Авторы

  • Xusniddin Mamaziyayev
    Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Bosh mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.86904

Аннотация

So‘nggi yillarda davlat va jamiyat qurilishi tizimini modernizatsiyalash, boshqaruvni nomarkazlashtirish, davlat funksiyalarini   optimallashtirish   hamda  ma’muriy  islohotlar  samaradorligini  oshirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda va jadallik bilan rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlar joylardagi adliya bo‘limlarida ham amalga oshirilmoqda. Biroq joylardagi, ya’ni viloyat va tuman miqyosidagi adliya bo‘limlari faoliyatida hanuzgacha ayrim tizimli muammolar saqlanib qolayotganini inkor qilib bo‘lmaydi. Ushbu maqolada joylardagi adliya organlarida uchrayotgan asosiy muammolar va ularni hal etishning mumkin bo‘lgan yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

6

HUDUDLARDAGI ADLIYA TIZIMI MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF

ETISH YO‘LLARI

Mamaziyayev Xusniddin Dilshod o‘g‘li

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

Bosh mutaxassisi

djhusniddin28@gmail.com

+998909307074

https://doi.org/10.5281/zenodo.15387658

ANNOTATSIYA

So‘nggi yillarda davlat va jamiyat qurilishi tizimini modernizatsiyalash, boshqaruvni

nomarkazlashtirish, davlat funksiyalarini optimallashtirish hamda ma’muriy islohotlar
samaradorligini oshirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda va jadallik bilan
rivojlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli
islohotlar olib borilmoqda. Ushbu islohotlar joylardagi adliya bo‘limlarida ham amalga
oshirilmoqda. Biroq joylardagi, ya’ni viloyat va tuman miqyosidagi adliya bo‘limlari faoliyatida
hanuzgacha ayrim tizimli muammolar saqlanib qolayotganini inkor qilib bo‘lmaydi. Ushbu
maqolada joylardagi adliya organlarida uchrayotgan asosiy muammolar va ularni hal etishning
mumkin bo‘lgan yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.

АННОТАЦИЯ

В последние годы модернизация системы государственного и общественного

строительства, децентрализация управления, оптимизация государственных функций,
а также повышение эффективности административных реформ приобретают важное
значение и развиваются стремительными темпами. В системе Министерства юстиции
Республики Узбекистан в последние годы проводятся масштабные реформы, которые
реализуются и в деятельности территориальных отделов юстиции. Однако невозможно
отрицать, что в деятельности районных и областных отделов юстиции всё ещё
сохраняются некоторые системные проблемы. В данной статье рассматриваются
основные проблемы, возникающие в деятельности территориальных органов юстиции,
и возможные пути их решения.

ANNOTATION

In recent years, issues related to the modernization of the system of state and public

administration, decentralization of governance, optimization of state functions, and increasing
the efficiency of administrative reforms have gained significant importance and are rapidly
developing. In the system of the Ministry of Justice of the Republic of Uzbekistan, wide-ranging
reforms have been implemented in recent years. These reforms are also being carried out in
regional justice departments. However, it is undeniable that some systemic problems still
persist in the activities of district and regional justice departments. This article discusses the
main problems encountered in local justice bodies and explores possible solutions to address
them.

Kirish.

Davlat va jamiyat hayotini takomillashtirish masalasida Adliya vazirligining ro‘li

muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham yurtimizda Adliya Vazirligining xalqning
chinakam mushkulini oson qiladigan yagona xalqparvar tashkilot sifatidagi nufuzi oshib
bormoqda. Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

7

sonli qarorga muvofiq Adlia vazirligi faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash bo‘yicha muhim choralar belgilangan edi. Ayniqsa, oxirgi islohotlar
vazirlikning quyi bo‘limlar faoliyatini izchil va tizimli olib borishi qonun ustovorligi va mustaqil
demokratik davlat qurishda yagona bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, 2024-yilning 24-
may sanasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy isohatlar
doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham
boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”dagi 80-son

1

bilan qabul qilingan farmoni ham

fikrimizning yorqin isboti hisoblanadi.

Ushbu farmon bilan fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini

ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliya
organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish belgilandi hamda adliya organlari
va muassasalariga qo‘shimcha vakolatlar va vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalar bugun
adliya organlarining barcha tarmoqlarida bajarib kelinmoqda. Ushbu hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalda samarali bajarish esa, avvalo, hududiy adliya organlarida yetarli va malakali
kadrlar mavjudligiga bevosita bog‘liq. Afsuski, joylardagi tuman va shahar adliya bo‘limlarida
kadrlar tanqisligi, ularning kasbiy malakasi va tajribasi pastligi, doimiy kadr almashinuvi kabi
muammolar hali-hanuz o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Ayniqsa, joylardagi (viloyat, tuman va
shahar miqyosidagi) adliya bo‘limlarining kadrlar bilan ta’minlanishi va ularning kasbiy
malakasi bu tizimning barqaror ishlashida asosiy o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda aynan joylardagi
adliya bo‘limlarida malakali kadrlar tanqisligi va tajriba yetishmovchiligi tizimli muammo
sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ko‘plab tuman adliya bo‘limlarida malakali yuridik kadrlar
yetishmasligi kuzatiladi. Bu, bir tomondan, ishning sifati va tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatsa,
boshqa tomondan, aholining adolatli va tezkor huquqiy yordamga bo‘lgan ishonchini
pasaytiradi va ish yuklamasining ortishiga ham sabab bo‘ladi. Fikrimizcha quyidagi sabablar
tufayli ushbu muammo yuzaga kelmoqda:

Aksariyat hollarda yosh mutaxassislar uzoq hududlarda ishlashni istashmaydi. Ular

ko‘proq tumanlarda faoliyat olib borishdan ko‘ra viloyat va shahar markazlarida ishlashni afzal
ko‘rishmoqda. Bu esa o‘z navbatida uzoq tuman va chekka hududlardagi adliya bo‘limlari esa
kadr bilan ta’minlashda ayrim kamchiliklarni yuzaga chiqarmoqda. Shuningdek, transport va
oshqa ijtimoiy muammolar ham kadrlarning tez-tez o‘zgarishi, malakali mutaxassislarning ish
jarayoniga jalb etishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Ushbu muammoni samarali hal qilish uchun uzoq va chekka hududlarda ishlayotgan

xodimlarga maoshga ustama, uy-joyga subsidiyalar, xizmat mashinasi, bolalar bog‘chasi va
maktab bilan ta’minlash bo‘yicha alohida yondashuv lozim. Shuningdek, Oliy ta’lim
muassasalarining yuridik fakultetlari bilan hamkorlikda joylardagi ehtiyojlar asosida kadrlar
tayyorlash, ularni amaliyotga jalb etish va keyinchalik shartnoma asosda ishga taklif etishni
keng joriy etish kerak deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikning pastligi muammoasi ham

hududiy adliya bo‘limlarini ishini mushkullashtirib kelmoqda. Aholi tomonidan yuborilgan
murojaatlardagi xatoliklar, o‘z huquqlarini bilmasligi oqibatida tuzilgan noqonuniy shartnoma
va bitimlar, murojaatlarning noto‘g‘ri yo‘naltirilganligi, o‘z huquqlarini yetrali darajada
tushunmaganliklari sababli huquqlarini himoya qila olmaslik kabi holatlarni yuzaga

1

https://lex.uz/docs/-6937312


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

8

keltirmoqda. To‘g‘ri 2019-yil 9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5618-
sonli “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan. Ushbu farmon bilan aholining huquqiy
ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan Advice.uz huquqiy
axborot tizimining ishlab chiqish va ishga tushirish, mahallalarda fuqarolarning huquqiy
bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni”
loyihasi yo‘lga qo‘yildi, davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini
oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslari tashkil etildi va boshqa qator ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda. Biroq, hanuzgcha aholining huquqiy savodxonlik darajasi yetarli
darajada emas. Buni ayrim ma’lumotlar ham ko‘rsatib turibdi. Misol uchun Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga
oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5415-sonli Farmoni, 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-
tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-sonli qarori asosida Huquqiy axborot bilan taʼminlash markazi
va ixtisoslashtirilgan “Adolat” nashriyoti negizida “Adolat” huquqiy axborot markazi davlat
unitar korxonasining

2

Lex.uz saytidan foydalanuvchilarning asosiy qismini

huquqshunoslar,

davlat xizmatchilari, sud va prokuratura vakillari, notariuslar

kabi professional

foydalanuvchilar tashkil etishi, oddiy fuqarolarning ulardagi ulushi esa past ekanligini
ko‘rishimiz mumkin. Shunindek, Adliya vazirligiga 2024-yilning 9 oyi davomida jami – 122
928 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, 57 616 tasi shikoyat, 65 233 tasi ariza va 79 tasi taklif.

3

Ushbu murojaatlarning aksariyat qismi huquqiy maslahat olishga oid bo‘lib, bu aholining asosiy
huquq va erkinliklarini yetarli darajda bilmasligini ko‘rsatadi. Har bir tuman adliya bo‘limi
huzurida “Huquqiy maslahat markazlari” tashkil etilishi va ular tomonidan bepul huquqiy
maslahatlar berilishi muhimdir. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalarida huquqiy
targ‘ibot kampaniyalarini kuchaytirish kerak.

XULOSA

Adliya vazirligi faoliyati bugungi kunda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida

muhim o‘rin tutib, huquqiy tartibot va qonun ustuvorligini ta’minlashda bosh vazifani
bajarmoqda. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, jumladan 2024-yil 24-maydagi
Prezident Farmoni asosida belgilangan ustuvor vazifalar, adliya organlarining mas’uliyatini
oshirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Shunga qaramay,
joylardagi adliya bo‘limlarida hali ham qator tizimli muammolar, jumladan malakali kadrlar
tanqisligi, murojaatlar bilan ishlashda sustkashlik va aholining huquqiy savodxonlik
darajasining yetarli emasligi kabi muammolar mavjudligicha qolmoqda. Bu esa aholiga
ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlarning sifatiga va fuqarolarning adolat tizimiga bo‘lgan
ishonchiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.


Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlarni

kuchaytirish maqsadga muvofiq:

2

https://lex.uz/uz/about

3

https://adliya.uz/inner-page/jismoniy-va-yuridik-shaxslar-murojaatlarini-korib-/adliya-vazirligiga-2024-yilning-9-

oyligi-davomida-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

9

uzoq va chekka hududlarda ishlayotgan xodimlarga maoshga ustama, uy-joyga

subsidiyalar, xizmat mashinasi, bolalar bog‘chasi va maktab bilan ta’minlash bo‘yicha alohida
yondashuv lozim;

oliy ta’lim muassasalarining yuridik fakultetlari bilan hamkorlikda joylardagi ehtiyojlar

asosida kadrlar tayyorlash, ularni amaliyotga jalb etish va keyinchalik shartnoma asosda ishga
taklif etishni keng joriy etish;

yuridik ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, amaliyot va mehnatga

joylashish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;

har bir tuman adliya bo‘limi qoshida “Huquqiy maslahat markazlari”ni tashkil etish;

aholi o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha ommaviy targ‘ibot va tushuntirish

ishlarini kuchaytirish;

huquqiy texnologiyalar (onlayn xizmatlar, sun’iy intellekt asosidagi maslahat tizimlari)ni

keng joriy etish.

Shunday ekan, Adliya vazirligi faqat huquqni qo‘llovchi tashkilot emas, balki xalq bilan

bevosita muloqot qiluvchi, ularning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqparvar tizim
sifatida doimiy rivojlanishi zarur. Bu boradagi sa’y-harakatlar huquqiy demokratik davlat
barpo etish yo‘lida muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.05.2024-yildagi PF-80-son.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.04.2018 yildagi PQ-3666-son

3.

www.lex.uz

4.

www.adliya.uz

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.05.2024-yildagi PF-80-son.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.04.2018 yildagi PQ-3666-son

www.lex.uz

www.adliya.uz