YOSHLAR ONGIDA DINIY MUTAASSIBLIK VA EKSTREMISTIK G`OYALARGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH CHORALARI

Аннотация

Globallashuv jarayonida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabat­larning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning takomillashuviga turtki bo‘lib, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etishiga olib keldi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
4-6
26

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Aminov , S., & O‘rinov , O. (2024). YOSHLAR ONGIDA DINIY MUTAASSIBLIK VA EKSTREMISTIK G`OYALARGA QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH CHORALARI. Наука и инновация, 2(38), 4–6. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/scin/article/view/61739
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Globallashuv jarayonida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabat­larning shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning takomillashuviga turtki bo‘lib, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etishiga olib keldi.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

4

YOSHLAR ONGIDA DINIY MUTAASSIBLIK VA EKSTREMISTIK G`OYALARGA

QARSHI MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH CHORALARI

Aminov Sharif Nasimovich

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti, (PhD).

O‘rinov Odilbek Laziz o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14509473

Globallashuv jarayonida zamonaviy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning

shiddat bilan rivojlanishi, kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning tez sur’atlardagi
taraqqiyoti g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi, uslub va vositalarning
takomillashuviga turtki bo‘lib, mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etishiga olib
keldi.

Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon

bo‘ladigan mafkuraviy tajovuzlar, turli mafkuraviy markazlarning buzg‘unchilik ta’siridan
kafolatli himoyalanganligidir. Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash deganda, jamiyat ma’naviy
hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga
xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish,
fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek jarayonlar nazarda tutiladi.

1

Ma’lumki, odamzodni hamisha tashvishga soluvchi mazkur salbiy illatlarning ildizlari,

uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Buyuk ajdodlarimiz ularga qarshi kurashda sermazmun va
purhikmat so‘z qudratidan unumli foydalanganlar. Ma’naviyatni yuksaltirish, xususan,
kelajagimiz bo‘lgan yoshlar axloqini yuksak insoniy fazilatlar bilan boyitish davrimizning
dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Shu sababli tariximizda bitilgan bebaho merosimizni
chuqurroq o‘rganish va ularni xalqimiz e’tiboriga havola qilish olimlarimiz oldida turgan
mas’uliyatli vazifalardandir.

Qayd etilgan fikrlar hozirgi davrda inson hayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining

o‘rni va ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, bilimlar
mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri hisoblanishini ham qayd etish
lozim. Ammo bilimlar ko‘p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari ham muayyan
“bilim”larga tayanadi va uni omma ongiga singdirishga harakat qiladi.

2

Demak, mafkuraviy

immunitet tizimidagi bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson
ma’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan.
Ikkinchi tomondan, bu bilimlar o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan, millat, insoniyat
manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerak. Fuqarolarimizning asl islom haqida xolis va
yetarli bilimga ega bo‘lishlari diniy mutaassiblikka qarshi immunitetni shakllantirishning
asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot
g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar
majmuini o‘z ichiga oladigan mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. U ijtimoiy institutlar

1

O’zbekistonda mafkuraviy xavfsizlik xususiyatlari: siyosiy tahlil. O

quv uslubiy qo

llanma. Toshkent davlat

Sharqshunoslik instituti. 2013 yil. 9-b.

2

Z. Husniddinov.

Diniy ekstremizm уа terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari. O‘quv qo‘llanma.

Toshkent islom universiteti. T -2005 y.


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

5

tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy, ma’naviy ishlar majmuini, to‘g‘ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘oya ruhi bilan yo‘g‘irilgan ana shunday tarbiya

tizimi yaratildi. Uni doimiy takomillashtirib borish va davr talablariga hozirjavobligini
ta’minlash esa, har birimiz va barchamizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Shunday ekan,
voyaga yetayotgan har bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitet va yuksak
ma’naviyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni
ta’minlashimizning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.

Darhaqiqat, O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi mamlakatimiz ma’naviy

taraqqiyotida yangi davr va rivojlanish bosqichini boshlab berdi. Ayniqsa, milliy va diniy
qadriyatlar, urf-odat va an’analar tiklanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqillik
yillarida yosh avlodni dunyoviy hamda diniy bilimlar uyg‘unligida, ajdodlar ma’naviy merosi,
milliy qadriyatlari asosida tarbiyalash masalasiga katta e’tibor qaratildi. Binobarin, ertangi
kun egalari bo‘lgan yoshlar bugungi kunning eng ilg‘or dunyoviy bilimlarini diniy qadriyatlar
bilan hamohang tarzda puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi hamda ulardan amaliyotda erkin foydalana
olishi masalasi bugungi kunimizning asosiy talablaridan biriga aylandi.

Diniy qadriyat juda keng ma’noga ega bo‘lib, o‘z ichiga millatlararo totuvlik, ijtimoiy va

diniy bag‘rikenglik, o‘zaro hamkorlik, olijanoblik, saxiylik kabi ma’naviy-axloqiy
xususiyatlarni qamrab oladi. Aynan diniy bag‘rikenglik, ya’ni har bir diniy ta’limotga hurmat
bilan qarash, sabr-bardosh va toqatli bo‘lish o‘z navbatida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan
ko‘pgina ixtiloflarning oldini olishga xizmat qiladi. Zero, bag‘rikenglik ruhida tarbiya topgan
farzand ongida o‘zga madaniyatlardan hurkib turish emas, balki ularga keng fe’llik bilan
qarash va qadriyatlarga hurmat bilan yondashish, o‘zaro tushunish instinkti shakllanadi.

Yoshlardagi milliy o‘zlikni anglash, diniy bilim va dunyoqarashni shakllantirishda har bir

urf-odat, marosim, an’ana va qadriyatlarimizning kelib chiqishi, asl mohiyatini ochib bera
oladigan ham ilmiy, ham diniy asoslangan ma’lumotlardan iborat zamonaviy adabiyotlar bilan
ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ko‘rsatuvlar namoyish qilish kabi tadbirlar orqali ijobiy natijaga
erishish muhim omillardan sanaladi. Chunki bunday chora-tadbirlar ma’lum ma’noda yoshlar
ongini boyitish, haqiqiy milliy va diniy qadriyatlar bilan har xil bid’at-xurofot amallarni
farqlash, turli diniy oqim va yo‘nalishlar ta’siriga, ekstremistik va terrorchi guruhlarning
aqidasiga qarshi immunitet hosil qilish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
yoshlarni milliy urf-odat, an’ana va marosimlarimizga hurmat bilan qarash, ularning
tarbiyaviy ahamiyatini doimiy tarzda tushuntirib borish, ma’naviy tahdidlardan himoya qilish
hamda o‘zligini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda kishilarda mafkuraviy immunitetni

shakllantirishda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish bilan birga ilm olish ham dolzarb
masalalardan hisoblanadi. Ilm olishning fazilati haqida yuqoridagi bandlarda qayd
etilganidek, islomning asosiy manbalarida alohida zikr etilgan.

Ilm egallashda har bir inson avvalo o‘zligini anglab yetadi. Bu esa to‘g‘ri yo‘lni tanlashga

sabab bo‘ladi. Ilm deganda faqat diniy emas, balki dunyoviy, aniqrog‘i insonlarga foydasi
tegadigan ilm tushunilgan. Xitoyda bo‘lsa ham ilm o‘rganinglar, beshikdan qabrgacha ilm izla
degan hadislarni eslab o‘tish o‘rinli. Yoshlarning dunyoviy va diniy bilimlarning uyg‘unlikda
xolis o‘rganishi ularning kelajakda barkamol inson bo‘lishiga tayanch bo‘ladi. Shu bois,


background image

ILM-FAN VA INNOVATSIYA

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/si

6

yoshlarni avvalo milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hayotimizning asosiy mezoniga
aylanishi zarur. Chunki oqilona ta’lim-tarbiya yoshlar ongini ham axloqiy madaniyatini ham
o‘zgartirishiga sabab bo‘ladi. Tarbiyasiz berilgan ta’lim hech bir yerda rivojlanishga olib
kelmaydi.

Mamlakatimizda yoshlarni ilm-ma’rifatli, turli sohalarda yetuk mutaxassis, jismonan

barkamol inson bo‘lib yetishishga keng sharoitlar yaratib berilgan ekan, mazkur
imkoniyatlardan to‘la-to‘kis foydalanish, jamiyat va davlat uchun fidokor shaxs bo‘lish har bir
shaxsning burchidir.

3

Buning uchun esa, ular avvalo, dunyoviy va kasb fanlarini chuqur o‘zlashtirish,

shuningdek, o‘zbek xalqining mehnatsevarlik, oilani muqaddas bilish, insonlarga mehribonlik,
do‘stlarga sadoqat, vatanparvarlik kabi tarixan e’zozlab kelinayotgan qadriyatlarini o‘zida
shakllantirishi talab etiladi.

Zero, islom dinida ham yoshlarga, ularning ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi.

Xususan, Qur’oni karimda mingdan ortiq oyatlar odob-axloq, tarbiya va ilmga aloqadorligi
insonni barkamollikka yetaklaydigan mezon sifatida ko‘rish mumkin. Xalqimiz qoniga singib
ketgan diniy qadriyatlarda farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilishi xususida Payg‘ambar
Muhammad (alayhis-salom)

“Kishi farzandining tarbiyasi bilan har kuni yarim soat

shug‘ullanishi sadaqa berishdan yaxshiroqdir”

deb ta’kidlaydilar. Bundan ko‘rinib turibdiki,

islom dini farzand tarbiyasiga yoshligidan to ulg‘ayguncha alohida e’tibor qaratadi.

4

Ularning

nafaqat ilm olishlarini, balki yuksak odob-axloq sohibi etib tarbiyalashni asosiy mezon sifatida
qo‘yadi.

Umuman olganda, bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan dunyoda yoshlarni

bunyodkorlik ruhida tarbiyalash, beg‘ubor qalbini olijanoblik, xayru saxovat, mehr-oqibat
kabi sof va pokiza tuyg‘ular bilan to‘ldirish, ezgu maqsadlarga safarbar etish, buzg‘unchi,
zo‘ravon, xudbin, bag‘ritosh va qahri qattiq bo‘lib tarbiya topishining oldini olishga alohida
e’tibor qaratish lozim.

3

Sh.Xonimov. Yoshlar ijtimoiy faolligi va dunyoqarashi shakllanishiga globallashuv jarayonlarining ta’sir.

https://journal.fdu.uz/index.php/sjfsu/article/download/1773/1555/3077

4

Umumiy pedagogika. Oliy va orta maxsus talim vazirligi. Darslik. Toshkent – 2020 y. 168 b.