rni katta. Boshqa
tomondan, psixologik yordam, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlarning samarali tashkil etilishi
zarur. Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlarning jinoyatga yo'naltirilishini oldini olishda
kompleks yondashuv va samarali profilaktika choralarini ishlab chiqish nihoyatda muhimdir.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси.
2.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 25.01.2020 йилдаги
Олий Мажлисга Мурожаатномаси. // [Електрон манба].
3.
Ўзбекистон юридик энциклопедияси. –Т., 2009. – Б. 199.
4.
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т.4. –Т., 2002. – Б. 47.
9
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов
ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
10
Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan
iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali
10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.
11
Suyunov Sh. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadisiz noqonuniy
ishlab chiqarish, olish, saqlash jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
12
N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-
tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9
B. 81-86.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
118
5.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал қонун нормаларини эркинлаштириш йўллари //
Олий юридик ўқув юртларида инсон ҳуқуқлари муҳофазасини таъминловчи
фанларнинг ўқитишнинг замонавий муаммолари. Тошкент. Ўзбекистон Миллий
университети ҳуқуқшунослик факултети 2009. Б. 66-69.
6.
Б.Б.Муродов.
Жиноят-протсессуал муносабатларда ҳимоячининг иштироки //
“Адвокатлик фаолияти: назария ва амалиёт масалалари” мавзусидаги илмий-амалий
конференция материаллари. ЎзР Президенти ҳузуридаги Амалдаги қонун ҳужжатлари
мониторинги институти. – Тошкент, 2010. Б. 171-175.
7.
Б.Б.Муродов.
Хусусий айблов институтини қўллаш самарадорлигини ошириш
йўллари // Хусусий айблов ва ярашув институтларини такомиллаштириш чоралари:
Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. Т:Ўзбекистон Республикаси
ИИВ Академияси, 2015й.Б. 34-40.
8.
Б.Б.Муродов.
“Жиноятларни тергов қилиш методикаси” фанидан ўқув дастури. Т.:
Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2012. Б.24
9.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситалари ёки психотроп моддалар билан қонунга
хилоф равишда муомала қилишдан иборат жиноятларни квалификатсия қилишнинг
муҳим жиҳатлари. “Талқин ва тадқиқотлар” Республика илмий-услубий журнали
10сони. 01.10.2022 йил Б. 105-109.
10.
Ш.Ш.Суюнов.
Компютер техника воситалари орқали содир этилган фирибгарлик
жинояти турлари. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика
илмий-амалий конференцияси. 9.06.2023 йил
11.
Ш.Ш.Суюнов.
Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш тергов харакатининг
жиноят содир этган шахсларни аниқлаш хамда уларнинг айбини исботлашдаги
ахамияти. “Замонавий дунёда педагогика ва психология” номли Республика илмий-
амалий конференцияси.
12.
Ш.Ш.Суюнов.
Гиёҳвандлик воситаларини, уларнинг аналогларини ёки психотроп
моддаларини сотиш мақсадисиз ноқонуний ишлаб чиқариш, олиш, сақлаш, жинояти
тушунчаси // Жамият ва инновация. – 2025. – В. 6. – Но 1/С. – Б. 267-277.
13.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлган ҳолларда
жиноят ишини тўхтатишнинг назарий ва амалий жиҳатлари. Жамият ва инновациялар
№ 1 (2024).– 2024. – 314-320 б.
14.
А.Т.Аширбоев.
Жиноят
ишини
тўхтатиш
тушунчаси
ва
аҳамияти.
Эксмерткриминалистик фаолият: истиқболлар ва инновациялар мавзусидаги халқаро
конференция материллари тўплами. Т., Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар
вазирлиги Академияси, 2023. – Б. 381-388.
15.
А.Т.Аширбоев.
Айбланувчининг иштирокини таъминлаш имкони бўлмаган
тақдирда дастлабки терговни тўхтатиш: Назария ва амалиёт. Ўзбекистон Республикаси
Фанлар Академияси Қорақалпоғистон бўлимининг Ахборотномаси № 1 (2024).– 2024.
95-98 б.
16.
А.Т.Аширбоев
. Cуриштирув ва дастлабки терговни тўхтатиш институти: халқаро
тажриба
ва
ўзбекистон
қонунчилигини
такомиллаштириш
истиқболлари
//Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 14. – С. 37-42.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
119
17.
Н.Қ.Усманалиев.
“Оқилона муддат” тамоийилини жорий этиш назарий ва амалий
жиҳатлари //Наука и инновации в системе образования. – 2025. – Т. 4. – №. 3. – С. 44-50.
18.
Н.Қ.Усманалиев.
Жиноят ишини юритишни тўхтатиш ва тиклаш муддатлари билан
боғлиқ айрим мулоҳазалар //Теоретические аспекты становления педагогических наук.
– 2025. – Т. 4. – №. 6. – С. 40-47.
19.
Н.Қ.Усманалиев.
Протсессуал
муддатларнинг
ҳисоблашда
қўлланилувчи
меъзонларнинг айрим жиҳатлари //проблемс анд солутионс оф сcиентифиc анд
инновативе ресеарч. – 2024. – Т. 1. – №. 3. – С. 25-30.
20.
Н.Қ.Усманалиев. Байназов Ж
. Ўғирлик жинояти бўйича ҳодиса содир бўлган жойни
кўздан кечириш тергов ҳаракатининг янги усуллари //Наука и инновации в системе
образования. – 2024. – Т. 3. – №. 8. – С. 69-74.
21.
Ш.С.Агоев., Шакирова С
. Қийнаш жиноятини тергов қилиш: назария ва амалиёт
//Развитие и инновации в науке. –2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 75-81.
22.
Ш.С.Агоев., Абдухамидов А
. Гувохлантириш тергов харакатини ўтказишнинг
ахамияти //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические
исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. – С. 49-51.
23.
Ш.С.Агоев., Асатуллаев Д
. Ахборот технологиялари соҳасидаги ўғирлик
жиноятларни тергов қилишнинг ўзига хос хусусиятлари //Общественные науки в
современном мире: теоретические и практические исследования. – 2024. – Т. 3. – №. 7. –
С. 31-35.
24.
Ш.С.Агоев., Ташев У
. Экспертиза фаолиятининг арманистон республикаси жиноят-
протсессуал қонунчилигидаги ҳуқуқий асослари //Развитие и инновации в науке. –
2024. – Т. 3. – №. 6. – С. 48-56.
25.
Хушвактова Н.А
. Факторы, препятствующие эффективному использо-ванию
общественного участия в досудебном производстве / Н.А. Хушвактова // Теоретические
аспекты юриспруденции и вопросы правоприменения: сб. ст. по материалам LXV
Международной научно-практической конференции «Теорети¬ческие аспекты
юриспруденции и вопросы правоприменения». – № 11(65). – Москва, Изд. «Интернаука»,
2022. DOI:10.32743/25419889.2022.11.65.346588
26.
Хушвактова Н.А
. Коррупцияга оид жиноятларни фош қилиш ва тергов қилишда
жамоатчилик ёрдамидан фойдаланиш // «Давлат бошқаруви соҳасида коррупциявий
хавф-хатарларни бартараф этиш механизмларини такомиллаштириш масалалари»:
республика илмий-амалий конференцияси тўплами – Тошкент давлат юридик
университетининг ихтисослаштирилган филиали, Т: 2022. Б.78-83