Авторы

  • Axrorjon Ashirboyev
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Tergov faoliyati” kafedrasi kabinet boshlig’i.
  • Azizbek Kuchimov
    O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 326-guruh kursanti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.112903

Ключевые слова:

Tan jarohati shikast yetkazish yengil shikast mutaxasis ekspert tibbiy mezon yuridik mezon badanga shikast yetkazish jarohat.

Аннотация

Maqolada tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki ma’lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to‘g‘ri tashkil etish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

QASDDAN BADANGA YENGIL SHIKAST YETKAZISH JINOYATINING TERGOV

QILISH VERSIYALARI

Ashirboyev Axrorjon Terkash o’g’li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

“Tergov faoliyati” kafedrasi kabinet boshlig’i.

Kuchimov Azizbek Baxodir o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich 326-guruh kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15718281

Annotatsiya

Maqolada tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni qo‘llash va hodisa

joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvchi shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi dastlabki
ma’lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to‘g‘ri tashkil etish
yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so’zlar

Tan jarohati, shikast yetkazish, yengil shikast, mutaxasis, ekspert, tibbiy mezon, yuridik

mezon, badanga shikast yetkazish, jarohat.


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 may kuni qabul qilingan «Jinoyat va

jinoyat-protsessual qonunchiligi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida»gi PQ 3723-son qarori bilan O'zbekiston Respublikasining Jinoyat va jinoyat-
protsessual qonunchiligini takomillashtirishning asosiy yo'nalishlari va vazifalari sifatida:
jinoyat qonunchiligi normalarini unifikatsiya qilish; fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat
va davlat manfaatlarining ta'sirchan va ishonchli muhofaza qilinishini; jinoyat protsessida
shaxsning huquq va erkinliklari kafolatlarini ishonchli ta'minlash mexanizmlarini
takomillashtirish; jinoyat protsessining yangi shakl va tartib-taomillarini kiritish belgilandi

1

.

Qasddan badanga shikast yetkazish holatlari bo'yicha tergovga qadar tekshiruvni

amalga oshirishda shaxsning sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari bilan bog'liq,
ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar yuzasidan ishni qo'zg'atishda uning roziligini olishni
nazarda tutuvchi holatlari ko'payib bormoqda. Ushbu jinoyatlarni tergov qilishda dispozitivlik
asoslariga tayyanib ishni olib borish maqsadga muvofiq

2

.

Kriminalistik tergov uslubini qo'llash qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatini

tekshirishda jabrlanuvchiniga tan jarohatini yetkazish sababini aniqlashga: qasddan badanga
shikast yetkazish tajovuzidan sodir bo'ldimi, degan holatlarni aniqlashga qaratiladi. Shuning
uchun har qanday holatlarda qasddan badanga shikast yetkazish shubhali vaziyatda
kriminalistik tergov uslubi qoidalariga asoslangan holda tekshirilishi lozimQasddan badanga
shikast yetkazish usullari, jinoiy harakat motivlari, joyi, vaqti, hodisaning oqibati, izlar,
qurollar bularning barchasi kriminalistik tavsifni tashkil qiladi. Uning ayrim elementlari esa
bir-birlari bilan bog'liq bo'lib, biri-ikkinchisidan kelib chiqadi va to'ldiradi. Ayniqsa,
jinoyatning sub'ekti, jabrlanuvchi, ishlatgan qurol va jinoyat joyi kabi elementlar o'zaro

1

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson

huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy
universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.

2

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va

amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun
hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

83

chambarchas bog'liq bo'lib, har qaysi elementdan qolgan izlar (oqibatlar) boshqa
elementlarda aks etadi, birini kuzatish va tekshirish bilan ikkinchisi unga bog'liq bo'lgan
holatning xususiyatini keltirib chiqaradi

3

.

Bunday jinoyatlar ko'pincha g'arazlik, o'ch olish, rashq, bezorilik, ikki jinoiy

guruhlarning qarama-qarshilik to'qnashuvlari natijasida sodir bo'ladi. Bu holatlarda sodir
etilgan qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlarining ochilishi va tergov jarayoni
unchalik qiyinchilikni tug'dirmaydi. Tergov uslubi tavsiya etgan taktik va metodik vositalarni
qo'llash va hodisa joyidagi qurollar, izlar, jabrlanuvch i shaxsi va tan jarahoti sababi haqidagi
dastlabki ma'lumotlar asosida versiya-tusmollarini ishlab chiqish va tergovni to'g'ri tashkil
etish, ya'ni ishni tegishli muddatlarda ochish-isbotlash mumkin bo'ladi

4

.

Jinoyatchi qasdga tayyorgarlik ko'radi, hodisa joyidagi izlarni yo'qotishga, qurolni o'zi

bilan olib ketishga ham harakat qiladi. Bunday jinoyatlarni tergov olib borish, isbotlash
nuqtai-nazaridan murakkab bo'lib, birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Qasddan
badanga shikast yetkazishning bu turini tergov qilishda tergovchi ixtisoslik mahoratini ishga
solishi, dastlabki surishtiruv ma'l umotlaridan to'g'ri foydalana olishi, kechiktirib
bo'lmaydigan tezkor va tergov harakatlarini o'z vaqtida va sifatli qilib o'tkazishi talab etiladi.

Shahar sharoitlarida sodir qilinadigan qasddan badanga shikast yetkazishlar ko'p

hollarda jinoyat izlarini yo'qotishga qaratilgan bo'ladi. Qasddan badanga shikast yetkazish
jinoyat sodir etilgan joylar har xil hududlarda bo'lgan taqdirda, bu joylarni bir-birlari bilan
bog'liq va moslik holatlari aniqlanmog'i lozim

5

.

Qasddan badanga shikast yetkazish g'arazli maqsadda yoki jabrlanuvchining lavozimi,

xizmat vazifasiga qarshi qaratilgan bo'lsa, jinoyatchi oldindan tayyorgarlik ko'radi; joyini,
vaqtini belgilab qo'yadi. Qasdni amalga oshirgandan so'ng jinoyatchi oyoq va qo'l izlarini
qoldirmaslikka harakat qiladi. Bu holatlar jinoyatchining shaxsi haqidagi ma'lumotlarni
olishga va uni kimlar orasidan qidirish lozimligini belgilaydi

6

.

Sudlar, badanga shikast yetkazish jinoyatlaridan oilaviy (maishiy) zo'ravonlik bilan

bog'liq jinoyatlarni farqlashi lozim. Oilaviy (maishiy) zo'ravonlik deganda, oila a'zosining
boshqa oila a'zosiga nisbatan uning huquqlarini, erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini
buzadigan, jismoniy va (yoki) ruhiy azob uqubatlarga olib keladigan, uning huquqlarini
cheklaydigan, badanga shikast yetkazilishiga sabab bo'ladigan qasddan sodir etiladigan
jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki jinsiy xarakterdagi xatti-harakatni sodir etilishi tushunilishi
lozim

7

. Oilaviy (maishiy) jismoniy zo'ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot

(turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a'zolari tomonidan boshqa bir a'zosining sog'lig'i yoki

3

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan

iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali
10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.

4

Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni

aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

5

N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov

harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.

6

N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-

tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact
Faktor:7.9 B. 81-86.

7

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini sotish maqsadisiz

noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B.
267-277.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

84

jismoniy daxlsizligiga tajovuz qiladigan g'ayriqonuniy harakatlar tushunilishi lozim. Oilaviy
(maishiy) ruhiy zo'ravonlik deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir
yoki bir guruh a'zolari tomonidan boshqa bir a'zosining sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash,
ularni shaxsiy, mulkiy huquqlarini amalga oshirishni cheklash, ta'lim olish, sog'liqni saqlash,
mehnatga oid huquqini amalga oshirishga to'sqinlik qilish, yaqin qarindoshlaridan ajratib
qo'yish, mulkiga shikast yetkazish, nobud qilish, hayoti yoxud sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan
zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish tushunilishi lozim.Oilaviy (maishiy) iqtisodiy zo'ravonlik
deganda, kundalik birgalikdagi hayot (turmush)da oilaning bir yoki bir guruh a'zolari
tomonidan boshqa bir a'zosining mulk, ta'lim olish, sog'liqni saqlash va (yoki) mehnatga oid
huquqini amalga oshirishini cheklashga olib keladigan, mol-mulkiga va shaxsiy ashyolariga
qasddan shikast yetkazishga qaratilgan harakat (harakatsizlik) tushunilishi lozim

8

.

Qasddan badanga shikast yetkazish jinoyatlari og'ir va tergov uslubi ancha murakkab

kechadigan hodisalardan hisoblanadi. Kriminalistik tergov uslubini qo'llash qasddan badanga
shikast yetkazish jinoyatini tekshirishda jabrlanuvchiniga tan jarohatini yetkazish sababini
aniqlashga: qasddan badanga shikast yetkazish tajovuzidan sodir bo'ldimi, degan holatlarni
aniqlashga qaratiladi. Shuning uchun har qanday holatlarda qasddan badanga shikast
yetkazish shubhali vaziyatda kriminalistik tergov uslubi qoidalariga asoslangan holda
tekshirilishi lozim

9

.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy

Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].
3.

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.

4.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.

5.

B.B.Murodov.

Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy

yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning
zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti
2009. B. 66-69.
6.

B.B.Murodov.

Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki //

“Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya
materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. –
Toshkent, 2010. B. 171-175.
7.

B.B.Murodov.

Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari //

Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.

8

Sh.S.Agoyev., Tashev U. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi

huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. – №. 6. – S. 48-56.

9

A.T.Ashirboyev. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va o‘zbekiston qonunchiligini

takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya.
– 2024. – T. 3. – №. 14. – S. 37-42.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

85

8.

B.B.Murodov.

“Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.:

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24
9.

Sh.Sh.Suyunov.

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof

ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari.
“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.

10.

Sh.Sh.Suyunov.

Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati

turlari. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi. 9.06.2023 yil
11.

Sh.Sh.Suyunov.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat

sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy
dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.
12.

Sh.Sh.Suyunov.

Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop

moddalarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi
// Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.
13.

A.T.Ashirboyev.

Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat

ishini to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024.
– 314-320 b.
14.

A.T.Ashirboyev.

Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik

faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami.
T., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.
15.

A.T.Ashirboyev.

Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda

dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.
16.

A.T.Ashirboyev

. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va

o‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v
sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S.
37-42.
17.

N.Q.Usmanaliyev.

“Oqilona muddat” tamoiyilini joriy etish nazariy va amaliy jihatlari

//Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2025. – T. 4. – №. 3. – S. 44-50.
18.

N.Q.Usmanaliyev.

Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq

ayrim mulohazalar //Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T.
4. – №. 6. – S. 40-47.
19.

N.Q.Usmanaliyev.

Protsessual muddatlarning hisoblashda qo‘llaniluvchi me’zonlarning

ayrim jihatlari //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – T. 1. –
№. 3. – S. 25-30.
20.

N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J

. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan

kechirish tergov harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.
21.

Sh.S.Agoyev., Shakirova S

. Qiynash jinoyatini tergov qilish: nazariya va amaliyot

//Razvitie i innovatsii v nauke. –2024. – T. 3. – №. 6. – S. 75-81.
22.

Sh.S.Agoyev., Abduxamidov A

. Guvoxlantirish tergov xarakatini o‘tkazishning axamiyati

//Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. –
2024. – T. 3. – №. 7. – S. 49-51.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

86

23.

Sh.S.Agoyev., Asatullaev D

. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov

qilishning o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire:
teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 31-35.
24.

Sh.S.Agoyev., Tashev U

. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-

protsessual qonunchiligidagi huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. –
№. 6. – S. 48-56.
25.

N.A. Xushvaktova

. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi

// Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.
26.

N.A. Xushvaktova

. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni

himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024)
ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 25.01.2020 yildagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // [Elektron manba].

O‘zbekiston yuridik ensiklopediyasi. –T., 2009. – B. 199.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. T.4. –T., 2002. – B. 47.

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti 2009. B. 66-69.

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual munosabatlarda himoyachining ishtiroki // “Advokatlik faoliyati: nazariya va amaliyot masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. O‘zR Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti. – Toshkent, 2010. B. 171-175.

B.B.Murodov. Xususiy ayblov institutini qo‘llash samaradorligini oshirish yo‘llari // Xususiy ayblov va yarashuv institutlarini takomillashtirish choralari: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. T:O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015y.B. 34-40.

B.B.Murodov. “Jinoyatlarni tergov qilish metodikasi” fanidan o‘quv dasturi. T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. B.24

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning muhim jihatlari. “Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali 10soni. 01.10.2022 yil B. 105-109.

Sh.Sh.Suyunov. Kompyuter texnika vositalari orqali sodir etilgan firibgarlik jinoyati turlari. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. 9.06.2023 yil

Sh.Sh.Suyunov. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov xarakatining jinoyat sodir etgan shaxslarni aniqlash xamda ularning aybini isbotlashdagi axamiyati. “Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

Sh.Sh.Suyunov. Giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarini sotish maqsadisiz noqonuniy ishlab chiqarish, olish, saqlash, jinoyati tushunchasi // Jamiyat va innovatsiya. – 2025. – V. 6. – No 1/S. – B. 267-277.

A.T.Ashirboyev. Ayblanuvchining qaerda ekanligi noma’lum bo‘lgan hollarda jinoyat ishini to‘xtatishning nazariy va amaliy jihatlari. Jamiyat va innovatsiyalar № 1 (2024).– 2024. – 314-320 b.

A.T.Ashirboyev. Jinoyat ishini to‘xtatish tushunchasi va ahamiyati. Eksmertkriminalistik faoliyat: istiqbollar va innovatsiyalar mavzusidagi xalqaro konferensiya materillari to‘plami. T., O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, 2023. – B. 381-388.

A.T.Ashirboyev. Ayblanuvchining ishtirokini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda dastlabki tergovni to‘xtatish: Nazariya va amaliyot. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining Axborotnomasi № 1 (2024).– 2024. 95-98 b.

A.T.Ashirboyev. Curishtiruv va dastlabki tergovni to‘xtatish instituti: xalqaro tajriba va o‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish istiqbollari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 14. – S. 37-42.

N.Q.Usmanaliyev. “Oqilona muddat” tamoiyilini joriy etish nazariy va amaliy jihatlari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2025. – T. 4. – №. 3. – S. 44-50.

N.Q.Usmanaliyev. Jinoyat ishini yuritishni to‘xtatish va tiklash muddatlari bilan bog‘liq ayrim mulohazalar //Teoreticheskie aspektы stanovleniya pedagogicheskix nauk. – 2025. – T. 4. – №. 6. – S. 40-47.

N.Q.Usmanaliyev. Protsessual muddatlarning hisoblashda qo‘llaniluvchi me’zonlarning ayrim jihatlari //problems and solutions of scientific and innovative research. – 2024. – T. 1. – №. 3. – S. 25-30.

N.Q.Usmanaliyev. Baynazov J. O‘g‘irlik jinoyati bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish tergov harakatining yangi usullari //Nauka i innovatsii v sisteme obrazovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 8. – S. 69-74.

Sh.S.Agoyev., Shakirova S. Qiynash jinoyatini tergov qilish: nazariya va amaliyot //Razvitie i innovatsii v nauke. –2024. – T. 3. – №. 6. – S. 75-81.

Sh.S.Agoyev., Abduxamidov A. Guvoxlantirish tergov xarakatini o‘tkazishning axamiyati //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 49-51.

Sh.S.Agoyev., Asatullaev D. Axborot texnologiyalari sohasidagi o‘g‘irlik jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari //Obщestvennыe nauki v sovremennom mire: teoreticheskie i prakticheskie issledovaniya. – 2024. – T. 3. – №. 7. – S. 31-35.

Sh.S.Agoyev., Tashev U. Ekspertiza faoliyatining armaniston respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligidagi huquqiy asoslari //Razvitie i innovatsii v nauke. – 2024. – T. 3. – №. 6. – S. 48-56.

N.A. Xushvaktova. Ishni sudga qadar yuritishda ishtirok etuvchi jamoatchilikning tasnifi // Jamiyat va innovatsiyalar №6 (2024) / ISSN 2181-1415 B. 22-28.

N.A. Xushvaktova. Oilada sodir etiladigan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish chora-tadbirlari // Zamonaviy fan va ta’lim ilmiy yangiliklari Vol. 2 №2 (2024) ISSN 3030-3044 Researchbib Impact Faktor:7.9 B. 81-86.