MINTAQA AGROSANOATINI RIVOJLANTIRISHDA HUDUD IQTISODIYOTIDAGI INNOVATSION QAROR QABUL QILISHDAGI O‘RNI

Аннотация

Maqolada  agrosanoatni  klasterlashtirish  hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol  o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning  o‘ziga  xos  iqtisodiy  tahlili,  ularning  ko‘rsatkichlarning  guruhlangan  tizimi keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar tadqiqi etilgan.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
11-14
20

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada  agrosanoatni  klasterlashtirish  hududlarni  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol  o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, kompleks rivojlantirishning  o‘ziga  xos  iqtisodiy  tahlili,  ularning  ko‘rsatkichlarning  guruhlangan  tizimi keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar tadqiqi etilgan.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

11

MINTAQA AGROSANOATINI RIVOJLANTIRISHDA HUDUD

IQTISODIYOTIDAGI INNOVATSION QAROR QABUL QILISHDAGI O‘RNI

Abdullayev Olimjon G‘ayratovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, erkin tadqiqotchi,

agolider1987@icloud.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14551581

Annotatsiya:

Maqolada agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib,
kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning
guruhlangan tizimi keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy-
iqtisodiy jihatlar tadqiqi etilgan.

Kalit so‘zlar

: Xizmatlar tarmog‘i, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, innovassion

rivojlanish, innovatsion samaradorlik xarajatlarni minimallashtirish–klasterlar, salohiyatini
baholash, optimallashtirish, klasterlashtirish.

KIRISH

Mintaqada agrosanoatini klasterlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim rol

o'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, sinergetik ta'sir yaratadi. Hozirgi
zamonaviy ilmiy yondoshuvlarga tayanilsa, nazarda tutilayotgan omillarni hududning xususiy
va umumiy iqtisodiy-ijtimoiy imdjidan kelib chiqib tizimlashtirish mumkin bo’ladi. Hususan,
Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasida har ikki holat mavjud
bo’lib, o’ziga xosligida asosiy jihat hudud YaHM tarkibida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish
hajmining salmoqli hissasi borligi, ya’ni Respublika va uning tarkibiy hududlariga nisbatan
eng katta ulushga egaligidir. Bu esa mintaqa agrosanoatning, agrosanoat tizimida olib
borilayotgan islohotlarning ahamiyatlilik darajasini oshishiga olib kelgan.

Klasterlarga berilgan ta’riflar o’rganib chiqgan tahlillarimiz shuni ko’rsatayapdiki,

klasterning to‘liq va yagona to‘g‘ri ta’rifini ishlab chiqish mumkin emas. Ta’riflar
klasterlarning tarmoq va hududiy qamrovi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning
xususiyatlariga bog‘liq bo’ladi. Shunday bo’lsada klasterni umumiy tavsiflash uchun ba’zi
takliflar ilgari surilgan.

Umuman olganda boshqa yondoshuvlarni ham umumlashtirirganda klasterlar - bu

ma’lum bir geograflik hududda joylashgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va o‘zaro hamkorlik qiluvchi
kompaniyalar, ta’minotchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqa iqtisodiy
sub’ektlarning birlashgan tizimidir.

Muammoni qo‘yilishi

Mamlakatimizda klasterlashtirish amaliyoti, agrosanoatni klaster usuli yordamida

rivojlantirish jahon tajribasidan kelib chiqib, mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy potensialini,
iqtisodiy-ijtimoiy

rivojlanish

tendensiyasini,

amalga

oshirish

mexanizmlarining

xususiyatlarini inobatga olgan holda yondashilgan keng ko’lamli jarayonlarini bajarishga
erishish.

Adabiyotlar sharhi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

12

Agrosanoat majmuasini rivojlantirish axolining turmush darajasini oshrishning asosiy

omillaridan biridir. Shu sababli mamlakat agrosanoat majmuasining rivojlanishga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan doimiy e’tibor berilib kelinmoqda[1. 2]

Ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa

xususiyatiga ko‘ra ta’riflash mumkin. Agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bergan ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib,
tadqiqotchilar ilmiy ishlarida ulardan foydalanishadi. [3.4]

Mintaqada agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirishni modellashtirish va
prognozlash, ishlab chiqarishni ko‘p mezonli optimallashtirish, sanoatning hududiy
rivojlanishi va uning ko‘p omilli empirik modellarini tasniflash masalalari kinlarning ilmiy
izlanishlaridan keng joy egallagan.[ 4.5]

Mintaqaning innovasion salohiyatga egaligi savdo xizmatlarini innovasion rivojlantirish

uchun zaruriy va yetarli imkoniyatlarning darvozasi ekanligini ta’kidlaydi [6.7.8].

Hudud agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlantirish xaridor psixologiyasiga ta’sir etish motivlarini tadqiq etgan ishlarida
agrosanoatni klasterlashtirish tizimini optimal tashkil etish murakkablik jihatlarini
modellashtirish usullari yordamida sodda ob’yekt sifatida o‘rganish g‘oyasini ilgari surib,
xususan modellashtirish jarayonida trend modellarning qo‘llanilish mezonlarini zaruriy
hodisa sifatida baholashadi [9.10.11].

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mintaqa agrosanoatini klaster usuli yordamida

mamlakat miqyosida hududlarga ko’ra klasterlashtirish natijasida rivojlanuvchi iqtisodiy
sektorlar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni turlicha talqin qilish mumkin. Biroq umumiy holda,
shuningdek, asosiylik maqomiga ega omillarni tasniflash muximdir. Shunday omillar sifatida
bizning holda hudud ijtimoiy-iqtisodiy muxitidan kelib chiqib bandlikni ta’minlash, qishloq
xo’jaligini modernizatsiya qilish, mahalliy resusrslardan foydalanish jarayonlarini
optimallashtirish, hududning har bir tarkibiy osthududlarini rivojlantirish, innovatsion
rivojlanish omillarini rag’batlantirish kabi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi.

Agrosanoatni klasterlashtirish nazariyasi, aslida, turli sohalardagi mutaxassislar

tomonidan rivojlantirilgan va o'z ichiga klasterlashtirishning turli holatlarini olgan keng
qamrovli g'oyadir. Bizning fikrimizcha, bu nazariyaning rivojlanish tendensiyasi va ulardagi
nazariy qarashlarning farqli jihatlari zamon va makon nuqtaiy nazaridan farqlanishi bilan bir
vaqtda o’zaro bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aynan mana shu jihatlar klasterlashtirish
nazariyasining mukammallashuviga olib kelgan.

Hududlararo faoliyatining keng imkoniyatlari mavjud bo’lib, territorial cheklanishlarni

yumshatish, tovar brendini shakllantirishni osonlashtirish, tashqi aloqalarga kirishishni va
mahsulot (xizmatlar) bozorini kengaytirish shular jumlasidandir. Bazis klaster ko’p funksiyali
bo’lishi uning korxona sifatida takomillashuvini anglatadi. Subklasterli tarmoqlanish ko’p
funksiyalikni talab etadi

- hududda qayta ishlash korxonalari faoliyatini yo’lga qo’yishni kengaytirish, ya’ni meva-

sabzavotlarni konservalash, sutni qayta ishlash, donni qayta ishlash, go’sht mahsulotlarini
qayta ishlash, ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash korxonlarini texnik, texnologik
ta’minotini intensiv amalga oshirish, malakalali fkadrlarni rag’batlantirish, sohaga


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

13

investetsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni joriy etishni moliyalashtirish ko’p funksiyali
agroklasterlarning salohiyatidan kelib chiqib amalga oshirish mumkin bo’lgan iqtisodiy
voqeylikdir. Mazkur holatda tarmoqda qo’shilgan qiymat oshadi;

- yangi turdagi, yangi dizaindagi, yangi nomdagi mahsulotlar yaratish agrosanoat

klasterlarining tadqiqot va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish funksiyasi bilan
bog’liqdir. Bunda, ularning organik mahsulotlar, qo'shilgan qiymatli mahsulotlar, qayta
ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning bozorini shakllantirish
tajribalariga tayanish mumkin bo’ladi.

- mahsulotlarni diversifikatsiya qilish imkoniyati agrosanoat klasterlarining bir vaqtning

o’zida ko’p xillik mahsulotlarni ishlab chiqarish funksionalligi va ishlab chiqarish quvvatining
keng ko’lamli ekanligidir.

XULOSA

Agrosanoat korxonalarini hududlararo subklasterlashtirish asosida rivojlantirish mutloq

tizimli yondoshuv asosida yuzaga chiqadi. Bunda asoiy klaster strategik manba sifatida ko’p
funksional harakatni amalga oshiradi. Jumladan, bir chiziqli subklasterlararo resusrs
almashinuvini ta’minlaydi, axborotlashuv diapazonini kengaytiradi, subklaster a’zolarining
faoliyatini rivojlantiradi, yangi ish o’rinlarini yaratadi, innovatsiyalarni joriy qiladi va shu
orqali iqtisodiy salohiyatini oshirib, ijtimoiy-iqtisodiy nufuzini yaxshilab boradi. Kompleks
shakllangan, tizimli faoliyat olib boruvchi, o’zini-o’zi rivojalantiruvchi va takomillashtiruvchi
iqtisodiy obyektga hamda bir vaqtning o’zida xom ashyo ta’minotidan bozorgacha bo’lgan
zanjir faoliyatiga ega xo’jalik yurituvchi subyektga aylanadi.

Haqiqatan klasterlar a'zolariga resurslarni birlashtirishga imkon beradi, bu esa

samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Mahalliy xom ashyodan foydalanishni
rag'batlantiradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Agrosanoat
klasterlarini subklasterlar asosida rivojlantirishda jarayonning nozik xususiyatlarini doimiy
nazorat qilish, jumladan, faoliyati kengaytirilgan subyekt mahsulot (xizmatlar) bozorida
a’zolarining o’rnini egallash tamoilida emas, balki a’zolar funksiyalarini o’zlashtirish va ijroda
ularning manfaatlarini hisobga olgan holda xarakatni tashkil etishi, ya’ni a’zolarning bozorga
kirishini bitta kompleks tizim asosida ososnlashtirishi zarur. Ushbu tamoil va mezon
yiriklashgan klastr korxonasining monopollashuv darajasini cheklaydi va sog’lom raqobat
muxitini yaratishdagi xissasini ta’minlaydi.

References:

1.

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn-

Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа
tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа
yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni
sоtib оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni
tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоriю
2.

Michael E. Porter. Competitive Advantage of Nations. Hardcover – June 1, 1998. /

https://www.amazon.com/ Competitive-Advantage-Nations-Michael-Porter/dp/0684841479
// 2) Porter M. Konkurensiya: Per. s angl. / Maykl Porter. – M. i dr.: Vilyams, 2003. 605 s.;


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

14

Enright M. J. The globalization of competition and the localization of competitive advantage:
policies towards regional clustering//The globalization of multinational enterprise activity
and economic development. – Palgrave Macmillan, London, 2000. – S. 303-331.;
3.

Peter F. Drucker. People and Performance: The Best oj Peter Drucker on Management.

First published by Butterworth-Heinemann This edition published 20 II by Routledge 2 Park
Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX 14 4RN 711 Third Avenue, New York, NY 10017, USA
.: 1977. – p. 371
4.

Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение

эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их
прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.
5.

Jo’rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for

improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on
artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.
6.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of

important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system.
Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.
7.

Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. "Methods of Macroeconomic Modeling."

International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN:
2456-6470.
8.

Мухитдинов, К.С., Рахимов, А.М. Предоставление услуг по размещению и питанию

населения региона. Международный журнал тенденций научных исследований и
разработок (IJTSRD), eISSN , 2456-6470.
9.

Jo‘rayev F. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqboldagi

muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2021. – №. 4. –
S. 377-385.
10.

Jo‘rayev F. D. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli

prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – 2021. – №. 2 (42). – S. 92-95.
11.

Raximov, a. N. (2020). Qishloq xo‘jalik mahsuloti go‘sht ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi

ko‘rsatkichlarni prognoz qilish. Интернаука, (47-3), 51-53.

Библиографические ссылки

О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn- Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоriю

Michael E. Porter. Competitive Advantage of Nations. Hardcover – June 1, 1998. / https://www.amazon.com/ Competitive-Advantage-Nations-Michael-Porter/dp/0684841479 // 2) Porter M. Konkurensiya: Per. s angl. / Maykl Porter. – M. i dr.: Vilyams, 2003. 605 s.; Enright M. J. The globalization of competition and the localization of competitive advantage: policies towards regional clustering//The globalization of multinational enterprise activity and economic development. – Palgrave Macmillan, London, 2000. – S. 303-331.;

Peter F. Drucker. People and Performance: The Best oj Peter Drucker on Management. First published by Butterworth-Heinemann This edition published 20 II by Routledge 2 Park Square, Milton Park, Abingdon, Oxon OX 14 4RN 711 Third Avenue, New York, NY 10017, USA .: 1977. – p. 371

Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.

Jo’rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.

Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system. Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.

Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. "Methods of Macroeconomic Modeling." International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN: 2456-6470.

Мухитдинов, К.С., Рахимов, А.М. Предоставление услуг по размещению и питанию населения региона. Международный журнал тенденций научных исследований и разработок (IJTSRD), eISSN , 2456-6470.

Jo‘rayev F. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishning istiqboldagi muammolari va ularni ekonometrik modellashtirish //Iqtisodiyot va taʼlim. – 2021. – №. 4. – S. 377-385.

Jo‘rayev F. D. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqa muddatli prognozlashtirish //Innovatsion texnologiyalar. – 2021. – №. 2 (42). – S. 92-95.

Raximov, a. N. (2020). Qishloq xo‘jalik mahsuloti go‘sht ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi ko‘rsatkichlarni prognoz qilish. Интернаука, (47-3), 51-53.