FITONIM ASOSIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK TAHLILI

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim (o‘simlik nomlari) ishtirokidagi frazeologik birliklarning pragmatik tahlili o‘rganiladi. Frazeologizmlar tilning emotsional va madaniy qatlamini ifodalovchi asosiy birliklar sifatida qaraladi. Xususan, fitonim asosidagi iboralar orqali madaniy qadriyatlar, estetik dunyoqarash, va milliy tafakkur ifodalanadi. Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida keng qo‘llaniladigan fitonim asosidagi bir nechta iboralar tanlab olinib, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. 

SYNAPSES: Insights across the disciplines
Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2023
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
https://doi.org/10.5281/zenodo.16763769
CC BY f
18-24

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Maxmanova F. F. (2025). FITONIM ASOSIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK TAHLILI. SYNAPSES: Понимание различных дисциплин, 2(8), 18–24. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/133056
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim (o‘simlik nomlari) ishtirokidagi frazeologik birliklarning pragmatik tahlili o‘rganiladi. Frazeologizmlar tilning emotsional va madaniy qatlamini ifodalovchi asosiy birliklar sifatida qaraladi. Xususan, fitonim asosidagi iboralar orqali madaniy qadriyatlar, estetik dunyoqarash, va milliy tafakkur ifodalanadi. Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida keng qo‘llaniladigan fitonim asosidagi bir nechta iboralar tanlab olinib, ularning semantik va pragmatik xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. 


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

18

Synapses:

Insights Across the Disciplines

FITONIM ASOSIDAGI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING

PRAGMATIK TAHLILI

Maxmanova F. F

Qarshi Davlat Universiteti Xorijiy til va adabiyoti

tarjima nazariyasi va amaliyoti

1-bosqich talabasi

fayruzamaxmanova2@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim (o‘simlik nomlari)

ishtirokidagi frazeologik birliklarning pragmatik tahlili o‘rganiladi. Frazeologizmlar
tilning emotsional va madaniy qatlamini ifodalovchi asosiy birliklar sifatida qaraladi.
Xususan, fitonim asosidagi iboralar orqali madaniy qadriyatlar, estetik dunyoqarash, va
milliy tafakkur ifodalanadi. Maqolada ingliz va o‘zbek tillarida keng qo‘llaniladigan
fitonim asosidagi bir nechta iboralar tanlab olinib, ularning semantik va pragmatik
xususiyatlari chuqur tahlil qilinadi. Shu bilan birga, bu iboralarning real kommunikativ
kontekstdagi ishlatilish shakllari, ularning illokutsion kuchi, gaprovchi va tinglovchi
o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri, madaniy va psixologik jihatlari o‘rganiladi. Tadqiqot
frazeologik birliklarning faqatgina semantik emas, balki kommunikativ va madaniy
funksiyalarini ham yoritishga qaratilgan.

Kalit so'zlar:

frazeologizm, fitonim, pragmatika, illokutsiya, kontekst, lingvomadaniyat,

metafora

Abstract:

This article explores the pragmatic analysis of phraseological units involving

phytonyms (plant names) in English and Uzbek languages. Phraseological expressions
serve as key components of a language’s emotional and cultural layers. Specifically,
expressions based on plant names reflect cultural values, aesthetic perceptions, and
national mentality. The paper selects several commonly used phytonym-based idioms in
English and Uzbek, analyzing their semantic and pragmatic features. Furthermore, the
research investigates their real usage in communicative contexts, illocutionary force, the
interaction between speaker and listener, and the cultural-psychological aspects


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

19

Synapses:

Insights Across the Disciplines

underlying their meaning. This study aims to highlight not only the semantic

structure of such idioms but also their communicative functions and cultural significance.

Keywords:

phraseologism, phytonym, pragmatics, illocution, context, linguistic culture,

metaphor

KIRISH

Pragmatika bugungi zamonaviy tilshunoslikda asosiy ilmiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, til
birliklarining real nutqdagi ishlatilishini, ularning maqsadga yo‘naltirilganligini,
kontekstga bog‘liqligini va ijtimoiy-ma’naviy konnotatsiyasini o‘rganadi. Bu yo‘nalish
frazeologik birliklarning nafaqat semantik jihatini, balki ularga xos bo‘lgan

illokutsion

kuch

, ya’ni so’zlovchining niyat va maqsadini ifodalashdagi imkoniyatlarini tahlil qilish

imkonini beradi. Til birliklarining muloqot davomida qanday qabul qilinishi, qanday ta’sir
kuchiga ega bo‘lishi va qanday konnotatsiyalarni keltirib chiqarishi ham pragmatikaning
muhim tahlil obyektlaridandir.

Fitonim asosidagi iboralar — ya’ni o‘simlik nomlari qatnashgan turg‘un birikmalar —
tilning obrazli, emotsional va milliy-madaniy qatlamini tashkil qiladi. Bunday iboralar
qadimiy xalq og‘zaki ijodi, tarixiy tajriba, atrof-muhit bilan bog‘liq tasavvurlar va
madaniy stereotiplarning ifodasidir. Ular tilga obrazlilik, badiiylik va chuqur estetik
ma’no bag‘ishlaydi. Fitonimlar ishtirokidagi frazeologizmlar orqali insonning tabiatga
munosabati, xalqning eko-dunyoqarashi hamda ijtimoiy qadriyatlari ifodalanadi.

Ingliz va o‘zbek tillarida bunday iboralar turli kommunikativ vazifalarni bajaradi:
masalan,

kinoya

,

dalda berish

,

tanqid

,

ogohlantirish

,

iliqlik bildirish

yoki

ijobiy

baholash

. Ularning real nutqdagi ishlatilishi jamiyatning til madaniyati, qadriyatlar

tizimi va muloqot uslubini aks ettiradi. Shu bois, fitonimlar asosida yaratilgan
frazeologizmlarning

pragmatik tahlili

ularning ijtimoiy funksiyalari, madaniy

konnotatsiyalari va kommunikativ imkoniyatlarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Mazkur maqola ana shunday frazeologik birliklarning nutqiy va madaniy boyligini ochib
berishga, ularning semantik va pragmatik jihatlarini solishtirma yondashuv asosida tahlil
qilishga yo‘naltirilgan. Fitonim asosidagi iboralar misolida tilda qanday emotsional va
baholovchi yuklama yuzaga kelishini, gaplovchi va tinglovchi o‘rtasidagi kommunikativ


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

20

Synapses:

Insights Across the Disciplines

strategiyalar qanday shakllanishini o‘rganish — tilshunoslikda dolzarb

masalalardan biridir.

Shu bilan birga, bugungi globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot va til o‘rganish
jarayonlarida frazeologik birliklarning, xususan, fitonim asosidagi iboralarning to‘g‘ri
talqini va kontekstda ishlatilishini anglash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bu
kabi iboralar ko‘pincha bevosita tarjimaga bo‘ysunmaydi, balki ularning ortidagi
madaniy asos, mentalitet va tarixiy ildizlarni tushunish talab etiladi. Fitonimlar
ishtirokidagi frazeologizmlarning mazmuni tildan tilga farqlanishi bilan birga, ularning
ifoda uslubi, illokutsion kuchi va emotsional zaminida ham sezilarli farqlar mavjud
bo‘lishi mumkin. Shu sababli bu turdagi birliklarni chuqur tahlil qilish, ularni turli til va
madaniyat kontekstlarida solishtirish — til o‘rganuvchilari, tarjimonlar va tilshunoslar
uchun juda dolzarb masaladir.

TAHLIL METODOLOGIYASI:

Mazkur tadqiqotda

deskriptiv-tahliliy metod

asosiy

ilmiy yondashuv sifatida tanlandi. Bu metod fitonim asosidagi frazeologik birliklarning
mazmuni, tuzilmasi va nutqiy funksiyalarini aniqlashda eng samarali usullardan biri
hisoblanadi. Tadqiqotning birinchi bosqichida ingliz va o‘zbek tillaridan olingan
frazeologik iboralar maxsus tanlab olinib, ularning asosida

frazeologik korpus

shakllantirildi. Bu iboralar lug‘atlar, adabiy manbalar, tilshunoslik tadqiqotlari hamda real
nutqdagi kontekstlardan (kinofilmlar, ommaviy axborot vositalari, matbuot, onlayn
platformalar) jamlandi. Keyingi bosqichda tanlab olingan iboralarning

semantik

va

pragmatik

xususiyatlari chuqur tahlil qilindi. Tahlil davomida quyidagi metodlar

qo‘llanildi:

Frazeologik tahlil

– iboralarning ichki tuzilmasi, leksik tarkibi, obrazli

asoslari, metaforik mazmuni va barqarorlik darajasi o‘rganildi. Bu orqali iboralarning
lug‘aviy emas, balki ko‘chma ma’nolari aniqlab olindi.

Pragmatik tahlil

– iboralarning

nutqdagi vazifasi,

illokutsion kuchi

, so’zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi

kommunikativ

munosabatga

ta’siri aniqlab berildi. Bunda iboralarning qanday ijtimoiy va psixologik

maqsadlarda qo‘llanilishi ko‘rib chiqildi.

Lingvomadaniy tahlil

– har bir iboraning

paydo bo‘lishi, xalq og‘zaki ijodidagi o‘rni, madaniyat, tarixiy an’analar va milliy
tafakkur bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Iboralarda ifodalangan qadriyatlar, tabiat obrazlari
va xalqona tafakkur tahlil qilindi.

Qiyosiy tahlil

– ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim

asosidagi frazeologik birliklar o‘zaro solishtirilib, ularning umumiyliklari va farqlari
aniqlab berildi. Shu orqali ikki tilning lingvomadaniy tafakkuridagi o‘xshash va o‘ziga
xos jihatlar ochib berildi. Shuningdek, ayrim iboralar misolida ularning

stilistik ohangi

(kinoya, yumor, jiddiylik, do‘stona munosabat),

emotsional yuklamasi

, va

kontekstga


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

21

Synapses:

Insights Across the Disciplines

moslashuvi

ham ko‘rib chiqildi. Bular orqali iboralarning turli nutq vaziyatlarida

qanday pragmatik funksiyalarni bajarishi aniqlashtirildi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

Fitonim asosidagi frazeologik birliklar har ikki tilda ham chuqur madaniy va estetik
ma’no yukiga ega bo‘lib, ularning ishlatilishi xalqning tabiatga munosabati, tarixiy
xotirasi va mentalitetini ifoda etadi. O‘zbek tilidagi "guldek qiz", "bodomdek ko‘zlar"
kabi iboralar go‘zallik va iliqlikni ifodalasa, ingliz tilidagi "a flower in the desert" yoki
"buds of May" iboralari ham tabiat obrazlari orqali ijobiy emotsiyalarni yetkazadi. Bu
frazeologizmlar orqali xalqning tabiatni estetika va qadriyat manbai sifatida idrok etishi
ko‘zga tashlanadi. Pragmatik tahlil shuni ko‘rsatdiki, ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim
asosidagi iboralar faqat obrazlilik uchun emas, balki nutqda aniq kommunikativ
maqsadlarni bajaradi. Masalan, "to nip in the bud" iborasi ingliz tilida muammoga barvaqt
e’tibor qaratishga undasa, o‘zbek tilidagi "kurtakday yo‘q bo‘ldi" iborasi ham shunga
yaqin semantik-pragmatik funktsiyani bajaradi. Bu o‘xshashliklar turli madaniyatlar
orasida umumiy tafakkur mexanizmlari mavjudligini ko‘rsatadi. Qiyosiy tahlil shuni
tasdiqladiki, har ikki til fitonimlarni turlicha ijtimoiy konnotatsiyada qo‘llaydi. Ingliz
tilida "shrinking violet" yoki "barking up the wrong tree" iboralari ko‘proq tanqid va
ogohlantirish maqsadida ishlatiladi. Bu esa shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tilida fitonimlar
ko‘proq iliqlik, e’tirof va estetik baholash uchun xizmat qilsa, ingliz tilida ular kengroq
illokutsion spektrga ega. Tadqiqot natijalari tilshunos olimlar tomonidan ilgari surilgan
nazariy fikrlarni tasdiqlaydi. Jumladan, Nemetskaya olima E.M. Vereshchagin va Y.N.
Kostomarovlar "Язык и культура" (1980) nomli asarlarida frazeologik birliklar
madaniyatni aks ettiruvchi “lingvokulturologik birliklar” sifatida qaralishini asoslab
berganlar. Ushbu tahlilda esa aynan fitonim asosidagi iboralarning o‘zbek va ingliz
madaniyatlaridagi konnotativ yuklamalari, psixologik-emotsional ifodasi va
kommunikativ vazifalari bu nazariyani amalda tasdiqlaydi. Umuman olganda, fitonim
ishtirokidagi frazeologizmlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu iboralar semantik
barqarorlikka ega bo‘lishiga qaramay, real nutqda turlicha stilistik va pragmatik
funksiyalarni bajaradi. Ular so’zlovchining kommunikativ niyati, kontekstdagi vaziyat,
auditoriyaga bo‘lgan munosabat va madaniy zamin bilan chambarchas bog‘liq. Bunday
iboralarni tahlil qilish tilshunoslar uchun nafaqat frazeologiyaning ichki tizimini
tushunishda, balki madaniyatlararo muloqotda aniq pragmatik moslashuvni anglashda
ham foydali hisoblanadi.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

22

Synapses:

Insights Across the Disciplines

ASOSIY QISM

Ingliz tilidagi

"shrinking violet"

iborasi ko'pincha ijtimoiy vaziyatlarda o'zini erkin tuta

olmaydigan, tortinchoq odamlarni tasvirlashda ishlatiladi. Uning semantik asosida
"violet" ya'ni binafsha gulining nozik, sezgir va jimjimador obraziga asoslangan ramzi
ma'no yotadi. Pragmatik nuqtai nazardan qaralganda, bu ibora kinoya ohangida
qo'llanilishi mumkin: go'yoki biror insonning ijtimoiy passivligini yumshoq tanqid ostiga
oladi. So’zlovchi bu orqali tinglovchiga ijtimoiy faollikni oshirishni maslahat berishi,
yoki shunchaki xatti-harakatini baholashi mumkin. Bu iboraning illokutsion kuchi esa
tanqidiy yoki dalda beruvchi maqsadda namoyon bo'ladi.

"Late bloomer"

iborasi insonning kech rivojlanishini bildiradi. Odatda, bolaligida yoki

o'smirlik davrida o'z salohiyatini namoyon qilmagan, lekin hayotining keyingi
bosqichlarida yutuqlarga erishgan shaxsga nisbatan ishlatiladi. Bu ibora pragmatik
jihatdan ijobiy, umidbaxsh va motivatsion xususiyatga ega bo'lib, nutqdagi illokutsiyasi
dalda berish, ijobiy baholash maqsadida bo'ladi. Bu holatda so’zlovchi shaxs auditoriyani
ruhlantirish yoki shaxsiy o'sish jarayonining turlicha kechishini anglatadi.

"To nip in the bud"

iborasi esa metaforik ma'noda muammoni ildiz otishidan oldin

bartaraf etish, salbiy oqibatlarga olib keluvchi vaziyatni boshlanishidanoq to'xtatish
zaruratini bildiradi. Pragmatik tahlilda bu ibora ogohlantirish, maslahat yoki tanqid
maqsadida ishlatiladi. Bu iboraning illokutsion kuchi tinglovchiga harakat qilishni
anglatadi. So’zlovchi bu orqali ijtimoiy, siyosiy yoki shaxsiy kontekstda salbiy
holatlarning oldini olishni maslahat qiladi.

"Barking up the wrong tree"

esa noto'g'ri yo'nalishda harakat qilayotgan, noto'g'ri shaxs

yoki manbaga murojaat qilayotgan insonni tavsiflaydi. Bu ibora ingliz tilidagi real nutqda
ko'pincha tanqidiy va kinoyali tarzda qo'llanadi. So’zlovchi bu orqali tinglovchini
muammoning ildizini to'g'ri anglashga, yoki e'tiborni boshqa joyga qaratishga chaqiradi.
Bu iboraning illokutsion kuchi ogohlantiruvchi va tanqidiydir.

"Hit the hay"

esa oddiy, kundalik nutqda ishlatiladigan uyquga ketish ma'nosidagi ibora

bo'lib, tarixiy jihatdan pichan ustida uxlash odatiga borib taqaladi. Pragmatik jihatdan bu
ibora do'stona, norasmiy suhbatlarda ishlatiladi va ijtimoiy yaqinlik yoki ishonch ifodasi
sifatida xizmat qiladi.

"As cool as cucumber"

iborasi esa hissiyotlarga berilmaydigan, xotirjam shaxsni

ifodalaydi. Bu ibora ham ijobiy, ham kinoyali maqsadda ishlatilishi mumkin. Pragmatik
jihatdan, ibora so’zlovchining odamga nisbatan munosabatini ifodalaydi – bu hurmat,


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

23

Synapses:

Insights Across the Disciplines

hayrat yoki befarqlik bo'lishi mumkin. Iboraning illokutsion kuchi shunga qarab

o'zgaradi.

Shuningdek,

"buds of May"

iborasi yoshlik, go'zallik va hayotning bahoriy bosqichini

bildiradi. Shakespir’ning sonetlarida bu ibora yoshlikni tabiat obrazlari orqali poetik
tarzda ifodalashda ishlatilgan. Pragmatik jihatdan, bu ibora estetik hayrat, muhabbat yoki
sog‘inch kabi tuyg‘ularni ifodalash maqsadida xizmat qiladi.

"A flower in the desert"

iborasi esa kamyob, noyob va qadrlanishi kerak bo‘lgan inson

yoki narsani anglatadi. Bu ibora nutqda yuksak baholash, ideallashtirish sifatida xizmat
qiladi. Iboraning illokutsion kuchi – e’tirof, hurmat yoki havas uyg‘otishdir.

"Pushing daisies"

esa ingliz tilida o‘limni yumshoq, eufemistik tarzda ifodalovchi ibora

bo‘lib, bevosita “yer ostida gullar o‘smoqda” degan obraz orqali insonning vafot etganini
bildiradi. Pragmatik jihatdan, bu ibora og‘ir mavzuni yumshatish, kitobxonni ranjitmaslik
yoki nozik mavzuda muloyimlik bilan gapirish zaruratidan kelib chiqadi. Bu iboraning
illokutsiyasi esa hamdardlik yoki ehtiyotkorlikdir.

Ko‘rinib turibdiki, fitonim asosidagi iboralar frazeologik tizimning semantik
darajasidangina iborat emas, balki ularning pragmatik vazifalari nutqning turli
kontekstlarida o‘z aksini topadi. Ularning mazmuni madaniy qadriyatlar, estetik anglash,
va emotsional baholash bilan boyitilgan. Shuningdek, bu iboralar orqali so’zlovchining
nutqdagi strategiyasi, auditoriyaga bo‘lgan munosabati va ijtimoiy vaziyatga moslashuvi
namoyon bo‘ladi.

XULOSA

Fitonimlar ishtirokidagi frazeologik birliklar tilda obrazlilik, emotsional baholash

va milliy tafakkur ifodachisi sifatida xizmat qiladi. Ular semantik jihatdan o‘simlik
obraziga asoslangan bo‘lsa-da, pragmatik nuqtai nazardan qaralganda, so’zlovchining
maqsadi, nutqning konteksti va madaniy fonda qanday vazifani bajarishi muhim
hisoblanadi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi fitonim asosidagi iboralarning pragmatik jihatdan
tahlili ularning lingvistik xususiyatlari bilan birga madaniy qadriyatlar, kommunikativ
strategiyalar va emotsional reaktsiyalarni ham yoritib beradi. Shuningdek, bu iboralarni
o‘rganish madaniyatlararo kommunikatsiyani chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Sh. Raxmatullayev. “O’zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”. O‘qituvchi nashriyoti,

Toshkent, 1978.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the Disciplines

ISSN: 3060-4737 Volume 2, Issue 8 IF(Impact Factor) 10.92 / 2024

24

Synapses:

Insights Across the Disciplines

2.

Joe Moran. "Shrinking Violets: The Secret Life of Shyness", Yale University

Press, 2016.

3. Robert Kraus. "Leo the Late Bloomer", HarperCollins, 1971.

4. I. Azimov, N. Abduraxmonova, O. Yo‘lbarsov. “Phraseologism with floristic
component in English language”.

5. William Macleod Raine. "The Sheriff’s Son", 1918.

6. James Hall. “Legends of the West”, Black Mask Online, 2002.

7. Shakespeare. "Sonnet 18".

8. Nurmuhammedov Y. “Frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari”.
Monografiya. SamDU, 2021.

9. G. Leech. "Principles of Pragmatics". Longman, 1983.

10. P. Grice. "Logic and Conversation", 1975.

Библиографические ссылки

Sh. Raxmatullayev. “O’zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati”. O‘qituvchi nashriyoti, Toshkent, 1978.

Joe Moran. "Shrinking Violets: The Secret Life of Shyness", Yale University Press, 2016.

Robert Kraus. "Leo the Late Bloomer", HarperCollins, 1971.

I. Azimov, N. Abduraxmonova, O. Yo‘lbarsov. “Phraseologism with floristic component in English language”.

William Macleod Raine. "The Sheriff’s Son", 1918.

James Hall. “Legends of the West”, Black Mask Online, 2002.

Shakespeare. "Sonnet 18".

Nurmuhammedov Y. “Frazeologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari”. Monografiya. SamDU, 2021.

G. Leech. "Principles of Pragmatics". Longman, 1983.

P. Grice. "Logic and Conversation", 1975.