O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIDA INNOVATSION RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Annotasiya

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari tarkibining o‘zgarishi hamda iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarini transformatsiyalashishiga, raqamli iqtisodiyotning raqamli axborot va bilimlar ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida tavsiflangan.  

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Xasanov, A., & Saidmurodov , Z. (2024). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIDA INNOVATSION RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI. Наука и инновация, 2(38), 106–109. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/61756
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari tarkibining o‘zgarishi hamda iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarini transformatsiyalashishiga, raqamli iqtisodiyotning raqamli axborot va bilimlar ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida tavsiflangan.  


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

106

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XIZMAT KO‘RSATISH SOHALARIDA

INNOVATSION RAQAMLI IQTISODIYOTNING O‘RNI VA AHAMIYATI

SamDUKF asissenti

A.Sh.Xasanov

SamDYKF talabasi

Saidmurodov Zaynobiddin

https://doi.org/10.5281/zenodo.14533368

Annotatsiya

: Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasining mamlakatlar milliy

iqtisodiyotlari tarkibining o‘zgarishi hamda iqtisodiy faoliyatning barcha yo‘nalishlarini
transformatsiyalashishiga, raqamli iqtisodiyotning raqamli axborot va bilimlar ishlab
chiqarishning asosiy omili sifatida

tavsiflangan.

Kalit so‘zlar:

xizmat ko‘rsatish sohasi, iqtisodiy rivojlanish, raqamli iqtisodiyot, raqamli

xizmatlar, YAIM, iqtisodiy o‘sish. Innovatsiya.


Bugungi kunda respublikamiz iqtisodiyotini modernizatsiyalash jarayonida xizmat

ko‘rsatish sohasi korxonalarini muntazam ravishda barqaror iqtisodiy rivojlanishi ularning
xo‘jalik faoliyati intensivligini ta’minlashning muhim omili hisoblangan iqtisodiy resurslardan
foydalanish samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishni zarurat etmoqda.
Ushbu jarayonda xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatlari samaradorligini oshirish
mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat ko‘rsatish intensivligini ta’minlash, soha
korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish, iqtisodiy resurslardan tejamli foydalanish,
mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga erishish, ishlab chiqarilgan xizmatlar
sifatini va uning natijadorligini ta’minlash, xizmatlar iste’molchilarining ehtiyojlarini to‘liq
qondirish vazifalari sohaning o‘ziga xos muammolaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga,
xizmat ko‘rsatish korxonalarining xalqaro bozordagi xizmatlar sifatini oshirish va xizmatlar
eksportini ko‘paytirish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy vazifasi
hisoblanadi.

Mavzuning dolzarbligi va hozirgi holati.

Jahonda xizmat ko‘rsatish sohasining

rivojlanib borishi mamlakatlar milliy iqtisodiyotlari tarkibining o‘zgarishi hamda iqtisodiy
faoliyatning barcha yo‘nalishlarini transformatsiyalashishiga olib kelmoqda.

Jahonda xizmat ko‘rsatish sohasini samarali rivojlantirish borasidagi tajribalar negizida

servis korxonalari faoliyati samaradorligini baholash usullarini takomillashtirish, xizmat
ko‘rsatish sifatini oshirish, xizmatlar raqobatbardoshligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatish
jarayonlarini modernizatsiyalash va intensivligini ta’minlash, korxonalar faoliyati
rivojlanishini strategik rejalashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqarishning samarali
usullarini joriy etish, xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirishning
ijtimoiyiqtisodiy mexanizmini takomillashtirish kabi ilmiy muammolarni tadqiq etish muhim
ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentyabrdagi PF5813-son «Savdo va

xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy
qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

»

va

2021 yil 30 sentyabrdagi PF-6318-son

«

Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga

qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

»

gi farmonlari belgilangan vazifalarni amalga oshirishda

xizmat qiladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

107

Xizmat ko‘rsatishning faoliyat turlarining muntazam kengayib borayotganligi xizmat

ko‘rsatish sohasi tarmoqlarining aniq chegaralarini belgilashda murakkablikni yuzaga
keltirmoqda. Haqiqatdan ham ushbu faoliyatning kengayib borishi iqtisodiyotning ba’zi
sohalarida asosiy bo‘ladi, qolganlarida esa mazkur faoliyat qisman ishtirok etadi. Shunga
ko‘ra, xizmatlar sohasining asosiy jihatlaridan biri, uning turli xilligi, statistika uchun
xizmatlar chegarasini belgilash ancha dolzarb hioblanadi, chunki ushbu voqiylikni
o‘rganishning muayyan darajada noaniqligi milliy iqtisodiyot rivojlanishida bevosita
shakllanadi, iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy o‘sish natijalari va aholi turmush farovonligi, yaxlit
iqtisodiy faoliyat turlari, iqtisodiy jarayonlar hamda iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlari va
hududlar bo‘yicha statistik axborotlarning integrasiyalashishi asosida mamlakatlar reytingi
baholanadi.

Tadqiqotlar shundan dalolat bermoqdaki, agarda xizmat ko‘rsatish sohasining yalpi

ichki mahsulot hajmidagi ulushi oltmish besh foizdan kam bo‘lsa, bunday davlat rivojlangan
mamlakatlar qatoriga kiritilmaydi. Bu esa hozirgi zamon milliy va jahon iqtisodiyotida asosiy
makroiqtisodiy tenglik sifatida xizmat ko‘rsatish va moddiy ishlab chiqarish sohalarining
nisbati bilan belgilanadi. Xizmatlar sohasi rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti
tarkibida ahamiyatli ulushga egadir.

Xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ko‘plab tarmoqlar uzoq davrda iqtisodiyotning

rivojlanishi uchun asosiy ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ushbu soha mamlakatning ilmiy-texnik
va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida o‘ziga xos «lokomotiv»ga aylandi. Bu yerda gap birinchi
o‘rinda fan-texnika va ilmiy xizmatlar ko‘rsatish, ta’lim, turli-tuman kasbiy xizmatlar, sog‘liqni
saqlash, aloqa va axborot xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida boradi. Garchi, ilgarigidek
iqtisodiyotda hali ham xizmatlar sohasining yetarlicha an’anaviy bo‘lgan moliya, savdo,
shaxsiy xizmatlar kabilar muhim rol o‘ynasada, XXI asr boshlarining o‘ziga xosligi shundan
iboratki, ham iqtisodiyot, ham jamiyat uchun xizmatlar sohasining yangi tarmoqlari
guruhining ahamiyati ortib bormoqda.

Shu bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasida samarali xo‘jalik yuritishni tashkil etish

industrial tarmoqlar faoliyatiga nisbatan keng miqyosda tadqiq etilgan bo‘lib, bunda
faoliyatni rivojlantirish jamiyatda odamlarning turmush farovonligini ta’minlash, xizmat
ko‘rsatish jarayonlarining innovatsionligini oshirish hamda yuqori texnologik sig‘imga ega
iqtisodiyotni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Xizmat ko‘rsatish sohasining rivojlanishida raqamli iqtisodiyotning o‘rni alohida bo‘lib

hisoblanadi. Innovatsion yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan texnika - texnologiyalardan
barcha tarmoqlar va sohalarda yoppasiga foydalana boshladik. Bu esa mamlakatlarning milliy
iqtisodiyot tizimini raqamli iqtisodiyot shakliga olib keldi. Raqamli iqtisodiyot rivojlanishi
xizmatlar sohasini, raqamli xizmatlar sohasi atamasi bilan atash kerak ekanligini
ko‘rsatmoqda. Shu sababli bizlar har ikkala iqtisodiy atamaga nazariy jihatdan to‘xtalish kerak
deb hisoblaymiz.

Raqamli iqtisodiyot ko‘p qirrali faoliyat bo‘lib, unda raqamli axborot va bilimlar ishlab

chiqarishning asosiy omili sifatida qo‘llaniladi, zaruriy faoliyat maydoni tariqasida zamonaviy
axborot tarmog‘i iqtisodiyot strukturasini optimallashtirish va unumdorlikni oshirishning
yetakchi omili tariqasida axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali qo‘llaniladi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

108

Raqamli iqtisodiyot – bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol

qilish jarayonlarida elektron hamda axborotkommunikatsion texnologiyalarini keng joriy
etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir. Raqamli
iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Birinchidan,
raqamli iqtisodiyot – bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va
axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot – bu
o‘ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti, axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.
Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki
sivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan.
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog,
axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu
borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli
monografiyasini chop etgan. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti”
turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “Postindustrial iqtisodiyot” (D.Bell),
“Axborotlashgan iqtisodiyot” (O.Toffler), “Megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “Axborot va aloqaga
asoslangan iqtisodiyot” (I.Niiniluto), “Texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” (B.Geys),
“Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” (D.Tapskott).

Raqamli xizmatlar – bu insonlarning turli talab, xohish va istaklarini qondirish

maqsadida, yashash sharoitini yaxshilashga ko‘maklashadigan, kundalik vositalar yordamida
texnika va texnologiyalarga asoslangan xizmat ko‘rsatishning yuqori zamonaviy shaklidir.

Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar ro‘y berishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar muqarrarligini

tushunib, iqtisodiyotni raqamlashtirish tomon harakatni ongli ravishda boshladi. Bu
yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya hamda Xitoy
bugungi kunda raqamli poygada norasmiy yetakchilar sanaladi. Ulardan keyingi o‘rinlarda
Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Avstraliya, Belarus va boshqalar turadi.
Raqamlashtirish jarayonining ba’zi yetakchi mamlakatlari esa qarama-qarshi yondashuvlarni,
xususan, AQSH bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan
mamlakatlar ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qiladi.

Raqamli iqtisodiyot platformalari tuzishda rivojlangan davlatlar transport,

telekommunikatsiya, energetika, ma’lumotlarni qayta ishlash, sog‘liqni saqlash, dori-
darmonlar logistikasi, turizm, tashqi iqtisodiy faoliyat, ko‘chmas mulk va ishlab chiqarish
yo‘nalishlariga e’tibor qaratmoqda.

Aynan shu sohalarning rivojlanishi infratuzilma hamda texnologik bazis yaratishga

imkon beradi, ularni boshqa sohalarga ko‘chirgan holda O‘zbekiston yetuk raqamli
iqtisodiyotni maksimal darajada tez rivojlantirishi mumkin. Ilg‘or mamlakatlar raqamli
iqtisodiyoti ko‘plab dasturlari (AQSH, Avstriya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va
boshqalar) asosiy e’tiborni «raqamli tibbiyot» hamda «aqlli shahar» ijtimoiy yo‘nalishlariga
qaratmoqda. «Raqamli tibbiyot» va «aqlli shahar» ijtimoiy loyihalarini amalga oshirish
ko‘proq murakkablik hamda xilma-xillikni talab qiladi va bunday loyihalar keng xalq ommasi
tomonidan e’tirof etiladi.

Xulosa va takliflar.

Jahon bankining «Raqamli dividentlar» nomli tadqiqoti natijalari

mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va
muhimligini ko‘rsatdi. Xususan, internet tezligining 10 foizga o‘sishi, mamlakat YAIMning


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

109

o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,21 foizni, rivojlanayotgan
davlatlarda 1,38 foizni tashkil etayotir. Demak, internet tezligi ikki barobarga oshadigan
bo‘lsa, YAIM hajmining qariyb 15 foizga oshishiga erishish mumkin. Jahonda amalga
oshirilayotgan globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati,
turizm, xorijiy investitsiyalar, AKT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga
ta’sir etadi.

References:

1.

Burmenko T. D. Sfera uslug: ekonomika: uchebnoye posobiye / T.D. Burmenko, N.N.

Danilenko, T. A. Turenko; pod red. T.D. Burmenko. - M.: KNORUS, 2007. – 328 s. – S. 64-65.

2.

Hov big is China’s Digital ekonomy? Bruegel, Vorking Paper, Issue 04, 17 May,2018. 3.

S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullayev, G.R. Baltabayeva.
3.

Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. T.: TMI, “IqtisodMoliya” nashriyoti,

2019, 8 bet.
4.

Абрамешин, А.Йе., Воронина, Т.П., Молчанова, О.П., Тихонова, Йе.А., Шленов, Ю.В.

Инновационний менеджмент: Учебник для вузов / А.Йе. Абрамешин, Т.П. Воронина, О.П.
Молчанова, Йе.А. Тихонова, Ю.В. Шленов // Под редаксией дра экон. наук, проф. О.П.
Молчановой. М.: Вита-Пресс, 2001. - 272 с.
5.

Семенова, А.А. Инновационно-инвестиционний менеджмент: учеб. пособие / А. А.

Семенова, И. И. Марушак: под обш. ред. М. И. Лешенко; Федер. агенство по образованию,
Моск. гос. индустр. ун-т. -М. : Изд-во МГИУ, 2007. - 249 с.
6.

Вареников, В.А. Управление инновационной активностю предприятия с позиции

индикативного подхода / В.А. Вареников // Скиэнкес оф Эуропе. - 2017. - № 14-3 (14). -
С. 11-14.
7.

Молчанова, В.А. Горизонталное управление как косвенний метод стимулирования

инноваций в сфере услуг / В.А. Молчанова // Креативная экономика. - 2014. - № 12 (96).
- С. 128-140.
8.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE

METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH.
World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.
9.

Карпенко, А.В. Управление инновационной активностю / А.В. Карпенко // Наука и

производство Урала. - 2015. - № 11. - С. 156-159.

Bibliografik manbalar

Burmenko T. D. Sfera uslug: ekonomika: uchebnoye posobiye / T.D. Burmenko, N.N. Danilenko, T. A. Turenko; pod red. T.D. Burmenko. - M.: KNORUS, 2007. – 328 s. – S. 64-65.

Hov big is China’s Digital ekonomy? Bruegel, Vorking Paper, Issue 04, 17 May,2018. 3. S.S. Gulyamov, R.H. Ayupov, O.M. Abdullayev, G.R. Baltabayeva.

Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. T.: TMI, “IqtisodMoliya” nashriyoti, 2019, 8 bet.

Абрамешин, А.Йе., Воронина, Т.П., Молчанова, О.П., Тихонова, Йе.А., Шленов, Ю.В. Инновационний менеджмент: Учебник для вузов / А.Йе. Абрамешин, Т.П. Воронина, О.П. Молчанова, Йе.А. Тихонова, Ю.В. Шленов // Под редаксией дра экон. наук, проф. О.П. Молчановой. М.: Вита-Пресс, 2001. - 272 с.

Семенова, А.А. Инновационно-инвестиционний менеджмент: учеб. пособие / А. А. Семенова, И. И. Марушак: под обш. ред. М. И. Лешенко; Федер. агенство по образованию, Моск. гос. индустр. ун-т. -М. : Изд-во МГИУ, 2007. - 249 с.

Вареников, В.А. Управление инновационной активностю предприятия с позиции индикативного подхода / В.А. Вареников // Скиэнкес оф Эуропе. - 2017. - № 14-3 (14). - С. 11-14.

Молчанова, В.А. Горизонталное управление как косвенний метод стимулирования инноваций в сфере услуг / В.А. Молчанова // Креативная экономика. - 2014. - № 12 (96). - С. 128-140.

Musayeva, S. I. (2024). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF INTERACTIVE METHODS INTRODUCING THE СLT (СOMMUNIСATIVE LANGUAGE TEACHING) APPROACH. World Scientific Research Journal, 32(1), 217-219.

Карпенко, А.В. Управление инновационной активностю / А.В. Карпенко // Наука и производство Урала. - 2015. - № 11. - С. 156-159.