Авторы

  • Xusniddin Mamaziyayev
    Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Bosh mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.116926

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sudgacha apellyatsiya kengashlari institutini mustahkamlash yo‘nalishidagi islohotlar atroflicha tahlil qilinadi. Ilg‘or xalqaro tajribalar, rivojlangan davlatlar tizimlari o‘rganiladi va ularning muvaffaqiyatli elementlari O‘zbekistonda tatbiq etilishi masalalari o‘rganiladi. Shuningdek mazkur  masala  yuzasidan  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  tahlili va bu borada ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildiriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

98

APELLYATSIYA KENGASHLARI FAOLIYATI: MILLIY VA XORIJIY TAJRIBA

Mamaziyayev Xusniddin Dilshod o‘g‘li

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Bosh mutaxassisi

djhusniddin28@gmail.com

+998909307074

https://doi.org/10.5281/zenodo.15774216

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O‘zbekistonda sudgacha apellyatsiya kengashlari institutini

mustahkamlash yo‘nalishidagi islohotlar atroflicha tahlil qilinadi. Ilg‘or xalqaro tajribalar,
rivojlangan davlatlar tizimlari o‘rganiladi va ularning muvaffaqiyatli elementlari O‘zbekistonda
tatbiq etilishi masalalari o‘rganiladi. Shuningdek mazkur masala yuzasidan olib borilgan
ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili va bu borada ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-
mulohazalar bildiriladi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье всесторонне анализируются реформы, направленные на

укрепление института апелляционных советов до суда в Узбекистане. Изучается
передовой международный опыт и системы развитых стран, рассматриваются вопросы
внедрения их успешных элементов в Узбекистане. Также проводится анализ научно-
исследовательских работ, проведённых по данной теме, и высказываются подробные
мнения и предложения в этой области.

ANNOTATION

This article provides a comprehensive analysis of reforms aimed at strengthening the

institution of pre-trial appellate councils in Uzbekistan. It examines advanced international
experience and systems of developed countries, exploring how their successful elements might
be implemented in Uzbekistan. The paper also reviews scientific research conducted on this
topic and presents detailed opinions and proposals put forward in this area.

Kirish.

Davlat xizmatlari sohasida vujudga keladigan huquqiy hujjatlar va qarorlar aholi

hamda tadbirkorlik sub’yektlari uchun muhim hisoblanadi. Shu bois, ularga nisbatan to‘g‘ri va
adolatli apellyatsiya tartibining mavjudligi, odil sudlov va huquqiy barqarorlikni ta’minlashda
beqiyos ahamiyat kasb etadi. Yurtimizda ham so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda sezilarli islohotlar
amalga oshirmoqda. Apellatsiya kengashlari faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilinmoqda. Apellatsiya kengashlari o‘zi nima? Apellyatsiya kengashlari bu turli sohalarda,
xususan, intellektual mulk va ta’lim tizimida, qarorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish
uchun tashkil etilgan mustaqil organlardir. Ularning asosiy vazifasi fuqarolar va
tashkilotlarning shikoyatlarini adolatli va qonuniy asosda ko‘rib chiqish orqali huquq va
manfaatlarini himoya qilishdir. Apellyatsiya kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligining ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini, seleksiya yutuqlarini,
integral mikrosxemalar topologiyalarini, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik
ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq
apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organi sifatida amalga oshiradi.

1

1

https://lex.uz/docs/-4547018


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

99

Apellyatsiya kengashi qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va o‘z faoliyatida

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, “Apellyatsiya kengashi
to‘g‘risida” nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulkni muhofaza
qilishga doir xalqaro shartnomalariga amal qiladi.

Dastavval yurtimizda apellyatisya kengashlari faoliyati O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4380-son qaroriga
muvofiq Adliya vazirligi huzurida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri rais hisoblanadigan
intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni
ko‘rib chiquvchi Apellyatsiya kengashi tashkil etilishi belgilangan edi. Keyinroq O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 856-sonli “O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”
gi qarori asosida “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi
to‘g‘risida” nizom qabul qilingan. Ushbu nizom asosida Apellyatsiya kengashining ko‘rib
chiqadigan masalalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibi, faoliyatini
moliyalashtirish manbalari ishlab chiqildi.

Apellyatsiya kengashi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual

mulk markazi” davlat muassasasi talabnomada ko‘rsatilgan: sanoat mulki obyektlari; seleksiya
yutuqlari, integral mikrosxemalar topologiyalari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari,
geografik ko‘rsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlariga nisbatan qabul qilingan qarorlari
yuzasidan apellyatsiyalarni; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning, sanoat mulki
obyektlariga patent berilishi, seleksiya yutuqlariga patent berilishi, integral mikrosxemalar
topologiyalarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi, sanoat mulki obyektlariga va seleksiya yutuqlariga
berilgan patentlarning haqiqiyligi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, geografik
ko‘rsatkichdan va tovarning kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi
guvohnomaning haqiqiyligi to‘g‘risidagi apellyatsiya ishlarini ko‘rib chiqadi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi hududida belgining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishining amal qilishiga
yuzasidan apellyatsiyalarini ko‘rib chiqadi; integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan
o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomalarning, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilariga,
geografik ko‘rsatkichlardan va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish huquqiga
berilgan guvohnomalarning amal qilishi tugatilishi yuzasidan apellyatsiyalarini, geografik
ko‘rsatkich va tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilishi bekor qilinishi yuzasidan
apellyatsiyalarini, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari deb e’tirof etish
to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqadi.

2

Apellyatsiya kengashlari ushbu ishlarni ko‘rib chiqib qarorlar qabul qilishda teng

huquqlilik va kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda

qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi ma’muriy
hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish tizimini takomillashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 19-mayda PQ-188-sonli “Huquqiy

2

https://lex.uz/docs/-4547018


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

100

eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha
nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida
adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv
tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoniga muvofiq 2026-yil 1-iyulga qadar
huquqiy eksperiment tariqasida: Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq
bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib
chiqishning yangi tartibi joriy etilishi;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi

huzurida apellyatsiya kengashlari tashkil etilishi;

ma’muriy organlarning davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlariga

muvofiq bo‘lmagan ma’muriy hujjatlarini apellyatsiya kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish
manfaatdor shaxslarning shikoyatlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish
natijalariga ko‘ra amalga oshirilishi;

apellyatsiya kengashlarining qarorlari yuzasidan manfaatdor shaxs tomonidan sud

tartibida shikoyat qilinishi mumkinligi, ma’muriy organlar uchun esa mazkur qarorlar qat’iy
hisoblanishi va ularning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emasligi belgilandi.

3

Shuningdek, Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tegishliligiga ko‘ra

apellyatsiya kengashlarining ishchi organlari hisoblanishi ham belgilandi va davlat xizmatlarini
ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiqish
tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom qabul qilindi.

4

Apellyatsiya kengashlari “huquqiy

eksperiment” sifatida amaliyotga joriy etilib, sudgacha shikoyat huquqini kengaytirish, odil
sudlov va qonun ustuvorligini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatni mustahkamlashga xizmat
qiladi. Apellyatsiya kengashlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlariga,
shuningdek, Vaqtinchalik nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qarorlar ustidan shikoyat qilishning samarali va

shaffof mexanizmlarini yaratish ko‘plab rivojlangan davlatlarda huquqiy davlat tamoyillarining
ajralmas qismidir. O‘zbekistonda ham apellyatsiya kengashlari tizimini takomillashtirish
jarayonida xorijiy tajribalarning o‘rganilishi dolzarbdir. Quyida apellyatsiya kengashlari
tizimining ikki rivojlangan mamlakat – Avstraliya va Shveysariya tajribasi tahlil qilinadi.
Avstraliya davlatida 2024-yil 14-oktabrda Administrative Review Tribunal (ART) ungacha
faoliyat Administrative Appeals Tribunal (AAT) o‘rnini egallaydi. Administrative Appeals
Tribunal bu 1976–2024 yillar oralig‘ida faoliayat yuritgan, hukumatning qarorlarini “merits
review” asosida qayta ko‘rib chiqqan tribunal hisoblanadi. U 400 dan ortiq qonun doirasida
faoliyat yuritgan.

5

AAT faoliyatida a’zolarni hukumat siyosatiga bog‘liq holda tanlash, shaffoflik

yetishmasligi, ba’zi qarorlarda “copy-paste” muammolari uchragan. Shaffoflikni oshirish va
mustaqillikni kuchaytirish maqsadida 2024 yilda AAT tugatilib, ART tashkil qilindi.
Administrative Review Tribunal (ART) Sud bo‘lmagan, ammo tribunal tizimida faoliyat

3

https://lex.uz/uz/docs/-7532799

4

https://lex.uz/uz/docs/-7532799

5

https://en.wikipedia.org/wiki/Administrative_Appeals_Tribunal


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

101

yuritadi. Rahbari Federal sudya hisoblanadi. Boshqa a’zolari esa adliya, ijtimoiy xizmatlar,
migratsiya kabi yo‘nalishlar bo‘limlari boshliqlardan tashkil topgan.

Ma’muriy Tekshiruv Tribunal yangi federal ma’muriy nazorat organi bo‘lib, u fuqarolarga

yo‘naltirilgan, samarali foydalanish mumkin bo‘lgan, mustaqil va adolatli organdir. U 2024-yil
14-oktyabrda Ma’muriy Apellyatsiya sudini (AAT) o‘rnini egallagan holda ish boshladi. AAT o‘z
faoliyatini to‘xtatdi, barcha dolzarb masalalar endi ARTga o‘tkazildi.

6

Administrative Review Tribunal Avstraliyaning ma’muriy nazorat tizimining muhim bir

qismi bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

xodimlarni shaffof va merit-based tizimiga asoslangan tayinlash jarayoni
kechikishlarni bartaraf etish uchun qo‘shimcha a’zolar
barqaror moliyalashtirish tartibi
muhim biznes xatarlarini bartaraf etish uchun yagona, yangilangan ishlarni boshqarish

tizimi

protsessual samaradorlik va ish jarayonlarini yaxshilash
imkon qadar ishlarni erta hal qilishga e’tibor qaratgan holda qo‘llab-quvvatlash

xizmatlari.

ART “merits review” tamoyilini qo‘llab, qarorlarning qonuniy emas, balki asoslanganligi

va afzal variantligini ham baholaydi. Shunindek, adolat va shaffoflik: jarayonlar eng qulay
shaklda, kam formalit bilan kechadi; foydalanuvchi yagona tizim: onlayn fayl so‘rash imkoniyati
mavjud, muhim ishlar uchun ikkinchi merits bahs yuritish imkoniyati kabi afzalliklari mavjud.
Avstraliyaning Merits review prinsipini qabul qilish orqali qarorlar faqat qonuniy emas, balki
asoslanganlik bahosidan o‘tkazilishiga erishish mumkin. Oddiy ishlarni registrarlarga
topshirib, kengash ishini soddalashtirish va tizimni yagona elektron platforma orqali
boshqarish ham qulayliklar yaratadi.

Shveysariya davlati tajribasini oladigan bo‘lsak 2007-yilga kelib 30 ga yaqin turli

apellyatsiya kengashlari biriktirilib, mustaqil Federal Administrative Court tashkil etilgan.

7

Shveysariya federal ma’muriy sudi (Federal Administrative Court) federal va ba’zi hukumat
qarorlariga nisbatan “huquqiyl nazorat” ni amalga oshiradi.

FACda 6 ta bo‘lim mavjud: infratuzilma va soliqdan tortib, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ko‘chib

o‘tish va boshqalarigacha bo‘lgan vazifalar bo‘yicha tashkil etilgan.

Sudyalar va xodimlar ham yuqori kasbiy, ham ko‘p tilda faol ishlaydi sudning tarkibi Oliy

Assambleya tomonidan saylanadi. Sud faqat qonuniylik mezonlarini tekshiradi, faktlarni
tekshirish birinchi instansiya zimmasida qoladi. FAC faqat huquqiylik mezonlari bo‘yicha
nazorat qiladi, faktlarni tahlil qilish birinchi instansiya zimmasida qoladi, lekin zarur hollarda
u mustaqil surishtiruv o‘tkazish imkoniga ega. Sud ba’zi sohalarda yakuniy sud instansiyasi
bo‘lib xizmat qiladi. Yana ba’zi holatlarda ilmiy ekspertiza, tekshiruv, ko‘rish kabi maxsus
protseduralar bajaradi. Shveysariya federal ma’muriy sudi sudgacha apellyatsiya tizimida
mustahkam, mustaqil, faqat qonuniylik mezonlariga asoslangan, ochiq va sifatli sud tizimi
namunasi hisoblanadi. Uning asosiy ustunliklari siyosiy mustaqillik, yuqori kasbiy sifat,
surishtiruv vakolatlari va ochiq sud amaliyoti bular O‘zbekiston apellyatsiya kengashlari
tizimini takomillashtirish uchun muhim ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

6

https://www.ag.gov.au/legal-system/new-system-federal-administrative-review?

7

https://www.liv.asn.au/download.aspx?DocumentVersionKey=d577a033-3ee8-4319-8a1b-

d57a885e9ecb&srsltid=AfmBOoqDUzAT1P1bKaHhe8HGhvVRoI5idkz9MA4cZysrErx3W6PEc_1r&utm_source


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

102

XULOSA

O‘zbekistonda sudgacha apellyatsiya kengashlari institutini mustahkamlash bo‘yicha olib

borilayotgan islohotlar xususan intellektual mulk va davlat xizmatlari sohasida fuqarolar va
biznes sub’yektlarining huquqiy himoyasini ta’minlash, adolatli va qonuniy nazorat
mexanizmini shakllantirish yo‘lida muhim qadamdir. Xorijiy, jumladan Avstraliya va
Shveysariya tajribalarining o‘rganilishi “merits review” tamoyili, shaffoflik, mustaqillik va
elektron platformalardan foydalanish singari samarali usullarni O‘zbekistonga muvaffaqiyatli
tatbiq etish imkonini beradi. Bu tavsiyalar: qarorlarning qonuniyligi va asoslanganligini
baholaydigan “merits review” tamoyilini joriy etish, onlayn ariza va shikoyat qilish
imkoniyatlari hamda arizalar holatini kuzatish uchun elektron platformalarni rivojlantirish,
apellyatsiya kengashlari aʼzolari uchun malaka oshirish va shaffof tanlov tizimini tashkil etish,
shuningdek barqaror moliyalashtirishni taʼminlashdir. Ushbu yangilanishlar institutning
mustaqilligini, korrupsiyaga chidamliligini, shaffofligini va boshqaruv samaradorligini oshirib,
respublikada qonun ustuvorligini mustahkamlash va fuqarolarning huquqiy ishonchini yanada
oshirishga xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.05.2025 yildagi PQ-188-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2019 yildagi 856-son.

3.

Administrative Review Tribunal Act 2024 (Cth). 2024-yil 28-may.

4.

Administrative Review Tribunal Rules 2024 & Regulations 2024.

5.

www.lex.uz

6.

www.lexology.com

7.

www.ag.gov.au

8.

www.en.wikipedia.org

9.

www.apsc.gov.au

10.

www.ch-info.swiss

11.

www.liv.asn.au

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 19.05.2025 yildagi PQ-188-son.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2019 yildagi 856-son.

Administrative Review Tribunal Act 2024 (Cth). 2024 yil 28-may.

Administrative Review Tribunal Rules 2024 & Regulations 2024.

www.lex.uz

www.lexology.com

www.ag.gov.au

www.en.wikipedia.org

www.apsc.gov.au

www.ch-info.swiss

www.liv.asn.au