BUXORO VILOYATI SHAROITIDA QULUPNAY YETISHTIRISH

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida qulupnayning “Viktoriya” navini yetishtirishni o‘rganish to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi. 

SYNAPSES: Insights across the disciplines
Source type: Journals
Years of coverage from 2023
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Atayeva Zamira Alimovna, & Atoyeva Madinabonu Ilhomovna. (2025). BUXORO VILOYATI SHAROITIDA QULUPNAY YETISHTIRISH. SYNAPSES: Insights across the Disciplines, 2(1), 132–135. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/siad/article/view/65773
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida qulupnayning “Viktoriya” navini yetishtirishni o‘rganish to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi. 


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

132

Synapses:

Insights Across the Disciplines

BUXORO VILOYATI SHAROITIDA QULUPNAY YETISHTIRISH

Atayeva Zamira Alimovna

Buxoro davlat universiteti, o‘qituvchi

Atoyeva Madinabonu Ilhomovna

Buxoro davlat universiteti,talaba

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Buxoro viloyati sharoitida qulupnayning

“Viktoriya” navini yetishtirishni o‘rganish to‘g‘risida qisqacha so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

qulupnay, meva, urug’, qulupnay navlari, yetishtirish usullari,

ko’chat, zamburug‘ kasalliklari, fitolampa

Aннoтация:

В данной статье кратко рассказано о выращивании сорта

клубники “Виктория” в условиях Бухарской области.

Ключевые слова:

клубника, плоды, семена, сорта клубники, способы

выращивания, рассада, грибковые заболевания, фитолампа

.

Abstract:

This article briefly describes the cultivation of the Victoria variety

from strawberries in the conditions of the Bukhara region

.

Key words:

strawberries, fruits, seeds, strawberry varieties, growing

methods, seedlings, fungal diseases, phytolamp.

Kirish.

Qulupnay barcha sevib iste’mol qiladigan mevalar qatoriga kiradi.

Qulupnay boshqacha nomi yertut – raʼnoguldoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik
o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi, rezavor meva hisoblanadi. Qulupnayning
tarkibida muhim oziq moddalar va foydali fitokimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular
inson salomatligi uchun biologik faollikka egadi. Shuningdek, insonlar tomonidan
uning o‘ziga xos hidi, yorqin qizil rangi, suvli tuzilishi va shirinligi keng qadrlanib,
mevasining sifati bir nechta xususiyatlar genetik omillar, ekinning joylashuvi,
yetishtirish usullari va boshqa omillar bilan belgilanadi. [1,2] Qulupnay AQSh, Italiya,
Ispaniya, Turkiya va boshqa mamlakatlarda past namlikda yetishtirish uchun mos meva
sifatida tanilgan. Bugungi kunda, qulupnay 76 mamlakatda tijorat maqsadida
yetishtirilib, eng ko‘p Xitoy, AQSH, Meksika, Turkiya va Ispaniya mamlakatlari
hissasiga to‘g‘ri keladi. Oxirgi 20 yilda 463 ta yangi qulupnay navlari tijorat asosida
joriy etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda Muto, Tashkentskaya, Zenga-Zengana, O‘zbekiston
go‘zali, Kobra, Medvey, Seolhyang, Alba va Viktoria navlari keng tarqalgan. Bugungi
kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qulupnay mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston,
BAA, Rossiya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda. O’zbekistonda qulupnay


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

133

Synapses:

Insights Across the Disciplines

asosan Farg’ona vodiysi, Toshkent viloyati, Samarqand va Jizzax, Qashqadaryo va
Surxandaryo viloyatlarida yaxshi hosil beradi. Shunga qaramasdan Buxoro sharoitida
ham qulupnay yetishtirish ko`pchilikka qiziqish uyg`otmoqda. Albatta, Buxoro
viloyatida qulupnay yetishtirish biroz qiyin, chunki bu hudud issiq va qurg’oqchil
iqlimga ega. Shuning uchun ham nav tanlashda e’tibor berishimiz kerak, aynan Buxoro
viloyatining ob-havosidan kelib chiqqan holda issiqqa chidamli qulupnay navlarini
ekishimiz kerak [4,5,6].

Tadqiqot materiallari va uslublari.

Buxoro tuproq-iqlim sharoitida

qulupnayning Viktoria navini urug’lari va ko’chatlari orqali ekib o`rganilmoqda.
“Viktoria navi’’ klassik qulupnay navlaridan biridir. U o’zining yirik mevalari, ajoyib
ta’mi va yuqori hosildorligi bilan mashhur. Ushbu nav asosan tijorat maqsadida va
tomorqalarda yetishtiriladi. Mevalari o’rtacha yoki yirik, yumaloq-konussimon, qizil
rangli va yorqin yuzli. Ta’mi juda shirin, nordonligi kam, xushbo’y. Iqlimga
chidamliligiga baho bersak sovuqqa nisbatan chidamli, ammo issiq va qurg’oqchilikga
sezgir. Kasalliklarga chidamli, asosan zamburug‘ kasalliklaridan un shudring va
kulrang chirish kasalligiga nisbatan chidamli. Buxoro viloyatida qulupnayning
Viktoriya navini yetishtirishni tanlashdan maqsad - ushbu nav barcha viloyatlarda
yetishtirishga mo‘ljallangan, undan tashqari kasallklarga va iqlimga chidamliligidir.

1-

rasm . Viktoriya qulupnay navi

Tahlil va natijalar.

Ushbu qulupnay navini yetishtirishda quyidagi ekish va

tuproqqa bir qator talablari bor. Jumladan, yaxshi drenajlangan, unumdor tuproqda
yaxshi o’sadi, tuproqning Ph muhiti 5.5-6.5 bo’lishi kerak. Ko’chatlar orasidagi masofa
30 sm bo’lishi kerak.


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

134

Synapses:

Insights Across the Disciplines

Sug’orish talablari: O’rtacha namlikni talab qiladi, muntazam sug’orish

zarur, tomchilatib sug’orish tavsiya etiladi

Buxoro viloyatida bu qulupnayni ekishda quyidagilarga e’tibor qaratish

kerak:Ekish vaqti ko’chatar tayyor bo’lgandan so’ng bahorgi ekish fevral oxiri-mart
oyi boshlarida ekish tavsiya etiladi. Kuzgi qishki mavsumda sentyabr-oktabr oylariga
to‘g‘ri keladi.

Ekish sxemasi:

qator oralig’i – 30-40sm

Ko’chat oralig’i-

25-30sm

Ekish chuqurligi-

8-10sm

Shuningdek,

qulupnay

ko‘chatlarni

parvarishlashda

qo’shimcha

fitolampalardan foydalananish yaxshi samara beradi. Fitolampalar -maxsus yorug’lik
lampalari bo’lib, ular o’simlikning fotosintez jarayonini qo’llab quvatlsh va o’sishini
tezlashtirish uchun ishlatiladi.

2-

rasm . Viktoriya qulupnay navi ko‘chati

Agarda qulupnayni yopiq joyda issiqxona, uy sharoiti, yoki yopiq fermalarda
yetishtirmoqchi bo’lsangiz fitolampalar yorug’lik yetishmovchiligini kompentatsiya
qilish uchun juda foydali bo’ladi. Fitolampalar o’simlik uchun kerakli spektrdagi
yorug’likni chiqaradi: Ko’k spektr nurlar barg va ildiz rivojlanishini ta’minlaydi. Qizil
spektr 600-700nm gullash va hosil tugishni tezlashtiradi. Ultrabinafsha va infra qizil
nurlar o’simlikning immunitetini mustahkamlashga yordam beradi Fitolampalarning


background image

SYNAPSES:

Insights Across the

Disciplines

Volume 2, Issue 1

135

Synapses:

Insights Across the Disciplines

qulupnay uchun foydasi: Fotosintezni kuchaytiradi-o’simlik tezroq o’sadi.
Hosildorlikni oshiradi-ko’proq va sifatli hosil olish imkonini beradi,o’simlik
immunitetini oshiradi, kasallik va stressga chidamlilik oshadi. Fitolampalarni
joylashtirish qoidalari. Lampaning balandligi: 25-40sm, yorug’lik taqsimoti bo’yicha
qulupnay barglariga to’g’ridan -to’g’ri tushishi lozim. Yorug’lik muddati: Qish
mavsumida.-kuniga 12-16soat, bahor va yozda tabiiy yorug’lik yetarli bo’lsa, faqat
qo’shimcha miqdorda yoritish kerak, gullash va meva tugish davrida kamida 14 soat
yoritish tavsiya etiladi.

Xulosa.

Tadqiqot ishlarining qishloq xo‘jaligida keng miqyosda foydalanish

mumkinligini inobatga olgan holda xulosa qilib aytishimiz mumkinki, Buxoro tuproq-
iqlim sharoitda qulupnay yetishtirish zaruratga aylanmoqda. Buning sababi shuki
qulupnayning yaxshi ta'mi va xushbo'yligi, xushbo'y hidi bilan insonlar tomonidan
oziqlanishidagi ahamiyati, qolaversa, qulupnay parhez meva bo'lganligi sabab barcha
mamlakatlarning qulupnay ishlab chiqarishi va bozorida talab va takliflarning ortishi
bilan bog‘liqdir. Demak bularning barchasi tez fursatlarda jadallik bilan oshib
borayotgan dunyo aholisining oziq-ovqat tanqisligini xavfsizligini oldini olishga
qaratilgan bo‘lib, qo‘shimcha ravishda qulupnay o‘simligining yangi sermahsul nav va
duragaylarini yaratish kabi ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini ham o‘z ichiga qamrab
oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

A.A.Ribakov,S.A.Ostrouxova - «O'bekiston mevachiligi» T.: «O'qituvchi», 1981.

2.

V.A.Kolesnikov - «Plodovodstvo» M.: «Kolos» 1985.

3.

Yunusov, R., and F. A. Ganiyeva. "Agrochemical properties of the soils of intensive

apple orchards in Bukhara region." BIO Web of Conferences. Vol. 116. EDP Sciences,
2024.

4.

Rustam Yunusov, Feruza Amrilloevna Ganieva, Manzura Isroilovna Artikova, and

Zamira Alimovna Atayeva. “THE DEPENDENCE OF THE GROWTH,
DEVELOPMENT AND PRODUCTIVITY OF APPLE TREES ON THE FACTORS
OF CARE ON LOW-SALINE SOILS OF THE BUKHARA REGION”.

Web of

Scientist: International Scientific Research Journal

, vol. 3, no. 02, Feb. 2022, pp. 773-

81, doi:10.17605/OSF.IO/2BU6D.

5.

Yunusov, R., Nazarova, S., & Ganiyeva, F.,Atayeva, Z.Influence of cultivar

combinations and seedling thickness on the formation of phytometric indicators and
productivity of pear trees in intensive orchards //Центр научных публикаций (buxdu.
uz). – 2020. – Т. 10. – №. 9.

References

A.A.Ribakov,S.A.Ostrouxova - «O'bekiston mevachiligi» T.: «O'qituvchi», 1981.

V.A.Kolesnikov - «Plodovodstvo» M.: «Kolos» 1985.

Yunusov, R., and F. A. Ganiyeva. "Agrochemical properties of the soils of intensive apple orchards in Bukhara region." BIO Web of Conferences. Vol. 116. EDP Sciences, 2024.

Rustam Yunusov, Feruza Amrilloevna Ganieva, Manzura Isroilovna Artikova, and Zamira Alimovna Atayeva. “THE DEPENDENCE OF THE GROWTH, DEVELOPMENT AND PRODUCTIVITY OF APPLE TREES ON THE FACTORS OF CARE ON LOW-SALINE SOILS OF THE BUKHARA REGION”. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, vol. 3, no. 02, Feb. 2022, pp. 773-81, doi:10.17605/OSF.IO/2BU6D.

Yunusov, R., Nazarova, S., & Ganiyeva, F.,Atayeva, Z.Influence of cultivar combinations and seedling thickness on the formation of phytometric indicators and productivity of pear trees in intensive orchards //Центр научных публикаций (buxdu. uz). – 2020. – Т. 10. – №. 9.