ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
MINTAQA AGROSANOATIDA HUDUDLARARO KLASTERLASH
MEXANIZMLARINI TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
PhD, dots.
Raximov Anvar Norimovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
ORCID: 0009-0009-2855-4084
Abdullayev Olimjon G‘ayratovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
“Iqtisodiyot” kafedrasi assistenti, erkin tadqiqotchi,
agolider1987@icloud.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14514544
Annotatsiya:
Maqolada mintaqa iqtisodiyotida ishlab chiqarishni tizimlashtirishning eng
maqbul yechimlaridan biri sifatida ko’rilayotgan klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib,
kompleks rivojlantirishning o‘ziga xos iqtisodiy tahlili, ularning ko‘rsatkichlarning guruhlangan
tizimi keltirilgan. Hududlarda agrosanoatni klasterlashtirish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishda tashkil etishda alohida e’tibor qaratiladigan ijtimoiy-iqtisodiy jihatlar tadqiqi
keltirilgan.
Kalit so‘zlar
: Xizmatlar tarmog‘i ,agrosanoatni subklasterlashtirish, qishloq xo'jaligini
modernizatsiya qilish, innovatsion rivojlanish, xarajatlarni minimallashtirish–klasterlar,
salohitini baholash, optimallashtirish, klasterlashtirish.
KIRISH
Mintaqada agrosanoatini klasterlashtirish ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda
muhim rol o'ynaydi, chunki bu jarayon bir qator omillarni birlashtirib, sinergetik ta'sir yaratadi.
Hududiy agrosanoat klasterlashtirishni rivojlantirishda ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lib,
ularni rivojlanishi ko‘pincha iqtisodiy va tabiiy resurslarning geografik joylashuviga asoslanadi.
Hozirgi zamonaviy ilmiy yondoshuvlarga tayanilsa, nazarda tutilayotgan omillarni hududning
xususiy va umumiy iqtisodiy-ijtimoiy imdjidan kelib chiqib tizimlashtirish mumkin bo’ladi.
Hususan, Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendensiyasida har ikki holat
mavjud bo’lib, o’ziga xosligida asosiy jihat hudud YaHM tarkibida qishloq xo’jaligi ishlab
chiqarish hajmining salmoqli hissasi borligi, ya’ni Respublika va uning tarkibiy hududlariga
nisbatan eng katta ulushga egaligidir. Bu esa mintaqa agrosanoatning, agrosanoat tizimida olib
borilayotgan islohotlarning ahamiyatlilik darajasini oshishiga olib kelgan.
Tarmoqni klasterlashtirish jarayonida tabiy holatda bajarilishi shart bo’lgan tashkiliy va
iqtisodiy jigatlarga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan agrosanoatni klasterlashtirish jarayoni
chuqur integratsiya sharoitini talab qiladi. Klasterlashtirish jarayoni va klasterlar faoliyatini
rivojlantirishda qay darajada integatsiya qoidalarini ishlab chiqilishi va ularning ijrosidagi
mukkammallik bilan bevosita bog’liq bo’ladi
Muammoni qo‘yilishi
Mamlakatimizda klasterlashtirish amaliyoti, agrosanoatni klaster usuli yordamida
rivojlantirish jahon tajribasidan kelib chiqib, mintaqalarning iqtisodiy-ijtimoiy potensialini,
iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish tendensiyasini, amalga oshirish mexanizmlarining xususiyatlarini
inobatga olgan holda yondashilgan keng ko’lamli jarayonlarini bajarishga erishish.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
Adabiyotlar sharhi.
Agrosanoat majmuasini rivojlantirish axolining turmush darajasini oshrishning asosiy
omillaridan biridir. Shu sababli mamlakat agrosanoat majmuasining rivojlanishga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan doimiy e’tibor berilib kelinmoqda[1]
Ilmiy nuqtaiy nazardan faoliyat sifatida, jarayon sifatida, omil sifatida va boshqa
xususiyatiga ko‘ra ta’riflash mumkin. Agrosanoatni klasterlashtirish negizida hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bergan ta’riflari keng manbalarda keltirilgan bo‘lib,
tadqiqotchilar ilmiy ishlarida ulardan foydalanishadi. [3]
Masalani yechishning nazariy qismi
Umuman olganda barcha subklaster a’zolari tarmoq holatida muayyan mintaqa
agrosanoatini subklaster usuli yordamida mamlakat miqyosida hududlarga ko’ra
klasterlashtirish natijasida rivojlanuvchi iqtisodiy sektorlar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni
turlicha talqin qilish mumkin. Biroq umumiy holda, shuningdek, asosiylik maqomiga ega
omillarni tasniflash muximdir. Shunday omillar sifatida bizning holda hudud ijtimoiy-iqtisodiy
muxitidan kelib chiqib bandlikni ta’minlash, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, mahalliy
resusrslardan foydalanish jarayonlarini optimallashtirish, hududning har bir tarkibiy
osthududlarini rivojlantirish, innovatsion rivojlanish omillarini rag’batlantirish kabi asosiy
masalalarga e’tibor qaratildi.
Mintaqa agrosanoati hududlararo klasterlashtirish faoliiyat yuritayotgan agrosanoat
korxonalarini ko’p tarmoqli klasterlar tipiga o’tkazish bilan jadal rivojlanish bosqichiga olib
chiqish mumkin. Xususan, qishloq xo’jaligi tizimidagi agrosanoat klasterining tarkibiy
subklasterlarini shakllanishi uning harakat yo’nalishining kengayishini ta’minlaydi.
Shuningdek, klasterlar a'zolariga o'zaro bilimlarni almashishga imkon beradi, bu esa qishloq
xo'jaligini modernizatsiya qilishning asosiy manbasi hisoblanadi. Malakali kadrlarni
tayyorlash–bu agrosanoat klasterlarining rivojlanish yunalishlaridan biri hisoblanadi.
Masalani yechishning amaliy qismi
Agrasanoatni klasterlashtirish amaliyoti hududlarda infratuzilmani, agroturizmni va
ijtimoiy sohani rivojlantirishning muxim omiliga aylandi deyish mumkin. Qashqadaryo
viloyatida to’qiimachilik g’allachilik va meva sabzavotchikga ixtisoslashgan agroklasterlar
tarmog’ini chorvachilik maxsulotlarini iishlab chiqaruvchi,, baliiq yetishtirish, parradachilik
ishlab chiqarishi va dorivor o’simliklar yetishtiruvchilar a’zoligiga subklasterlar bilan
kengaytirishning mexanizmi fermer xo’jaligi, yordamchi dehqon xo’jaliklari, uy xo’jaliklari va
qiishloq xo’jaligi faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalarni qamrab oladi Klasterlar transport,
energiya va boshqa infratuzilmalarni rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish mexanizmiga
aylandi. Agrosanoatni klasterlashtirish qishloq xo’jaligi rivoji bilan chambarchas bog’liq oziq-
ovqat xavfsizligi muammolariga yechim topishda ma’lum bir ustuvorliklarga ega deb
baholaymiz.
Yuqoridagilarga asoslangan holda tadqiqotimiz jarayonida subklasterlar asosida
rivojlanuvchi agrosanoat klasterlarining mintaqa iqtisodiy potensialiga ta’sir etish
mexanizmining takomillashgan variant taklif etildi.
Ushbu ta’sir etish mexanizmini uchun jihatiga ko’ra tarmoqlash mumkin bo’ladi:
1)
subklasterga nisbatan. Bunda quyidagi amaliy natijalarga erishiladi:
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
68
- subklaster a’zolarining asosiy klaster a’zolari bilan to’g’ridan-to’g’ri integratsiyasini
ta’minlash. Subklaster azolari asosiy klasterning gorizantal integratsiya asosda birikkan
a’zolari bilan vertikal integratsiyalashuvi natijasida biznesni rivojlantirish rejalarini tuzishi,
shartnomalarni rasmiylashtirishi, resusrs almashishi, axborot ta’minotini yaxshilashi, parallel
rivojlanish imkoniyatlariga ega bo’ladi;
2)
mintaqa iqtisodiyotiga nisbatan. Bunda quyidagi amaliy natijalarga erishiladi:
- aholi turmush tarzini yaxshilash, real daromadni oshirish. Subtarmoqli agrosanoat
klasterlari mintaqa infratuzilmasini, xususan, ijtimoiy obyektlarni qurish, ta’mirlash, ishga
tushirish, yo’lsozlikni rag’batlantirish, hududni obodonlashtirishni moliyalashtiradi. Ichki
bozorni rivojalantiradi. Salohiyatli kadrlarni yetishtiradi va ularni moddiy ta’minotini
yaxshilaydi. Provardida mazkur amaliyot natijasi aholi turmush tarzini yaxshilash, real
daromadini oshirishga olib keladi;
Agrosanoat klasteri subklasterlar asosida rivojlanish mexanizmining eng asosiy amaliy
natijalaridan biri–bu uning hududlararo faoliyatining yo’lga qo’yilganligidir. Hududlararo
faoliyatining keng imkoniyatlari mavjud bo’lib, territorial cheklanishlarni yumshatish, tovar
brendini shakllantirishni osonlashtirish, tashqi aloqalarga kirishishni va mahsulot (xizmatlar)
bozorini kengaytirish shular jumlasidandir. Bazis klaster ko’p funksiyali bo’lishi uning korxona
sifatida takomillashuvini anglatadi. Subklasterli tarmoqlanish ko’p funksiyalikni talab etadi
- hududda qayta ishlash korxonalari faoliyatini yo’lga qo’yishni kengaytirish, ya’ni meva-
sabzavotlarni konservalash, sutni qayta ishlash, donni qayta ishlash, go’sht mahsulotlarini
qayta ishlash, ikkilamchi xom-ashyolarni qayta ishlash korxonlarini texnik, texnologik
ta’minotini intensiv amalga oshirish, malakalali fkadrlarni rag’batlantirish, sohaga
investetsiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni joriy etishni moliyalashtirish ko’p funksiyali
agroklasterlarning salohiyatidan kelib chiqib amalga oshirish mumkin bo’lgan iqtisodiy
voqeylikdir. Mazkur holatda tarmoqda qo’shilgan qiymat oshadi;
- yangi turdagi, yangi dizaindagi, yangi nomdagi mahsulotlar yaratish agrosanoat
klasterlarining tadqiqot va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish funksiyasi bilan
bog’liqdir. Bunda, ularning organik mahsulotlar, qo'shilgan qiymatli mahsulotlar, qayta
ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning bozorini shakllantirish
tajribalariga tayanish mumkin bo’ladi.
- mahsulotlarni diversifikatsiya qilish imkoniyati agrosanoat klasterlarining bir vaqtning
o’zida ko’p xillik mahsulotlarni ishlab chiqarish funksionalligi va ishlab chiqarish quvvatining
keng ko’lamli ekanligidir.
Muhokama
Umumiy holda agrosanoat subklasterlari qishloq xo'jaligida qo'shilgan qiymatni
yaratishga hududiy maqomdagi ishlab chiqarish drayverlaridir. Haqiqatan, ular qayta ishlashni
rivojlantirish, bozorga kirishni osonlashtirish, innovatsiyalarni joriy qilish, kadrlarni
tayyorlash, investitsiyalarni jalb qilish salohiyatiga egadirlar.
Xulosa
Haqiqatan klasterlar a'zolariga resurslarni birlashtirishga imkon beradi, bu esa
samaradorlikni oshiradi va xarajatlarni kamaytiradi. Mahalliy xom ashyodan foydalanishni
rag'batlantiradi, bu esa mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishiga sabab bo’ladi. Agrosanoat
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
69
klasterlarini subklasterlar asosida rivojlantirishda jarayonning nozik xususiyatlarini doimiy
nazorat qilish, jumladan, faoliyati kengaytirilgan subyekt mahsulot (xizmatlar) bozorida
a’zolarining o’rnini egallash tamoilida emas, balki a’zolar funksiyalarini o’zlashtirish va ijroda
ularning manfaatlarini hisobga olgan holda xarakatni tashkil etishi, ya’ni a’zolarning bozorga
kirishini bitta kompleks tizim asosida ososnlashtirishi zarur. Ushbu tamoil va mezon
yiriklashgan klastr korxonasining monopollashuv darajasini cheklaydi va sog’lom raqobat
muxitini yaratishdagi xissasini ta’minlaydi.
References:
1.
О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2021-yil 24-iyuldаgi №458-sоn-
Qishlоq xо‘jаligi birlаshmаlаrining а’zоlаri, mеvа-sаbzаvоt klаstеrlаri ishtirоkchilаri vа
tаdbirkоrlik subyеktlаrigа mаhаlliy shаrоitdа yеtishtirilgаn intеnsiv kо‘chаtlаr (pаkаnа vа
yаrim pаkаnа) xо‘rаki, kishmishbоp vа sаnоаtbоp tоk kо‘chаtlаri hаmdа pаyvаndtаglаrni sоtib
оlish xаrаjаtlаrining bir qismini qоplаsh uchun subsidiyа аjrаtish tо‘g‘risidаgi nizоmni
tаsdiqlаsh hаqidаgi Qаrоri.
2.
Рахимов, А. Н., Махматкулов, Г. К., и Рахимов, А. М. (2021). Построение
эконометрических моделей развития сферы услуг для населения региона и их
прогнозирование. Американский журнал прикладных наук , 3 (02), 21–48.
3.
Jo’rayev, F. D., Ochilov, M. A., Rakhimov, A. M., & Doliyev, S. Q. (2023). Algorithms for
improving models of optimal control for multi-parametric technological processes based on
artificial intelligence. In E3S Web of Conferences (Vol. 460, p. 04013). EDP Sciences.
4.
Ochilov, M. A., Juraev, F. D., Maxmatqulov, G. X., & Rahimov, A. M. (2020). Analysis of
important factors in checking the optimality of an indeterminate adjuster in a closed system.
Journal of Critical Review, 7(15), 1679-1684.
5.
Mukhitdinov, Kh S., and F. D. Juraev. "Methods of Macroeconomic Modeling." International
Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN: 2456-6470.
6.
Мухитдинов, К.С., Рахимов, А.М. Предоставление услуг по размещению и питанию
населения региона. Международный журнал тенденций научных исследований и
разработок (IJTSRD), eISSN , 2456-6470.
