ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
64
FARG‘ONA SHAHRIDA JAMOAT TRANSPORTI TIZIMINING HOZIRGI HOLATI
VA UNI TAKOMILLASHTIRISH IMKONIYATLARI
Karimov Javohir Shuhratovich
Farg’ona davlat texnika universiteti
tayanch doktoranti
Masodiqov Qahramonjon Xusanboy o'g'li
Farg’ona davlat texnika universiteti
tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15410850
Annotatsiya
. Shahar jamoat transporti har qanday shaharning infratuzilmasida muhim
o‘rin tutadi. Transport tizimi aholining kundalik ehtiyojlarini qondirish, shahar hududlari
o‘rtasida uzviy bog‘lanishni ta’minlash va iqtisodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlashda asosiy
vosita hisoblanadi. Aholi sonining ortib borishi hamda urbanizatsiya jarayonlarining
jadallashuvi natijasida jamoat transportiga bo‘lgan talab keskin oshmoqda. Shu sababli, uning
faoliyatini o‘rganish va takomillashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Ushbu maqolada Farg‘ona shahridagi jamoat transporti tizimi holati tahlil qilinadi,
mavjud muammolar aniqlanadi hamda tizimni zamonaviy yondashuvlar asosida
takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
Jamoat transporti, Harakatni tartibga soluvchi yo‘l belgilari, Transport va
yo‘l-transport sohasidagi mavjud infratuzilma obyektlari, Shahar aholisining ijtimoiy-iqtisodiy
hayotiga oid ma’lumotlarni, chorraxalar va ayrim yo‘l qismlari, mavjud jamoat transportidagi
yo‘lovchilar aylanmasi.
Kirish.
Farg‘ona shahri, O‘zbekistonning eng yirik va aholisi zich joylashgan
shaharlaridan biri bo‘lib, uning transport tizimi shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
muhim o‘rin tutadi. Jamoat transportlari shahardagi aholining kundalik ehtiyojlarini
qondirish, ish joylariga, ta’lim muassasalariga va boshqa muhim manzilgohlarga yetib
borishlarini ta’minlashda muhim vosita hisoblanadi. Shu sababli, jamoat transporti
xizmatlarining sifati, qamrov doirasi va samaradorligi aholi hayot sifatiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi.
Asosiy qism.
Ayni paytda shaharda jamoat transportining asosiy qismini avtobuslar,
mikroavtobuslar (marshrutkalar) va yo‘nalishli taksilar tashkil etadi. Bugungi kunda shaharda
100 dan ortiq avtobus va 500 ga yaqin marshrut taksilari faoliyat olib bormoqda. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘onadagi avtobus va marshrutkalar kuniga o‘rtacha 200-250 ming
yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Aholi sonining o‘sishi, iqtisodiy faollikning ortishi va shahar
hududlarining kengayib borishi hisobiga yo‘lovchi oqimi doimiy ravishda ko‘paymoqda.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
65
1-rasm. Farg’ona shahri demografiyasi.
Natijada, mavjud transport vositalarining soni yo‘lovchilar ehtiyojini to‘liq qondira
olmayapti va bu holat transport vositalari yetishmovchiligi muammosini keltirib
chiqarmoqda. 2025-yilgi rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra
1
, Farg‘ona shahrida aholining
umumiy soni 320 ming kishidan ortiq bo‘lib, ularning 60 foizdan ko‘prog‘i kundalik hayotida
jamoat transportidan foydalanadi [1]. Bu esa shahar transport tizimiga bo‘lgan talabning
yuqoriligidan dalolat beradi.
2-rasm. Farg’ona shahrining jamoat transporti tarmog’i.
Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida jismoniy shaxslarga
tegishli avtotransport vositalari soni 325 009 birlikni tashkil etdi[2]. Bu ko‘rsatkich
Farg‘onani respublikada avtotransport vositalari soni bo‘yicha yetakchi hududlardan biriga
aylantirdi. Aholining ko‘p qismi shaxsiy avtomobillardan foydalanishi ham jamoat
1
https://farstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/16718-farg-ona-shahrining-doimiy-aholi-soni-qanchaga-
yetdi-2.html
0
50 000
100 000
150 000
200 000
250 000
300 000
350 000
0
1 000
2 000
3 000
4 000
5 000
6 000
7 000
8 000
2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
FARG'ONA SHAHRI DEMOGRAFIYASI
Ko‘chib ketganlar soni
Ko‘chib kelganlar soni
Tug‘ilganlar soni
Aholi soni
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
66
transportiga tushayotgan yukni kamaytirishga yordam bermayapti, aksincha shahar
yo‘llaridagi tirbandliklarni kuchaytirmoqda. Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida 2024-yil 1-
aprel holatiga ko‘ra 10 598 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 6 701 tasi
faoliyat yuritmoqda[1]. Ayniqsa, savdo (1 856 ta) va tashish hamda saqlash (249 ta)
sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalar sonining ko‘pligi shaharga kirib keluvchi
transport oqimining yuqoriligini ta’minlaydi. Bu esa jamoat transporti bilan bir qatorda,
shahar infratuzilmasining yanada zamonaviylashishini talab qiladi.
3-rasm. Shaharga kirib chiquvchi kunlik avtotransport oqimi.
Farg‘onaga olib kiruvchi asosiy 7 ta avtomobil yo‘llari bo‘lib, ular orqali shaharga kunlik
o‘rtacha 77 500 dan 84 500 tagacha avtomobil kirib chiqadi[3]. Bu transport oqimi yo‘l
infratuzilmasiga katta bosim tushiradi. Ayniqsa, Qo‘qon va Marg‘ilon yo‘nalishlarida eng
yuqori transport yuklamasi kuzatilib, ushbu ikki yo‘l orqali bir kunda taxminan 36 000 – 38
000 ta avtomobil harakatlanadi. Bu umumiy transport oqimining 44–49 foizini tashkil etadi.
Eng kam yuklama esa Avval avtomobil yo‘lida kuzatilib, bu yo‘l orqali kuniga o‘rtacha 5 000
tagacha avtomobil harakatlanadi (umumiy oqimning 6% atrofida). 2024-yilning yanvar-
dekabr oylarida Farg‘ona viloyatida yo‘lovchi aylanmasi o‘tgan yilga nisbatan 2,4 foizga
oshgani kuzatildi[4]. Bu ko‘rsatkich shaharga kirib kelayotgan transport vositalari sonining
ortgani bilan bog‘liq bo‘lib, aholi harakatining faollashganidan dalolat beradi.
Aholining ehtiyojlarini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida yangi Bosh reja doirasida
turli tadbirlar tashkil etildi. Bir yil davomida 4 300 dan ortiq ishtirokchi jalb etilib, seminarlar,
uchrashuvlar va onlayn so‘rovlar orqali fikr va takliflar to‘plandi. So‘rovnomalarda Farg‘ona
transport boshqarmasi mutaxassislari, mahalliy aholi, avtotransport sohasidagi manfaatdor
tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Aholining jamoat transportiga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish darajasi 26,7% ni tashkil etgani, mavjud tizimda jiddiy
takomillashtirishlarga ehtiyoj borligini ko‘rsatdi[5].
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
67
4-rasm. Aholi o’rtasida so’rovnoma o’tkazish mexanizmi.
Umuman olganda, Farg‘ona shahrining jamoat transport tizimi aholining ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan bo‘lsa-da, mavjud transport vositalari sig‘imi va yo‘lovchilar oqimi
o‘rtasidagi nomutanosiblik, transport vositalarining eskirganligi va tirbandliklar kabi
muammolar tizim samaradorligini pasaytirmoqda. Kelgusida bu sohada zamonaviy
yondashuvlar, ekologik toza transport vositalari va raqamli boshqaruv tizimlari orqali
islohotlar olib borilishi dolzarbdir.
Xulosa va takliflar.
Farg‘ona shahrida jamoat transporti tizimi mavjud bo‘lsa-da,
aholining ehtiyojlarini to‘liq qondirishda qator muammolar mavjud. Shahar aholisi sonining
o‘sishi, transport vositalari sig‘imining cheklanganligi va transport oqimining notekis
taqsimlanishi mavjud muammolarni yanada chuqurlashtirmoqda. Ularni bartaraf etish uchun
quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
Transport vositalari parkini yangilash va kengaytirish
– Eskirgan avtobus va
marshrutkalarni ekologik toza, zamonaviy transport vositalariga almashtirish;
ularning sonini aholining ehtiyojlariga mos tarzda oshirish.
Yo‘nalishlarni optimallashtirish
– Aholi zich joylashgan hududlar va muhim ijtimoiy
ob’ektlar o‘rtasida yangi marshrutlar joriy etish.
Raqamli texnologiyalarni joriy etish
– Elektron chiptalar, mobil ilovalar, real vaqtda
kuzatuv tizimlari orqali xizmat sifatini oshirish.
Transport oqimini muvofiqlashtirish
– Qo‘qon va Marg‘ilon yo‘nalishlaridagi
yuklamani kamaytirish uchun muqobil yo‘llar va transport boshqaruv tizimlarini
ishlab chiqish.
Jamoatchilik bilan muloqotni kuchaytirish
– Aholi fikrini o‘rganish va ularga
asoslangan holda qarorlar qabul qilish.
Xususiy sektor ishtirokini kengaytirish
– Davlat-xususiy sheriklik asosida
investitsiyalar jalb qilish va xizmatlarni diversifikatsiya qilish.
Transport infratuzilmasini yaxshilash
– Bekatlar, belgilashlar, yo‘l va piyodalar
infratuzilmasini yangilash.
ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
68
Yuqoridagi choralarni amalga oshirish Farg‘ona shahrining jamoat transport tizimini
samarali, qulay va barqaror shaklga keltirishga xizmat qiladi. Bu esa nafaqat shahar aholisi
farovonligini oshiradi, balki ekologik va iqtisodiy barqarorlikni ham ta’minlaydi.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2025).
Farg‘ona viloyati bo‘yicha
demografik va transport statistik ma’lumotlar
2.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi. (2024).
Jamoat transportini rivojlantirish
strategiyasi: Farg‘ona viloyati misolida
. Toshkent: Transport vazirligi nashriyoti.
3.
Farg‘ona viloyati hokimligi. (2024).
Farg‘ona shahrining bosh rejasi loyihasi va
jamoatchilik ishtiroki yakunlari
. Farg‘ona: Viloyat hokimligi rasmiy hisobotlari.
4.
“Uzavtotrans” agentligi. (2024).
Avtomobil transporti oqimlari va yuklamalari tahlili
bo‘yicha yillik hisobot
. Toshkent: Uzavtotrans nashriyoti.
5.
Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi. (2024).
Farg‘ona shahrida avtobus va
marshrutli taksi yo‘nalishlari bo‘yicha statistika
. Farg‘ona: Ichki hujjatlar to‘plami.
6.
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi. (2023).
Shahar
infratuzilmasini raqamlashtirish loyihalari: holat va istiqbollar
. Toshkent: Innovatsiyalar
matbuot markazi.
7.
Jahon banki. (2023).
Urban Mobility and Public Transport Development in Central Asia
.
Washington, D.C.: World Bank Publications.
