ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
51
INGLIZ TILINI O’RGATISHDA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI
Majidova Farangis Ulug’bek qizi
Samarqand davlat chet tillari instituti talabasi
Ilmiy rahbar:
Nilufar Zubaydova
https://doi.org/10.5281/zenodo.13925443
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ingliz tilini bog’cha va maktablarda interaktiv metodlar
yordamida qanday o’qitish hamda interaktiv metodlarning ta’lim sifatini oshirishdagi o’rni qay
darajada muhim ekanligi izohlanadi.
Kalit so’zlar:
Ingliz tili, metod, interaktiv, ta’lim sohasi, Finlandiya, Germaniya, Yaponiya,
stress, pedagog, ice break, warm up, aqliy hujum.
Hozirgi kunda yurtimizda ta’lim sohasida ko’plab yangiliklar, islohotlar o’tkazilmoqda.
Chet el, xususan, Finlandiya, Yaponiya, Germaniya kabi ta’lim sohasi rivojlangan mamlakatlar
bilan ta’lim sifatini yaxshilash va o’quv faoliyatini isloh qilishda hamkorlikda ish olib
borilmoqda. Bilamizki dunyo tillari ichida Ingliz tilining o’rni nihoyatda beqiyos. Jahonda sodir
bo’layotgan har bir voqea, hodisa, ilmiy izlanishlar eng avvalo ingliz tilida chop etiladi. Shu
sababli yurtimizda ham Ingliz tilini o’quvchilarga yoshlikdan, xususan bog’cha va maktab
yoshidan boshlab o’rgatish belgilangan.
Bog’cha va maktab yoshidagi o’quvchilar juda o’yinqaroq, qiziquvchan va biroz tez zerikib
qolishlari sababli, bu yoshdagi bolalarga ta’lim sohasida, xususan Ingliz tilini o’qitishda juda
ko’plab interaktiv metodlar (o’yinlar) mavjud. Ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchi
qiyinchiliklarni oson yengib, bu tilni ortiqcha stresslarsiz, sodda va oson o’rganishida intervaol
o’yinlar, metodlarning o’rni beqiyosdir. Malakali pedagog buni bilishi va ta’lim jarayonida
bunday metodlardan foydalanishi kerak.
Bundan tashqari, interaktiv metodlar bolalarda fanga qiziqish, o’z ustida ishlash, izlanish
va dars jarayonida faol qatnashish, o’qituvchida esa har bir bolani shaxsiy rivojlantira olish va
sinfni to’g’ri boshqara olish kabi ko’plab masalalarda yordam beradi.
Ma’lumki, interaktiv metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud. Ulardan eng ko’p
foydalaniladiganlari “Aqliy hujum”, “Blitz-savol”, “Muammoli vaziyat”, “Warm up”, “Ice break”,
“TTT”, “BTB”, “Klaster” va “Moychechak guli” kabilardir. Bulardan ayrimlarini ko’rib chiqamiz:
“Ice break” metodi o’z ichiga ko’plab qiziqarli o’yinlarni oladi. Bu metod asosan
o’quvchilar diqqatini jalb qilish, zerikkan o’uvchilarni o’yg’otish, shuningdek, bir-birini
tanimagan guruhlarda o’zaro muloqotni yaxshilash uchun yordam beradi. Kichik yoki katta
sinflarda o’yin turiga qarab dars boshida yoki o’rtasida qo’llash mumkin. Dars boshida “name
to name” usulidan foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilar bir boshidan o’z ismi va bitta
yoqtirgan narsasi nomini aytadi, qolgan o’quvchilar o’sha ismga qo’shib o’z ismi va ular ham
yoqtiragan biror bir narsaning nomini aytib ketaverishadi, oxirgi o’quvchiga hammaning ismi
va narsaning nomini aytishi bilan o’yin yakunlanadi. Bu o’yin “zanjir o’yini” deb ham nomlanadi.
O’quvchilar zerikkanini inobatga olgan holda ularga harakatli o’yinlar bilan dars o’tish tavsiya
qilinadi. Misol uchun, o’qituvchi Ingliz tilida o’quvchilardan o’rnidan turishini, o’tirishini, o’nga,
chapga burilishini va boshqa harakatlarni qilishlarini so’raydi. Bu jarayonda barcha o’quvchilar
ishtirok etishi va o’qituvchi tabassumda bo’lishi juda zarur.
“Moychechak guli” metodida o’quvchilarni ikki guruhga bo’lgan holda doskaga yoki oq
qog’ozga moychechak rasmi barglari katta qilgan holda chiziladi va o’rtasiga ma’lum bir mavzu
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
52
yoziladi, guruhning har biz a’zosi ushbu barglarga bittadan mavzuga oid so’z yozib chiqadi.
Qaysi guruhda so’z yozilmagan barg qolsa o’sha guruh yutqazadi. Bunda moychechak barglarini
o’quvchilar soniga moslashtirish mumkin.
Xulosa
qilib aytganda, Ingliz tilini o’rgatishda o’qituvchi mavzuga mos bo’lgan interaktiv
metodlardan foydalansa o’quvchilar tilni tez va oson o’rganishadi. Bunday usulda ta’lim olgan
o’quvchilarda yuqori natija ko’rsatish imkoniyati ko’p bo’ladi.
References:
1.
Sobirova M.R. O’zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Молодой ученый-
2020-№14(304).
2.
R. Yo’ldoshev, R. Xusanova, U. Bobojonova. Ta’limning interfaol metodlari (metodik
qo’llanma). Urganch-2011.
3.
O.U.Avlayev, S.N.Jo’rayeva, S.P.Mirzayeva. “Ta’lim metodlari” o’quv uslubiy qo’llanma.
“Navro’z” nashryoti, Toshkent-2017.
4.
Sh.Madiyorova, I.Kamolovna “Ta’lim jarayonida interfaol metodlarning ahamiyati”
maqola, “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali’ № 2022.
5.
Бойназаров, И. М., & Бобоназаров, А. А. (2024). Mantiqiy funksiyalarning
minimallashtirishning Quine-McCluskey usuli: Quine-McCluskey Method of Minimization of
Logic Functions.
6.
N.N. Zubaydova
The importance of teaching vocabulary
. International conference Bridge
to science: Research works 100 (November 15 2019) San Francisco, USA.
7.
Shokhista, R. (2023). The Significance Of Emphasizing Communicative Competence As
The Foundation For Teaching Listening And Speaking Skills Rustamova Shokhista Sharifovna.
International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 25-28.
8.
Rustamova, S. S. (2023, January). The Importance Of Speaking Activities In Teaching
English. In International Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 357-361).
9.
Sharifovna, R. S. (2022). Teaching Spoken English To Upper Class Pupils. Confrencea, 6(6),
87-89.
10.
Sharifovna, R. S. (2022). Class Size And The Learning-Teaching Process In Upper Classes.
Journal of new century innovations, 14(1), 86-98.
11.
Sharipovna, R. S. Peculiarities Of Teaching English In Secondary Schools In Uzbekistan.
International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, (2), 1-5.
12.
Suleymanova, N. M. (2020). On The Nominative Nature Of The Sentence. Theoretical &
Applied Science, (4), 307-309.
13.
Сулейманова, Н. М. (2017). Номинативный аспект речевого процесса. In Humanities
and Social Sciences in Europe: Achievements and Perspectives (pp. 76-82).
14.
Suleymanova, N. M., & Idiyev, A. R. O. G. L. (2021). Gapning Nominativ Aspekti Va Uning
Kommunikativ Jarayoni Haqida. Academic research in educational sciences, 2(12), 805-809.
15.
Сулейманова, Н. М., & Абдуллаева, Л. Т. (2017). Имманентный характер
синергетических свойств единиц языковой системы. In Инновации В Современном
Языковом Образовании (pp. 61-65).
16.
Ikrambayevna, S. D. (2024). Classification of Functions of Communicative Strategy and
Tactics in Political Communication. Miasto Przyszłości, 50, 548-553.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
53
17.
Sattarova, D. (2024). Siyosiy Muloqotning Pragmatik Aspektlari. Tamaddun Nuri Jurnali,
5(56), 380-383.
18.
Axmedova, D., & Zarmaskhonov, S. (2024, February). Exploring Global Perspectives In
Language Teaching And Learning. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit
(pp. 205-207).
19.
Sattarova, D. (2024, January). Siyosiy Notiqlikning Milliy Mаdаniy Vа Lisoniy Tаhlili
(Oʼzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Iа Karimov Nutqlari Asosida). In
Международная конференция академических наук (Vol. 3, No. 1, pp. 5-7).
20.
Ikramboyevna, A. D., & Ikramboyevna, S. D. (2023). The Ways of Forming Secondary
Nomination in Uzbek Language and Its Impact on Linguistics.
21.
Sattarova, D. (2023). Komunikativ Diskursning Tadqiqot Ob’yekti. Молодые ученые,
1(22), 41-43.