ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
78
XALQARO MUNOSABATLAR NAZARIYASIDA PRAGMATIZM VA
PRAGMATIKALAR
Abdusamat Abduxalilov Abdumalik o‘g‘li
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti
Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari
Diyorbek Niyatullayevich Turayev
O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti
Siyosatshunoslik yo’nalishi talabasi. Toshkent sh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15421142
Annotatsiya.
Mazkur tezisda xalqaro munosabatlar nazariyasida pragmatizm
g‘oyasining shakllanishi, mazmuni va amaliy ifodasi tahlil qilinadi. Tezisda pragmatizmning
dastlab falsafiy oqim sifatida yuzaga kelgani, keyinchalik esa geosiyosat va diplomatiya
sohasida keng qo‘llanilgan real siyosiy yondashuvga aylangani ilmiy asosda yoritiladi.
Ayniqsa, realpolitik, geoiqtisodiy manfaatlar, ko‘p qutbli dunyoda barqarorlikni ta’minlash
kabi global jarayonlarda pragmatizmning strategik ahamiyati misollar asosida tahlil etiladi.
Shuningdek pragmatik shaxslar va ularning pragmatik imidji haqida misollar bilan ma’lumot
beriladi.
Kalit so‘zlar.
Pragmatizm, xalqaro munosabatlar nazariyasi, realpolitik, geosiyosat,
diplomatik strategiya, milliy manfaat.
Аннотация.
В данной тезисной работе анализируются формирование,
содержание и практическое выражение идеи прагматизма в теории международных
отношений. В тексте обоснованно раскрывается, что прагматизм первоначально
возник как философское направление, а впоследствии превратился в широко
применяемый в геополитике и дипломатии реалистический политический подход.
Особое внимание уделяется стратегической значимости прагматизма в таких
глобальных процессах, как реалполитика, геоэкономические интересы, обеспечение
стабильности в многополярном мире - на основе конкретных примеров. Также
приводятся данные и примеры о прагматичных личностях и их прагматичном имидже.
Ключевые
слова
.
Прагматизм,
теория
международных
отношений,
реалполитика, геополитика, дипломатическая стратегия, национальный интерес.
Annotation.
This thesis analyzes the formation, essence, and practical application of the
idea of pragmatism in the theory of international relations. It is scientifically substantiated
that pragmatism initially emerged as a philosophical school and later evolved into a widely
used realist political approach in geopolitics and diplomacy. Particular attention is given to
the strategic importance of pragmatism in global processes such as realpolitik, geo-economic
interests, and maintaining stability in a multipolar world, supported by illustrative examples.
Additionally, examples are provided about pragmatic individuals and their pragmatic public
image.
Keywords.
Pragmatism, theory of international relations, realpolitik, geopolitics,
diplomatic strategy, national interest.
Pragmatizm (yunoncha
pragma
- “harakat”, “amaliy ish”) xalqaro munosabatlar
nazariyasida bu atama davlatlar yoki siyosiy aktorlarning qarorlarida mafkuraviy qat’iylikdan
emas, konkret vaziyat, real manfaatlar va kutilayotgan natijalar asosida harakat qilish
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
79
prinsipini anglatadi [1]. Pragmatizm nazariyasi davlatlarni barqarorlik, xavfsizlik va
taraqqiyotga erishishda ideologik yondashuvlardan ko‘ra, foydali, muvozanatli va amaliy
siyosat yuritishga undaydi[2].
Pragmatik tashqi siyosat bu qat’iy mafkuraviy yo‘nalishlardan ko‘ra, milliy manfaatlar
asosida siyosat olib borish, an’anaviy diplomatik ittifoqlardan ko‘ra, funksional va holatga
moslashuvchan hamkorliklarni afzal ko‘rish, hissiy qarorlarga tayanish o‘rniga, real ehtiyoj va
imkoniyatlar asosida siyosiy yo‘nalishlarni shakllantirish tamoyili desak mubolag‘a
bo‘lamaydi. Diplomatik nuqtai nazardan, bu yondashuv tajriba asosida sinov va xatolik orqali
yechim topishni qamrab oladi.
Pragmatizm g‘oyasining genezi ya’ni kelib chiqishiga keladigan bo‘lsak, pragmatizm
dastlab falsafiy konsepsiya sifatida XIX asrning oxirlarida Amerika falsafa maktabi doirasida
shakllandi[3]. Uning asosiy g‘oyasi haqiqat, bilim va qadriyatlar statik yoki abadiy emas, balki
foydalilik mezonlari asosida baholanishi lozim, degan fikrga tayangan. Charles Sanders Peirce
- pragmatizm atamasining muallifi va asoschisi bo‘lib[4], bilimni amaliy natijalar bilan
o‘lchash zarurligini ta’kidlagan. William James esa pragmatizmni keng falsafiy muhitga olib
chiqqan va uni insoniy tajriba, ehtiyoj va amaliy foyda bilan bog‘lagan[5]. Pragmatizmni John
Dewey ta’lim, demokratiya va ijtimoiy islohotlar bilan uyg‘unlashtirgan[6]. Bu yondashuvga
ko‘ra, har qanday g‘oya yoki siyosiy qaror - agar u amaliy jihatdan foyda keltirsa, o‘zini
oqlaydi.
XX asrda, ayniqsa Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, pragmatizm xalqaro siyosiy
jarayonlarda realistik yondashuv sifatida shakllandi. Bu davrda g‘arb davlatlari, ayniqsa AQSh
tashqi siyosatida pragmatik yondashuvni faol qo‘llay boshladi. Shuningdek, Richard Nikson
ma’muriyati davrida Henry Kissinger tomonidan olib borilgan Xitoy bilan diplomatik
yaqinlashuv mafkuraviy qarama-qarshiliklar fonida strategik manfaatlar ustuvor qo‘yilgan
klassik pragmatizm namunasi sifatida tarixda qolgan[7]. Bundan tashqari, Yevropa
Ittifoqining Rossiya, Turkiya va Yaqin Sharq bilan bo‘lgan energetik va xavfsizlik siyosati,
Xitoyning “Bir kamar - bir yo‘l” tashabbusida ko‘zlangan iqtisodiy manfaatlar ham pragmatik
yondashuvning real ifodalaridir.
Pragmatizm xalqaro munosabatlar nazariyasi doirasida, realizm va neorealizmga
nisbatan yumshoqroq, ammo amaliy natijalarni ustuvor qo‘yuvchi yondashuv sifatida,
konstruktivizm va liberal institutsionalizm bilan uyg‘unlashgan holda, ideologik dogmalar
emas, balki real ehtiyoj va natijalar asosida siyosat olib borishga urg‘u beruvchi uslub sifatida
qaraladi. Shu jihatdan, pragmatizm an’anaviy nazariy qoidalar majmuasi emas, balki
harakatga asoslangan siyosiy tafakkur shaklidir.
Endi pragmatik shaxs atamasiga izoh beradigan bo‘lsak. Pragmatik shaxs bu real
vaziyatni to‘g‘ri tahlil etib, hissiy yoki mafkuraviy jihatdan emas, manfaatli, amaliy va oqilona
qaror qabul qiluvchi shaxslarni biz pragmatik shaxs deya olamiz. Ular amalda ishonchli
ma’lumotlar asosida harakat qiladi, ideal emas mavjud sharoyitga tayanadi, vaqtni va
resurslarni tejashga intiladi, ularda asosiysi natijakorlik omili ustun turadi.
Bunga amaliy misol sifatida, XX asrning ikkinchi yarmi, ayniqsa 1970-yillarning oxiri va
1980-yillarning boshlarida Xitoy Xalq Respublikasida chuqur siyosiy va iqtisodiy
transformatsiyalar sodir bo‘ldi[8]. Bu davrda mamlakat mafkuraviy qat’iylikdan asta-sekin
uzoqlashib, real manfaatlarga asoslangan, amaliy samaradorlikni ustuvor qo‘ygan yondashuv
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
80
va siyosiy pragmatizm sari yo‘nala boshladi. Ushbu burilishning bosh tashabbuskori va
ijrochisi sifatida tarixga kirgan arbob
-
Den Syaopin (Deng Xiaoping) hisoblanadi[9].
“Qora mushukmi, oq mushukmi - sichqonni tutsa bo‘ldi.”
Den Syaopin
Mazkur ibora ideologik dogmalardan voz kechish, ularni real, foydali, natijador amaliyot
bilan almashtirish zaruratini ifodalaydi. Den uchun siyosiy qarorlar g‘oyaviy sofllik emas, xalq
farovonligiga erishish, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash va davlat suverenitetini mustahkamlashga
xizmat qilishi lozim edi. Bu yondashuv XX asrda kuchli mafkuraviy doiralarda o‘zgarishga
tayyor bo‘lmagan muhit uchun keskin yangilik bo‘ldi.
Xulosa.
Den Syaopinning faoliyati siyosiy pragmatizmning chinakam amaliy modelini o‘zida
namoyon etdi. U mafkuraviy qat’iylik o‘rniga realistik, foydali, natijador siyosatni tanlab,
Xitoyni xalqaro maydonda yangi bosqichga olib chiqdi. Bugungi Xitoy iqtisodiy qudrati va
siyosiy barqarorligi aynan Denning mas’uliyatli, ehtiyotkor va real manfaatlarga asoslangan
strategik qarorlarining mevasidir. Den Syaopinning siyosiy merosi shuni ko‘rsatadiki, katta
mafkuralar emas, balki xalq farovonligiga xizmat qiladigan real harakatlar har qanday davlat
siyosatining poydevori bo‘lishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
2.
https://www.jstor.org/stable/27899577
3.
Pragmatism (Stanford Encyclopedia of Philosophy)
https://books.google.com/books?hl=ru&lr=&id=_TUqldjTO80C&oi=fnd&pg=PP9&dq=C
harles+Sanders+Peirce+pragmatism&ots=UC4UhJ5YbH&sig=zQU_iiVOOAGiFpG5BVa1jj6vUv8
5.
https://books.google.com/books?hl=ru&lr=&id=wYSvCwAAQBAJ&oi=fnd&pg=PA13&d
q=Charles+Sanders+Peirce+pragmatism&ots=W0GgdGNXOo&sig=W2pE2gPOEp3kcW5I1Bg6
tlr67RM
6.
The Necessity of Pragmatism: John Dewey's Conception of Philosophy - R. W. Sleeper -
Google Книги
7.
Henry Kissinger | Pragmatic Statesman in Hostile Times | Abraham Wagne
8.
On Chinese Pragmatism in the 1980s* | The China Quarterly | Cambridge Core
The Ideological Paradigm Shifts of China's World Views: From Marxism-Leninism-
