Keyingi yillarda yerlardan samarali foydalanish, bir maydondan ikki marta hosil olish hisobiga har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki tritikale va suli ekinlari kuzgi oraliq ekinlarining asosiy komponentlaridan hisoblanadi. Shu sababli tritikale va suli ekinlarida seleksiya ishlarini olib borish, yangi navlarini yaratish dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu maqolada suli va tritikaleda olib borilgan seleksiya ishlari natijalari keltirilgan.
Ushbu maqolada Tritikale o‘simligi yaratilish tarixi va xalq xo‘jaligidagi, ya’ni oziq-ovqat, chorvachilik va parrandachilikdagi ahamiyati bo‘yicha dunyo olimlari tomonidan yozilgan adabiyotlar tahlili bayon qilingan.
Beda ekin turi qishloq xo’jaligida va chorvachilikda ozuqa bazasini mustahkamlashda, tuproq strukturasini mustaxkamlashda asosiy ekinlardan biri bo’lib hisoblanadi. Har bir hudud tuproq-iqlim sharoitlariga mos bedaning yangi navlarini yaratishda kolleksiya namunalarni o’rganish va tanlash juda muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada beda kolleksiyasi namunalarining ikkinchi yilgi bosh poya balandligini o’rganish va tanlash natijalari keltirilgan.
Keyingi yillarda anomal issiq, suv tanqisligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Bunday sharoitlarda ekib yetishtirib kelinayotgan ozuqabop ekin turlari va navlari potensial hosildorligi kamayib ketadi, har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligi kamayib ketadi. Bu oʻz navbatida chorva mollari ozuqa bazasini mustahkamlashda oʻzining salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Bunday muammolar yechimida issiqqa, suv tanqisligiga bardoshli bo’lgan ozuqabop ekin turlari va navlarini sinash, seleksiya ishlarini olib borish, qimmatli xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganish, yaxshi koʻrsatkichlarga ega boʻlganlarni tanlash va ularda keyinchalik ilmiy asosda birlamchi urugʻchilik ishlarini yoʻlga qoʻyish muhim ahamiyatga ega vazifalardan hisoblanadi. Ushbu maqolada rijik ekinini ayrim qimmatli xoʻjalik belgilarini oʻrganish natijalari keltirilgan.
Ushbu maqolada “Bobotog‘ suri xo‘jaligi”ga keltirilgan afg‘on ko‘k qorako‘l qo‘chqorlaridan foydalanish natijasida olingan ko‘k va qora rangli qo‘zilarining yoshi dinamikasida eksterer, indeks hamda tirik vazn ko‘rsatkichlari aniqlangan va xulosalar qilingan.