TURLI SELEKSIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI ISTE’MOL QILGAN OZUQASINI SUT BILAN QOPLASH XUSUSIYATLARI

Annotasiya

Ushbu maqolada sigirlarni irsiy imkoniyatiga qarab avans ozuqa berib, sut mahsuldorligining qanchalik darajada oshib borishi va tajriba guruhlaridagi sigirlarni iste’mol qilgan oziqasini sut bilan qoplash xususiyatlari taqqoslab o‘rganildi va ma’lumotlar keltirildi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
130-132
16

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Mirsaidova , Z., & Xujamov , J. . (2025). TURLI SELEKSIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI ISTE’MOL QILGAN OZUQASINI SUT BILAN QOPLASH XUSUSIYATLARI. Наука и инновация, 3(1), 130–132. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/63513
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqolada sigirlarni irsiy imkoniyatiga qarab avans ozuqa berib, sut mahsuldorligining qanchalik darajada oshib borishi va tajriba guruhlaridagi sigirlarni iste’mol qilgan oziqasini sut bilan qoplash xususiyatlari taqqoslab o‘rganildi va ma’lumotlar keltirildi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

130

TURLI SELEKSIYADAGI GOLSHTIN ZOTLI SIGIRLARNI ISTE’MOL QILGAN

OZUQASINI SUT BILAN QOPLASH XUSUSIYATLARI

Mirsaidova Zuxra Shuxrat qizi

Doktarant

Xujamov Jurabek Nayimovich

Q.x.f.f.(PhD) dotsent,

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,

chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14699806

Annotatsiya:

Ushbu maqolada sigirlarni irsiy imkoniyatiga qarab avans ozuqa berib, sut

mahsuldorligining qanchalik darajada oshib borishi va tajriba guruhlaridagi sigirlarni iste’mol
qilgan oziqasini sut bilan qoplash xususiyatlari taqqoslab o‘rganildi va ma’lumotlar keltirildi.

Annotation.

In this article, by giving advance feed to cows according to their genetic

potential, the extent to which milk productivity increases and the features of covering the
food consumed by cows in the experimental groups with milk were studied and data were
presented.

Аннотация.

В данной статье при даче коровам авансового корма в соответствии с

их генетическим потенциалом изучены степень повышения молочной продуктивности
и особенности покрытия молоком потребляемой коровами в опытных группах пищи и
представлены данные.

Kalit so‘zlar:

laktatsiya, sut, sut yog‘i, sut oqsili, seleksiya, 4%li sut, gollandiya,

germaniya, daniya, zot, ozuqa, ozuqa birligi.

Mavzuning dolzarbligi.

Dunyoda qishloq xo‘jaligining turli sohalari xususan, oziq-ovqat

va sanoat xom-ashyoga bo‘lgan talab ortmoqda. Chorvachilik tarmog‘i rivojlangan davlatlarda
ham bu muhim soha hisoblanib, mamlakat eksportida katta amaliy ahamiyatga ega.
Respublikamizda chorvachilikka qaratilayotgan e’tiborning kuchayishi aholini oziq-ovqat
bilan taminlash hamda iqtisodiyotimizning rivojlanishiga ijobiy tasir qilmoqda. Ma’lumki,
respublikamizda rejali ravishda turli seleksiyaga mansub golshtin zotli sigirlar viloyatlar
kesimida urchitilmoqda. Bu esa golshtin zotli sigirlarning iste’mol qilgan ozuqasiga qay
tarzda samarali va maqsadli haq to‘lashini ilmiy tadqiqotlarda o‘rganish muhim hisoblanadi.

Material va metodlar.

Turli seleksiyaga mansub golshtin zotli sigirlarning 1 kg sutga

sarflangan oziqa birligini o‘rganishda tadqiqotlar “Siyob Shavkat Orzu” qoramolchilikga
ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida olib borildi. Tajriba uchun 3 ta guruh ajratildi: I guruhga
Gollandiya (nozik-zich, mustahkam konstitutsiya tiplari), II guruh Germaniya (nozik-zich,
mustahkam konstitutsiya tiplari), III guruh Daniya seleksiyasiga mansub (nozik-zich,
mustahkam konstitutsiya tiplari) har bir konstitutsiya tiplaridan (n=10) bosh olindi.

Olingan natijalar va ularning tahlili.

Sigirlarni sut ishlab chiqarish samaradorligini

baholashda, ularning har 1 kg sutga sarflangan ozuqa birligini o‘rganish muhim amaliy
ahamiyatga ega. Shuning uchun ham biz ushbu ko‘rsatkichlarni aniqlab, quyidagi 1-jadvalda
havola qildik. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, laktatsiya davomida har bir bosh
sigirga sarflangan ozuqa birligi, kg

I- guruh nozik-zich konstitutsiya tipi II-,III- guruh nozik-


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

131

zich konstitutsiya tiplaridan 909,2 kg yoki 14,1 %, 1235,2 kg yoki 19,1 % ga, I- guruh
mustahkam konstitutsiya tipi II- va III- guruh mustahkam konstitutsiya tipli sigirlardan
783,54 kg yoki 11,2 %; 1186,14 kg yoki 20,3 % ga ko‘p sarflagan. I- tajriba guruhimizdagi
nozik-zich konstitutsiya tipli golshtin sigirlarning laktatsiyadagi sut miqdori II-, III-
guruhimizdagi nozik-zich konstitutsiya tipidagi golshtin zotli sigirlardan 1281,1 kg p>0,999
yoki 14,7 foizga, III- guruhdagi nozik-zich konstitutsiya tipli golshtin sigirlardan esa 1505 kg
p>0,999 yoki 17,3 foizga yuqori bo‘lgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha I- guruhdagi Gollandiya
seleksiyasiga mansub sigirlarning mustahkam konstitutsiya tipida II- guruhdagidagi
mustahkam konstitutsiya tipli sgirlardan 884,6 kg p>0,95 yoki 9,3 % ga, III- guruh mustahkam
konstitutsiya tipidan 1594,3 kg p>0,999 yoki 16,8 % ga ko‘proqni tashkil etgan. 4 %li sut
miqdori bo‘yicha I- guruh nozik-zich konstitutsiya tipi II-, III- guruh nozik-zich konstitutsiya
tipidan 1294,0 kg, p>0,999 yoki 14,9 %, 1472,2 kg p>0,999 yoki 17,06 % baland bo‘lgan. III-
guruh mustahkam konstitutsiya tipi I-, II- guruh mustahkam konstitutsiya tiplaridan 917 kg
p>0,999 yoki 9,6 %, III- guruhdan esa 1653,6 kg p>0,999 yoki 17,3 % ga ustunlik qilgan.II-
tajriba guruhidagi Germaniya seleksiyasiga mansub golshtin zotli nozik-zich konstitutsiya tipli
sigirlar, o‘z tengqurlari I-, II- guruhlardagi nozik-zich konstitutsiya tipli sigirlarga qaraganda 1
kg. sut uchun mutanosib ravishda: 0,006 kg yoki 0,8 foiz, 0,022 kg yoki 2,9 foiz ko‘p, I- guruh
mustahkam konstitutsiya tipli sigirlar esa II- va III- guruhlardan 0,016 kg yoki 2,16 foiz, 0,002
kg yoki 0,3 foiz ko‘p ozuqa birligi sarflashgan. Sut birligiga sarflashgan eng kam ozuqa miqdori
II-tajriba guruhidagi Germaniya seleksiyasiga mansub bo‘lgan sigirlarda mustahkam
konstitutsiya tipida kuzatilgan va 0,724 ozuqa birligini tashkil qilgan.

1 kg, 4 % li sut ishlab chiqarishga sarflangan ozuqa miqdori ham II-tajriba guruhidagi

nozik-zich konstitutsiya tipli sigirlar 0,756 ozuqa birligiga teng bo‘lgan. O‘z tenqurlari I- va III-
guruhlardan ularni farqi tegishlicha: 0,008 o.b. yoki 1,03 foiz, 0,026 o.b. yoki 3,44 foiz
sarflashgan, III- guruh Daniya seleksiyasiga mansub mustahkam konstitutsiya tipidagi sigirlar
I- va II- guruhdan 0,003; yoki 0,41 foiz, 0,016 o.b. yoki 2,17 foiz ko‘p ozuqa birligi sarflashgan.

Ammo, har 100 ozuqa birligiga to‘g‘ri kelgan tabiiy yog‘likdagi sut miqdori, III-tajriba

guruhidagi sigirlarda nozik-zich, 137,7 kg bo‘lib, o‘z tenqurlari nozik-zich konstitutsiya tipli
sigirlar I- va II- guruhlardan tegishlicha: 3,1 kg. yoki 2,25 foiz, 4,1 kg yoki 2,98 foizga yuqori
bo‘ldi. II- guruhdagi mustahkam konstitutsiya tipiga ega sigirlarda bu 138,0 kgni tashkil etib,
o‘z tengqurlaridan I- va III- guruhdagi mustahkam konstitutsiya tipidagi sigirlardan 2,8 kg
yoki 2,03 foiz, 2,6 kg yoki 1,9 foiz ko‘p bo‘lgan.

100 ozuqa birligiga to‘g‘ri keladigan, 4% li sut miqdori ham, III-guruhdagi Daniya

seleksiyasiga mansub bo‘lgan nozik-zich konstitutsiya tipidagi sigirlarda yuqori darajada
bo‘lib, I- va II- guruhdagi nozik-zich konstitutsiya tipidagi sigirlarda shunga mos ravishda 3,4
kg yoki 2,48 foiz, 4,8 kg yoki 3,5 foiz yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan. Xuddi shu ko‘rsatkich
bo‘yicha II- guruh mustahkam konstitutsiya tipiga ega bo‘lgan sigirlar I- va III- guruh
mustahkam konstitutsiya tipli sigirlaridan quyidagicha: 2,3 kg yoki 1,66 foiz, 3,0 kg yoki 2,16
foiz ustunlik qilgan. 100 ozuqa birligiga to‘g‘ri keladigan sut yog‘i ko‘rsatkichi bo‘yicha ham III
guruhdagi tajriba sigirlari I, II-guruhlardagi turli seleksiyaga mansub nozik-zich konstitutsiya
tipiga ega golshtin zotli sigirlari orasida quyidagicha farq sezildi: 0,14 kg yoki 2,56 foiz, 0,21
kg yoki 3,84 foizga yuqori, II- guruh mustahkam konstitutsiya tipli sigirlar I- va III- guruh


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

132

mustahkam konstitutsiya tipli sigirlardan 0,08 kg yoki 1,44 foiz; 0,13 kg yoki 2,34 foiz ko‘p
yog‘ ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan.

Xulosa.

Sigirlarning yuqori sut mahsuldorligini, sog‘ligi va pushtdorlik xususiyatlarini

talab darajasida ta’minlashda, ularni to‘la qiymatli oziqlantirish muhim ahamiyatga ega.
Ratsionidagi 1 kg quruq modda hisobiga ozuqalar energiyasi va moddalar to‘yimliligi yuqori
bo‘lishi rejalashtirilgan mahsuldorlikni ta’minlash muhim bo‘lib, xulosaga ko‘ra, sigirlarning
sut mahsuldorligi bo‘yicha irsiy imkoniyatini yuzaga chiqarishda, laktatsiyasining barcha
fazalarida oziqlantirish to‘la qiymatli bo‘lishi lozim. Shunday qilib, tadqiqotlarimizda tajriba
guruhlaridagi sigirlarning seleksiyasidan qat’iy nazar, sut mahsuldorligi va sigirlarning
iste’mol qilgan ozuqasini sut mahsuloti bilan qoplash xususiyati yaxshi bo‘lgan.

References:

1.

Недава В.Э. Методика оценки племенного скота по оплате корма молоком.

«Методики исследований в животноводстве».-Харков. 1966. -С. 29-34.
2.

Nosirov U.N. va boshqalar Vengriya va Xitoy golshtin sigirlarining rivojlanishi, eksteryer

xususiyatlari va sut mahsuldorligi. J. «Zooveterinariya”, T., № 6, 2012, 36-37 b
3.

Z.S. Mirsaidova, Yu.N. Khudzhamov, Kh.S. Mirsaidov, Dependence of milk productivity of

Holstein cows of different breeds on the type of constitution, Agrobiotechnology
4.

Zukhra Mirsaidova, Mokhigul Narzullayeva, Rasul Amonov, Jurabek Khujamov, Kadyken

Rizabek Clinical and hematological indicators of cows belonging to different selections of the
holshtin breed by seasons.

https://doi.org/10.1051/bioconf/20249501022

BIO Web

Conf.

Volume

95, 2024 III International Conference on Current Issues of Breeding, Technology

and Processing of Agricultural Crops and Environment (CIBTA-III-2024)

Bibliografik manbalar

Недава В.Э. Методика оценки племенного скота по оплате корма молоком. «Методики исследований в животноводстве».-Харков. 1966. -С. 29-34.

Nosirov U.N. va boshqalar Vengriya va Xitoy golshtin sigirlarining rivojlanishi, eksteryer xususiyatlari va sut mahsuldorligi. J. «Zooveterinariya”, T., № 6, 2012, 36-37 b

Z.S. Mirsaidova, Yu.N. Khudzhamov, Kh.S. Mirsaidov, Dependence of milk productivity of Holstein cows of different breeds on the type of constitution, Agrobiotechnology

Zukhra Mirsaidova, Mokhigul Narzullayeva, Rasul Amonov, Jurabek Khujamov, Kadyken Rizabek Clinical and hematological indicators of cows belonging to different selections of the holshtin breed by seasons. https://doi.org/10.1051/bioconf/20249501022 BIO Web Conf.Volume 95, 2024 III International Conference on Current Issues of Breeding, Technology and Processing of Agricultural Crops and Environment (CIBTA-III-2024)