ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
102
LIFI TEXNOLOGIYASI VA ULARDAN FOYDALANISH USULLARI
Qodirov Farrux Ergash o’g’li
Matematika va ta'limda axborot texnalogiyasi kafedrasi mudiri, ilmiy raxbar
Norboboyeva Sevinchoy Normoʻmin qizi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti Matematika va informatika yoʻnalishi
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15087053
Annotatsiya
: Ushbu maqolada LiFi (Light Fidelity) texnologiyasi, uning ishlash prinsipi
va qo‘llanilish sohalari haqida batafsil ma’lumot berilgan. LiFi texnologiyasi yorug‘lik nurlari
yordamida ma’lumot uzatish imkonini berib, WiFi’ga nisbatan yuqori tezlik, xavfsizlik va
elektromagnit interferensiyaga chidamlilik kabi afzalliklarga ega. Shuningdek, maqolada
LiFi’ning tibbiyot, aviatsiya, sanoat, aqlli uy va shahar tizimlari kabi turli sohalarda
qo‘llanilishi yoritilgan. Kelajakda LiFi texnologiyasi internet tarmog‘ini yanada
tezkor va
samarali qilish potentsialiga ega ekani ta’kidlangan.
Kalit so‘zlar:
LiFi, Light Fidelity, simsiz aloqa, yorug‘lik orqali ma’lumot uzatish, WiFi
muqobili, yuqori tezlik, xavfsiz internet, aqlli shahar, tibbiyotda LiFi, sanoatda LiFi,
innovatsion texnologiya.
Annotation:
This article details LiFi (Light Fidelity) technology, its principle of
operation, and areas of application. LiFi technology has advantages such as high speed, safety
and electromagnetic interference resistance compared to WiFi, allowing data transmission
using light beams. The article also covers the applications of LiFi in various fields such as
medicine, aviation, industry, smart home and urban systems. It is noted that in the future, LiFi
technology has the potential to make the internet network more fast and efficient.
Keywords:
LiFi, Light Fidelity, wireless communication, information transmission
through light, WiFi alternative, high speed, secure internet, smart city, LiFi in medicine, LiFi in
industry, innovative technology.
Li-Fi texnologiyasi – chiroq nuridan yuqori tezlikdagi internet taqdim etilishi endi
haqiqatga aylandi. Olimlar yangi Li-Fi texnologiyasi yordamida ma’lumotlar uzatish tezligini
10 Gbit/s. gacha yetkazishga erishganlarini ma’lum qildilar. Ularning fikricha, kelajakda,
ma’lumotlar uzatish bo‘yicha LiFi hozirgi davrda mavjud bo‘lgan simsiz radiotizimlar bilan
solishtirililganda arzon va quvvatni tejaydigan, samarali usul bo‘ib qolishi mumkin. Gap
shundaki, elektromagnit spektrining bir qismi bo‘lgan — nur, radionurlanish miqyosi
spektridan taxminan 10 000 marta kengroq. Nazariy jihatdan yorug‘likdan foydalanish
uzatish kanalining cheksiz kengligini ta’minlay oladi. Light Fidelity — Li-Fi texnologiyasi
qisqacha talqin qilinganda — bu simsiz ma’lumotlar uzatishning optik texnologiyasidir.
Mazkur texnologiya yaqindagina — 2011-yilda ishlab chiqilgan va taqdim etilgandi. Bu voqea
TED Talk konferensiyasida sodir bo‘lgandi. Ishlanma muallifi dasturchi-olim Xarald Xaas
(Harald Haas)dir. O‘sha davrda ma’lumotlar uzatish tezligi 10 Mb/s. atrofida bo‘lgandi. Olim
2011-yil oxirigacha tezlikni 100 Mb/s.ga yetkazishni va’da qilgandi.
Light Fidelity texnologiyasi qanday ishlaydi?
Light Fidelity texnologiyasining mohiyati — maxsus svetodiodli manbadan yorug‘lik
oqimini ikkilanma modulyatsiyalangan kodi bilan taralishidadir. Modulyatsiya jarayoni juda
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
103
yuqori chastotada sodir bo‘lganligi sababli ko‘zimiz uni payqay olmaydi. Optik aloqaning
bunday turi odatlanib qolganimiz — an’anaviy Wi-Figa nisbatan ancha xavfsiz bo‘lib
hisoblanadi. Nima uchun? Eslatib o‘tamiz, Wi-Fi signallarini — amal qilib turgan uskunasi
joylashgan joydan deyarli har qanday radiusdagi nuqtada olish mumkin. Li-Fi orqali uzatilgan
axborotni olish uchun esa o’z qurilmasini doim Li-Fi egasining yaqiniga joylashtirishi zarur.
Buning iloji bo‘lmasligi tushunarli. Li-Fi texnologiyasining afzalligini ko‘rsatuvchi yana bir
jihati mavjud. Undan tashqi radioto‘lqinlar taratadigan uskunalardan foydalanish
taqiqlanadigan joylarda hech bir cheklovsiz foydalanish mumkin. Axir bunday radioto‘lqinlar
uskunalarning me’yordagidek, amal qilishini buzishi sir emas. Masalan, Li-Fi texnologiyasidan
tibbiy muassasalar intensiv terapiyasi palatalari, samolyot salonlari va boshqalarda ham
foydalanish mumkin.
Biroz tarixga nazar tashlaylik. Ehtimol, jurnalxonlarimiz ma’lumotlar uzatish uchun
yorug‘likdan foydalanish g‘oyasi haqida fikr yuritayotganimizni unutmagandirlar. Hali
o‘quvchilik davrimizdayoq fizika fanidan buyuk ixtirochi Aleksandr Bell haqidagi axborotlar
ham ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak? Aleksandr Bell 1880-yilda fotofon yordamida xabar
jo‘natishga erishgandi. Keyingi yillarda ham dasturchilarda yorug‘likka qiziqish kuchaya
boshladi. Olimlar oddiy cho‘glanma lampalariga nisbatan juda ingichka sozlangan
svetodiodlarning tarqalishi, ehtimol texnologiyani foydalanishda yanada tejamkor va
qulaylashtirilishini yaxshi tushunadilar. Ta’kidlash zarurki, bu butun jahonda simsiz
kommunikatsiya qurilmalarining juda ham tez o‘sib borayotgan ommaviyligi radiochastota
spektrining tanqisligiga olib borishi muqarrarligining yana bir muhim omilidir. Albatta, bu hol
uning muqobilini izlash zaruratini yuzaga keltirdi.
Li-Fi texnologiyasining yaratilish sabablari. Hozirgi davrda simsiz ma’lumotlar uzatish
texnologiyasidan foydalanish masalasining zarurati umuman dolzarb emas. Biz axborot
tarmoqlarining taraqqiyoti asrida yashamoqdamiz. Taxminan 10–15 yil ilgari Internet
tarmog‘iga ommaviy ulanish holati bo‘lmagandi, hozirgi vaqtda esa deyarli har bir uyda
ma’lumotlar uzatish mahalliy tarmog‘i mavjud. Biroq deyarli barcha ishlanmalar va
ma’lumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanishning foydali tomonidan tashqari, jiddiy
salbiy jihatlari ham mavjud. Bu yerda simli aloqa haqida umuman fikr yuritilmayapti, sababi
ularning qo‘llanishi juda olis masofa va statsionar kompyuter mavjud bo‘lgandagina o‘zini
oqlaydi. Bu holda bir marta razvodka xarid qilib, kelgusi natijalarni olish mumkin, biroq
bunda, sertifikatlangan kabeldan foydalanish zarur; bundan tashqari, kabellarni yotqizish va
uchlarini ulash tamoyillari malakasiga ega bo‘lish ham zarur. Hozirgi vaqtda Wi-Fi
texnologiyasi bo‘yicha amalga oshirilgan simsiz tarmoqlardan deyarli har bir uyda
foydalanilmoqda. Simli va simsiz kanallarni birlashtiruvchi gibrid tarmoqlar ham mavjud.
Simsiz WiFi tarmog‘ining qanday noqulay jihati mavjud? Birinchidan — bu tez-tez yuzaga
keladigan simsiz aloqa kanalining himoyalanganligi masalasidir. Ishlab chiqaruvchilar
ishontirib ta’kidlashlaricha tarmoq qurilmalarini buzib kirish mumkin emas. Bunday fikrlarni
ko‘p eshitamiz, biroq bu fikrga qarshi ko‘plab gumonlar yuzaga keladi. Ikkinchidan — uzoq
muddat mobaynida elektromagnit to‘lqinlarining simsiz adapterlari diapazonlarida nurlanishi
ta’sirida inson organizmining zararlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi. Hozircha uzoq
bo‘lmagan muddat mobaynida insoniyat mazkur texnologiyadan foydalanmoqda, shu sababli
xulosa chiqarishning imkoni yo‘q. Nurlanish quvvati kichik bo‘lib, biroq keng tarqalish va
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
104
uzoq muddatli ekspozitsiya sodir bo‘lmoqda. Кim bilsin, o‘n yildan so‘ng, ehtimol undan
ilgariroq bizni qandaydir natijalar kutayotgandir.
Li-Fi texnologiyasi qanday jihatlarga ega? Light Fidelity salbiy ta’sirlardan holi deb
aytish mumkin. Mazkur texnologiyadan har qanday svetodiodli manbadan taraladigan
yorug‘lik yordamida ma’lumotlar uzatishda foydalanilishi haqida fikr yuritgandik, bu esa
inson organizmiga salbiy ta’sirlarning bo‘lmasligi bilan uning mobilligini saqlashga imkon
beradi. Internetning tezligi bir necha gigabaytga oshiriladi, bunda mazkur texnologiya
tarmog‘i bilan qamrab olish hududi ham kengayib boradi. Li-Fi texnologiyasi tamoyili har
qanday yorug‘lik taratadigan svetodiodli lampochka (chiroq) juda katta tezlikda nur
«sochishga» qodir, bu esa yorug‘lik modulyatsiyalaridan ma’lumotlar uzatish uchun
foydalanishda har qanday manbadan foydalanishga imkon beradi. Bu juda ajoyib yechimdir:
uy tarmog‘ida va axborot uzatkichlar sifatida oddiy stol lampasidan ham foydalanish mumkin!
Uzatkich sifatida shipdagi yorug‘lik asboblari hamda yorug‘lik manbai vazifazini bajaruvchi
turli bezakli jihozlar elementlari — umuman barcha yorug‘lik taratuvchi qurilmalar katta
samarali bo‘lib hisoblanadi! Mobil qurilmalar egalari o‘z uylaridagi xonalarning istalgan joyida
bemalol mazkur texnologiya bo‘yicha foydalanishlari mumkin, axir yorug‘lik tarmog‘i
vositasida doimo uylarimiz charog‘on! Biroq qurilmalardan tarmoqqa qayta ma’lumotlar
uzatish ancha qiyin masala ekanligini ta’kidlash zarur. Bunday holatlarda datchiklarni xona
devorlari va shipiga joylashtirish zarurati yuzaga keladi. Li-Fi texnologiyasi uchun qo‘shimcha
qurilmalar deyarli zarur emas, axir buning uchun allaqachon mavjud bo‘lgan: ko‘chalardagi
oddiy fonarlar, avtomobil faralari, xona yoritkichlaridan ham foydalanish mumkin. Masalan,
audiokolonkalar sohasida taniqli ishlab chiqaruvchi Klipsch kompaniyasi 2010-yildayoq
oddiy xona svetodiodli lampalari yordamida musiqiy ma’lumotlarni olishga sazovor
bo‘ladigan Li-Fi prototiplarini taqdim etgandi.
Li-Fi texnologiyasining istiqboli. Shubhasiz, Li-Fi texnologiyasi istiqboli katta. Agar
qandaydir shahardagi hiyobonda svetodiodli nurlanish uskunalari o‘rnatilgan bo‘lsa, barcha
uchun Internetga keng kopolosali bepul ulanish imkoni taqdim etilishi mumkin. Li-Fi
texnologiyasidan har qanday joyda va istalgan qurilma bilan foydalanish mumkin. Bundan
tashqari, an’anaviy, masalan, Li-Fi texnologiyasidan foydalanib, katta shaharlarda ishlash
sharoilarida va radioto’lqinlar Li-Fi hududidan tashqarida bo‘lganida mobil aloqasini gibridga
almashtirilishi ehtimoli ham mavjud. Bu yerda albatta, ko‘plab xarajatlar talab etiladi, biroq
bunday investitsiyalarning o‘rni tezda qoplanadi.
LiFi Texnologiyasining Qo‘llanilish Usullari
1.
Smart Uy va Ofislar: LiFi texnologiyasi aqlli uy tizimlarida yorug‘lik va internetni
birlashtirish orqali qulay muhit yaratishi mumkin. Ofis muhitida esa har bir xonaga individual
internet ulanishi ta’minlanadi.
2.
Tibbiyot Sohasida: Kasalliklar tashxisida WiFi’ning elektromagnit nurlanishi tibbiy
jihozlarga xalaqit berishi mumkin. LiFi esa bu muammoni bartaraf qiladi va kasalxonalarda
xavfsiz internet ulanishini ta’minlaydi.
3.
Aviatsiya Sohasida: Samolyot ichida WiFi nurlanishi aloqa tizimlariga salbiy ta’sir qilishi
mumkin. LiFi esa yo‘lovchilar uchun xavfsiz va tezkor internet taqdim etishga imkon yaratadi.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
105
4.
Sanoat va Zavodlarda: Zavod va fabrikalarda WiFi signali metall devorlar tufayli
zaiflashishi mumkin. LiFi esa yorug‘lik orqali aloqa o‘rnatib, zavod texnologiyalarining
barqaror ishlashiga yordam beradi.
5.
Dasturiy Integratsiyalar: LiFi aqlli shahar loyihalarida, xususan yo‘llardagi aqlli yoritish
tizimlari bilan integratsiya qilinib, harakatni samarali boshqarish imkonini beradi.
Li-Fi texnologiyasi Wi-Fini to‘liq siqib chiqaradimi?
Britaniya Edinburg Universiteti olimlari 2010-yildayoq quvvat manbalari yordamida,
xususan, svetodiodli lampalardan foydalanib, ma’lumotlar uzatishga imkon beruvchi Li-Fi
texnologiyasini ishlab chiqdilar. Nazariy jihatdan Li-Fi 224 Gbit/s. tezlikda ma’lumotlar
uzatishi mumkin, biroq yaqinda mazkur texnologiya yordamida bir soniyada 1 gigabayt
tezlikda ma’lumotlar uzatishga ham erishdilar. Hozirgi davrda ommaviy bo‘lgan bir soniyada
300 Mbit/s. yoki 30 megabaytgacha tezlikda ma’lumotlar uzatishga imkon beruvchi Wi-Fi
802.11n standartiga solishtirilganda, uning o‘tkazish qobiliyati o‘nlab marta past ekanligini
ko‘ramiz. PC World portalida bayon etilishicha, Li-Fi inson ko‘ziga ko‘rinmaydigan yorug‘lik
spektrida ma’lumotlar uzatadi, shuningdek, Wi-Fi tarmog‘iga nisbatan mazkur texnologiyadan
foydalanilganida quvvat samarali sarflanadi. Biroq Li-Fi o‘zining asosiy kamchiligiga muvofiq
deyarli hech qayerda foydalanilmayapti: yorug‘lik devordan va boshqa to‘siqlardan o‘ta
olmaydi hamda oqibatda, Li-Fidan faqat bir xona miqyosida, masalan, ofisdagina foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muhandislar Wi-Fidan retranslyatorlaridan foydalanishni, biroq
ulardan ko‘plab o‘rnatishga to‘g‘ri kelishini ta’kidlamoqdalar. Shunday bo‘lsada, Li-Fi
texnologiyasining rivoji ustida ishlash uchun Velmenni, pure Li-Fi va Oledcomm
kompaniyalari katta hissa qo‘shmoqdalar. Ular ma’lumotlar uzatishning yanada yuqori
tezligini rivojlantirishga imkon beruvchi samarali yangi svetodiodli manbalar
retranslyatorlarini ishlab chiqarishga intilmoqdalar. Rossiyalik mutaxassislar ishtiroki bilan
Li-Fi developerlari Stins Coman kompaniyasi konsortsiumida joriy yil bahordan buyon
ma’lumotlar uzatishni 1,25 Gb/s.gacha yetkazishga erishildi. Hozirgi vaqtda foydalanuvchilar
hamda optimal texnika ishlab chiqaruvchilariga mos keladigan Li-Fi texnologiyasida
ma’lumotlar uzatish standarti ustida ishlamoqdalar. Mutaxassislar fikricha, Li-Fi faol Wi-Fini
shu yaqin davrlarda siqib chiqara boshlaydi, bu davrgacha yorug‘lik yordamida ma’lumotlar
uzatish tezligi radiosignallardan ko‘ra 100 marta yuqori bo‘ladi. Li-Fining yana bir afzallik
jihati: u inson salomatligiga umuman xavfli emas, zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, Wi-Fining zararli
ta’siri esa ko‘pchilikka ma’lum.
Xulosa.
LiFi texnologiyasi kelajakda internet tarmog‘ini yanada tezkor, xavfsiz va
ishonchli qilish potentsialiga ega. Uning yuqori tezligi, interferensiya muammolarining
yo‘qligi va xavfsizligi tufayli u turli sohalarda qo‘llanilishi mumkin. WiFi bilan parallel
ravishda ishlashi LiFi’ni kelajakdagi aqlli texnologiyalar ekotizimining muhim qismi qilib
qo‘yishi mumkin.
Kelajakda LiFi texnologiyasini ommaviy ravishda joriy qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
davom etmoqda. Agar texnologiya keng miqyosda tatbiq etilsa, u simsiz aloqa sohasida yangi
inqilob yasashi mumkin.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
106
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Кодиров, Ф. Э., and О. Д. Дониёров. "ЭФФЕКТИВНЫЕ МОДЕЛИ РАЗВИТИЯ
МЕДИЦИНСКОГО ОБСЛУЖИВАНИЯ НАСЕЛЕНИЯ КАШАКАДЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ."
Символ науки 7-2 (2022): 15-17.
2.
Zoxidov, J. B., F. E. Qodirov, and I. J. Bozorova. "QUARTUS II PROJECT CONCEPT AND ITS
OPPORTUNITIES AND PROBLEMS." АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ТЕХНИЧЕСКОГО И
ТЕХНОЛОГИЧЕСКОГО ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИННОВАЦИОННОГО РАЗВИТИЯ. 2019.
3.
Uzakov, Gulom, et al. "Simulation of a tubular pyrolysis reactor using comsol
multiphysics software." International Scientific and Practical Conference Digital and
Information Technologies in Economics and Management. Cham: Springer Nature
Switzerland, 2023.
4.
Қодиров, Ф. "ҲУДУДЛАРДА ТИББИЙ ХИЗМАТЛАРНИ ДАСТУРИЙ ПАКЕТЛАР
ЁРДАМИДА ЭЛЕКТРОН ТИББИЙ БАЗАСИНИ ЯРАТИШ." O’zbekiston Respublikasi Oliy Va
o’rta Maxsus ta’lim Vazirligi Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti (2022).
5.
Qodirov, F. E., O. D. Doniyorov, and H. Shokirov Sh. "Basic concepts of information
security in information systems. Wide threats and their consequences." концепции
устойчивого развития науки в современных условиях (2021): 153-155.
6.
Bozorova, Irina Jumanazarovna, and Dilfuzaxon Mamasharipovna Karayeva. "Modern
programming technologies and their role." интеллектуальный капитал xxi века. 2020.
7.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda har bir
hududning о ‘ziga xos xususiyatlari." Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting
4.09 (2024): 178-183.
8.
Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "O’ZBEKISTONDA ZIYORATGOH VA
QADAMJOLAR, TURIZM XIZMATLARINI JADAL RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI." YANGI
O‘ZBEKISTONDA MILLIY TURIZM ISTIQBOLLARI 1.01 (2024).
9.
Qodirov, F., N. Sirojev, and S. Negmatova. "FEATURES OF THE ANDROID STUDIO
SOFTWARE PACKAGE." Академические исследования в современной науке 2.17 (2023):
130-146.
10.
Қодиров, Ф. Э., et al. "ДЛЯ ПРОВЕРКИ МОДЕЛЕЙ АДЕКВАТНОСТИ,
ЧУВСТВИТЕЛЬНОСТЬ И СОПРОТИВЛЕНИЯ." ИНТЕГРАЦИЯ НАУКИ, ОБЩЕСТВА,
ПРОИЗВОДСТВА И ПРОМЫШЛЕННОСТИ. 2019.
11.
Qodirov, F. E., D. A. Akbarova, and S. H. Shokirov. "SOFTWARE FOR WORKING WITH
COMPUTER GRAPHICS AND THEIR TASKS. APPLICATION OF DIGITAL IMAGE PROCESSING
FIELDS." (2021): 57-58.
12.
Jumanazarovna, Bozorova Irina, and Кodirov Farruh Ergash O'G'Li. "Principle of
electrocardiographic work and its role in modern medicine." Вопросы науки и образования
15 (99) (2020): 31-36.
13.
Kodirov, F. E., and J. E. Nematov. "BASIC TECHNOLOGY AND SERVICE
MANAGEMENTMULTISERVICE NETWORKS." Инновации в технологиях и образовании: сб.
ст. участников XII Между (2019): 214.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
107
14.
Қодиров, Ф. Э., and Ж. Э. Нематов. "РАЗВИТИЕ ЛОКАЛЬНОЙ СЕТИ НА ОСНОВЕ
ТЕХНОЛОГИИ GPON." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XII
Между (2019): 288.
15.
Кодиров, Ф. Э., and М. У. Маматмурадова. "РАЗРАБОТКА ЦИФРОВОЙ ПРОГРАММЫ
ШИФРОВАНИЯ И ВНЕДРЕНИЕ В ПРАКТИКУ." Инновации в технологиях и образовании:
сб. ст. участников XII Между (2019): 275.
16.
Абдирасулов, Ж. У., and Ф. Э. Кодиров. "ЭФФЕКТИВНОСТЬ ANGULAR JS ДЛЯ
СОЗДАНИЯ
ДИНАМИЧЕСКИХ
ВЕБ-САЙТОВ
И
ОПТИМИЗАЦИИ
ИХ
ПРОИЗВОДИТЕЛЬНОСТИ." Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников
XII Между (2019): 228.
17.
Qodirov, F. E., J. B. Zohidov, and H. I. Karamatova. "ADVANTAGES OF PROGRAMMING
LANGUAGES JAVASCRIPT, JAVA AND PYTHON." МОДЕЛИРОВАНИЕ И АНАЛИЗ СЛОЖНЫХ
ТЕХНИЧЕСКИХ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ СИСТЕМ. 2019.
18.
Qodirov, F. E., J. U. Abdirasulov, and J. E. Nematov. "FORMING GOVERNMENT AGENCY
WEBSITES WITH WORDPRESS CONTENT MANAGEMENT SYSTEM." Инновации в
технологиях и образовании: сб. ст. участников XII Между (2019): 219.
19.
Турдиев, У. К., and Ф. Э. Кодиров. "Задача Коши Для Одномерной Системы
Уравнений Типа Бюргерса Возникающей В Двухскоростной Гидродинамике."
Инновации в технологиях и образовании: сб. ст. участников XI Между (2018): 349.
20.
Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical
services through econometric modeling and forecasting options." academy. uz/index. php/yo.
21.
Qodirov, F. "ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF IMMITATION TRAINING."
ACUMEN: International journal of multidisciplinary research 2.2 (2025): 296-301.
22.
Qodirov, Farrux, Sabrina Turayeva, and Sevinch Negmatova. "EKOTURIZM ORQALI
TABIIY
RESURSLARDAN
BARQAROR
FOYDALANISH."
Журнал
академических
исследований нового Узбекистана 2.1, 2-qism (2025): 4-8.
23.
Qodirov, Farrux, and Jasmina Murodulloyeva. "O'ZBEKISTONDA RAQAMLI
IQTISODIYOT." Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
3.15 (2024): 178-181.
24.
Qodirov, Farrux, and Mushtariy Musayeva. "AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O'ZIGA
XOS JIHATLARI VA INSONNING TUTGAN O'RNI." Инновационные исследования в
современном мире: теория и практика 3.15 (2024): 41-48.