ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
146
BULUTLI TEXNALOGIYALAR VA 5G TARMOQLARINING ZAMONAVIY
AXBOROT ALMANISHINUVIGA TASIRI
Qodirov Farrux Ergash oʻgʻli
Shahrisabz davlat pedogogika instituti
”Informatika va uni oʻqitish metodikasi” kafedrasi mudiri, ilmiy rahbar
Ulug’murodova SHaxlo Shuhrat qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“Matematika va informatika” yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087177
Annotatsiya
: Ushbu tezisda veb-texnologiyaning zamonaviy servislaridan bo‘lgan
“bulutli texnologiyalar ” haqida so‘z yuritiladi. Bulutli texnologiyaning kelib chiqishi, uning
fandagi ta’siri va afzalliklari-yu kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz. Yana shuningdek
o‘quvchilarning bunday turdagi servislarga munosabati hamda kelajakdagi holatiga ham
to‘xtalib o‘tamiz.
Kalit so‘zlar:
veb-texnologiya, dastur, bulutli hisoblash texnologiyasi, masofaviy ta’lim,
ilova, dastur afzalliklari, kelajakdagi foyda, platformalar, tizim.
Abstract:
This thesis discusses “cloud technologies”, which are modern web technology
services. We will consider the origin of cloud technology, its impact on science, and its
advantages and disadvantages. We will also touch on the attitude of students to such services
and their future state.
Keywords:
web technology, application, cloud computing technology, distance learning,
application, application advantages, future benefits, platforms, system.
Аннотация:
В данной диссертации говорится об «облачных технологиях», одной
из современных услуг веб-технологий. Мы рассмотрим происхождение облачных
технологий, их влияние на науку, а также их преимущества и недостатки. Также мы
обсудим отношение студентов к таким услугам и их будущее положение.
Ключевые слова:
веб-технология, приложение, технология облачных
вычислений, дистанционное образование, приложение, преимущества приложения,
будущая выгода, платформы, система.
KIRISH
Bu yangi atama sifatida fanga kirib keldi va hozirda yoshlar tomonidan chuqur o‘rganilib
kundalik ishlarida, o‘quv jarayonida keng targ‘ib qilinayotgan platformalardan biridir.
Shuningdek hozirda buni fan tizimida juda ham ko‘p dasturlar, ishlar va fanlarni o‘rganishda
amaliyotda qo‘llayapmiz. Biz bilganimizdek veb-texnologiyalar rivojlanishi bilan bir qatorda
bunday dasturlar, platforma, loyihalar yana ham sonini orttirib boraveradi. Bulutli hisoblash
texnologiyasi nafaqat fayllarni saqlash uchun joy balki fanni o‘rganish va o‘rgatish uchun ham
juda ham foydali bo‘lib, juda keng imkoniyatlarga ega platforma desak mubolog‘a bo‘lmaydi.
Shuningdek, bu biznes sohasidan tortib dasturiy ilovalarni ishlab chiqishni testlash, uni fanda
yokida yuqoriroq darajali loyiha ishlari, biznes rejalarda qo‘llashni ham taklif etadi. Bulutli
hisoblash avvaliga “Axborot texnologiyalari” (AT) sohasining yetuk kompaniyalari tomonidan
ishlatilishi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, keyinchalik hisoblash resurslarini talab qiladigan ishlarda
ham, masalan axborotlarni saqlash, fayllarni yuborish kabi ishlarga yo‘naltirilgan kasblar,
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
147
fanlar tizimida ham keng ishlatila boshlandi. Bunday turdagi ko‘plab dasturlar pulli bo‘lsada
havfsizlik tomonidan mutlaqo ishonchli xizmat turlari mavjud bo‘lib, ko‘p ilovalar bulutli
xizmat turlaridan foydalanadilar. Bularga misol qilib messenjerlar, elektron pochta xizmati,
onlayn ta’lim sohasida esa google onlayn ilovalari, zoom konfrensiyalar, LMS tizimlari, smart-
ta’lim texnologiyalari va veb ilovalarini keltirish mumkin Bulutli texnologiyalar ta’limda
jarayonni tashkil qilishning yangi uslubi bo‘lib, ta’limni tashkil etishning an’anaviy yani oflayn
usullariga muqobil variant taklif qiladi, ya`ni shaxsiy ta’lim, jamoaviy o‘qitish va interfaol
imkoniyatlar yaratadi. Yurtimizda bunday tizimlar COVID-19 pandemiyasidan keyin jadal
sur’atlarda rivojlana boshladi, lekin bulutli hisoblash texnologiyalari haqida batafsil ma`lumot
beruvchi zamonaviy adabiyotlar juda kamligi o‘zbekzabon auditoriyada birmuncha
qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.
Mavzuga doir adabiyotlar tahlili.
Bulutli hisoblash haqida eng dolzarb ma`lumotlarni
sifatli rasmlar bilan tayyorlangan akademik S.S.Gulyamov va F.M.Mulaydinovlar tomonidan
tayyorlangan “Bulutli hisoblash” o‘quv qo‘llanmasida juda ko‘p foydali ma`lumotlar keltirib
o‘tilgan. 507 Zamonaviy kadr oldiga ta’lim jarayonida nafaqat bilim va ko‘nikmalar to‘plamini
jamlashi balki individual (mustaqil) ravishda yokida boshqa shaxslar bilan birgalikda
mazmunli maqsadlar qo‘yish, o‘zini ustida har xil ko‘nikmalar hosil qilish, yangi holatlarga
tayyorlanish, muammolarga yechimlar izlash, ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Mana
shunday maqsadlarni amalga oshirishda bulutli texnologiya juda ham qo‘l keladi. Shuni
takidlab o‘tish joizki bu kabi platformalarda oddiy bolalar uchun hamkorlikda chizish, yozish
kabi sodda vositalardan tortib murakkab darajadagi texnologik, ilmiy loyihalargacha mavjud.
Albatta bu jarayonda pedagoglar talaba va yoshlar faol ravishda ishtirok etishi lozim. Yana
shuday texnologik dasturlar borki ularda yangi avlod ta’limda qo‘llay oladigan kundaliklar,
elektron jurnallar, interfaol tizimlar, ma’lum bir darajadagi misol masalalarni yecha olishini
tekshiradigan dasturlarga duch keladi. Ta’limda o‘quvchining nazorati katta ahamiyatga ega
bunday dasturlar esa buning 100% ishonchliligiga yana bir isbot, negaki o‘qituvchi huddi
oflayn tarzdagidek o‘quvchini darsda bor yoki yo‘qligi, faol yoki sustligini hech qanday
mashaqqasiz kuzata oladi. Hujjatlar borasida ta’lim dasturi yoki reja o‘qituvchilarning
hamkorligida ham bu juda ham komfort dastur hisoblanadi. Shu kabi hujjatlarni oqi’tuvchi o‘zi
va ma’sul bo‘lgan shaxs tomonidan bemalol yutiritishi mumkin. Bunda esa har kim o‘zi
topshirgan ma’lumotlari va hujjati uchun javobgardir. Bunday turdagi hujjatlarni siz bemalol
boshqalarga ulashish imkoniyatingiz ham bulutli texnologiyalarda mavjud. Bu dasturni
ta’limda qo‘llashdagi yana bir afzallik tomoni talabalar birgalikda loyiha ishini samarali
ravishda tashkil etishi mumkin. Bunday holat quyidagicha amalga oshiriladi: o‘qituvchilar
tomonidan o‘quvchilarga loyiha ishi beriladi va talabalar ikki guruhga bo‘linadi, har ikki
guruhning ham o‘z vazifalari bo‘ladi va bu saytga ma’sul shaxs o‘qituvchi tomondan kirish
huquqi beriladi bu esa ma’lum bir havola yoki pochta manzili bo‘lishi ehtimoli bor. Talabalar
uyda yoki o‘quv muassalarida vazifalarni bajarishadi, loyiha yakunlangach loyiha bulut
dasturida bulut hotirasiga saqlanadi. Bunday tizimlarga biz misol qilib Google Docs ni keltira
olamiz. Bundagi afzallik esa birgalikda tahrirlash imkoniyatini berishidir. Bulutli
texnologiyadan masofaviy ta’limda an’anaviy ta’limdanda ko‘proq foydalanish imkoniyatlari
mavjud. Sababi oflayn ta’lim tizimida bunday sayt yoki platformalardan yuzma-yuz dars o‘tish
va ilmiy topshirish afzal ko‘riladi. Ammo masofaviy ta’limda bunday dasturlar juda ham qo‘l
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
148
keladi. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda elektron kundalik, dars jadvali va
elektron ro‘yhat olib boradi. Talaba bunday holatda hujjat yaratib shunday hujjatlar bilan
ishlaydi albatta bunda platformalarni ta’siri katta rol o‘ynaydi. Sababi bunday holatda server
xizmatlarini joyida ishlashi saytda hech qanday muommo bo‘lmasligi lozim. Agarda xatolik
yuz bersa, shunday sahifalar borki ularga qaytib ulanib biror bir narsani to‘g‘irlab bo‘lmaydi,
bazilarida esa qayta kirishga faqat o‘qituvchi qodir bo‘ladi holos. Masofaviy ta’limni ko‘pchilik
oqlamaydi albatta ular fizik harakatlar bilan uyg‘unlashgan ta’lim tizmini afzal biladilar holos,
ammo bulutli texnologiyalar bilan chambarchas bo‘lgan masofaviy ta’limlarning natijasi
hozirda biz kutgandanda yuqoriroq. Sababi masofaviy talimda o‘rganuvchilar har qayerdan
darsga qatnasha oladi va hech qanday bahonasiz ma’lim bir masofa bosib kelmaydi, ham
hunarini ham fanini o‘zlashtirish kabi imkoniytlarga ega bo‘ladi. Va bu kelajakda aholining
ko‘plab foiz natijalarida yaqqol aks etadi, negaki hozirda shunday dasturlar 508
yaratilayotgan ekan kelajakda bu yana ham taraqqiylashib biz kutgandanda yuqoriroq
natijaga erishiladi va O‘zbekiston ham shunay taraqqiy etgan davlatlardan biriga aylanadi.
Tatqiqot metodologiyasi
. Bunday platformlarga juda ham ko‘p misollarimiz bor,
quyida biz shunday dasturlardan bir nechtasini misol qilib bermoqchimiz, albatta bularning
afzal tomonlarini ochib berishga harakat qilamiz. 1) Coursera: dunyodagi eng ommabop
onlayn ta`lim platformalaridan biridir. Bu platformada turli fanlar va kasblar bo‘yicha bir
necha minglab kurslar mavjud. Shuningdek, dunyoning TOP universitetlari bu platformadan
faol tarzda foydalanadilar. Turli mavzudagi minglab kurslar kerak bo‘lsa Coursera bundan
imkoniyatni taqdim etadi. Fan tizimida bu dasturning ahamiyati katta desak adashmagan
bo‘lamiz 2) edX: eng mashhur chet el universitetlari Garvard va MIT bilan kelishilgan holda
3500 dan ortiq kurslarni taqdim etadigan dastur. U asosan tabiiy hamda gumanitar fanlarga
qaratilgan, shuning uchun bu sohadagi tushunchalarni orttirish ilmingizni yuksaltirish
hohishingiz bo‘lsa eng yaxshi platforma shu deb ayta olamiz. Yana tillarni o‘rganish va
informatika yo‘nalishi uchun ham edX eng ommabop dastur. Siz ma’suliyatni his qilgan holda
bepul kurslarni o‘qish imkoniyatiga egasiz, ammo, bizni sizga beradigan maslahatimiz avvalo
siz nima uchun ro‘yhatdan o‘tayotganingizni anglab yetishingiz lozim. 3) Codecademy: hozirgi
ta’limdagi eng yuksalgan soha IT sohasi bo‘lib unda ko‘plab kodlash uslublari qo‘llanishi
hammamizga ochiq oydin ravshandir. Siz shunday kodlash kurslarini qidirayotgan bo‘lsangiz
ushbu platforma siz uchun juda ham ko‘p afzalliklarga ega platformadir. Bu kurslar albatta siz
uchun mo‘ljallanganligi sababi uning kurslari iloji boricha oson va qulay tarzda ishlab
chiqilgann va ushbu tizimi orqali 11 milliondan ortiq o‘quvchilar sertifikatga ega bo‘lgan.
Bulutli hisoblash texnologiyasi bilan kelajakda yoshlarimiz yuksak marralarga erishadilar
bunday tizimda nafaqat ta’lim olish balki o‘z biznes loyihasini yo‘lga qo‘yish yoki huddi
shunday dasturlardan birini asoschisi bo‘lish ham mumkin. Shunchaki bular uchun insondan
talab qilinadigan yagona narsa bu chuqur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish va uni o‘zi uchun
to‘g‘ri yo‘lga solib foydalanish. Bu yo‘lda esa bulutli hisoblash tizimidagi platformalar, ham
o‘rganishga, ham ishlashga katta imkoniyatlarni bizga berib qo‘ygan, biz shunchaki bundan
unumli foydalana olishimiz lozim. Hozirda bundan foydalanyotgan yirik turdagi korxonalar
o‘zlari shuni tan oladilarki bu tizimsiz ularning ishi samarasiz bo‘lib qolishi hech gap emas.
Axborot texnologiyalari sohasida sodir bo‘layotgan innovatsiyalar zamonaviy axborot
almashinuvi tizimlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bulutli texnologiyalar va 5G
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
149
tarmoqlari birgalikda ishlaganda, ma’lumotlarni uzatish, saqlash va qayta ishlash jarayonlari
sezilarli darajada yaxshilanadi. Ushbu maqolada, ushbu ikki texnologiyaning axborot
almashinuviga ta’siri, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari tahllili. Bulutli
Texnologiyalar: Ma’lumotlarni Saqlash va Qayta Ishlashning Yangi Bosqichi
Bulutli texnologiyalar (Cloud Computing) – foydalanuvchilarga internet orqali
ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash imkonini beruvchi texnologik yechimdir. Ushbu
texnologiya quyidagi afzalliklarga ega:
1. Moslashuvchanlik va Kengayish Imkoniyati
Bulutli texnologiyalar yordamida foydalanuvchilar o‘z ehtiyojlariga qarab resurslarni
oshirish yoki kamaytirishlari mumkin.
2. Xarajatlarni Tejash. Jismoniy serverlarga ehtiyoj sezilarli darajada kamayadi, bu esa
kompaniyalarga IT infratuzilma xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.
3. Xavfsizlik va Ma’lumotlarni Himoyalash. Yetakchi bulutli xizmatlar provayderlari
(Amazon Web Services, Google Cloud, Microsoft Azure) yuqori darajadagi shifrlash va
ma’lumotlarni himoyalash tizimlarini taqdim etadi.
4. Masofaviy Ishlash Imkoniyati.Ishchilar har qanday joydan turib ma’lumotlarga kirish
va ularni tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa biznes jarayonlarini tezlashtiradi. 5G
Texnologiyasi: Tez va Ishonchli Aloqa.5G – bu beshinchi avlod mobil aloqa texnologiyasi
bo‘lib, u yuqori tezlik, kam kechikish va kengaytirilgan tarmoqlar bilan ajralib turadi. Uning
asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Yuqori Ma’lumot Uzatish Tezligi 5G tarmoqlari gigabit/s darajasida tezlikni
ta’minlaydi, bu esa katta hajmdagi fayllarni tez yuklash va yuklab olish imkonini beradi.
2. Past Kechikish (Latency).Kechikish muddati atigi 1-2 millisekundgacha qisqaradi, bu
esa real vaqt rejimida ishlaydigan xizmatlar (masalan, onlayn o‘yinlar, IoT qurilmalari) uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Ko‘proq Qurilmalarni Qo‘llab-quvvatlash
5G tarmoqlari millionlab IoT qurilmalarini bir vaqtning o‘zida ulash imkoniyatiga ega
bo‘ladi, bu esa aqlli shaharlar va avtomatlashtirilgan tizimlarning rivojlanishini tezlashtiradi.
4. Ishonchlilik va Barqarorlik 5G texnologiyasi yuqori ishonchlilik va minimal signal
uzilishlari bilan ajralib turadi. Bulutli Texnologiyalar va 5G: Ularning Axborot Almashinuviga
Ta’siri Bulutli texnologiyalar va 5G tarmoqlari birgalikda ishlaganda, zamonaviy axborot
almashinuvi tizimlariga quyidagi ta’sirlarni ko‘rsatadi:
1. Rejalashtirish va Qaror Qabul Qilish Jarayonlarining Optimizatsiyasi
Kompaniyalar real vaqt rejimida katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil
qilish orqali samarali qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2. Masofaviy Ishlash va Ta’limning Rivojlanishi
5G va bulutli texnologiyalar yordamida o‘qituvchilar va talabalar istalgan joydan turib
ta’lim olishlari mumkin. Sanoat va Aqlli Texnologiyalari. IoT, sun’iy intellekt va bulutli
hisoblash texnologiyalarining uyg‘unligi ishlab chiqarish, transport va sog‘liqni saqlash
sohalarida inqilobiy o‘zgarishlarga sabab bo’ladi.
Xulosa:
biz O‘zbekistonga bulutli hisoblash platformalarini olib kirar ekanmiz undan faqat
kundalik yumushlar hujjat joylash yoki kimdur bilan bo‘lishish uchun emas balki bunday
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
150
dasturlardan ham vaqtimizni ham mablag‘imizni tejagan holda ko‘plab bilimlar o‘zimiz uchun
foydali narsalarni o‘rganib olganimiz maqsadgamuvofiq albatta. Hozirgi kunda bulutli
hisoblashni ta’limda keng yoyilishiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz orqali yurtimizda ta`limni
yanada samarali yo‘lga qo‘yilishi va bu orqali o‘zimiz va boshqa ilm olish ishtiyoqida
bo‘lganlar uchun qulaylik keltiradi. Bu esa kelajakda yoshlarni yetuk kadr bo‘lib yetishishiga
o‘z hissasini qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ
МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ."
Символ науки 7-2 (2022): 15-17.
2.
Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS
OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.
Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol
multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and
Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature
Switzerland, 2023.
4.
Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР
ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va
o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).
5.
Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information
security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.
6.
Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern
programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
7.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir
hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
4.09 (2024): 178-183.
8.
Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA
QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI
O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
9.
Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO
SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023):
130-146.
10.
Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ,
ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА,
ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.
11.
Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH
COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING
FIELDS." (2021): 57-58.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
151
12.
Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of
electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
13.
Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE
MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
14.
Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ
ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
15.
Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ
ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
16.
Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ
СОЗДАНИЯ
ДИНАМИЧЕСКИХ
ВЕБ-САЙТОВ
И
ОПТИМИЗАЦИИ
ИХ
ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
17.
Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING
LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
18.
Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY
WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
19.
Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы
Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
20.
Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical
services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.
21.
Qodirov, F. "ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF IMMITATION TRAINING."
ACUMEN: International journal of multidisciplinary research 2.2 (2025): 296-301.
22.
Qodirov, Farrux, Sabrina Turayeva, and Sevinch Negmatova. "EKOTURIZM ORQALI
TABIIY
RESURSLARDAN
BARQAROR
FOYDALANISH."
Журнал
академических
исследований нового Узбекистана 2.1, 2-qism (2025): 4-8.
23.
Qodirov, Farrux, and Jasmina Murodulloyeva. "O'ZBEKISTONDA RAQAMLI
IQTISODIYOT." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
3.15 (2024): 178-181.
24.
Qodirov, Farrux, and Mushtariy Musayeva. "AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA
XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI." Инновационные исследования в
современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 41-48.