Авторы

  • Ahmadjon Xasanov
    Aniq va tabiiy fanlar fakulteti asisstenti
  • Elmurod Shamsiddinov
    SamDUKF aniq va tabiiy fanlar fakulteti buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi talabalari
  • Shahzod Xolmurodov
    SamDUKF aniq va tabiiy fanlar fakulteti buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.scin.61333

Ключевые слова:

investitsiya investitsiya afzalliklari kengaytirilgan ko’p omilli yondashuv tavakkalchilik baholash ko’rsatkichlari.

Аннотация

Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan foydalanishning afzalliklari hamda investitsiyalarni kiritishda kengaytirilgan ko’p omilli va tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlar, korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini baxolash ko’rsatkichlari bilan bog’liq masalalar yoritilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

77

INVESTITSIYA FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR VA

ULARNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xasanov Ahmadjon

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti asisstenti

Shamsiddinov Elmurod

Xolmurodov Shahzod

SamDUKF aniq va tabiiy fanlar fakulteti

buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.14523482

Annotatsiya.

Maqolada mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda investitsiyalardan

foydalanishning afzalliklari hamda investitsiyalarni kiritishda kengaytirilgan ko’p omilli va
tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlar, korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini
baxolash ko’rsatkichlari bilan bog’liq masalalar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

investitsiya, investitsiya afzalliklari, kengaytirilgan ko’p omilli yondashuv,

tavakkalchilik, baholash ko’rsatkichlari.

Kirish

“Investitsiya – iqtisodiyot drayveri sanaladi. Mamlakatning iqtisodiy siyosati bugungi

kunda investitsiyalarga bog’liq bo’lib qoldi. 2022 yil davomida O’zbekistonga jami 240 trln
so’m investitsiyalar jalb qilingan, shulardan 8 mlrd dollari to’g’ridan to’g’ri kirib kelgan va
eksport miqdori 19 milliard dollarni tashkil etadi. Davlat investitsiya dasturi doirasida 3,7
mlrd dollarlik 158 ta yirik loyihalar ishga tushdi va mamlakatda 25 000 ga yaqin yangi ish
o’rinlari yaratildi. Mazkur loyihalarning ko’pchiligi energetika va tog’-kon metallurgiya
sanoati, qishloq xo’jaligi, yengil sanoat va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalariga
to’g’ri keladi.

Endilikda 2023 yilda 30 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan,

uning 25 milliard dollari xususiy investitsiyalar bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasining investitsiya muhitini rivojlantirish borasida tegishli

huquqiy asoslar yaratilgan bo’lib, kafolat va imtiyozlarni o’zida aks ettiruvchi bir qancha
me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ularda xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va
raqobat muhitiga sharoit hamda zarur investitsiyaviy infratuzilmaning yaratilishini nazarda
tutuvchi normalar belgilab qo’yilgan. Shuningdek, mamlakatimizda hukm surayotgan siyosiy
barqarorlik hamda boy tabiiy mineral resurslarning mavjudligi investitsiya muhitini
rivojlantirish uchun imkoniyatlar eshigini keng ochadi. Biroq zamon bilan hamnafas ravishda
taraqqiy etish uchun bularning o’zi kifoya qilmaydi. Chunki shiddat bilan rivojlanayotgan
dunyo hamjamiyati reytinglarida munosib o’rinlarni egallash uchun yangi zamonaviy
g’oyalarni o’ylab topish zarurati yuzaga kelmoqda[15]. Xorij investitsiyalarini keng miqyosda
jalb qilish — iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, mamlakatning eksport
salohiyatini mustahkamlash, yuqori texnologik raqobatdosh tarmoqlarni yaratish, ilg’or xorij
texnologiyalari, nou-xau va boshqaruv tajribalarini tatbiq etish imkonini beradi. Shu nuqtai
nazardan, bugungi kunda aksariyat jabhalarga xorij investitsiyasini kiritish hamda
iqtisodiyotning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish borasida tub islohotlar amalga
oshirilmoqda.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

78

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Bugungi kunda investitsiyalar masalasi iqtisodiy tadqiqotlarning muhim

yo’nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu sohada iqtisodiy tadqiqotlar olib borgan bir qator
xorijiy va mahalliy olimlarni sanab o’tishimiz mumkin, jumladan, L.D. Gitman, M.D. Djonk,
G’ozibekov D.G’., Mahmudov N.M., Madjidov Sh.A., Imomov X.X, Yuldashev R.Z., SHodmonov
SH.SH., G’afurov U.V., Shoha’zamiy Sh.Sh., Rashidov O.Yu., Qurbonov X.A., Qosimov M.S.,
Samarxo’jaev B.B., Kenjaev N.I. va boshqa olimlar tadqiqotlarida investitsiyalar mavzusi
alohida o’ringa ega. Iqtisodchi olimlar L.D. Gitman, M.D. Djonklar fikricha, investitsiya – bu
shunday vositaki, u orqali pulning qiymatini saqlash yoki ko’paytirish va ijobiy miqdorda
daromad olishi imkonini ta’minlanadi[4]. Mamlakatimizdagi yetakchi iqtisodchi olimlar Sh.Sh.
Shodmonov va

U.V. G’afurovlar

muallifligida

yozilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligida

investitsiyalarga shunday ta’rif beriladi, investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta
tiklash va ko’paytirishga, ishlab chiqarishquvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul
shaklidagi ko’rinishidir. Yuqorida qayd etib o’tilgan iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida
mamlakat iqtisodiѐtini rivojlantirishda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishning
nazariy jihatlari ѐritib berilgan bo’lsada, biroq investitsiya faoliyatiga baho berishda asosiy
yondashuvlar – kengaytirilgan ko’p omilli va tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlarga
hamda korxonalar miqyosida investitsiya faoliyatini baxolash ko’rsatkichlariga kam ahamiyat
berilgan.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotni olib borishda analiz va sintez usullaridan, tizimli va majmuaviy yondashuv

usullardan foydalanilgan.

Tahlillar va natijalar.

Ma’lumki, har qanday mamlakat rivojlangan davlatlar amaliyoti va nazariyasini

o’rganmasdan, jahon hamjamiyatidan ayri holda rivojlanmaydi. Shunday ekan, har bir davlat
ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, iqtisodiyotda yuqori ko’rsatkichlarga erishish,
aholining ijtimoiy turmush darajasini oshirish uchun milliy hamda xorijiy hamkorlar bilan
o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishi maqsadga muvofiqdir[8]. Bu borada u yoki bu
mamlakatda shakllangan investitsiya muhiti va u orqali investitsion faoliyat muhim ahamiyat
kasb etadi. Qaerdaki, samarali investitsion faoliyati mavjud bo’lsa, o’sha tomonga iqtisodiyotni
harakatga keltiruvchi kuch - investitsiyalar oqimi tezlashadi.

Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi investitsiya faolligi sur’atlariga,

bu esa, iqtisodiyot bir tekis o’sib borishi va taraqqiy etishini belgilovchi investitsiya faoliyatiga
bog’liq. Investitsiya faoliyati muayyanligini bu boradagi faoliyatning maqsadga muvofiqligi va
jozibadorligini aniqlaydigan iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy, siyosiy hamda boshqa
shart-sharoitlarni umumlashtiruvchi xususiyatlari belgilab beradi. Investitsiya faoliyatiga
ta’sir ko’rsatuvchi bu omillarning o’zaro bog’liq majmui u yoki bu mamlakat iqtisodiyotidagi
hal qiluvchi investitsiya faoliyati hisoblanadi. Demak, investitsiya faoliyati haddan tashqari
ko’p o’lchovli, murakkab va serma’no tushunchadir.

Investitsiya faoliyatiga baho berishda quyidagi asosiy yondashuvni – kengaytirilgan ko’p

omilli va tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvlarni ajratib ko’rsatish mumkin.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

79

Kengaytirilgan, ko’p omilli yondashuvda investitsiya faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi quyidagi
omillar baholanadi:

- hududning mehnat va energetika resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi, bioiqlimiy,

ilmiy-texnikaviy salohiyati va infratuzilma rivojlanganligi kabilarni o’z ichiga oluvchi iqtisodiy
salohiyatini;

- xo’jalik yuritishning umumiy shart-sharoitlari - ekologik xavfsizlik, moddiy ishlab

chiqarish tarmoqlarining rivojlanganligi va tugatilmagan qurilishlar hajmini;

- bozor infratuzilmasi rivojlanganligi, xususiylashtirish, inflyatsiya va ularning

investitsiya faolligiga ta’siri, aholining investitsiya jarayoniga jalb qilinganlik darajasi,
tadbirkorlik, raqobat muhitini rivojlanganligi, mahalliy bozor sig’imi, xo’jaliklararo aloqalar
jadalligi, eksport imkoniyatlari, chet el kapitali mavjudligi;

- siyosiy omillar: aholining hokimiyatga bo’lgan ishonchi, ijtimoiy barqarorlik darajalari,

milliy-diniy munosabatlar holati;

- ijtimoiy va madaniy omillar: aholining turmush darajasi, tibbiy xizmat rivojlanganligi,

jinoyatchilik darajasi, real ish haqi ko’rsatgichi, mahalliy aholining o’z va chet el
tadbirkorlariga munosabati, chet el mutaxassislari uchun ishlash sharoitlari;

- tashkiliy-huquqiy omillar: hokimiyatning chet el investorlariga munosabati, qarorlar

qabul qilishdagi tezkorlik darajasi, axborot almashinuvining erkinligi, qonunni himoya
qiluvchi organlar faoliyati samaradorligi, mahsulotlar, kapital va ishchi kuchlarining
joylashishi va harakatlanishi uchun shart-sharoitlar mavjudligi, shuningdek, tadbirkorlarning
xulq va ish yuritish sifatlari;

- moliyaviy omillar: byudjet daromadlari, aholi jon boshiga byudjetdan tashqari fond

mablag’lari bilan taminlanganlik darajasi, omonatlar miqdori, chet el valyutasida kredit olish
imkoniyati, bank ssudalarining foizi darajasi, banklararo hamkorlikning rivojlanganligi, uzoq
muddatli kreditlarning solishtirma qiymati, zarar bilan ishlaydigan yoki iqtisodiy inqirozga
uchragan korxonalar ulushi.

Ko’p omilli yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: investitsiya

faoliyati va investitsiya xavfi darajasi kategoriyalarining o’zaro bog’liqligi, investitsiya
faoliyatining asosiy kapital va iqtisodiyotning real sektoriga bo’lgan investitsiyalar bilan
bog’liqligi, uning ob’ektiv xususiyatlariga diqqat - e’tibor, alohida olingan investorlar xohish-
irodasiga bog’liq emasligi, ushbu yondashuvning ko’p qatlamli xususiyatga egaligi.

Tavakkalchilik bilan bog’liq yondashuvda investitsiya faoliyatining tashkil etuvchilari

sifatida ikkita asosiy mezonni -investitsiya salohiyati va investitsiya tavakkalchiligi
darajalarining holati; investitsiya tavakkalchiligi va ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat darajalarining
bog’liqligini ko’rsatish mumkin.

Investitsiya salohiyati makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida baholanib, o’z ichiga

quyidagilarni oladi:

hududda ishlab chiqarish omillari va iste’mol talabining mavjudligini;

xo’jalik faoliyati natijalarini;

ilm-fan rivojlanishi va yutuqlarining joriy qilinganlik darajasini;

etakchi investitsiya institutlarning rivojlanganligini;

majmuali infratuzilma bilan ta’minlanganligini.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

80

Investitsiya tavakkalchiligi darajasi investitsiyalar va ulardan keladigan daromadni

yo’qotish ehtimoli nuqtai nazaridan, keng qamrovli ko’rsatkichlar asosida, shuningdek,

investitsiya salohiyatining har bir tashkiliy qismi va har bir tavakkalchilik bo’yicha

hududiy reyting baholanadi.

Uchinchi yondashuvda yuqoridagi ko’rsatkichlar bilan bir qatorda inson omili,

rivojlanishning moddiy bazasi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat va siyosiy tavakkalchilik darajasi omili,
iqtisodiyotning holati va uni boshqarish darajalari kabilar hisobga olinadi.

Chet ellarda investitsiya faoliyatiga baho berish uslublari bir-biridan farq qiladi, odatda,

bu borada makroiqtisodiy sohaga nisbatan baho ishlatiladi. Masalan, Yaponiyada investitsiya
faoliyatining bayoniy tavsifi berilib, miqdoriy baho qo’llanilmaydi. AQSHda u birlashtirilgan
to’rtta ko’rsatkich (ishbilarmonlik faolligi, xo’jalik tizimining rivojlanish salohiyati,
investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi, soliq siyosatining asosiy tashkil etuvchilari)
asosida aniqlanadi.

Xalqaro tajribalar shuni ko’rsatadiki, investitsiya faoliyatini baholashning ob’ektivlik

darajasini oshirish uchun zamonaviy iqtisodiyot fani tomonidan ishlab chiqilgan bir qator
muhim uslubiy qoidalarni hisobga olish zarur. Ular quyidagilarni ko’zda tutadi:

Birinchidan,barcha turdagi investitsiyalar uchun ma’lum investitsiya faoliyati zarur.

Amalda kapital (sanoat, savdo, qarz, aktsionerlik) investitsiya kabi turlicha bo’ladi, investorlar
esa, bir biriga mos tushmaydigan maqsadlarni ko’zlaydi. Qarz kapitali qisqa vaqt ichida
maksimum foyda olishga qaratilgan bo’lib, moliyaviy investitsiyalar orqali, sanoat kapitali
uzoq muddat davomida korxona faoliyatiga barqaror ta’sir o’tkazishga intilib, real, bevosita
investitsiyalar orqali harakat qiladi.

Ikkinchidan,investitsiya faoliyati manfaatlar muvozanatiga asoslangan bo’lishi kerak,

chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, yetkazib beruvchi ham kabi turlicha maqsadlarni
ko’zlaydi: ularning birinchisi minimum mablag’lar asosida maksimum maqsadlarni ko’zlasa,
ikkinchisi - maksimum foyda olish va mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq egallashga
intiladi.

Uchinchidan,investitsiya faoliyati, bir tomondan, uzoq vaqt davomida barqaror, ikkinchi

tomondan, yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mamlakatda shakllanayotgan ijtimoiy

ishlab chiqarish omillariga (ilmiy-texnikaviy, tadbirkorlik, boshqaruv, texnologik)

nisbatan yuz berayotgan o’zgarishlarni hisobga ola biladigan bo’lishi darkor.

To’rtinchidan,investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va

xizmatchilarning malakasi yuksalishi bilan aniq bog’langan bo’lishi lozim.

Beshinchida,investitsiya faoliyati xo’jalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish

tizimlari xavfsizligiga rahna solmasligi kerak.

Oltinchidan,investorlarning

va

investitsiyalanayotgan

ijtimoiy-iqtisodiy

tizim

manfaatlari muvozanatini ta’minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalar
samaradorligini va investitsiya faoliyati qulayligini majmuiy jihatdan baholash talab etiladi.
Shu sababdan nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki ularni joriy etishning ijtimoiy-
iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini ham hisobga olish darkor.

Kam qamrovli yondashuv tarafdorlari investitsiya jozibadorligi uchun asosiy ko’rsatkich

sifatida foydalanilayotgan aktivlarning foydalilik darajasini ikki xil variantda hisoblashni
qabul qilishadi:


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

81

- tovarlar va xizmatlar realizatsiyasidan olingan yalpi foydaning foydalanilayotgan

aktivlar umumiy summasiga nisbati bo’yicha;

- sof foydaning foydalanilayotgan aktivlar umumiy summasiga nisbatiga ko’ra.
Ushbu yondashuv sodda va hammabop bo’lib, tadbirkorlik faoliyatining bosh maqsadi -

foyda va qo’yilmalar qaytimini hisobga oladi. Uni turli xo’jalik tizimlaridagi investitsiya
faoliyatini tadqiq qilish uchun qo’llash mumkin. Biroq bu yondashuvda manfaatlar
muvozanati aks etmagan, investitsiyalar bilan resurs omillari o’rtasidagi ob’ektiv bog’liqlik
inkor etiladi, qolaversa, investitsiya faoliyati rivojlanishning innovatsion turi va iqtisodiy
barqarorlik bilan bog’lanmagan.

Investitsiya faoliyatini baholashning ko’p omilli usuli uslubiy talablarga ko’proq to’g’ri

keladi. Uning afzallik tomonlari: resurs-omillarning o’zaro ta’sirini hisobga olish; baho
berishda sub’ektivlikni kamaytiradigan statistik ma’lumotlardan foydalanish; iqtisodiyotning
turli darajalariga alohida-alohida yondashuv; investitsiyalarning mumkin bo’lgan barcha
manbalarini maksimal darajada samarali qo’llashni ta’minlashga intilishda namoyon bo’ladi.

Tavakkalchilik darajasi bilan bog’liq baholash usuli, avvalo, strategik investorda qiziqish

uyg’otadi. U nafaqat investitsiyalash uchun jozibadorlikni aniqlab qolmay, balki,
investitsiyalarni qo’yiladigan yangi ob’ektga xos xavf darajasi bilan hozirda mavjud, investor
uchun biznes yuritish odatiy bo’lgan tavakkalchilik darajasini qiyoslaydi. Ushbu yondashuvda,
shuningdek, investorning ham iqtisodiy, ham siyosiy manfaatlari hisobga olinadi.

Zamonaviy iqtisodiy tafakkurning yetakchi yo’nalishlaridan bo’lgan institutsionalizm

investitsiya faoliyati tahlili uchun yangi imkoniyatlar beradi. Shuni ta’kidlash joizki,
investitsiya faoliyati iqtisodiyotning institutsional tizimida alohida tuzilmani tashkil etib, u
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish va ilmiy-texnikaviy yangilanish jarayonida faol
investitsiya faoliyati orqali ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan eng qulay darajada
foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish vazifasini bajaradi.

Xulosa

Fikrimizcha, investitsion faollikni baholashni boshqaruvning tashkiliy darajasi hamda

xo’jalik yuritish ob’ektidan kelib chiqib, tabaqalashgan holda amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir. Masalan, korxona darajasida investitsiyalarning mutlaq hajmidan tashqari
quyidagilar investitsion faollikning baholovchi ko’rsatkichi bo’lib xizmat qilishi mumkin:

- eski asosiy fondlar va ishlab chiqarish uskunalari hamda ularning yangi investitsion

qo’yilmalar ishtirokida yaratilgan yangi turlari o’rtasidagi nisbat. Bu ko’rsatkich korxonaning
moddiy-texnika bazasi holati hamda uning fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy yutuqlariga
muvofiqligini tavsiflaydi;

- ishlab chiqarish umumiy hajmida korxona tomonidan yangi investitsion resurslarni

kiritish asosida ishlab chiqarilgan yangi mahsulot ulushi. Bu ko’rsatkich investitsion faoliyatni
ishlab chiqarish bilan bog’laydi va korxonaning raqobatbardosh mahsulotni yaratish hamda
bozorda o’zining barqaror o’rnini shakllantirish sohasidagi ishlarini tavsiflaydi;

- xarajatlarning, shu jumladan korxona ishlab chiqarish va noishlab chiqarish

infratuzilmasini shakllantirishga yo’naltirilgan sarflarning daromadlarni «aktiv» va

«passiv» qismiga nisbati. Bu ko’rsatkich nafaqat mazkur maqsadga qilingan kapital
qo’yilmalarning umumiy miqdorini, balki qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishini ham

tavsiflaydi;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

82

- investitsiyalarning umumiy hajmida ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va

avtomatlashtirish darajasining o’sishi bilan bog’liq sarf-xarajatlarning ulushi. Bu ko’rsatkich
korxonaning qo’l mehnatini qisqartirish hamda bir vaqtning o’zida texnika vositalari
yordamida bajariluvchi ishlar darajasining o’sishi sohasidagi investitsion faoliyatini tavsiflashi
mumkin. SHuningdek, bu ko’rsatkich yakka tartibdagi yoki seriyali ishlab chiqarishning
ommaviy ishlab chiqarishga o’tkazilishini tahminlash imkonini beradi;

- investitsiyalarning umumiy hajmida jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning ulushi. Bu

ko’rsatkich nafaqat korxonaning hamkorlik aloqalarini, balki uning ishlab chiqarish
faoliyatida xorijiy kapitalning ishtirokini ham tavsiflaydi. U shuningdek xususiy va xorijiy
investitsion faollikni tizimga solish hamda shu orqali zarur taxminlarni qilish imkonini beradi;

- yangi (qo’shimcha) investitsiya qo’yilmalari hisobiga ishlab chiqarish hajmi, shu

jumladan, olingan foyda yoki daromadning qo’shimcha o’sishi. Bu ko’rsatkich
investitsiyalashning foydaliligini tavsiflaydi va bevosita investitsiyalarning samaradorligi,
ya’ni qo’yilmalarning pirovard natijalari bilan bog’liq.

Shunday qilib, бизнинг фикримизча investitsion faollik - bu birinchidan, investitsiya

faoliyatining tahliliga, ikkinchidan, to’g’ri baholovchi ko’rsatkichlarni tanlashga, uchinchidan,
investitsiyaga oid rejalarning ular samaradorligi bilan bog’liqligini ta’minlashga asoslangan
holda ishlab chiqilgan chora-tadbirlarning yaxlit tizimidir. Har qanday holda ham investitsiya
faolligi - bu korxonalarning hayotiy faoliyatini yaxshilashga hamda ularning milliy
iqtisodiyotning rivojlanishidagi ulushini ko’paytirishga qaratilgan yo’ldir.

References:

1.

O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi

qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan
2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldaO’zbekiston

3.

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 2017-2021 yillarda O’zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini
kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF-4947-sonli farmoni. T.: 7.02.2017 y.
4.

Abdullaeva Sevara Khasanovna. Issues of development of textile industry. Collection of

materials of the international scientific and practical conference (May 27, 2020). 503-506 p.
https://ru-science.com
5.

Abdullaeva Sevarakhon KHasanovna / Issues of Ensuring Economic Stability in the

Textile

Industries.

//

JournalNX

2020.

VOLUME

6,

ISSUE

12

Doi

https://media.neliti.com/media/publications/335549

-issues-of-ensuring-economic-

stability-in-de5aaaf9.pdf
6.

Abdullaeva, S. (2019). Improving of organizational mechanism of leasing. // Scientific

Bulletin

of

Namangan

State

University

2019.

Doi

https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu
7.

Abdullaeva, S.Х., Davlyatova, G. M., (2022). Тўқимачилик саноати корхоналарининг

иқтисодий барқарорлигини инновацион ривожлантириш масалалари. Nazariy va amaliy
tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (6-8), 7-21.Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6945934


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

83

8.

Almatova D.S.(2018). “Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga

investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishi
avtoreferati. Toshkent.
9.

Bollaert, H., Lopez-de-Silanes, F., & Schwienbacher, A. (2021). Fintech and access to

finance. Journal of corporate finance, 68, 101941.
10.

Davlyatova, G. M. & Abdullaeva, S. H. (2022). Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni

rivojlantirish asosida to’qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash.
Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (5), 18-29. doi: 10.5281/zenodo.6945580
11.

Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Iqtisodiyotni rivojlantirishning asoslari va

xususiyatlari.

Farg‘ona,

Klassik

ISBN:

978-9943-6663-7-5.120

b.

Doi:

http://doi.org/10.17605/OSF.IO/RJCY5
12.

Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Marketing as the main factor in introducing

innovative products to the market. International Multidisciplinary. Research Journal, 10(5),
430.
13.

Davlyatova, G. M., Abdullaeva, S.H. Ensuring economic stability of textile enterprises

based on the development of inter-sectoral relations in the economy //AL- FERGANUS, (p. 6-
32) Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to’qimachilik
korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash (alferganus.uz)

Библиографические ссылки

O’zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to’g’risida”gi qonuni. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 9 dekabrda qabul qilingan

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldaO’zbekiston

Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF-4947-sonli farmoni. T.: 7.02.2017 y.

Abdullaeva Sevara Khasanovna. Issues of development of textile industry. Collection of materials of the international scientific and practical conference (May 27, 2020). 503-506 p. https://ru-science.com

Abdullaeva Sevarakhon KHasanovna / Issues of Ensuring Economic Stability in the Textile Industries. // JournalNX – 2020. VOLUME 6, ISSUE 12 Doi https://media.neliti.com/media/publications/335549 -issues-of-ensuring-economic- stability-in-de5aaaf9.pdf

Abdullaeva, S. (2019). Improving of organizational mechanism of leasing. // Scientific Bulletin of Namangan State University – 2019. Doi https://uzjournals.edu.uz/cgi/viewcontent.cgi?article=1669&context=namdu

Abdullaeva, S.Х., Davlyatova, G. M., (2022). Тўқимачилик саноати корхоналарининг иқтисодий барқарорлигини инновацион ривожлантириш масалалари. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (6-8), 7-21.Doi: https://dx.doi.org/10.5281/zenodo.6945934

Almatova D.S.(2018). “Mintaqalarda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb etishni takomillashtirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiya ishi avtoreferati. Toshkent.

Bollaert, H., Lopez-de-Silanes, F., & Schwienbacher, A. (2021). Fintech and access to finance. Journal of corporate finance, 68, 101941.

Davlyatova, G. M. & Abdullaeva, S. H. (2022). Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to’qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash. Nazariy va amaliy tadqiqotlar xalqaro jurnali, 2 (5), 18-29. doi: 10.5281/zenodo.6945580

Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Iqtisodiyotni rivojlantirishning asoslari va xususiyatlari. Farg‘ona, Klassik – ISBN: 978-9943-6663-7-5.120 b. Doi: http://doi.org/10.17605/OSF.IO/RJCY5

Davlyatova, G. M., & Kurpayanidi, K. (2020). Marketing as the main factor in introducing innovative products to the market. International Multidisciplinary. Research Journal, 10(5), 430.

Davlyatova, G. M., Abdullaeva, S.H. Ensuring economic stability of textile enterprises based on the development of inter-sectoral relations in the economy //AL- FERGANUS, (p. 6-32) Iqtisodiyotda tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirish asosida to’qimachilik korxonalarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlash (alferganus.uz)