Авторы

  • Xusniddin Mamaziyayev
    Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Bosh mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.79262

Ключевые слова:

huquqiy ong huquqiy madaniyat huquqni qo‘llash jamiyat qonun ustuvoligi.

Аннотация

Mazkur maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan jamiyatda huquqiy  ong  va  huuquqiy  madaniyatni  rivojlantirsh  va  yuksaltirish  muammolari, huquqiy davlat qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari, mazkur  masala  yuzasidan  olib  borilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  tahlili,  shuningdek,  bu borada ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildiriladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

39

JAMIYATDA AHOLINING HUQUQIY ONGI VA MADANIYATINI

YUKSALTIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR

Mamaziyayev Xusniddin Dilshod o‘g‘li

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Bosh mutaxassisi

djhusniddin28@gmail.com

+998909307074+998909307074

https://doi.org/10.5281/zenodo.15239755

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan jamiyatda huquqiy

ong va huuquqiy madaniyatni rivojlantirsh va yuksaltirish muammolari, huquqiy davlat
qurishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o`rni kattaligi va buning uchun avvalo har bir
shaxsning huquqiy immunitetini, huquqiy savodxonlik darajasini yaxshilash masalalari,
mazkur masala yuzasidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili, shuningdek, bu borada
ilgari surilayotgan takliflar haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildiriladi.

Kalit so‘zlar:

huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqni qo‘llash, jamiyat, qonun

ustuvoligi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются одни из актуальных вопросов современности —

проблемы развития и повышения правосознания и правовой культуры в обществе,
значимость правосознания и правовой культуры при построении правового
государства, необходимость в первую очередь повышения правового иммунитета и
уровня правовой грамотности каждого человека. Также приведён анализ научных
исследований по данной теме и высказываются мнения и предложения по её решению.

Ключевые слова:

правосознание, правовая культура, применение права,

общество, верховенство закона.

ANNOTATION

This article discusses one of the most pressing issues of today — the challenges of

developing and enhancing legal awareness and legal culture in society. It emphasizes the
critical role of legal awareness and legal culture in building a legal state, and the importance of
improving each individual's legal immunity and level of legal literacy. The article also analyzes
scientific research on the topic and presents various opinions and proposals aimed at
addressing these challenges.

Keywords:

legal awareness, legal culture, law enforcement, society, rule of law.


Kirish.

Mamlakatni fuqarolik jamiyati yo‘lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga

oshirilayotgan islohotlarning samarasi mamlakat fuqarolarining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatining yuksaklik darajasiga bog‘liq. Mamlakatimizda hamma sohalarda olib
borilayotgan islohotlarning mazmunini tushunish, ushbu jarayonda faol ishtirok etish,
fuqarolarning huquqiy madaniyati yuqori bo‘lishini taqozo etmoqda. Buning dolzarbligi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

40

to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev huquqiy madaniyatning
ahamiyatini alohida ta’kidlaydi: “...qonun ustuvorligini ta’minlashda huquqiy madaniyatni
yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi” -
deya ta’kidlaydi.

Huquqiy madaniyat haqida fikr yuritar ekanmiz avvalo unga berilgan ta’riflarni keltirib

o‘tamiz. Huquqiy madaniyatning falsafiy tahlili bilan shug‘ullangan olima D.Q.Adilova
quyidagicha mulohaza bildiradi: “huquqiy madaniyat – bu ob’ektning yuridik tayyorgarligi
darajasi va uning o‘z siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquq hamda erkinliklarini amalga
oshirishdir. Ob’ektning huquqiy madaniyatining mezoni nafaqat uning yuridik va huquqiy
normalarni

bilishi, balki jamiyatning ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishi hamdir”.

Huquqiy madaniyat shaxsning ijtimoiy, huquqiy va siyosiy institutlar ta’sirida, milliy qadryatlar
asosida huquqiy va siyosiy ijtimoiylashuvi hamda o‘z huquq va burchlari to‘g‘risidagi shaxsiy
huquqiy ong, huquqiy bilim va huquqiy xulq-atvorining amaldagi ifodasidir. Aholining huquqiy
ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni

bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi”da hamda “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat
dasturi”da inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish
orqali xalqparvar davlat barpo etish, mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi
tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish, milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson
kapitalini rivojlantirish, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib
chiqish, milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga
yondashish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq,
pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son farmoni bilan tasdiqlngan “Jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish Konsepsiyasi”da aholining barcha qatlamlari huquqiy
savodxonlikka erishishi, mustahkam irodali, o‘z huquqlarini biladigan va qonunlarni hurmat
qiladigan, huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay oladigan, faol fuqarolik pozitsiyasiga
ega bo‘lgan va huquqbuzarlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladigan fuqarolarni
tarbiyalashning keng qamrovli muntazam tizimini yaratish bo‘yicha maqsad va vazifalar
belgilab olingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari

va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini
shakllantirish to‘g‘risida” 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini takomillashtirib borish
orqali aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishini ta’minlash maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2024-yilning 18-sentabrda 588-son “2024-2025 yillarda jamiyatda
huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

41

qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024-2025-yillarda

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi:

shaxs, davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini

yuksaltirish;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ‘ibotning
innovatsion usullarini joriy qilish;
aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini

kuchaytirish;

huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish.
Shuningdek, dasturda belgilangan chora-tadbirlar o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga

oshirilishi hamda natijasi bo‘yicha ma’lumotlar har chorak yakunida Adliya vazirligiga taqdim
etib borilishi uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari shaxsan javobgar
hisoblanishi belgilangan. Ushbu vazifalar amalga oshirilib kelinmoqda. Shunday bo‘lsada,
jamiyatimizda inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining
huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy
savodxonligi darajasini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar
saqlanib qolmoqda. Demak, O‘zbekiston Respublikasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni
yuksaltirishga to‘sqinlk qiluvchi omillarni tizimli o‘rganish hamda yuridik fan va amaliyot
nuqtayi nazaridan asoslantirilgan xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa
hisoblanadi.

Bugungi kunga kelib ham aholining huquqiy ong va madaniyat darajsi yetarli darajada

shaklllanmgan. Aholining ba’zi qatlamlari, ayniqsa, chekka hududlarda huquqiy savodxonlik
darajasi past. Misol tariqasida Lex.uz saytidan foydalanuvchilarning asosiy qismini
huquqshunoslar, davlat xizmatchilari, sud va prokuratura vakillari, notariuslar kabi
professional foydalanuvchilar tashkil etishi, oddiy fuqarolarning ulardagi ulushi esa past
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari huquqiy targ‘ibotda zamonaviy va interaktiv
vositalar yetarlicha qo‘llanilmayapti. Fikrimizda OAV hozirda ommaviy axborot vositalari
yoshlarni xarakatga keltiruvchi kuchga aylanib bormoqda. Yoshlar esa unga qaram bo‘lib
bormoqda. Natijada ommaviy axborot vositalarining mas’uliyati yanada ortib bormoqda.
Mamlakatning har bir yoshlari o‘z huquq va burchlarini hamda mas’uliyatini yaxshi bilishi
lozim. Bu yo‘lda OAV dan samarali foydalanish zarur.

Aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish uchun quyidagi usullardan

foydalanish mumkin:

- OAV orqali tushuntirish, yozma so‘zlar, belgilar, rasmlar, multfilmlar, videolar, roliklar,

kinolar, animatsiyalar, o‘yinlar, viktorinalar yoki targ‘ibotning boshqa har qanday shakldagi
ko‘rinishida. Lekin bularning bosh g‘oyasi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga
xizmat qilishi lozim.

- Barqaror demokratik jamiyat asosi sifatida inson huquqlariga hurmatni shakllantirish

va mazkur huquqlarni ta‟minlash uchun institutsional mexanizmlarni yanada mustahkamlash;

- So‘z erkinligi, axborot olish va uni tarqatish erkinligiga rioya qilish kafolatiga ega bo‘lgan

mustaqil ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

42

- Aholining siyosiy va huquqiy madaniyatini, savodxonligini yuksak darajaga ko‘tarish va

ularning muttasil o‘sib borishini ta’minlash zarur.

- Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda ta’lim tizimida zamonaviy

texnologiyalardan foydalanish muhim axamiyat kasb etadi.

- Aholi ongida shakllantirilayotgan huquqiy madaniyatni yuksaltirishda xalqimizning

umumiy madaniyatiga, milliyligimizga tayanishimiz kerak.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma- bosqich shakllanib boradigan jarayon

hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa qonunga itoat tuyg‘usini rivojlanishiga olib
keldi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda, shu maqsadda
fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonligini
yanada yuksaltirish, yoshlarning huquq sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni huquqiy
jihatdan yetuk va barkamol avlod etib tarbiyalash asosiy maqsad va muddaolardan biri
hisoblanadi. Jamiyatda o‘z haq-huquqini biladigan va qonun-qoidalarga og‘ishmay amal
qiladigan fuqarolar huquqiy davlatning poydevoridir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish —

huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida muhim omil hisoblanadi. Fuqarolarning
huquqiy bilim darajasi, qonunlarga hurmati, o‘z huquq va burchlarini anglay olishi nafaqat
shaxsiy farovonlik, balki jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikning kafolatidir. Shu bois, huquqiy ong
va madaniyatni shakllantirishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot
vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari va butun jamoatchilikning hamkorligi muhim ahamiyat
kasb etadi.

Huquqiy targ‘ibot va ta’limning innovatsion shakllarini joriy qilish, yoshlarning huquqiy

bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv vositalardan keng foydalanish, aholining turli
qatlamlariga moslashtirilgan huquqiy-ma’rifiy kontent yaratish — bu boradagi asosiy
yo‘nalishlardan bo‘lishi zarur. Aholining huquqiy savodxonligi va faolligini oshirish orqali
fuqarolarda qonuniylik tamoyillariga asoslangan, huquqiy me’yorlarga hurmat bilan
yondashuvchi ijtimoiy xulqni shakllantirish mumkin.

Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish bir kunlik

emas, balki bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan va doimiy e’tibor talab qiladigan jarayon
bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotining ajralmas va muhim omillaridan biri sifatida doimiy takomilga
muhtoj.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul

qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Qonun ustuvorligi va
inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Xalq so‘zi
gazetasi, 2016-yil 8-dekabr.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

43

2.

Д.К. Адилова. Философские проблемы формирования правовой културы у селского

населения. – Т., 2012. – С. 16.
3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga

mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.
4.

www.lex.uz

Библиографические ссылки

Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Xalq so‘zi gazetasi, 2016-yil 8-dekabr.

Д.К. Адилова. Философские проблемы формирования правовой културы у селского населения. – Т., 2012. – С. 16.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni.

www.lex.uz